Jahon moliyaviy


Korporatsiyalarning integrastion rivojlanish strategiyalari


Download 44.81 Kb.
bet2/9
Sana19.04.2023
Hajmi44.81 Kb.
#1366864
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu korporativ88

Korporatsiyalarning integrastion rivojlanish strategiyalari


O’z oldiga integratsiyalanishni maqsad qilib qo’ygan korporatsiya integrastion strategiyasining belgilangan bosqichlarini amalga oshiradi. Yiriklashtirilgan tarzda korporatsiyalar rivojlanishining integrastion strategiyasi uch bosqichga taqsimlanadi (16 rasm):
Birinchi bosqich - tashkiliy loyihalashni ifodalaydi, bu erda integratsiya haqida qaror qabul qilinadi, strategiyalar ishlab chiqiladi, amalga oshirish jarayonlari rejalashtiriladi va hokozo.
Ikkinchi bosqichda - ishlab chiqilgan rejalar va chora - tadbirlar asosida loyihani amalga oshirish ko’zda tutiladi va integratsiya jarayoni amalga oshiriladi. Korporatsiya tarkibiga kiradigan kompaniyalar yoki korporatsiyalarni tashkiliy strukturasi o’zgaradi, ishlab chiqarish va boshqaruv aloqalarining bir holatdan boshqa holatga o’tishi ro’y beradi.
Loyihani amalga oshirishning ikkinchi bosqichida qo’yidagilar amalga oshirilishi mumkin:

  1. Qo’shilish (qo’shib olish). Qo’shilish deb - yangi jamiyatning unga qo’shilish haqida qaror qilgan, ularning faoliyat yuritishi to’xtatiladigan bir nechta jamiyatlarning barcha huquq va majburiyatlari berilishi yo’li bilan tashkil topishiga aytiladi. Boshqacha qilib aytganda, har bir jamiyatni yuridik jihatdan tugatish ro’y

beradi va yangi tashkiliy struktura tuziladi. Mos ravishda, barcha mavjud boshqaruv organlari bekor qilinadi va yangi tashkil qilingan kompaniyada aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi, Direktorlar kengashi, Boshqarma – hammasi yangidan tashkil etiladi. Qo’shilishda ishtirok etadigan jamiyatlarning aktsiyalari bekor qilinadi va keyinchalik yangi jamiyatning aktsiyalari chiqariladi. Shu sababli dastlab, yangi tashkil qilingan aktsiyadorlik jamiyatini boshqarish uchun ovoz berish tartibi qo’shilish haqidagi shartnomada belgilab beriladi.

  1. Birlashish. Birlashish deb - jamiyatning barcha huquq va majburiyatlarni boshqa jamiyatga bergan holda o’z faoliyatini to’xtatishiga aytiladi. Ya’ni, o’ziga jamiyatni birlashtirib oladigan tashkilot bu jamiyatning barcha mulkiy majmualarini, aktivlari va hokozolarni idora qilishi mumkin, lekin shu bilan bir paytda u mazkur jamiyatning uchinchi shaxslar oldidagi barcha majburiyatlarini ham o’z zimmasiga oladi. Birlashtiriladigan jamiyat aktsiyadorlar umumiy yig’ilishini chaqiradi va birlashish haqidagi masalani hal etgach, topshirish dalolatnomasi tuzadi. Birlashish jarayonidan keyin jamiyatni birlashtirib olgan tashkilot qo’shib olingan mulk summasiga teng aktsiyalar qo’shimcha emissiyasi chiqaradi va tarqatadi. Aktsiyadorlar sonining ortishidan kelib chiqib, Direktorlar kengashi a’zolari soni ham oshirilishi yoki boshqaruv organlarida boshqa o’zgarishlar amalga oshirilishi mumkin.


  2. Download 44.81 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling