Jahon mamlakatlarida turizm industriyasining rivojlanish tendensiyalari


International Conference on Developments in Education


Download 321.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana16.11.2023
Hajmi321.65 Kb.
#1781251
1   2   3   4   5   6   7
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Toronto, Canada 
httpseconferencezone.org 
 
21
st
April 2023 
89 
takomillashtirish tufayli erishildi. 
2018-yilda Afirika YaIM o’rtacha 3,2 %ga o’sgan bo’lsa, undagi turizm sektirining ulushi 
5,6% lik o’sishga erishdi. Afrikani 2018 yildagi natijalarga ko’ra (Osiyo-Tinch okeani 
mintaqasidan keyin) turizm eng tez rivojlanayotgan ikkinchi mintaqa deyish mumkin. Bu 
o'sish qisman Shimoliy Afrikaning turistlar uchun xavfsizlikning qayta tiklanishi, shuningdek, 
sayohatlarni osonlashtirishga qaratilgan siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan 
izohlash mumkin.
Efiopiya nafaqat Afrikada balki dunyo bo’yicha eng tez rivojlanayotgan turistik iqtisodiyoti 
bilan ajralib turadi. Efyopiya turizmining 2018-yilda 48,6% ga o'sishida uning mintaqaviy 
transport markaziga aylanishi va vizani rasmiylashtirish jarayonlarini yengillashtirish siyosati 
natijasida xalqaro tashrif buyuruvchilarning ortishi asosiy sababchi omil bo’ldi. Shu bilan 
birga, Misrning sayyohlik sektori 16,5 foizga o'sib, sezilarli darajada barqarorlikka erishdi. 
Mamlakatda Sharm ash-Shayx kabi muhim yo'nalishlarda xavfsizlikning doimiy yaxshilanishi 
xalqaro sayyohlarni shimoliy qirg'oqqa qaytarishga yordam bermoqda. 
Yevropa turizmining mintaqa YaIM dagi ulishi 3,1% o'sishga erishdi. Takidlash joizki
mintaqa iqtisodiyoti umumiy 2% o'sishiga xalqaro tashrif buyuruvchilar sarflarining 4,9% 
o’sishi bilan bog’liq. Iqtisodiyoti eng yirik bo’lgan davlatlar qatorida Turkiya (+ 15,0%), 
Portugaliya (+ 8,1%) va Gretsiya (+ 6,9%) eng tez o'sishga erishdilar. Turkiyadagi o'sish 
xavfsizlikning yaxshilanishi va valyutasining qadrsizlanishi bilan bog'liq bo'lib, bu 
mamlakatni xorijiy mehmonlar uchun yanada jozibador qildi.
Shu bilan birga, Portugaliya va Gretsiyada bunday yuqori o’sish sayohat va turizmning doimiy 
ravishda hukumat tomonidan qo'llab-quvvatlash strategiyalari bilan bog’liq. Bularga 
mavsumiylikni yengish va sayyohlarni kam tashrif buyuradigan hududlarga tarqatish 
strategiyalari kiradi. Buyuk Britaniyada Breksit bilan bog'liq salbiy munosabat yevropaliklar 
orasida qiziqishni pasayishiga olib keldi.
Yaqin Sharq turizm sektori 0.6% lik o’sish bilan 2018 yildagi eng sekin o'sayotgan mintaqa 
bo'ldi. Turizmnig YaIMda o’sish surati Saudiya Arabistoni (-1,3%) va Qatarda (-5,1%) 
pasaygan bo'lib, unda siyosiy tanglik asosiy sabchi omil bo’ldi. Shu bilan birga, mintaqada 
eng yuqori o'sish Iordaniyada (+5,7%), Kuvayt (+5,3%) va Isroilda (+2,7%) kuzatildi. BAAda 
Sayohat va turizm 2018 yilda 2.4% ga o’sdi. 
Turistlarni eng ko’p qabul qiluvchi mintaqa Yevropa va Osiyo-Tinch okeani hisoblanadi. 
Biroq Yevropa va Amerika mamlaktlari turistik faoliyat birmuncha serdaromadli bo’lib, bu 
hududga tashrif buyuruvchi turistlardan olinadigan o’rtacha daromad ancha yuqori 
hisoblanadi. 
Mintaqalarda turistik bozorlarning rivojlanish darajasi turlicha bo’lib, turistlar tashrifi hamda 
ulardan olinadigan daromadlar ham notekis taqsimlangan. Jahon turistlarning 51%i Yevropa 
mintaqasiga to’g’ri kelsa, jahon turizmining yalpi daromadidagi ulushi 37% ni tashkil etadi. 
Aksincha, AQShga tashrif buyuruvchi turistlar dunyo turistlarning 16% ni, yalpi daromadning 



Download 321.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling