Jahon tarixi “eng yangi tarix” fani bo`yicha I qism (1918-1945-yillar) kirish
IV-bob. 1918-1938 YILLARDA AVSTRIYA
Download 1.71 Mb.
|
JAHON TARIXI eng yangi ma\'ruza matni
IV-bob. 1918-1938 YILLARDA AVSTRIYA
1-§. Urushdan keyingi iqtisodiy va siyosiy inqiroz yillarida Avstriya Ko‘p millatli Avstriya-Vengriya imperiyasi Yevropaning eng qoloq mamlakatlaridan biri edi. Mehnatkashlar ommasi kapitalistik va feodal zulm ostida azob chekdi. Birinchi jahon urushi mehnatkashlarning ahvolini yanada yomonlashtirib yubordi. Sanoat kapitalining konsentratsiyasi va markazlashuvi, moliya oligarxiyasi kuchayib ketdi. Germaniyaning yordami bilangina Avstriya-Vengriya to‘la halokatga uchramay, urushni ma’lum vaqtga qadar davom ettira oldi. Lekin urushda Avstriya-Vengriya ko‘p talofat ko‘rdi, 4 mlndan ortiq kishi o‘ldi, yarador bo‘ldi va asir tushdi. Avstriya-Vengriya 1918 yil 3 noyabrda taslim bo‘lish to‘g‘risida Antanta bilan bitim imzoladi. Avstriya-Vengriya monarxiyasi urushda yengilishi va milliy ozodlik harakatining yuksalib borishi natijasida halokatga uchradi. Imperiya parchalandi; Vengriya va Chexoslovakiya mustaqil davlat sifatida imperiya tarkibidan chiqdilar. Janubiy slavyan viloyatlarida Serbiya bilan birgalikda yangi Yugoslaviya davlati barpo etildi. Triyent, Triyest va Janubiy Tirol Italiyaga o‘tdi. Transilvaniyaning bir qismi, Banat va Bukovina Ruminiyaga qo‘shildi. Shu tariqa, reaksion Avstriya Vengriya imperiyasi yakson bo‘ldi. Mamlakatda monarxiyani bitirish va respublika tartibini joriy qilish talablari ilgari surildi. 1918 yilda 29-30 oktabrlarda Venada xalq ommasining ishchilar va soldatlarning respublika barpo qilish shiorlari ostida ommaviy namoyishlari bo‘ldi. Noyabr oyida ham kurash davom etdi. Shu tariqa, siyosiy kurash keskinlashayotgan bir sharoitda, 1918 yil 12 noyabrda Muvaqqat millat majlisi Avstriyani respublika deb e’lon qildi. Gabsburglar monarxiyasi davrida burjuaziya Avstriya mehnatkashlarini va 52 mln. kishidan iborat bo‘lgan slovyan aholisini qattiq ekspluatatsiya qilish hisobiga yashadi va boylik orttirdi. Monarxiya parchalanib ketgandan so‘ng yangi Avstriya davlatining hududi ancha torayib aholisining soni 6,1 million kishidan iborat bo‘lib qoldi, xolos. Avstriya sanoati agrar mamlakat edi. Ishga layoqatli aholining 33% sanoat va hunarmandchilikda, 31% qishloq xo‘jaligida va o‘rmon xo‘jaligida ishlar edi. 1919 yil 16 fevralda Ta’sis majlisiga saylovlar o‘tkazildi, demagogiya metodlarini ishga solgan sotsial-demokratlar 170-deputatlik mandatidan 72 tasini egalladilar. Sotsial-demokratlar burjua partiyalari bilan birga 1919 yil martida yana kaolitsion hukumat tuzdi. Asosiy ministrlik lavozimlarini va hatto muhim davlat mansablarini egalladilar: Sotsial-demokratlardan Karl Zeyts respublika prezidenti qilib saylandi. Karl Renner davlat kansleri va ichki ishlar ministri qilib saylandi. 1919 yil 10 sentabrda Parij yonidagi Sen-Jermenda Antanta bilan Avstriya o‘rtasida sulh shartnomasi tuzildi. Shu shartnomaga muvofiq, Avstriya ilgari bosib olgan bir qancha hududlaridan mahrum bo‘ldi, hamda ko‘pgina yerlar Italiya, Yugoslaviya, Chexoslovakiya va Ruminiya kabi davlatlar ixtiyoriga o‘tdi. Avstriyaga faqat 30 ming kishilik armiyaga ega bo‘lish huquqi berildi va mamlakatda umumiy harbiy majburiyat bekor qilindi. Avstriyaning Dunay flotiliyasida va boshqa yerlardagi hamma harbiy kemalari Antanta davlatlariga topshirildi. Avstriya 30 yil davomida Antantaga reparatsiya to‘laydigan bo‘ldi. Maxsus reparatsiya komissiyasi tuzilib, Avstriya iqtisodiyoti ustidan Amerika, Angliya va Fransiya davlatlarining nazorati o‘rnatildi. 1920 yil 1 oktabrda ta’sis majlisida Avstriya respublikasi konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiyaga muvofiq Avstriya bir necha o‘lkalardan (Yuqori Avstriya, Quyi Avstriya, Shtiriya, Karintiya, Tirol, Forarlburg, Zalsburg, Burgenland va Venadan) tashkil topdi va «federativ davlat» deb ataldi. Keyinroq bu davlat «Avstriya respublikasi» nomini oldi, o‘lkalar avtonom huquqga ega bo‘lib, ularda qonun chiqaruvchi mahalliy organlar - landtaglar tashkil qilindi. Avstriya parlamenti quyi palata – «Milliy Sovet» va yuqori palata - «Federal Sovet»dan iborat edi. «Milliy Sovet» esa, landtaglarning vakillaridan tuzildi. «Federal Sovet» keng huquqlarga ega bo‘ldi. Prezident ikki palataning qo‘shma majlisida saylandi va uning huquqlari cheklandi. 1920 yil 17 oktabrda yangi konstitutsiya asosida «Milliy Sovet»ga saylovlar o‘tkazildi. Katolik cherkovi dehqonlarga kuchli ta’sir ko‘rsatganligi natijasida hukumat Xristian-sotsialistlardan tuzildi. Yirik pomeshchik Gaynish respublika prezidenti qilib saylandi. Sotsial-demokratik partiya hukumat tarkibidan chiqib, «Oppoitsiya»ga o‘tib oldi va amalda, shu niqob ostida burjua -pomeshchiklar hukumatini qo‘llab-quvvatladi. Avstriya burjua reaksiyasining asosiy partiyasi bo‘lgan Xristian-sotsial partiya ishchilar sinfining yangi inqilobiy ko‘tarilishiga qarshi kurashda xeymver («vatanni himoya qilish soyuzi») qurolli fashist to‘dalariga tayanib ish ko‘rdi. Xeymver 1919-1920 yillarda tuzilgandi. 1922 yil mayida Xristian-sotsial partiya o‘ng gruppasining lideri Ignats Zeypel boshchiligida «kuchli» hukumat tuzildi. Nemis natsional partiyasi vakillari ham shu hukumat tarkibiga kirdi. Bu hukumat ichki siyosatda reaksion diktatura rejimini o‘rnatishga, tashqi siyosatda Markaziy va Sharqi-Janubiy Yevropada o‘z hukmronligini tiklashga, Dunay federatsiyasi loyihasini amalga oshirishni ko‘zda tutdi. 1922-1924 va 1926-1929 yillarda mamlakatni Zeypel hukumati boshqardi. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling