Jahon moliyaviy
Download 44.81 Kb.
|
8-mavzu korporativ88
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zgartirish
- Taqsimlash.
Tugatish. Jamiyatni tugatish jamiyatning huquq va majburiyatlarini boshqa shaxslarga o’tkazmagan holda uning faoliyatini to’xtatishni anglatadi. Jamiyatni ko’ngilli ravishda tugatish haqida qaror aktsiyadorlar umumiy yig’ilishida qabul qilinadi, majburiy ravishda tugatish esa sud qaroriga ko’ra amalga oshiriladi. Shundan keyin jamiyat mulkini uning barcha kreditorlari, so’ngra aktsiyadorlar o’rtasida taqsimlash ro’y beradi va jamiyatni tugatish jarayoni yuridik shaxslar davlat reestriga mos keluvchi qayd kiritish bilan yakunlanadi.
O’zgartirish. Jamiyat mas’uliyati cheklangan jamiyatga, ishlab chiqarish shirkatiga yoki notijorat hamkorligiga o’zgartirilishi mumkin. Aktsiyadorlar umumiy yig’ilishining kun tartibiga jamiyatni o’zgartirish tartibi va shartlari, jamiyat aktsiyalarini mas’uliyati cheklangan jamiyat qatnashchilarining qo’yilmalariga yoki ishlab chiqarish shirkati a’zolarining pay badallariga almashtirish tartibiga aloqador masalalar bilan birgalikda jamiyatni o’zgartirish masalasi qo’yiladi. Shundan keyin barcha qatnashchilar tomonidan o’zgartirilgan tashkilotning ta’sis hujjatlari tasdiqlanadi, uning boshqaruv organlari saylanadi. O’zgartirilgan tashkilot bunga qadar mavjud bo’lib kelgan jamiyatning barcha huquq va majburiyatlarini o’zida saqlab qoladi. Taqsimlash. Taqsimlash deb - tashkilot faoliyatini to’xtatish va uning barcha huquq va majburiyatlarini yangi tashkil etiladigan jamiyatlarga berish tan olinadi. Aktsiyadorlar umumiy yig’ilishida kun tartibiga jamiyatni taqsimlash tartibi va shartlari, yangi jamiyatlar tashkil qilish, taqsimlanadigan jamiyat aktsiyalarini yangi tashkil etiladigan aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyalariga almashtirish tartibi haqidagi masalalar qo’yiladi, shuningdek, taqsimlash balansi tasdiqlanadi. Agar umumiy yig’ilish tomonidan barcha masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilinadigan bo’lsa, shundan keyin yangi tashkil etilgan har bitta jamiyatni boshqarish ularning o’z aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi tomonidan va qabul qilingan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi. Tashkilotni taqsimlash masalalri bo’yicha ovoz berishda qatnashmagan yoki qarshi ovoz bergan shaxslarga keladigan bo’lsak, ular jamiyat taqsimlangunga qadar o’zlariga tegishli bo’lgan aktsiyalar soniga proporstional ravishda, yangi tashkil etilgan har bir jamiyatning xuddi shu huquqlarni beradigan aktsiyalarini olishlari lozim. Download 44.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling