jahon siyosati bajardi: (Kechki ta’lim)
Nizo urug’ining sepilishi
Download 62.74 Kb.
|
KURS ISHI ARAB-ISROIL NIZOSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Falastin xalqining fojiasi.
Nizo urug’ining sepilishi. Ikkinchi jahon urushi (1939-1945) tugashi bilan Britaniya hukumati Falastin masalasini Birlashgan Millatlar Tashkilotiga topshiradi. BMT esa yahudiylar va arablar yagona davlatda yashay olmaydi, degan fikrga keldi. Shu joyda bir faktni eslatib oʻtsam, yahudiylar va arablar XIII asr davomida bir mamlakatda yashab, tinch hamda osuda hayot kechirishgan. BMT aholining joylashuviga qarab, yahudiy va arab davlatini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Shunda yahudiylarga 14,1 ming kvadrat kilometr, arablarga esa 11,1 ming kvadrat kilometr yer berildi. Uch dinning muqaddas shahri – Quddus xalqaro hudud boʻlishi kerak edi. Yahudiylar bu shartga rozi boʻldi, arablar esa bu haqida eshitishni ham istashmadi. Yer taqsimlanishi adolatsiz tarzda amalga oshirilgan edi. Sababi yahudiylarga katta va hosildor yerlar berilgandi. Arablarning noroziligiga qaramay, BMT 1947-yil 29-noyabr kuni Falastinda ikkita davlat tashkil etish (Isroil va Falastin) haqida rezolutsiyani qabul qildi. Shundan soʻng dunyoning turli burchaklaridan ming-minglab yahudiylar Falastinga koʻchib kela boshladi. Yevropadan yahudiylarning kelishi nizoni alanga oldirdi. 1948-yil 14-may kuni Isroil davlati (yahudiylar davlati) tashkil etildi-yu, biroq Falastin davlati tashkil etilmadi. Bu yonib turgan olovga benzin sepishdek voqea boʻldi.
1.2. Falastin xalqining fojiasi. Misr, Suriya, Transiardaniya, Livan, Iroq va boshqa arab davlatlarining birlashgan qoʻshinlari Isroilga hujum qildi. Ammo arab davlatlari hech qanday natijaga erisha olmadi. 1949-yilning iyul oyiga kelib Isroil barcha hujumlarni qaytardi va bostirib kirgan arab armiyasini yakson qildi. Bu urush Isroil tarixida “mustaqillik urushi” deb nomlandi. Urush yakuniga koʻra, BMT mandati boʻyicha Falastindagi arablar uchun ajratilgan yerlarning 1300 km² va 112 ta aholi yashash punkti hamda Sharqiy Quddus Isroilga oʻtib ketdi. Aynan 1948-yilgi urushdan soʻng Falastin xalqining fojiasi boshlandi. Oʻtgan asrning 40-yillar oxirida yuz bergan ushbu toʻqnashuvdan keyin ham arablar va yahudiylar oʻrtasida bir necha marta yirik janglar boʻlib oʻtdi. Jumladan, 1967 yildagi “Olti kunlik urush”, 1973 yilda boʻlib oʻtgan “Yom-Kippur urushi” ikki oʻrtadagi ziddiyat eng choʻqqisiga chiqqan vaziyatlar hisoblanadi. Eng qizigʻi ikkala toʻqnashuvda ham Isroil gʻalaba qozongan. Bu urushlar natijasida, Isroil oʻz hududini uch barobarga kengaytirib oldi. Sharqiy Quddus ham Isroil nazorati ostiga o‘tdi. 1980-yilda Isroil Quddusni oʻzining yagona poytaxti deb eʼlon qildi.3 Download 62.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling