jahon siyosati bajardi: (Kechki ta’lim)


Kurs ishi mavzusining nazariy-metadologik asoslari


Download 62.74 Kb.
bet3/10
Sana06.02.2023
Hajmi62.74 Kb.
#1169478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KURS ISHI ARAB-ISROIL NIZOSI

Kurs ishi mavzusining nazariy-metadologik asoslari. Mavzuni o‘rganish davomida tarixiy, qiyosiy-siyosiy, mantiqiy, event, kontent va SWOT tahlili kabi metodlardan foydalanildi.
Kurs ishining tuzilishi. Ushbu kurs ishi Kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

II BOB. ARAB-ISROIL NIZOLARINING KELIB CHIQISH TARIXI VA SABABLARI
1.1. O‘zaro munosabatlarning keskinlashuvi.
Arab davlatlari va Isroil o‘rtasidagi aloqalarning jiddiy keskinlashuv tarixi 1947 yilning 29 noyabr sanasiga borib taqaladi. BMTning maxsus qo‘mitasi Falastinda ikki davlat: ham arab, ham yahudiy davlatini tuzish bo‘yicha qaror qabul qildi. 1948 yilning 14 may sanasida mustaqil Isroil davlati tashkil topgani e’lon qilindi, ammo Falastin arab davlati tuzilmay qoldi. Natijada bir qancha arab davlatlari Isroilga qarshi urush ochadi. Aynan shu voqealar fonida hozirga qadar hal qilinmay kelinayotgan arab–yahudiy nizosi yuzaga keladi. o‘tgan 70 yildan oshiq vaqt davomida olib borilgan urushlar, muzokaralarning hech qaysisi to‘laligicha tinchlik tiklanishiga olib kelmadi.
Quyida bugungi Arab-Isroil munosabatlarida urush va ixtiloflarga sabab bo‘layotgan asosiy muammolar ko‘rib chiqiladi.
Birinchi muammo: Quddusni kim nazorat qilishi. Tarixiy jihatdan musulmonlar uchun ham, yahudiylar uchun ham muhim bo‘lgan Quddus shahri maqomi Isroil va Falastin o‘rtasidagi barcha muzokaralarda o‘tib bo‘lmas to‘siq bo‘lib qolmoqda. Isroil 1980 yilda Quddusni o‘zining yagona va bo‘linmas poytaxti deb e’lon qilgan. Jahon hamjamiyati esa bu qarorni noqonuniy deb hisoblashga chaqirib keladi. Ayniqsa, bu masala Donald Trampning prezidentligi davrida yanada keskinlashdi. Dastlab Trampning Amerika elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirishga qaror qilgani ommaviy namoyishlar va o‘nlab kishilarning o‘limiga sabab bo‘ldi. Keyinchalik Isroilning poytaxti «bo‘linmas» Quddus shahrida bo‘lishini taqozo etadigan, shuningdek, Falastin davlatining poytaxti ham sharqiy Quddusning sharqiy qismida bo‘lishini ko‘zda tutuvchi o‘zining «Asr kelishuv»ini taklif qildi, ammo Falastin milliy ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos «Quddus sotilmasligi»ni hamda Tramp va Netanyahuning kelishuvi Falastin xalqi «tarixning chiqindi chelagiga uloqtirishi»ni ta’kidlagan.1
Bu boradagi Isroil bilan nizoni hal qilish borasidagi muzokaralarda Falastin tomoni «1967 yilgacha» bo‘lgan chegaralarga qaytishni talab qilib keladi. Muammo shundaki, 1967 yilgacha Quddus to‘laligicha Isroilga tegishli bo‘lmagan.
Masalaning juda ham nozik jihat hisoblanmish diniy taomillarga borib taqalishi doimiy muzokaralar jarayonlarini boshi berk ko‘chaga olib kiradi

Download 62.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling