Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbarining murojaati
Global miqyosda ishsizlikning avj olishi
Download 54.76 Kb.
|
gafurbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karantin rejimi tufayli inson huquq va erkinliklarining cheklanishi
Global miqyosda ishsizlikning avj olishi
Koronavirus oqibatida karantin rejimining joriy etilishi dunyo aholisining kundalik yashash tarzini keskin oʻzgartirib yubordi. Jumladan, Oxfarm xalqaro xayriya uyushmasi olib borgan tadqiqotlarda maʼlum boʻlishicha, dunyo boʻylab aholining daromadlari 20 foizga qisqarishi mumkin. Shuningdek, ekspertlar qashshoqlar soni 500 mln. kishiga yetishini taxmin qilishmoqda. Bundan tashqari sanoat hamda xizmat koʻrsatish sohasidagi subyektlarning nomaʼlum muddatga yopilishi ishsizlikning oshib ketishiga sabab boʻldi. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2020-yilning ikkinchi yarmida jahonda 195 mln. kishi ishsiz qolishini prognoz qilgan. Hisobotda inqirozdan kichik va oʻrta korxonalar, qishloq xoʻjaligi xodimlari, qochoqlar va mehnat migrantlari eng koʻp zarar koʻrishi aytib oʻtilgan. AQSH Mehnat vazirligi maʼlumotiga koʻra, aprel oyida inqiroz boshlangandan beri ishsizlar soni 22 millionga yetgan. Ayniqsa aviatransport, turizm, chakana savdo, restoranlar tarmogʻi sohasida yuz minglab ishchilar ishdan boʻshatilgan. Karantin rejimi tufayli inson huquq va erkinliklarining cheklanishi Mamlakatlar tomonidan karantin hamda oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish tizimidan foydalanish virusni bartaraf qilishning maqbul yoʻli sifatida baholanmoqda. Bu toʻgʻrisida Oʻzbekiston moliya vaziri Timur Ishmetov: «karantin moliyaviy xarajatlar, daromadlarning yoʻqotilishi nuqtayi nazaridan davlatga, hukumatga qanchalik qimmatga tushmasin, lekin shu yoʻl tutilmasa, oqibatdagi xarajatlar undan bir necha bor kattaroq boʻlishi mumkin»[4] – degan fikrlarni bildirib oʻtgan edi. Aholi orasida bunday tartibning amal qilishi insonlarning huquqlarini maʼlum darajada cheklashi tabiiy. Davlatlar chegaralarining yopilishi, mamlakat ichkarisida shaharlararo qatnovlarning bekor qilinishi, ayrim davlatlarda komendantlik soatining joriy etilishi kabi holatlar shular jumlasidandir. Bir soʻz bilan aytganda, karantin tufayli hukumatlarning aholiga boʻlgan taʼsiri har qachongidan kuchaygan. Ushbu holat obyektiv zarurat tufayli vujudga kelgan boʻlsada, dunyoning bir qator mamlakatlarida noroziliklar ortib bormoqda. Xususan, AQSHning Michigan shtatida fuqarolar joriy etilgan karantinni qoralab namoyishlar oʻtkazishdi. Koronavirus pandemiyasi dunyoda muhim oʻzgarishlar olib kelayotganligi bugungi siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy hayotda oʻz tasdigʻini topmoqda. Shu munosabat bilan insoniyat shartli ravishda dunyoni pandemiyagacha va undan keyingi dunyoga ajratishga majbur boʻlmoqda. Pandemiyadan keyingi dunyo xususida soʻz borar ekan, avvalo, globallashuv jarayonlarining sekinlashuviga, mamlakatlar oʻrtasida integratsiyaning maʼlum maʼnoda cheklanishiga guvoh boʻlamiz. Bu fikrlar tasdigʻi oʻlaroq, Yevropa Ittifoqi mamlakatlararo aloqalarni cheklamoqda. Shengen hududining vaqtinchalik yopilishi pandemiya toʻfonidan soʻng ushbu Ittifoqning ilgarigidek mustahkam boʻlishini xavf ostiga qoʻyadi. Pandemiya demokratiyaning yuqori darajada boʻlishi, aholining demokratik erkinliklarga haddan ziyod bogʻlanib qolganligi ijobiy tendensiya emasligini Gʻarb mamlakatlari misolida koʻrsatib berdi. Zero, mazkur mintaqada kasallikning keskin oshib ketganligi AQSH hamda Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlari karantin rejimini toʻliq taʼminlay olmayotganligida, davlat organlarining aholini nazorat qilishda maʼlum qiyinchiliklarga duch kelayotganligi oqibatidir.Shu tufayli pandemiya bartaraf etilgach hukumatlar, davlat muassasalarining aholiga boʻlgan taʼsiri yana-da kuchayishi jarayoni kuzatiladi. Bu borada Garvard universiteti professori, xalqaro munosabatlar boʻyicha mutaxassis Stefan Voltning fikriga koʻra, epidemiya davrida xalqni himoya qilish uchun koʻrilgan choralar pandemiyadan keyin ham davom etadi va bu narsa davlatlar mavqeyini mustahkamlaydi. Pandemiyadan keyin dunyo iqtisodiyoti sezilarli oʻzgarishlarni boshdan kechiradi. Mazkur jarayonning qanday ssenariy ostida kechishi borasida turli qarashlar shakllanmoqda. Binobarin, amerikalik taniqli iqtisodchi Nuriyel Rubini oʻz tadqiqotlari orqali epidemiya yirik iqtisodiy va geosiyosiy inqirozga aylanib ketishini taxmin qilmoqda. Uning fikricha, jahon iqtisodiyotida uzoq davom etuvchi “muzlik davri” boshlanadi, proteksionizm kuchayadi. Yirik yarmarkalar, savdo markazlari yopiladi. Tadbirlarning barchasi onlayn oʻtkaziladi, xaridlar asosan internet orqali amalga oshiriladi. Nemis iqtisodchisi Mark Shirisning tahlillariga koʻra, pandemiyadan keyin jiddiy jahon inqirozi yuz bermaydi. Hattoki jahon fond bozorlari qulasa va iqtisodiy oʻsish surʼatlari keskin tushib ketsa ham 2008-yildagi kabi moliyaviy inqiroz takrorlanishi ehtimoli kam. Epidemiya bartaraf etilgach, transport kommunikatsiyalari tiklanadi, jahon savdosi yana-da rivojlanadi. Ishlab chiqarishda yuzaga kelgan taqchillikni bartaraf qilish maqsadida sanoat bir necha baravar kuch bilan ishlaydi Tarixga murojaat qilganda 1918 - 1919-yillarda «ispanka» nomi bilan butun dunyoda tarqalgan epidemiya tufayli jahon iqtisodiyoti maʼlum muddat izdan chiqqan edi. Xalqaro valyuta fondining 2006-yilda bergan hisobotida «ispanka» XX asrning boshida mamlakatlar iqtisodiyotning tanazzuliga sabab boʻlgan. Biroq, kasallik bartaraf etilgach, qisqa muddat ichida jahon iqtisodiyotida keskin koʻtarilish yuz bergan. Xususan, AQSHda karantin joriy qilingan hududlarda shunday holat kuzatilganligi Federal rezerv bank mutasaddilari Serjio Korrea, Stiven Lak va Emil Vernerlar tomonidan tasdiqlandi. Yuqoridagi fikrlarni tahlil qilib, shuni aytish mumkinki, koronavirusdan soʻng iqtisodiyotning ilgarigi holatiga qaytishi hamda yana-da taraqqiy etishi pandemiyaning qancha muddat davom etishiga bogʻliq. Bunda quyidagi taxminlarni bildirib oʻtish joiz: Birinchidan, kasallikning uzoq muddat amalda boʻlishi iqtisodiy tuzumga jiddiy xavf tugʻdiradi. Ammo iqtisodiy inqiroz qanchalik tashvishli boʻlmasin mamlakatlar mazkur muammolarni bartaraf eta oladi. Ikkinchidan, iqtisodiy oʻsish barcha sohalarda bir xilda boʻlmasligi mumkin. Masalan, daromadining katta qismi xizmat koʻrsatish sohasiga, xususan, turizmga asoslangan Ispaniya va Italiya kabi davlatlarda pandemiyadan keyin iqtisodiyotning jadal suratda rivojlanishi ehtimoli kam. Bu esa taraqqiyotning davlatlar miqyosida turlicha kechishini bildiradi. Uchinchidan, mamlakatlar sanoatda import oʻrnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5969-son farmon asosida import oʻrnini bosuvchi qurilish materiallari ishlab chiqarishni koʻpaytirish asoslari belgilandi. Pandemiya shuni koʻrsatdiki, tovar almashinuvining cheklanishi ichki bozorda mahsulotlar tanqisligiga sabab boʻladi. Binobarin, joriy yil koronavirus tufayli arab mamlakatlarida oziq-ovqat yetishmovchiligi yuzaga keldi. Chunki shu kunga qadar mazkur mahsulotlarning 90% chetdan import qilingan. Pandemiyadan keyingi dunyoda barcha sohalarda innovatsion texnologiyalarni qoʻllash avj oladi. Rivojlangan davlatlarda mazkur jarayon koʻlami past boʻlsada, Osiyo, Amerika va Afrikaning rivojlanayotgan mamlakatlari davlat boshqaruvida, barcha muassasa hamda tashkilotlarda, ishlab chiqarish korxonalarida ish faoliyati elektron dasturlash tizimi asosida olib boriladi. Ayrim davlatlarda ushbu mexanizmni amalga oshirish ishlari boshlab yuborilgan. Xususan, Oʻzbekistonda 2020-yil 28-aprelda qabul qilingan “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4699-son Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq, davlat boshqaruvida “elektron hukumat”ni yana-da rivojlantirishning kelgusidagi istiqbolli rejalari belgilandi. Xulosa Xulosa qilib aytganda, bashariyat yangicha turmush sharoitiga moslashishiga toʻgʻri keladi. Shu tufayli pandemiyadan keyingi hayotning ijobiy tomonga oʻzgarishi uchun: Download 54.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling