Jahon moliya bozori va uning rivojlanish xususiyatlari Reja Xalqaro kapital harakatining mohiyati va xalqaro moliya bozorining tarkibiy tuzilishi
Xalqaro moliya bozorini tartibga solish usullari va mexanizmi
Download 121.59 Kb.
|
Jahon moliya bozori va uning rivojlanish xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro moliya bozorini tartibga solishning bozor mexanizmi
3. Xalqaro moliya bozorini tartibga solish usullari va mexanizmi
Xalqaro moliya bozorini tartibga solishdan ko’zlangan asosiy maqsad quyidagilardan iborat: moliya bozori barcha sektorlarini moliyaviy barqaror bo’lishiga ko’maklashish (foiz stavkalarini, moliyaviy, investitsion va sug’urta faoliyatidagi risklarni tartibga solish); inflyatsiyasiz iqtisodiy o’sishni ta’minlash (targetirlangan inflyatsiya, valyuta kurslari, va pul massasini tartibga solish); tarmoqlararo va davlatlararo kapital harakatini (pul oqimini) ta’minlash (valyuta kurslari va to’lov balansini tartibga solish); moliya bozori barcha sektorlarida moliyaviy xavfsizlik tizimini shakllantirish. Xalqaro moliya bozorini tartibga solishning bozor mexanizmi Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya bozorini rivojlanishiga qarab, uning ishtirokchilari faoliyatini ikki xil tartibga solish amaliyoti taraqqiy topgan, ya’ni ular davlat va bozor munosabatlariga mos, yoki bozor orqali tartibga solish shakllari hisoblanadi. Moliya bozorini bozor orqali tartibga solish iqtisodiyotning qiymat va talab-taklif qonuniga asoslanadi. Moliya bozorida ushbu qonunlarning amal qilishi raqobat muhitida jahon iqtisodiyoti ehtiyojlariga mos ravishda xalqaro moliyaviy oqimlarni ta’minlab beradi. Iqtisodiy agentlar alohida moliyaviy vositalar narxining (kursi yoki foiz stavkasi) o’zgarishi, shakllanishi orqali ularni sotib oluvchilarning talablarini va ularga bo’lgan taklifni aniqlaydilar. Bunda, xalqaro moliya bozori o’zini-o’zi tartibga soluvchi tizim sifatida namoyon bo’ladi (4-rasmga qarang). Iqtisodiyot sektorlaridagi turli bozorlarga o’xshab, moliya bozori ham o’z-o’zini tartibga solish imkoniyatiga qaramasdan mutlaq barqaror tizim sifatida namoyon bo’lmaydi, turli sharoitlarda tizimning turli kamchiliklari oshkor bo’ladi. Moliya bozori ko’plab sub’ektiv omillar, ya’ni siyosiy, ijtimoiy, informatsion, madaniy va boshqa omillar ta’sirida har doim ham o’z-o’zini tartibga solish qobiliyatiga ega emas. Bunday holatda davlat aralashuvi talab etiladi. Jahon tajribasi ko’rsatishicha, xalqaro moliya bozori rivojlanishining zamonaviy bosqichida ham monetarizm va keynschilik tamoyillaridan birgalikda foydalanib, jarayonlarni tartibga solish maqsadga muvofiqdir. Moliya bozorini davlat va bozor mexanizmi orqali tartibga solish usullarini quyidagi mantiqiy juftliklarga birlashtirish mumkin: - iqtisodiy tizim xususiyatiga ko’ra: bevosita (mazkur bozorning barcha segmentlariga bir xilda ta’sir etuvchi huqumat, halqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan farmon, farmoyish va qatorlar, qonuniy-huquqiy, me’yoriy hujjatlar qo’rinishida) va bilvosita (xalqaro moliya bozorida iqtisodiy shart-sharoitlar qanchalik erkin bo’lsa, shunchalik ushbu bozorga bilvosita ta’sir etish darajasi kengayib boraveradi, ya’ni iqtisodiy agentlar manfaatiga qaratilgan tartibga solish usullari bozor qonuniyatlari orqali amalga oshiriladi. Masalan, Markaziy banklarning ochiq bozor, xorijiy valyutalar bilan bog’liq interventsiya, svop operatsiyalari, hisob (qayta moliyalash) stavkasini o’zgartirish, majburiy zaxira me’yorlarini o’zgartirish, REPO va h.k. kabi) usullar; - bozor turi, ko’lami va uning segmentlariga ko’ra: umumiy (bozorning barcha segmentlariga birdek ta’sir etuvchi) va maxsus (bozorning alohida bir segmentiga ta’sir etish uchun qo’llaniladigan) usullar; - amal qilish muddatiga ko’ra: tarkibiy (o’rta va uzoq muddatli, strategik maqsadlarni amalga oshirishga mo’ljallangan) va joriy (bozorga operativ (tezkor) ta’sir etishga mo’ljallangan, taktik) usullar. Shuni ham ta’kidlash lozimki, yuqoridagi barcha usullar moliya bozorida sinxron tarzda, ya’ni bir-biriga mos holda, o’zaro bir-birini to’ldirib ishlaydi. Xalqaro moliya bozoridagi investitsiyalar oqimini tartibga solishda xalqaro moliya tashkilotlari, davlatlararo tashkilotlar hamda nodavlat institutlari muhim o’rinni egallashadi. Bunday tashkilotlarga quyidagilarni kiritish mumkin: BMTning maxsus tashkilotlari (XVF, jahon banki guruhi, YuNKTAD – BMTning savdo va taraqqiyot bo’yicha konferentsiyasi, YuNIDO – sanoat rivojlanishi bo’yicha tashkilot, xalqaro savdo palatasi, xalqaro fond birjalar federatsiyasi); qimmatli qog’ozlar komissiyasi bo’yicha xalqaro tashkilot; moliya bozori ustidan nazorat organlarining xalqaro tashkiloti; kreditorlarning Parij va London klublari; mintaqaviy moliyaviy tashkilotlar. Xalqaro moliya bozorini tartibga solish mexanizmlari o’z taraqqiyot yo’lida uch bosqichni bosib o’tgan: 1) 1867-1944 yillar – xalqaro moliya bozori o’zini-o’zi tartibga solish rejimida faoliyat yuritgan; 2) 1944-1976 yillar – xalqaro moliya bozori qat’iy tashqi bevosita tartibga solish rejimida amal qilgan; 3) 1976 yildan hozirgi vaqtgacha – o’zini-o’zi tartibga solish va tashqi tartibga solish rejimlari uyg’unligida faoliyat yuritmoqda. Download 121.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling