Jahon Savdo Tashkiloti
Download 21.96 Kb.
|
Jahon Savdo Tashkiloti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xitoydek boʻla olamizmi
Ikkinchidan, iqtisodiyotni liberallashtirish, sanoatni xususiylashtirish, bozor erkinligiga davlat aralashuvini cheklash borasida tugallanmagan ishlar turibdi.
Uchinchidan, respublika ichkarisida zamon talabiga mos bozorbop mahsulot ishlab chiqaruvchilar, xususan, paxta ishlab chiqarishga ixtisoslashgan oʻzbek fermerlari arzon va sifatli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi Xitoy, Hindiston, BAA savdo shirkatlariga raqobat qila olmasligi xavfi tugʻiladi. Oqibatda qishloq xoʻjaligi daromadsiz sohaga aylanib qolishi, bu esa 49,5 foizi qishloqlarda yashaydigan aholi uchun yangi infratuzilmani yaratish zaruratini keltirib chiqaradi. Qishloqqa sanoat tarmoqlari kirib kelishi Gʻarb mamlakatlarida boʻlganidek, fuqaroning tafakkur dunyosi jiddiy oʻzgarishiga va ijtimoiy faolligiga olib keladi. Intellektual mulk huquqi tizimi va bozorining shakllanmaganligi, ixtirolarni amaliyotda qoʻllash, qaroqchi (pirat) mahsulotlar bozorining avj olganligini bartaraf etish yoʻnalishida ham muammolar toʻplangan. Xususan, adabiy va badiiy asarlarni himoya qilishga doir Bern konvensiyasi (1971-yil 24-iyulda qabul qilingan Parij hujjati), “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunga zid ravishda respublikamizdagi va chet el mualliflarining yaratilgan asarlarini noqonuniy takrorlash — litsenziyasiz (qaroqchi) mahsulotdan foydalanish, kontrafakt mahsulotlarni CD, DVD, VCD, VHS, mp3 shaklidagi disklarga koʻchirib, qalbaki nusxasini bozorlarda bemalol sotib, daromad koʻrish holatlari mamlakatimiz miqyosida avj olgan. Savdoga oid intellektual mulk huquqlari haqidagi bitim (TRIPS), gʻoya va ixtirolar uchun adolatli raqobat muhitini yaratish, nohalol raqobat majburiyatlari boʻyicha ham qator vazifalar hamon yechilmagan. Xitoydek boʻla olamizmi? Endi Oʻzbekiston tajribasidaJSTga aʼzo boʻlish afzalliklari va ayrim kamchiliklarimiz xususida mulohaza yuritsak. Bugungi kunda ekspertlar guruhi (“Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiya tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2018-yil 24-dekabrdagi hukumatning 1040-son qarori) tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi mutasaddi boʻlgan maxsus komissiya sezilarli tashkiliy-huquqiy tadbirlarni amalga oshirganiga shubhamiz yoʻq. Shunday boʻlsa-da, bu borada matbuotda yetarli axborot berilmaganligi bois, tahlilimiz asosida quyidagi ishlarni amalga oshirish zarurligiga eʼtiboringizni qaratmoqchi edim. Birinchidan, mamlakat fuqarolari ijtimoiy guruhlarida daromadlar darajasining jiddiy farqlanishi “boʻshliq”ni yuzaga keltiryapti. Xuddi shu “boʻshliq” boshqa sohalarda islohotlarni oʻtkazishga xalaqit bermoqda. Ayni chogʻda mamlakatimizdagi kambagʻallik darajasi 12 — 15 foiz atrofida ekanligi maʼlum qilindi. Bu 4-5 million aholi yetarli daromad manbaiga ega emasligi, ijtimoiy himoyaga muhtojligini bildiradi. Bizningcha, muammoning yagona yechimi shuki, “Yashash minimumi toʻgʻrisida”gi qonun va konsepsiyani tezroq qabul qilishimiz lozim. Yuqoridagi komissiya “isteʼmol savatchasi” va “yashash minimumi”ni belgilash boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish va tahlil qilish ishlarini tugallashi maqsadga muvofiq. Hozirgi murakkab pandemiya sharoitiga qaramasdan, mazkur qonunga ehtiyoj kundan-kunga oshib boraveradi. Ikkinchidan, ana shu muammoni tan olgan holda, JSTga aʼzolikni istab, yaqin yillarda erkinlashtirish va raqobatni jadallashtirish dasturlarini qoʻllagudek boʻlsak, jamiyatda ijtimoiy muammolar battar koʻpayadi. Jahon bankining hisob-kitoblariga koʻra, Oʻzbekistonda 4 milliongacha boʻlgan fuqarolarning ishlamasligi, qishloq joylarida ishsizlarni qoʻshgan holda, ularning soni taxminan 6 millionga yetishi, Rossiyada 3 million kishining mavsumiy asosda ishlashini hisobga olmaslik mumkin emas. Mamlakatning JSTga aʼzo boʻlishidan eng koʻp zararni qishloq aholisi koʻradi. Uchinchidan, 2010 — 2019-yillarda YAIM (yalpi ichki mahsulot)ning aholi jon boshiga dinamikasi bir tekis rivojlanmagani, 2017-yilda bu koʻrsatkich 1491 AQSH dollarini tashkil etgani, Oʻzbekistonning JSTgaaʼzo boʻlishi natijasida Xitoy tajribasida boʻlgani singari ishsizlar sonining koʻpayib ketishiga va subsidiyalar asosida moliyalashtiriladigan mashinasozlik, dehqonchilik tarmoqlari ahvolining yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Toʻrtinchidan, mamlakat yirik tarmoqlarining bu iqtisodiy jarayonga tayyor emasligi, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ichki bozor narxlari tashqi bozor narxlaridan yuqori ekanligi bilan xarakterlanadi. Oddiy misol: 2020-yil iyul oyida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan “UzAuto Motors” AJda “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilishi boʻyicha deputat soʻrovi koʻrib chiqildi. Qoʻmitaning maxsus komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar kompaniya avtomobil narxlarini asossiz oshirganini tasdiqladi. Unga koʻra, avtomobillar narxlari 3 million soʻmdan 19 million soʻmgacha asossiz oshirilgani aniqlandi. Bunga oʻxshagan holatni boshqa monopol korxonalar misolida ham koʻrsa boʻladi. Oʻzbekiston tashkilotga qoʻshiladigan boʻlsa, ijobiy jihat shuki, 1996-yildan beri “UzAuto Motors” kabi avtomobil sanoatidagi proteksionizm siyosatidan voz kechilishiga, monopoliya tugatilishiga va aholi turmush farovonligi oshishiga erishiladi. Oʻzbekiston Respublikasining JSTga kirishini tezlashtirish boʻyicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga BMTning Taraqqiyot dasturi, Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Jahon banki, Xalqaro rivojlanish boʻyicha AQSH agentligi (USAID), Xalqaro hamkorlik boʻyicha Germaniya jamiyati (GIS) texnik koʻmak berayotganini ham taʼkidlab oʻtish lozim. Maʼlum boʻlishicha, 2020-yilning 7-iyul kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida videokonferensiya shaklida Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirishi boʻyicha ishchi guruhining 4-yigʻilishi boʻlib oʻtgan. Oʻzbekiston delegatsiyasiga Bosh vazir oʻrinbosari,investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzoqov boshchilik qilgan. Yigʻilish doirasida Oʻzbekistonning tashqi savdo rejimi toʻgʻrisida kengaytirilgan Memorandum muhokama qilingan. Download 21.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling