jahon siyosati bajardi: (Kechki ta’lim)
Arab-Isroil mojorosida AQSHning munosabati
Download 62.74 Kb.
|
KURS ISHI ARAB-ISROIL NIZOSI
2.2. Arab-Isroil mojorosida AQSHning munosabati
Hozirgi kunda Fors ko‘rfazidagi AQSh va Buyuk Britaniya harbiy qudrati Yevropa Ittifoqi davlatlari ishtirokisiz harbiy amaliyotlar o‘tkazish imkoniyatiga ega. Buni 1998-yil oxiridagi Iroq voqealaridan va keyinchalik Iroqdagi Saddam Husayn tuzumini ag’darib tashlash operatsiyalarida guvohi bo‘ldik. Hozirda AQSh Yaqin Sharq mintaqasining eng yirik ehtiyoji zamonaviy qurol-yaroq va harbiy mudafaasini ta’minlaydi. Oxirgi paytlarda G’arb davlatlari Yaqin Sharq bilan asosan iqtisodiy hamkorlik, o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatishga intilmoqda. Sovuq urush davri tugaganidan keyin Yaqin Sharqda yuzaga kelgan siyosiy tanglik oldida ularning bu siyosati mintaqa davlatlari tomonidan ijobiy kutib olindi. Yaqin Sharq barqarorligini ta’minlashdan asosiy maqsad G’arb davlatlari va AQSh uchun yagona-neft mahsulotlari yetkazib berilishining to‘xtovsizligini ta’minlashdan iborat. YeI davlatlari Yaqin Sharq davlatlari bilan o‘zaro iqtisodiy assosiatsiyalar tuzish, ularning ish faoliyatini rivojlantirish orqali o‘zlarining mintaqa bilan aloqalarini yangi bosqichga ko‘tardilar. Bu omil har ikki taraf uchun ham o‘zaro manfaatli munosabatlarda muhim rol o‘ynaydi. Ular o‘rtasidagi aloqalarning yana bir jihati Yaqin Sharqning siyosiy, iqtisodiy muvofiqlashmaganidir (integratsiya). Bu doimo siyosiy kelishmovchiliklar keltirib chiqaradi. Arab davlatlari, neftga boy, yoki boy bo‘lmasligiga qaramasdan, qoniqarsiz iqtisodiy taraqqiyot, aholining tez o‘sishi, demokratik jarayonlar, davlat boshqaruvining qobiliyatsizligi kabi vaziyatlarga yuz tutdi. 8 Ikkinchi jahon urushi davridan boshlab AQShning Yaqin Sharq mintaqasiga kirib kelishi uning mintaqa xavfsizligi masalalarida asosiy rol o‘ynashiga sabab bo‘ldi. Mintaqa xavfsizligini ta’minlashdagi AQShning aralashuvi muhim o‘rin tutadi. AQShning Yaqin Sharq manfaatlariga xizmat qilar ekan AQShlik siyosatchilar xavfsizlik masalalarida o‘zlarining aralashuv ta’sirlarini quyidagi omillardan iborat ekanligini ta’kidlaydilar: - Arab-Isroil muammolarini tinchlik muzokaralari orqali hal etish, bu o‘rinda ular o‘rtasidagi muzokarada AQShdan boshqa vositachi yo‘qligiga ularni ishontirish; - Mintaqaning asosiy muammolari: iqtisodiy taraqqiyot, qochoqlar, suv manbalari, atrof-muhit, qurollanishni oldini olish masalalarini ko‘p tomonlama, hamkorlikda hal etish uchun xalqaro hamjamiyatga olib chiqish. Bu o‘rinda AQShning roli har bir masalaning hal etishida homiylik qilishidir: Mintaqadagi radikal tuzimlarni xalqaro terrorizmni qo‘llab-quvvatlashini oldini olish; Mintaqa davlatlariga tahdid solayotgan tuzumni yo‘q qilish; Mintaqa davlatlarining mudofaa va harbiy qudratini oshirish maqsadida ular bilan birgalikda strategik hamkorlikni rivojlantirish; o‘zlarining radikal siyosat olib borayotgan qo‘shnilaridan himoya qilishga intilib, mudofaa tizimlarini mustahkamlayotgan davlatlar bilan zamonaviy texnologiyalar yetkazib berishda hamkorlik qilish; o‘zlarining radikal siyosatlari natijasida ommaviy qirg’in qurollarini rivojlangan davlatlarning zamonaviy texnologiyalariga ega bo‘lishini nazorat qilish; Ularning mazkur qurollangan qo‘shni davlatlarga tahdid solishini oldini olish; Iqtisodiy, ijtimoiy qiyinchilikka uchragan rivojlangan davlatlarga yordam berish ularning hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turli terroristik tashkilotlar, islomiy guruhlar xurujini bartaraf etish; Yaqin Sharqda demokratiya, inson huquqlari, erkin so‘z huquqi, axborot targ’ib etish bu mintaqa iqtisodiy guruhlarning jahon bozoriga chiqishi va erkin faoliyat yuritishini ta’minlash; AQShning Isroilni qo‘llab-quvvatlashi uning Yaqin Sharq davlatlari bilan aloqalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Isroil Arab davlatlari nazarida Yaqin Sharq xavfsizligi va barqarorligiga xavf solib turgan eng birinchi davlatdir (omildir). G’arb davlatlari Isroil bilan mustahkam savdo aloqalari bo‘yicha bog’langan. Isroil muhim qishloq xo‘jaligiga ega. Hozirgi kunda Isroilda yuqori texnologik yutuqlarga erishmoqda.9 3-dunyo davlatlari sifatida Arab davlatlari iqtisodiy jihatdan murakkab vaziyatda AQSh va G’arb davlatlari shu vaziyatdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib, ularga iqtisodiy yordamni oshirdi. Natijada Arab davlatlari moddiy jihatdan ularga tobe bo‘lib qoldi. G’arb davlatlari ana shu tobelikni oshirish maqsadida ularga yordamni qurol-yarog’lar yetkazib berish bilan oshirmoqda. XX asrning oxirida AQSh va G’arb siyosiy doiralari Arab dunyosining harbiy qudrati avvalo o‘zlariga qaratilishi mumkinligini angladilar. Endilikda ular Arab dunyosini iqtisodiy muammolar jihatidan nazorat qilishga intilmoqda. Biror sabab topilishi bilan ular G’arb davlatiga qarshi harbiy chora qo‘llamokda. Fors ko‘rfazi davlatlari neft mahsulotlarining doimo G’arb bozorida ularning investisiyalari kabi xaridorgir bo‘lishini istaydilar. G’arb davlatlari Fors ko‘rfazi neftiga tobe bo‘lish bilan birgalikda doimo bu ehtiyojni qondirishning yangi yo‘llarini topishga intiladi. Chunki Yaqin Sharqning doimo beqarorligi AQSh va G’arbning rivojlangan iqtisodiy rivojini xavf ostiga qo‘yadi. AQSh o‘zining Yaqin Sharq siyosati yo‘nalishida Misr va Iordaniyani strategik hamkor sifatida ko‘radi. Bunday yondoshuv ushbu davlatlarning arab va musulmon dunyosida ahamiyatli obru-e’tiborga ega ekanligi bilan belgilanadi, shuningdek, ular Isroil bilan tinchlik shartnomasini imzolagan yagona arab davlatlari hisoblanishadi. Yaqin Sharqning mintaqaviy xavfsizligi Arab-Isroil muammolariga boribgina taqalmaydi. Mintaqaning ko‘plab davlatlari boshqa muammo va ziddiyatlarga aralashib ketgan. Shunga qaramasdan Falastin masalasi Arab-Isroil muammolarining asosini tashkil etgan, o‘ o‘nlab yillar davomida Yaqin Sharq mintaqasi xavfsizligi masalalarining xalqaro hamjamiyat markazidagi asosiy masalalaridan biri bo‘lib qolaveradi. 50 yildan ortiq davr davomida Arab-Isroil muammolarining davom etishi, Falastinning mavjudligi va bu muammoni hal etish zarurligini ta’kidlaydi. Yaqin Sharqdagi bu muammo xalqaro hamjamiyat ishtirokisiz hal bo‘lmaydi. Biroq, undan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish, Arab-Isroil ziddiyatlarini xali-beri oxiriga yetkazmaydi. Mintaqadagi vaziyatga ob’ektiv, tarixiy manbalarga, inson huquqlarini himoya qilgan holda, umumjahon talablarga amal qilgan holda yondoshish kerak. Arab dunyosi Isroil o‘zlarining umumiy dushmani, agressiv siyosatchi, ekspansionist, mintaqada gegemoniyaga intilayotgan, tinchlik muzokaralaridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanayotganini ta’kidlaydi. Uning bosib olgan yerlaridan chiqib ketmasdan turib, tinchlik muzokaralari oxirigacha hal bo‘lmasligini bildiradilar. AQShning Yaqin Sharqqa nisbatan siyosatining umumiy mazmunga egaligi, uning mintaqadagi strategik manfaatlaridan kelib chiqqan holdadir. AQSh uchun, mintaqaning barqarorligi, turli siyosiy, harbiy ziddiyatlardan ozodligi katta ahamiyatga ega. Bu mintaqa davlatlari qay darajada barqaror bo‘lgani sari AQShning manfaatlari xavfsizligi ta’minlanmay mintaqa davlatlari o‘rtasidagi urush, ziddiyatlar savdo-sotiq, tovar aylanmasi, investisiyani to‘xtatadi, qochoqlar sonini ko‘paytiradi, bu esa AQShning yaqin ittifoqdoshlari Yevropa davlatlari ichki siyosatida muammolarni kuchaytiradi. Janubiy Yevropa davlatlari bu vaziyatda AQShdan ko‘ra ko‘proq salbiy oqibatlarga uchraydilar. Ikkinchi muhim jihati - AQSh Fors ko‘rfazi va Shimoliy Afrikadan munosib narxda neft bilan ta’minlanishning doimiyligidan katta manfaatdor. Yaqin Sharq nefti AQSh ittifoqdoshlari G’arb davlatlari iqtisodiy rivojining asoslaridan biridir. Shuningdek, G’arb davlatlari Yaqin Sharq neftiga AQShdan ko‘ra ko‘proq muhtojdirlar. Shu o‘rinda Yaqin Sharq har bir inqiroz neft ta’minoti doimiyligining buzilishi, narxining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Neft narxining oshishi Yevropa davlatlari uchun katta iqtisodiy zarar keltiradi. Bu vaziyat AQSh va G’arb davlatlarida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy muammolar olib keladi. Oxirgi vaqtda AQSh Yaqin Sharqda harbiy qurol yordamida siyosat yuritdi. Endilikda esa ular bu siyosatni faqat o‘z manfaatlarini himoya qilibgina olib boradilar. Uchinchi jihati AQShning Yaqin Sharqda kuchli tijoriy manfaatlari mavjud. Yaqin Sharq AQSh harbiy va maishiy mahsulotlarining eng ahamiyatli bozoridir. AQSh bu mintaqaga katta miqdorda qurol-yaroq va tovarlar sotish bilan neftga sarflanayotgan mablag’larni qaytarib oladi. Iqtisodiy raqobat kuchaygan ushbu davrda bu muhim bozorning ochiq bo‘lishi katta manfaatdorlik omilidir. Mintaqaning muhim strategik suv yo‘llari, kommunikatsiyasi nafaqat savdo-sotiq rivoji balki, AQShning harbiy qudrati uchun ham katta ahamiyatga ega. Bu yo‘llardan eng muhimi Suvaysh kanali, Xormuz ko‘rfazi, Qizil dengiz, Bosfor, Dardanel, o‘rta yer dengizi portlari shular jumlasidandir. Oxirgi jihati esa AQSh Yaqin Sharq mintaqasi davlatlarida bozor iqtisodi, demokratiya g’oyalarini targ’ib qilishga qattiq urinmoqda. Bu omil gohida boshqa manfaatlar bilan muammoga uchrashi mumkin. Jumladan, barqarorlik bilan, shuning uchun G’arb davlatlari monarxiya usulidagi davlatlar, asosan Fors ko‘rfazi davlatlari bilan kelishib siyosat yuritishga majbur (neftning doimiyligini ta’minlash maqsadida). AQSh o‘z manfaatlariga ta’sir ko‘rsatmaslik sharti bilan Yaqin Sharqdagi ochiq jamiyatlar, inson huquqlari tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlaydi. 10 XULOSA Xulosa qilib aytganda, Isroil-Falastin oʻrtasida chigal muammolar juda koʻp. Har ikki tomon ham ularni birgalikda yechishni istamaydi. Falastinliklar oʻz kindik qonlari toʻkilgan yerlarini yahudiylardan qaytarib olishni istaydi, Isroil esa oʻz hududini arablar yashaydigan yerlar hisobiga kengaytirishni xohlaydi. Bunday vaziyat doimo keng miqyosli urush va ziddiyatlar yuzaga kelishga zamin hozirlaydi. Isroil-Falastin munosabatlarida muammolar juda ko‘p va har ikki tomon ham ularni birgalikda hal qilishni xohlamaydi. Quddus maqomi to‘g’risidagi to‘qnashuvlar va diniy nizolar aslida to‘qnashuvlarni yuzaga keltirish uchun bir bahonadek ko‘rinadi go‘yo. Isroil uchun o‘z davlatining hududini arablar yashaydigan hududlar hisobiga kengaytirish masalasi juda muhim. Falastinlik arablar uchun esa tirik qolish masalasi kun tartibidagi asosiy mavzu hisoblanadi. Har tomondan siqib olingan arab mamlakatining istalgan paytda doimiy mojaro zonasiga aylanish xavfi mavjud. Bu yerda resurslar uchun muttasil kelishmovchiliklar yuzaga keladi, chunki suv va oziq-ovqat mahsulotlari yetishmaydi. Bunday vaziyat esa keng miqyosli urush va yangi ixtiloflar istalgan paytda yuzaga kelishiga zamin yaratadi. Download 62.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling