Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo'jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti Milliy Tadqiqot Univerisiteti
“Moliya” fanidan
Mustaqil ish
Topshirdi : 326-guruh talabasi Mamurjonov Komiljon
Qabul qildi : Gulnoza Saydamxodjayevna
Toshkent 2023
Jahon moliya bozori va uning rivojlanish xususiyatlari
Reja
1. Xalqaro kapital harakatining mohiyati va xalqaro moliya bozorining tarkibiy tuzilishi.
2. Xalqaro moliya bozorining rivojlanish va xalqaro kapital haratining zamonaviy tendentsiyalari.
3. Xalqaro moliya bozorini tartibga solish usullari va mexanizmi.
4. Xulosa .
5. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Xalqaro kapital harakatining mohiyati va xalqaro moliya bozorining tarkibiy tuzilishi
Xalqaro kapital harakati sifatida mamlakatlar o’rtasidagi moliyaviy resurslar oqimi milliy investitsiya va jamg’arma o’rtasidagi nomutanosiblik oqibatida kelib chiqadi. xalqaro kapitallar harakati – ayni vaqtda nisbiy ortiqcha bo’lgan pul yoki tovar moddiy mablag’larni mamlakat chegarasidan chetga joylashtirilishidir. Bu iboraning sinonimi kapital eksporti yoki kapitalni chiqarishdir.
Moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro kapitallar harakatida o’ziga xos xususiyatlari sifatida quyidagilar namoyon bo’ladi:
jahonda kapitalning notekis joylashishi. bunda kapital resursi kapitalga boy mamlakatdan kapitalga muhtoj mamlakatga qarab oqib boradi;
ko’p mamlakatlarda jamg’arma va investitsiyaning nomutanosibligi. Buning natijasida investitsiya uchun ortiqcha mablag’lar yoki defitsit sodir bo’ladi. Oqibatda mos ravishda kapitalning sof eksporti yoki importi vujudga keladi;
mamlakatlarning investitsion muhitidagi, shuningdek kapital qo’yilmalar uchun sharoitlardagi farqlanishlar;
kapital egasining kapitaldan foydalanish samaradorligidagi farqlar va uning boshqa chet eldagi kapitalni egallashga qaratilgan harakatlari hamda kapitaldan samarasiz foydalanayotgan joydan o’rin olishga harakat qilishi;
iqtisodiy resurs sifatida odatda kapitalni yuqori darajada safarbar etilishi. Bu holat jahon iqtisodiyoti globallashuvi, erkinlashuvi, transmilliylashuvi va integratsiyalashuvi sharoitida yanada ko’proq kuchga ega bo’ladi.
Xalqaro kapitalning asosiy shakllari sifatida rasmiy kapital, xususiy kapital, qisqa, o’rta va uzoq muddatli, tadbirkorlik kapitali, ssuda kapitali, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar, portfel investitsiyalarni keltirib o’tish mumkin. Ular o’rtasida o’zaro bog’liqlik va milliy iqtisodiyot uchun qanday shaklda qo’yish afzal ekanligini 1-rasmda ko’rishimiz mumkin.
Xalqaro kapitalning asosiy shakllari sifatida rasmiy kapital – davlatlararo tashkilotlar va hukumat qarorlari asosida davlat byudjeti mablag’larini chet eldan qabul qilish yoki chet elda joylashtirishdir.
- milliy iqtisodiyot uchun afzalligi yuqori
Do'stlaringiz bilan baham: |