jahon siyosati bajardi: (Kechki ta’lim)
Download 62.74 Kb.
|
KURS ISHI ARAB-ISROIL NIZOSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2021-yilgi qonli toʻqnashuv
Zamonaviy ziddiyatlar
Yillar davomida Isroil dunyoning turli nuqtalaridan yahudiylarni qabul qilishda davom etib, oʻz davlatchiligini mustahkamlab bordi. Maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda Isroil hududida 6.8 million yahudiy va 1,9 million arab istiqomat qiladi. Falastin yerlarida esa 5 million arab mavjud. 1988-yil 15-noyabr kuni Falastin tarixida katta siyosiy voqea roʻy berdi. Oʻsha kuni “Falastin ozodlik” tashkiloti Jazoir shahrida mustaqil Falastin davlati tuzilganini eʼlon qildi. Yosir Arofat bu mamlakatning birinchi rahbari etib tayinlandi. Biroq, Falastin defacto mustaqil davlat boʻlib qoldi. 1993-yil 12-sentabr kuni AQSh prezidenti Bil Klinten vositachiligida Yosir Arofat va Isroil Bosh vaziri Ichak Rabin “Oslo” kelishuviga imzo chekdi. Unga koʻra, Gʻazo sektori va Gʻarbiy sohilning kichik qismi Falastinga qaytarib beriladi. Lekin yahudiy tomonidan egallab olingan Quddus shahri toʻliq tarzda Isroil nazoratida qoldi va bu yerlarni Isroil hali beri arablarga qaytarish niyati yoʻq. Tarixiy jihatdan musulmonlar, nasroniylar va yahudiylar uchun ham muqaddas boʻlib kelgan Quddus shahri, Isroil-Falastin oʻrtasidagi nizoning obyekti hisoblanadi. 1967-yildan beri Isroil BMT tomonidan arab davlatini tashkil etish uchun ajratilgan yerlarda tashkiliy tarzda aholi maskanlari qurib keladi. Yahudiylar bu yerni Isroilga qaytarishni oʻzlarining burjlari deb bilishadi. Qurilish tobora kengayib, falastinlikni tashvishga solmoqda.4 2021-yilgi qonli toʻqnashuv Bugungi kunda Falastinda ikki hukumatli tizim mavjud. Gʻazo sektorini – HAMAS, Gʻarbiy qirgʻoqda – Falastin milliy maʼmuriyati. 2021-yil 7-may Ramazon oyining oxirgi Juma kuni, Quddusdagi Al-Aqso masjidi atrofida tartibsizliklar boshlandi. Bunga Isroil politsiyasi tomonidan falastinlik arablar taroveh namozini oʻqiyotgan ushbu masjidga hujum qilingani sabab boʻldi. Bundan tashqari, Isroil sudi Shayx Jarroh mahallasida yashovchi arab oilalarini koʻchirish toʻgʻrisida qaror chiqardi. Chunki bu yerlarga yahudiylar daʼvo qilib keladi. Shundan soʻng, Gʻazoni nazorat qiluvchi falastinliklarning HAMAS harakati Isroilni ogohlantirdi: Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi va Shayx Jarroh mahallasidan askarlarni olib chiqib ketish uchun mahalliy vaqt bilan soat 18:00 gacha muddat qoʻydi. HAMAS oʻz talabi bajarilmagach, Isroilga raketa zarbasi yoʻlladi. Bunga javoban Isroil havo amaliyotini boshlab, ommaviy ravishda Gʻazoni bombardimon qildi. 11 kun davom etgan oʻzaro havo hujumlari natijasida Gʻazo sektorida yashovchi 232 nafar arab halok boʻldi va 1900 ga yaqini jarohat oldi. Isroilda esa 12 nafar inson vafot etgan, yuzlab odamlar yaralangan. Download 62.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling