Jahon sivilizatsiyalari tarixi fanidan taqdimotlar 2-mavzu: ikki daryo oralig‘ining (mesopotamiya) va qadimgi misr siivilizatsiyalari


Download 74.66 Kb.
bet11/12
Sana01.12.2021
Hajmi74.66 Kb.
#178547
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Месопатамия узб презентация

Ilmiy hayoti

  • Qadimgi Mesopotamiyada dunyoning ilmiy bilishda ma’lum yutuqlarga erishildi. Bobilda ayniqsa, matematika fanlari amaliy maqsadlar uchun yuzaga kelib, yuqori darajada rivojlanadi. Qadimdayoq bobilliklar zikkuratlarning yuqori qavatlaridan turib osmon jismlarini muntazam kuzatganlar. Ana shu ko‘p asrlik kuzatishlari natijasida matematik astronomiya vujudga keldi. Bobilda ko‘p sonli astronomik jadvallar vujudga kelgan. Shu davrda Bobilda mashhur astronomlar Naburian va Kiden yashaganlar. Naburian oy fazalarini aniqlash tizimini ishlab chiqdi. Kiden quyosh yilini 365 kun, 5 soat 41 minut va 41,6 sekund hisobladi. U yil hisobi davomiyligida bor yo‘g‘i 7 minut, 17 sekundga xato qilgan. Astronomiya astrologiya bilan bog‘langan edi.
  • Bizgacha juda ko‘p Bobil tibbiyot matnlari yetib kelgan. M.a. III ming yillikdayoq mesopotamiyaliklar Hindistonga boradigan yo‘lni, m.a. I ming yillikda Efiopiya va Ispaniyaga boradigan yo‘lni bilganlar. Bizgacha yetib kelgan xaritalar bobilliklarning o‘z geografik bilimlarini tizimga solishga harakat qilganliklarini ko‘rsatadi.

Download 74.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling