Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbarining murojaati
Download 54.76 Kb.
|
gafurbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbarining murojaati
- Vaksinatsiya
Pandemiya global miqyosda qator ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqardi,[24] sport va madaniy tadbirlar keyinga qoldirilishi yoki bekor qilinishiga sababchi boʻldi, dori-darmon, elektronika mollari hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi yuzaga kelishi haqida xavotirlarga sabab boʻldi. Shuningdek, Internetda virus va pandemiya haqida notoʻgʻri maʼlumotlar hamda fitna nazariyalari urchidi,[28][29] turli mamlakatlarda ksenofobiya va irqchilik holatlari kuzatildi, vahimaga tushgan xaridorlar tualet qogʻozi kabi mollarni koʻp miqdorda sotib olishi kuzatildi.[30] 2021-yil iyul oyida JSST raisi Tedros Adhanom Ghebreyesus vaksinatsiyalar oqibatida koronavirusning vaksinalarga chidamli shtammi paydo boʻlishi mumkinligini aytdi.Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbarining murojaati2021-yil aperl oyida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanom dunyo rahbarlarini zudlik bilan emlashni boshlamagan mamlakatlarga 10 million doza koronavirus vaksinasini ajratishga chaqirdi. „Koronavirusga qarshi vaksinaga ega boʻlgan mamlakatlarga ushbu preparatga ehtiyoji bor davlatlar uchun 10 million doza vaksina ajratishini soʻrab murojaat qilganman. Ammo davlat rahbarlaridan hamon javob kutyapman“, — deya ta’kidlagan Tedros Adhanom.VaksinatsiyaKoronavirusga qarshi emlash boshlanganidan beri 2021-yil iyul oyi holatiga koʻra dunyo boʻyicha 3 milliard 436 million doza vaksina ishlatilgan. TugatilishiPandemiya JSST maʼlumotiga koʻra 2023-yil 5-may kuni bekor qilindi. COVID-19 pandemiyasi roppa-rosa 3 yil, 1 oy, 24 kun davom etdi. Mana shu vaqt oraligʻida koronavirus sabab dunyo boʻyicha 7 millionga yaqin inson halok boʻldi, 765 milliondan ortiq kasallanish holatlari aniqlandi .Bundan avval aprel oyi boshlarida Germaniyada COVID-19 pandemiyasi butunlay tugaganini maʼlum qilgan, hamda, 7-apreldan niqob taqishga oid barcha cheklovlar olib tashlangan. Global muammolar – umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq hozirgi zamon muammolari. Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni taʼminlash; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar – oziq-ovqat, sanoat xomashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi. Global muammolar avvalo jahonda kechayetgan iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi. Global muammolarlarni 4 guruxga ajratish mumkin: 1) xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan global muammolar – jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hoz. kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut gʻoyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan boʻlsa, qoloq mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid boʻlgan ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo boʻldi. Buni terrorchilik, ekstremizm koʻrinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi; 2) xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulga n global muammolar – jahon xoʻjalik tizimi vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transnatsional korporatsiyalar jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga karam, iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambagal mamlakatlar oʻrtasidagi farq oʻsib bormoqsa. 20-asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86 %ini ishlab chiqargan boʻlsa, kambagʻal davlatlar atigi 1 %ni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil boʻlsada, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqti-sodiy munosabatlaridagi globalla-shuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Mas, milliy bozorni siqib qoʻyadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu globalla-shuvga qarshi harakatni keltirib chiqardi – Yevropaning bir necha shaharlarida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Global iqtisodiy jarayonlar jahon miqyosida harakat qiluvchi moliyaviy-iqtisodiy jinoiy guruhlarini vujudga keltirdi; 3) ijtimoiy sohada vujudga kelgan global muammolar – jahon aholisi muttasil koʻpayib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tugʻdiruvchi kasalliklar (masalan, OITS) tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi; 4) inson va tabiat oʻrtasidagi munosabatlarning buzilishi natijasida vujudga kelgan global muammolar – ular qatoriga dengiz va suv havzalarining bulgʻanishi, oʻrmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yoʻqolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi natijasida qishloq xoʻjaligida ekin ekiladigan yerlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Sobiq SSSRda qishloq xoʻjaligi sohasida texnokratik siyosat yuritilishi oqibatida Orol dengizi suvi kamayib, gʻoyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Global muammolarga qarshi kurashda jahon hamjamiyatini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov oʻz asarlarida, turli xalqaro anjumanlarda soʻzlagan nutqlarida Markaziy Osiyoda global muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yoʻllarini koʻrsatib berdi, bu muammolarni hal qilish xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning muhim sharti ekanligiga jahon jamoatchiligi eʼtiborini karatdi. Jahon iqtisodiy inqirozining paydo boʻlishi hamda uning barcha mamlakatlarga koʻrsatayotgan salbiy taʼsiri. Dunyo iqtisodiyoti soʻnggi oʻn yillikda oʻrtacha 3 foizga oʻsib kelgani holda koronavirus tufayli global YAIM 3 foizga qisqarishi taxmin qilinmoqda. Xalqaro valyuta jamgʻarmasining hisobotiga koʻra jahon iqtisodiyoti pandemiya natijasida 9 trln. AQSH dollari zarar koʻrishi mumkin. Xususan, AQSHda YAIM hajmi 2020-yilning birinchi choragida 4,8 foizga kamayib, ikkinchi choragida esa ushbu koʻrsatkich hatto 40 foizgacha yetishi kutilmoqda. Shuningdek, virus tufayli Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida, jumladan Fransiya iqtisodiyotida Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng katta yoʻqotish qayd etilgan. Koronavirus sabab iqtisodiyotda zararning 1929 –1933-yillardagi Buyuk depressiya hamda 2008-yilda sodir boʻlgan jahon iqtisodiy inqirozidan ancha yuqori ekanligi pandemiya davrining qancha muddat davom etishini baholash imkonsizligi bilan izohlanadi. Xalqaro ekspertlarning fikriga koʻra, bugungi kundagi global inqiroz tarixda roʻy bergan boshqa inqirozlardan shunisi bilan farq qiladiki, pandemiya tufayli biznes xarakatdan toʻxtadi: yirik kompaniyalardan tortib kichik tadbirkorlikkacha barcha-barchasi oʻz faoliyatini cheklashga majbur boʻldi. Download 54.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling