Jahon tarixi “eng yangi tarix” fani bo`yicha I qism (1918-1945-yillar) kirish


II-bob. 1918-1939 YILLARDA FRANSIYA


Download 1.71 Mb.
bet6/79
Sana04.11.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1745360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
JAHON TARIXI eng yangi ma\'ruza matni

II-bob. 1918-1939 YILLARDA FRANSIYA
1-§. Urushdan keyingi iqtisodiy va siyosiy inqiroz
yillarida Fransiya
Urush 10 ta sanoat departamentini va ko‘pgina qishloq rayonlarni butunlay vayron qildi. Urushda 1 million 400 ming kishi halok bo‘ldi. Urush xarajatlari natijasida ko‘rilgan zararning umumiy summasi 200 milliard frankka yetdi. Urush sutxo‘r imperializm mamlakati bo‘lgan Fransiyaning moliyaviy quvvatiga katta zarba berdi. Fransiya AQSH dan 4 milliard dollar va Angliyadan 650 million funt sterling qarzdor bo‘lib qoldi. Fransiya shunday katta zarar evaziga o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda Germaniya va uning ittifoqchilari ustidan g‘alaba qozondi. U Germaniyadan Elzas-Lotaringiyani qaytarib oldi, Marokash ustidan protektoratini mustahkamladi, Turkiya mustamlakalari bo‘lgan Suriya va Livanni idora qilish mandatini oldi. Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalari Togo va Kamerunni Angliya bilan bo‘lishib oldi. Fransiya Yevropada o‘z gegemonligini o‘rnatishga zo‘r berib urindi. U 1919 yilgi Parij konferensiyasida Saar oblastining o‘ziga berilishini, Fransiya “himoyasida” Reyn avtonom davlatini tuzishni, Bavariyaga mustaqillik berishni, Polsha territoriyasini kengaytirishni talab qildi. Fransiyaning bundan ko‘zlagan maqsadi Germaniyani ancha zaiflashtirish, Bavariyani o‘ziga bo‘ysundirish va Polshani kuchaytirib, undan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanish edi. Biroq, bunga Angliya va AQSH davlatlari rozi bo‘lishmadi. Konferensiya qaroriga binoan, urushda ko‘p zarar ko‘rgan Fransiyaga Saar oblasti toshko‘mirini olib turishga ijozat berildi, lekin uning Germaniyadan oladigan reparatsiya hissasi tezda aniqlanmadi, ko‘p tortishuvlardan keyin, 1920 yilga kelib u reparatsiyaning 52%ini (8 mlyard oltin marka) olish huquqiga ega bo‘ldi. Ammo Fransiya oladigan summasi uning AQShdan olgan qarzlaridan oz edi. Shunga qaramasdan, urushdan keyingi yillarda Fransiyaning janubiy va g‘arbiy-janubiy tomonlarida yangi sanoat rayonlari paydo bo‘ldi. Vayron bo‘lgan joylar tiklana boshladi. Ichki bozor kengaydi. Elzas-Lotaringiyaning Fransiyaga qaytarilishi va Saar ko‘mirining Fransiyaga berilishi bilan unda muhim xom ashyo manbalari vujudga keldi. Metallurgiya, avtomobil, aviatsiya, to‘qimachilik va ximiya sanoatlari rivojlandi. Elzas va Lotaringiyaning qo‘shib olinishi natijasida fransuz metallurgiya sanoatining quvvati 1,5 marta oshdi. Temir rudasi qazib olish bo‘yicha Fransiya Yevropada birinchi o‘ringa chiqdi. Saar ko‘mir havzasidan foydalanish huquqi uni 15 yil davomida ko‘mir bilan ta’minlar edi. Nihoyat, Germaniyadan olingan 8 milliard marka tovon puli sanoatni texnologiya jihatidan to‘la qayta qurish imkonini berdi. Ayniqsa, og‘ir sanoat, harbiy sanoat taraqqiy qildi. Ishlab chiqarish va kapital konsentratsiyasi kuchaydi. Bank va davlat apparati bilan bog‘liq bo‘lgan gigant monopolistik birlashmalar (“200 oila”) kuchayib ketdi. Fransuz bankining roli g‘oyat oshdi. Qudratli banklar paydo bo‘ldi, “Mirabo”, Rotshildlar oilasi, aka-uka Lazarlar, Vorms, Malle va boshqalarga qarashli eng yirik banklar o‘z sarmoyalarini ko‘paytirdilar, natijada ularning mamlakat hayotiga ta’siri kuchaydi. Sanoatning yetakchi tarmoqlarida “Reno”, “Sitroyen”, “Pejo”, “Simka” kabi ulkan kompaniyalar tashkil topdi. Lekin boshqa sanoat tarmoqlari, ayniqsa, yengil sanoat orqada qoldi va 1939 yilgacha urushdan oldingi darajaga yetolmadi, mayda sanoat korxonalari esa avvalgidek ko‘p edi. Jahon miqyosida Fransiya sanoat mahsuloti ishlab chiqarish jihatidan boshqa bir qator yirik kapitalistik mamlakatlardan orqada qoldi. Barcha kapitalistik mamlakatlarning birgalikda olgan umumiy sanoat mahsulotida Fransiyaning hissasi 1913 yilda 7,2% bo‘lsa, 1937 yilda 5,1% ni tashkil qildi, xolos. Urush Fransiya qishloq xo‘jaligiga og‘ir ta’sir qildi. Aholining anchagina qismi (1936 yilgi ma’lumotiga ko‘ra 47,6%i) qishloq aholisi edi. Urush dehqonlar o‘rtasida tabaqalanishni kuchaytirdi, vayron bo‘lgan mayda xo‘jaliklar hisobiga katta yer egaligi o‘sdi, yer maydonining ko‘p qismi yer egalari qo‘lida to‘plandi. 1917 yil noyabridan beri mamlakatni Klemanso boshliq radikallar hukumati boshqarib keldi. Radikallar partiyasi mayda va o‘rta burjuaziyaga tayanuvchi partiya bo‘lib, uning lideri Klemanso monopoliyalarning odami edi. U mamlakatda yarim harbiy-diktatorlik rejimini o‘rnatdi. Keyinchalik, sharoitga qarab Fransiyada turli burjua partiyalaridan iborat “milliy blok” va “so‘l blok”lar tuzildi. “Milliy blok” 1919 yilda inqilobiy harakat yuksalib borayotgan sharoitda tashkil topdi. Eng reaksion burjua partiyalari Respublikachilar federatsiyasi, Respublikachi-demokratik ittifoq va boshqa partiyalar 1919 yil noyabrida navbatdagi parlament saylovlarida o‘ta ketgan reaksioner Puankare va Milyeran boshchiligida “Milliy blok” tuzdilar, hamda bunga radikallar radikal-sotsialistlar partiyasini ham jalb qildilar. “Milliy blok”ning maqsadi inqilobiy harakatni bostirish, Germaniyaning urushda mag‘lubiyatga uchraganligidan ko‘proq foydalanib, Yevropada Fransiya gegemonligini o‘rnatish, mustamlakalarni yanada kengaytirish va ularni talash edi. “Milliy blok” mayda va o‘rta burjuaziya saylovchilarini inqilob xavfi bilan qo‘rqitib va shovinistik kayfiyatni kuchaytirib, ularni ancha chalg‘itdi; Germaniya bilan tuzilgan Versal sulhi Fransuz aholisi uchun juda manfaatli bo‘ladi deb avradi. “Milliy blok” saylovlarda ko‘p ovozga va deputatlar palatasi mandatlarining 2|3 qismiga ega bo‘lib, katta g‘alabaga erishdi. 1920 yil yanvaridan 1924 yil mayigacha mamlakatni “Milliy blok” hukumati (Milyeran, Ley, Brian, Puankare hukumatlari) boshqardi. Ko‘p o‘tmay Milyeran prezidentlik lavozimini egalladi.
Antanta bilan Germaniya va uning sobiq ittifoqchilari bo‘lgan Avstriya, Bolgariya, Vengriya va Turkiya o‘rtasidagi sulh shartnomalarining hammasi 1919-1920 yillarda Fransiyada Parij yonidagi joylar va saroylarda (Versal, Sen-Jermen, Neyi, Trianon, Sevr)da imzolandi. Ushbu shartnomalarda rasmiylashtirilgan xalqaro munosabatlar tizimi Versal sistemasi nomini oldi. Fransiya Angliya bilan birgalikda 1919 yilgi Parij konferensiyasida tashkil topgan xalqaro tashkilot Millatlar ittifoqida yetakchi rol o‘ynadi. Germaniya bilan Versal sulh shartnomasini tuzishda Fransiya Yevropada gegemonlik pozitsiyasini egallashni va Germaniyani ancha zaiflashtirishni mo‘ljallagan edi. Ammo yuqorida aytilganidek, Angliya va AQSH bunga yo‘l qo‘ymadi. Shunga qaramay, Fransiya Elzas-Lotaringiyani Germaniyadan qaytarib olishdan tashqari, Germaniya va Turkiya mustamlakalari hisobiga o‘z mustamlakalarini kengaytirdi, yaqin Sharqda Turkiya mustamlakalaridan Suriya va Livanni egalladi. U Turkiyaning O‘rta Yer dengizi sohilidagi Aleksandrettani, Klikiyani, Suriya chegarasi yaqinidagi bir qator rayonlarni bosib oldi. Fransuz harbiy kemalari boshqa davlatlarning harbiy kemalari bilan birga Istambul yonida, Dardanel va Bosfor bo‘g‘ozlarida suzib yurdi, Fransiya ham Turkiyada o‘z ta’sir doirasini kengaytirishni mo‘ljalladi. Lekin fransuzlar turk xalqining jiddiy qarshiligiga uchradi. 1919 yildayoq Klikiyada turk partizanlari fransuz bosqinchilariga qarshi chiqdi. 1921 yil yozida turk qo‘shinlarining ingliz-grek bosqinchilari ustidan qozongan g‘alabasi Fransuz agressorlarini shoshirib qo‘ydi va o‘sha yilning oktabrida Turkiya hukumati bilan separat sulh shartnomasi tuzishga majbur qildi. Klikiyadan Fransuz qo‘shinlari olib chiqib ketildi. Klikiya Turkiya tarkibiga kirdi. Aleksandrettada Fransiya imtiyozlari cheklab qo‘yildi. Turkiya hukumati Suriyaga yaqin chegara rayonlariga yaqin ayrim yerlarni Fransuz kompaniyasiga konsepsiyaga berishga rozi bo‘ldi. 1921 yilda Fransiya Polsha bilan, 1921-1922 yillarda Chexoslovakiya, Yugoslaviya va Ruminiya bilan ittifoqchilik bitimlarini va Fransiya ta’siri ostida keyingi uch davlatdan iborat bo‘lgan ittifoq tuzdi. Bu bitimlar va uch davlat ittifoqidan iborat bo‘lgan Kichik Antantaning tuzilishi avvalo Sovet Rossiyasiga, so‘ngra Germaniyaga qarshi qaratilgan va Fransiyaning Yevropada gegemonlik maqsadlariga qaratilgan edi. Bunga javoban Germaniya bilan Rossiya 1922 yilda, Genuya konferensiyasi paytida diplomatik munosabatlar o‘rnatish haqida shartnoma tuzdi. Bu ahdlashuv keng miqyosli iqtisodiy munosabatlar o‘rnatish yo‘lini ochar edi. Shunday qilib, Germaniya birinchi bo‘lib Rossiyani iqtisodiy jihatdan qamal qilish haqidagi kelishuvni buzdi. Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi shartnoma Genuya yaqinidagi Ropallo degan joyda imzolangani uchun shu nom bilan ataldi. U ikkala mamlakatning ham xalqaro mavqeini mustahkamladi. O‘z navbatida Yevropada, shu jumladan Bolqonda gegemonlik qilish uchun urinayotgan AQSH, Angliya va Italiya davlatlari bilan Fransiya o‘rtasidagi ziddiyatlar ham kuchayib bordi. Tinch okean va uzoq Sharq rayonlarida Fransiya bilan AQSH va Angliya o‘rtasidagi ziddiyat kuchaydi. 1923 yili Fransiyaning ichki va tashqi siyosiy hayotida muhim voqealar bo‘lib o‘tdi.
1922 yil yozida Buyuk Britaniya va AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan hamda Rapollo shartnomasidan ruhlangan Germaniya har yilgi tovonni to‘lashdan bosh tortdi. Bunga javoban Fransiya, Belgiya va Italiyaning qo‘llab-quvvatlashi bilan 1923 yil yanvarida o‘z qo‘shinlarini Germaniyaning og‘ir sanoat markazi bo‘lgan Rur oblastiga va Reyn viloyatining bir qismiga kiritib, bu yerlarni bosib oldi. Ammo Fransiya hukmron doiralarining rejasi amalga oshmadi. Germaniya hukumati da’vati bilan Rur aholisi ishdan bosh tortdi. Fransiyaga Rur ko‘miri butunlay bormay qoldi. Natijada cho‘yan va po‘lat quyish keskin qisqardi. Fransuz franki kursi tushib ketdi. Rurning bosib olinishi ichki siyosiy inqiroz va xalqaro munosabatlardagi chigalliklar bilan yakunlandi. Rurning okkupatsiya qilinishi va Germaniyada inqilobiy vaziyatning yetilishi AQSH va Angliya davlatlarini bezovta qildi. Ular Yevropada o‘z rolini oshirish uchun urinayotgan edilar. AQSH va uning himoyasidagi nemis burjuaziyasi va hukmron doiralari Fransiya oldida taslim bo‘lmadi. Moliya qiyinchiliklari natijasida Fransiya AQShdan qarz so‘rashga majbur bo‘ldi. AQSH qarz berishdan oldin Rurni bo‘shatib chiqishni talab qildi. Fransiyaning imperialistik agressiyasi siyosati va Rur avantyurasi shu tariqa mag‘lubiyat bilan tugadi.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling