Jahon tarixi fanidan «16 19 asrning birinchi yarmida o’rta Osiyo xaqidagi tarixiy geografik tadqiqotlar»
Download 1.36 Mb.
|
kurs ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining predmeti
- I Bob XVI—XIX asrning birinchi yarmida orta osiyo xalqlari tarixshunosligi. 1.1 XVI-XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo haiqdagi tarixiy geografik tadqiqotlar
Kurs ishining maqsadi: XVI-XIX asrning birinchi yarmida O'rta Osiyo haiqdagi tarixiy geografik tadqiqotlar mavzusini o'rganish va analiz qilishga yo'naltirish.
Kurs ishining ob'ekti: O'rta Osiyo haiqdasidagi tarixiy geografik tadqiqotlar, shu jumladan obidalar, arxitektura, qal'alar, shaharlar, madaniyat, iqtisod, tabiiy resurslar va iqtisodiy hamkorlikning tarixiy ko'rinishlari. Kurs ishining predmeti: XVI-XIX asrlarda O'rta Osiyo xonliklarida amalga oshirilgan tarixiy geografik tadqiqotlar, sayyohlar va tadqiqotchilar tomonidan olingan ma'lumotlar, yozuvlar, yozuvlar, yozuvlar va arxiv materiallari. Kurs ishining vazifalari: O'rta Osiyo haiqdasidagi tarixiy geografik tadqiqotlarning asosiy tarixiy jihatlarini o'rganish. O'rta Osiyo obidalarining arxitekturaviy yodgorliklarini, qal'alarni, shaharlarni, madaniyat merosini tahlil qilish. Tarixiy geografik tadqiqotchilar va sayyohlar tomonidan to'plangan ma'lumotlar va yozuvlarni muhokama qilish. I Bob XVI—XIX asrning birinchi yarmida o'rta osiyo xalqlari tarixshunosligi. 1.1 XVI-XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo haiqdagi tarixiy geografik tadqiqotlar Mamlakat tarixshunosligi O'rta Osiyoning O'rta asr tarixini o'rganish bo'yicha oz ish qilgani yo'q. Lenin, shunga qaramay, «biz shu kunga qadar Urta Osiyoning qadimiy hayotini manbalar asosida o'rganish bo'yicha maxsus tadqiqotlarga ega emasmiz, tarixshunoslik tadqiqotchiligi to'g'risida esa gapirmasa ham bo'ladi»,— deb yozadi tarixshunos B. Ahmedov o'zining 1985 yili Toshkentda nashr etilgan «XVI—XVIII asrlarda Urta Osiyoning tarixiy-jo'g'rofiy adabiyoti (yozma yodgorliklar) degan mukammal asarida.4 Urta Osiyo tarixining tarixshunoslik jihatidan to'la o'rganilmaganligiga sabab tarixiy manbalarning yo'qligi emas, balki, aksincha, ularning xilma-xilligidir. Nima bo'lganda ham Urta Osiyo xalqlarining XVI asrdan XIX asr o'rtalarigacha bo'lgan hayoti tariximizning eng nam o'rganilgan davrlaridir. 1917-yilgacha bo'lgan davrda bu masalaga juda kam e'tibor berilgan. Rossiya sharqshunoslari asosiy e'tiborni Temurgacha va temuriylar davrini o'rganishga qaratishgan. Sovet davrida esa, keyingi 30 yilda bir qator qimmatli tadqiqotlar paydo bo'ldi. Biroq, XVI—XIX asrdagi Urta Osiyo xalqlari tarixining mufassal, ko'p sonli tarixiy manbalarga asoslangan tahlili juda kam. Ular jumlasiga B.A.Ahmedov, B.G'. G'afurov, YE.A.Davidovich, X.S.Ziyoyev, R.B.Muqminova, A. M. Muxtorov, O. D. Chexovich va boshqalarning bir qator asarlarini kiritish mumkin. Urta Osiyo xalqlari tarixini o'rganuvchilar uchun «Uzbekiston tarixiy manbalarda» seriyasida chiqarilayotgan kitoblar yaxshi ko'makchi bo'la oladi. Ulardan birinchisi -- Urta Osiyo qadimgi tarixiga doyr ma'lumotlar to'plangan kitob 1984 yilda nashr etilgan edi. 1988 yilda esa «Uzbekiston tarixiy manbalarda» degan navbatdagi kitob bosmadan chiqdi. Undan Urta Osiyo tarixi bilimdoni sharqshunos B. V. Lunin to'plagan, XVI—XIX: asrlarning sayohatchilari jo'g'rofiyun olimlari aytgan ma'lumotlar o'rin olgan. Muallif «Kirish» da Samarkand va Buxoro barcha asrlarda dunyoga ma'lum va mashhur bo'lganini ta'kidlaydi. Qadimda aynan shu Urta Osiyo orqali Uzoq Sharq mamlakatlari, Osiyo va Ovrupoga boradigan asosiy savdo yo'llari o'tgan edi. Biroq dengizda suzuvchilarning XV asrda Amerikaga, Ovr.ulodan Hindistonga boradigan dengiz yo'lini ochganlari bois, Urta Osiyoda asta-sekin yirik savdo-sotiq ishlari va xalqaro madaniy aloqalar susaya boshladi. Xullas, nima bo'lganda ham XVI—XVIII asrlarda va hatto keyinroq ham yuz bergan ahvol oqibatida,— deb yozadi B. V. Lunin,— G'arbiy Ovrupo va Rossiyadagi Urta Osiyo to'g'risidagi bilimlar, Urta Osiyoda esa G'arbiy Ovrupo va Rossiya to'g'risidagi bilimlar chala edi. Biraq bir-biri to'g'risida bilishga qiziqish tobora kuchaymoqda edi.» A. Ahmedov ilk manbalar bilan shug'ullanuvchi tadqiqotchilar ishini yengillatadigan ish qildi -- voqea va faktlarni aniqlashga intildi. Bu juda og'ir, mas'uliyatli, uning manbashunoslik mehnati qadrini ikki baravar oshiradigan, Urta Osiyo XVI—XIX asr tarixini o'rganishni osonlashtiradigan asardir. Bundan tashqari u tarixshunoslikning muhim sharti — qiyoslash va bor ma'lumotlarni jiddiy, tubdan qayta tekshirish qoidasyga amal qilgan. Buning uchun B.Ahmedov o'z tahliliga muayyan bir davr bo'yicha bir necha asarlarni kiritgan. Bular «Tavorixi guzida» («Nusratnoma»), «Fatxnoma», «Shayboniynoma», «Mehmonnomai Buxoro», «Zubdat-ut-tavorix», «Badoye' ul-vaqoye» dir. Shu bilan bir vaqtda muallif bu asariga ilgari bosilgan manbalarga oid tarixshunoslik lavhalarini ham- kiritish qilgan. «Tavorixi guzida»,— «Nusratnoma», «Mehmonnomai Buxoro», «Dastur-ul-muluk», «Tarixi Muqimxoniy», «Ubaydullanoma» va «Tarixi Abdulfayzxoniy» shular jumlasidandir.5 O'zbek xalqi etnogenezi, XV—XVI asrlardagi Urta Osiyo aholteyning etnik tarkibi bilan shug'ullanayotgan etnograf ham bu kitobdan juda qizdqarli ma'lumotlar olishlari mumkin) barcha turk va mo'g'ullarning afsonavii bobosi hisoblangan Ug'izxon sulolasi tarixi «Tavorixi guzida»ning birinchi qismini egallaydi. Ikkinchi qism esa Chingizxon va uning avlodlari tarixini, Shayboniyxonning tug'ilishidan, to Samarkand taxtiga o'tirgunicha o'tgan davrni o'z ichiga ola-di. Uning 909 (1503—1504) yilgacha butun Movarounnahr hudu-dini egallagani tarixi kitobning uchinchi qismidan joy olgan. Kirish qismidan ko'rinadiki, kitob 1502—1505 yillar orasida yozilgan. U eski uzbek tilida bo'lgan, biroq, muallifi aytilmagan, bu ko'p tadqiqotchilarning bahsiga sabab bo'lgai! Masalan, P.I.Lerx Jaloliddin Rumiyning o'g'li Sulton Valadni asar muallifi deydi. Bu ehtimoldan uzoq. R. Muqminova, A. Semyonov, V. P. Yuding taxminicha muallif Shayboniyxonning o'zi. Tanqidiy matn tuzgan, so'zboshi yozgan, 1967 yili Toshkentda «Tavorixi guzida»—«Nusratnoma» asarini nashr ettirgan tadqiqotchi A.M. Akramovning fikricha esa, kitob muallifi Muhammad Solihdir3. B. Ahmedov esa A. Akramovning bu fikrini ishonarli emas, deb hisoblaydi. «Tavorixi guzida»—«Nusratnoma» asari dunyo miqyosida ikki nusxada topilgan. Birinchi qo'lyozma mamlakatimiz FA Sharqshunoslik ilmgohining Leningrad bo'limida (V — 745: 147 1) va ikkinchi qo'lyozma Britaniya muzeyida (OR. 32226; 148 1.) saqlan-adoqda. Qo'lyozmaning ikkala nusxasi ham qoniqarsiz ahvolda — mazmunda chalkashliklar, xatolar bor. A. Akramov o'z asarida bu kamchiliklarni tuzatishga urinsada, hanuz, ba'zi vdraqlar o'rni chalkashgan, ba'zi voqealarning qaytarilishi uchraydi.6 Shayboniylar sulolasidan, Xiva xoni (1645-1663) va yirik tarixchi. olim, tabib. Habash sulton va Ilbors sultonlar otalari Arab Muhammadxonni yengib, uni Qum qal'iga kamadilar. Otasining tarafdorlari bo'lgan Isfandiyor Eronga Abulg'ozi sulton esa Buxoroga Imomqulixon (1611-1642) huzurida qochdi. 1623 yilda Isfandiyorxon bilan o'rtalarida nizo qichib, 1627 yilda qozoq xoni Eshimxon huzuriga qochib bordi, so'ng ikki yil Toshkent hokimn Tursuvxon huzurida bo'ldi. Ko'p o'tmay, xivalik turkmanlarning taklifiga binoan u yana Xorazmga qaytdi. Isfandiyor uni Xiva hoknmi etib tayinlashga majbur bo'ldi. 1629 yilda Xiva turkmanlari Eronga tobe bo'lgan Niso va Durunta bosqin qildilar. Isfayadiyorxon Xivaning Eron bilan munosabatlarining buzilib ketishidan cho'chib aybni butunlay Abulg'ozi sultonga to'nkadi va uni 1630 yilning qishida Eron podshosi shoh Safi I (1629—1642) huzuriga garov tariqasida jo'natdi. Abulg'ozi sulton shu tariqa o'n yil Eronda, Isfahon yaqinida joylashgan Taborak qal'asida qamoqda yashadi. 1639 yilning yozida u tutqunlikdan qutulishga muvaffaq bo'ldi. 1641 yilning o'rtalarigacha Abulxon va Mingqishloqda istiqomat qildi. 1643 yilda orollik o'zbeklar uni xon qilib ko'tardilar. Oradan ikki yil o'tgach, Abulg'ozi sulton Xiva taxtiga o'tirdi. U Xivada feodal tarqoqlikni tugatish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash, mamlakatning mustaqilligini ta'minlash uchun kurash olib bordi. Abulg'ozi-xon 1663 yilda hokimiyatni o'g'li Anushaxonga topshirdi va oradan ko'p o'tmay, o'sha yilning 12 yavgustida yorug' jahondan ko'z yumdi.7 Abulg'ozi Bahodirxon yetuk tarixchi olim sifatida e'tiborga sazovordir. Uning «Shajarayi tarokima» va «Shajarayi turk» asarlari Urta Osiyo xalqlari tarixiga oid qimmatli manbalardan hisoblanadi. «Shajarayi tarokima»da turklar-ning afsonaviy podshosi Ug'uzxon, uning avlodi va ularning zamonida yuz bergan voqealar qisqacha bayon etilib, turkman urug'lari haqida qimmatli ma'lumotlar keltirilgan. Ikkinchi asar asosan Chingizxon va uning avlodlari, xususai Xorazmda 1512 yildan hukmronlik qilgan shayboniylar haqidadir. Abul-g'ozixonning bu asarlari rus, fransuz, nemis tillariga tar-jima qilinib chop etilgan. Abulg'ozi tibb ilmiga oid «Mano-fi' ul-inson» («Inson uchun foydali tadbirlar») degan kitob ham yozgan. Asar to'rt qismdan iborat: birinchi qismda — turli oddiy dorilar, ikkinchisida -murakkab dorilar, uchinchi qism-da —umumiy davolash usullari haqida, to'rtinchi qismda esa olim o'zidan- oldin o'tgan tabiblarning bemorlarni davolash xususidagi fikr-mulohazalari va ayni paytda o'zining fikr-mulohazalarini ham keltiradi. Asarning ahamiyati shundaki, unda muallif xalq tabobatida qo'llanilgan dorilar haqida qimmatli ma'lumotlar keltirgan. O'rta Osiyo, Qozog'iston va ular bilan qo'shni bo'lgan xorijiy mamlakatlarning XVI asrdagi tarixi bo'yicha asosiy manbalardan biri «Sharafnomayi shohiy» dir. U ko'pincha «Abdullanoma» nomi bilan ham mashhur. Asar Shayboniy Abdullaxon II ning topshirig'i bilan 1584—1590 yillar orasida yozilgan. Asar muallifi buxorolik mashhur shoir va muarrix Hofiz Tanish ibn Mir Muhammad al-Buxoriydir. Uning hayoti va ilmiy-adabiy faoliyatiga oid ma'lumotlar kam. Ayrim, qisqa ma'lumotlar «Sharafnomayi shohiy» muqaddimasida va ba'zi tazkiralarda uchraydi. Ana shu ma'lumotlarga qaraganda, Hofizi Tanish Buxoriy va uning otasi Mir Muhammad shayboniy hukmdorlarga Yaqin odamlar bo'lishgan. Masalan, otasi mavlono Mir Muhammad, naqshbandiya tariqatkning namoyandalaridan biri, yirik olim Mahdumi A'zam Kosoniy (xoja Ahmad ibn Jaloliddin Kosoniy; 1462—1542) ning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan «Jome' ul-maqomat» da yozilishicha, shayboniy Ubaydullaxbn (1534—1539) saroyida xizmatda bo'lgan; XVI asrning 50-yillari boshida Koshg'arga ketib qolgan va oradan ikki yil o'tib o'sha yurtda qazo qilgan. Hofizi Tanish Buxoriy 1583 yili Abdullaxon II ning xizmatiga kirgan va umrinipg oxirigacha shu xonning huzurida voqeanavis bo'lib xizmat qilgan.8 Hofizi Tanish Buxoriy og'ir bir zamonda, ya'ni Movarounnahrda feodal tarqoqlik kuchaygan, Abdullaxon II ning mamlakatni birlashtirish va markaziy davlat apparatini mustahkamlash uchun tinimsiz urushlar olib borgan bir zamonda hayot kechirdi. Olim buni mana bu iboralarda ifodalaydi: «Har tarafdan teskari shamol esardi. Har burchakdaya fitna gardi osmonga ko'tarilardi. Har kuni jigarnn o'rtaydigai olov yoqilardi. Har zamon balo to'foni yuqori ko'tarilardi. Sog'u salomatlik anqodek maxfiylik pardasi ostiga yashirin-gan edi. Tinchlik va xotirjamlik kibriti axmar va aqlu hu-karning rivojkoridek ko'rinmay ketgandi. Omonlik va to'g'rilik jahondan nafratlanib, intizom ham jamiyat yulduzlari to'dasidagyana chegaralanib qolgandi» («Sharafnomayi shohiy», 1-jild, 38-bet). Asar mazmuniga o'tishdan avval shuni ham aytish kerakki, Hofizi Tanish Buxoriy, zamon taqozosiga ko'ra, asarda ma'lum darajada hukmron sinfning maqsad va manfaatlarini ifoda qilishga harakat qilgan, xon va uning atrofidagi aslzodalarni, boylar va no'yonlarni ko'klarga ko'tarib maqtagan, mehnatkash xalqning hol-ahvoli bo'lsa ko'p o'rinlarda soyada qolgan. Lenin asar faktik materialga boy, voqealar ozmi-ko'pmi obyektiv yoritilgan, ayrim o'rinlarda xonlar, sultonlar va amirlarning ba'zi xislati va xarakteri ham ochib berilgan. Masalan, olim Abdullaxonning bobosi Jonibek sulton haqida gapirar ekan, uni mo'min-musulmon, dinparvar va odil bir kishi sifatida ta'riflaydi. «[U] shunday dinpanohki,deb yozadi Hofizi Tanish Buxoriy,— din hukmlarini tanqid qilish [va] sayyid mursalinning (hazrati payg'ambarimizning) «shar'iy amr-farmonlarini [mo'min-musulmonlarga] yetkazish ishingi to'la bajo keltiradi; hukumat va siyosat yshlarini quvvatlash va ijro etishda oshiqmas edi. «Sharafnomayi shohiy»9 yirik shoh asar bo'lib, uni Juvayniyning «Tarixi jahonkushoy» va Rashididdinning«Jome' ut-tavorix» asarlari qatoriga qo'ysa arziydi. Yirik sharqshunos olim V.V.Velyaminov-Zernov juda to'g'ri aytganiday, «Sharafnomayi shohiy» ustida qancha ko'p ishlasang, unda o'rganish lozim bo'lgan shuncha ko'p yangi faktlar ochiladi. Shuning uchun ham bu asar ko'p vaqtlardan beri sharqshunos olimlarning diqqat-e'tiborini o'ziga tortib kelayotig. «Sharafnomayi shohiy» saj (qofiyalashgan nasr) bilan yozilgan, tili va uslubi birmuncha og'ir. Olim turli o'xshatish va istioralardan keng foydalangan. Bir-ikki misol keltira-miz: [«Yunusxon] sodiqlik ipini tugib, uni o'ziga bog'ladi» (uylandi demohchi). «...bog'u rog' sahni yetti xil ranglik libos kiyib, tog'u sahroning sirti chiniy naqshlik xonaning rashkini keltiradigan bo'lganda...» (erta bahorda). «...uning buyuklik va ulug'lik oftobi... [o'zining] maxfiy pardasiga yashirindi; umid va orzulari falokat oftobining shahodat mag'ribiga botdi» (o'ldi demoqchi). Muallif asarni yozishda xon saroyida yuritilgan maxsus kundaliklar, ishonchli va voqealarning shohidi bo'lgan kishi-yaar og'zidan yozib olingan ma'lumotlardan foydalangan. Bir-ikki misol. U 1551/52 yili Abdullaxon bilan Navro'z Ahmadxon (Baroqxon) o'rtalarida Koson (Qashqadaryoga qarashli Kosoy) yonida bo'lgan urush tafsilotini bayon etarkan, uni «o'sha voqea tepasida bo'lgan, va [uni] o'z ko'zi bilan kurgan bir guruh odamlardan eshitdim», -deb yozadi. Ahmadxonning o'g'li Do'stim sulton bilan Forob' yonida 1554 yili qilgan urushi tafsiloti ham o'sha urush qatnashchilarining ma'lumotiga asoslangan. Hofizi Tanishninga xborotchilari ko'proq keksa va xonning yaqin kishilari bo'lgan. Asar muqaddima va ikki qismdan iborat (asarning ikkinchi talqinida har ikkala qnsm (maqola) qo'shib yuborilgan). Muqaddimada Abdullaxonning naslu nasabi, uning o'sha zamonning yirik ruhoniylaridan xoja Muhammad Islomga muridligi, Chingizxon, Jo'chixon, Muhammad Shayboniyxon haqida, shuningdek Movarounnahrning XV asr oxiri va XVI asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli haqida qisqa ma'lumot keltiriladi. Birinchi maqola Movarounnahr, Janubiy Turkiston (hozirgi Afg'onistonning shimoliy qismi) va Xurosonda 1557— 1583 yillar orasida bo'lib o'tgan voqealar, ya'ni Abdullaxon II davlatining 10zuhuridan to Abdullaxonning xonlik masnadiga o'ltirishi va o'z nomiga xutba o'qitib, pul zarb ettirishigacha kechgan katta davrni o'z ichiga oladi. Ma'lumki, bu davr ichida Abdullaxon II o'zaro feodal urushlar orqasida mayda-mayda qismlarga bo'linib ketgan Movarounnahrni o'z tug'i ostiga birlashtnrib, markaziy davlat tuzib olishga muvaffaq bo'ldi. Ikkinchi maqola 1583—1588 yillar, ya'ni Abdullaxon II ning taxtga o'ltyrishidan to Hirotning uzoq muddat davom etgan qamaldan so'ng shayboniylar qo'shini tarafidan fath etilishigacha bo'lgan davrni o'z ichiga olgan. Shu davr ichida kechgan tarixiy voqealar batafsil va atroflicha bayon etilgan. Xonlikning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli borasida keltirilgan ma'lumotlar orasida «iqto'», «suyurg'ol», «tanho» va «jogir» feodal institutlari, ulus tartibi va uning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi_mohiyati va o'rni, aholidan yig'iladigan turli-tuman soliq va jarimalar: ulufa, qo'nalg'a, begor , boj, tamg'a, tuhfa (sovg'a, tortiq, hadya) va h. k. ma'lumotlar, shuningdek harbiy-feodal zodagonlar hayotida katta o'rin tutgan harbiy o'lja haqidagi ma'lumotlar alohida qimmatga egadir. Qo'shni yurtlar va xalqlar ustiga tez-tez uyushtirib turila-digan urushlar va bunday urushlarning feodal jamiyatda tutgan o'rni haqidagi ma'lumotlar ham muhimdir. Asarda xon-lar, yirik feodallar tarafidan Jizzax, Nasaf, Hisori Shodmon va Jayhunning so'l qirg'og'idagi viloyatlardagi qo'riq yerlarning mahalliy aholini safarbar qilish yo'li bilan (mardikor ishlatish yo'li bilan) o'zlashtirilishi, shahar, suv omborlari, sardobalar qurilishi haqida ham ma'lumotlar keltiriladi. Shuningdek, hunarmandchilikning umumiy ahvoli haqida ham ko'p muhim ma'lumotlar uchratamiz. Asarda Shayboniylar davlatining tuzilishi haqida ham muhim ma'lumotlar uchratish mumkin. Masalan, markaziy davlat apparati — devonlari turli-tuman mansabdorlar: otaliq, naqib, vaziri a'zam, vazir, devonbegi, mushrif, xazinachi, shig'ovul, eshik og'aboshi, parvonachi, sadr, miroxur, chuhra og'asi, tavochi, jarchi, munshiy, tug'begi, qurchiboshi, bakovul, farrosh kabilar va ularning jamiyatda tutgan o'rni, huquq va vazifalari haqida diqqatga molik ma'lumotlar uchratamiz. Shayboniylar qo'shini Hofizi Tanish Buxoriy keltirgan ma'lumotlarga qaraganda, otliq va piyoda askarlardan , shuningdek o'ziga xos zambarakchilar (naftandozlar, manjaniqchilar, tosh otuvchilar) dan tashkil topgan. Hofizi Tanish Buxoriyning11 bu asarida Movarounnahr va uniig hududlarida, shuningdek Janubiy Turkistonda XVI asrda istiqomat qilgan turk-mo'g'ul qabilalari: jaloir, nayman, qorliq, qipchoq, qatag'on, o'tarchi, besh yuz, shaqoqu, qulon oyoni, keroit, olchin, ming, bahrin, uyrur, qang'li, qo'ng'irot; do'rmon, qo'shchi, mojor, uyshun, chashmu abru, bulachi, arg'in, yobu, kenagas, mang'it, tubayi, nukuz, qiyot, boshqird kabilar haqida ham favqulodda muhim ma'lumotlar keltiriladi. Bu ma'lumotlar nafaqat o'sha qavmlar tarixini, balki uzbek xalqining etnik tarixini o'rganishda ham muhimdir. Bundan tashqari, xon va sultonlarga hadya, tortiq qilish (har bir narsadan to'qqiz nafardan) tartibi, odamlar orasida amalda bo'lgan odatdar haqida ham qiziq faktlar bor. Binoiyning “Shayboniynoma” asari Shayboniyxon tarixiga bag'ishlangan. XVI asrning mashhur shoiri va tarixchisi Kamoliddin Binoiyni uning muallifi deyishadi. Bu qo'lyozmaning qimmatli nusxasi Uzbekistan jumhuriyati FA Sharqshunoslik ilmgohida saqlanmoqda. Sharqshunos A. Mirzayevning12 aytishicha, Binoiy (Uning to'liq ismi AH ibn al-Muhammad al-Hiraviy) 857 (1453) yilda me'mor Muhammadxon Sabza oilasida tug'ilgan. Binoiyning bolalik yillari haqida hech qanday ma'lumot yo'q. 900(1495) yilda Binoiylar Samarqandga ko'chishadi. Uning zamondoshlari Navoiy, Bobur, Xondamir va boshqalar Binoiy iste'dodi xususida juda yaxshi fiqr aytgan edilar. Daynoiy Samarqandda yashayotganida beixtiyor 1496—1500 yilgi tarixiy voqealar guvohi bo'ladi. Bobur va Shayboniyxon o'rtasidagi hokimiyat uchun kurash o'z davrining ilg'or tafakkur va bilim egalari uchun kurash bilan uyg'unlashib ketgan edi. Bobur Samarqandni tashlab chiqqanida Binoiy ham uning qo'shini bilan ketadi. Biroq Samarqandda— hokimiyat uchun kurash davom etardi. Shu orada Binoiy yana Boburning ittifoqchisiga aylanadi. 907 yilning boshida (1501 yilning o'rtalarida) yuz bergan jang Binoiy va Mahdumi A'zam Dahbediyning taqdirini hal qildi. Ular to umrlarining oxirigacha o'z vatanlarida yashab qoldilar. Shundan so'ng Binoiyning yozishicha, u Shayboniyxon saroyi solnomachisiga aylanadi va xonning hukmdorligi va g'olibona yurishlari tarixini yozish to'g'risida maxsus topshiriq oladi. Binoiy bo' vazifani a'lo uddaladi. Biroq, uzaro feodal urushlar Shayboniyxonning ham, Binoiyning ham o'limiga sabab bo'ldi. U 918/1512 yilda, Bobur lashkari va eroniylarning Samarqandga bostirib kirib, aholini bir boshdan qirganida halok bo'ldi. Tarixchi Mahmud ibn Vali (XVII asrning birinchi yarmi) yozishicha, Binoiy Qarshi shahri-dagi masjidi jome' mozorida dafn etilgan. Binoiy «Shayboniynomasi»13 tadqiqotchilar (E.G.Braun, K.G.Zaleman, A.N.Samoylovich, M.A.Salye, A.A.Semyonov, A.N.Boldirev, R.G.Muqminova, A.M.Mirzayev, S.K.Ibrohimov, B.A.Ahmedov va boshqalar) tomonidan keng foydalanilmoqda. Binoiyning yozishicha, hatto 1494—1500 yillarda ham Ko'hak etagida, Obirahmat arig'i bo'yida Ulug'bek rasadxonasi buzilmagan holda qad ko'tarib turgan. Bu ma'lumot Boburning Ko'hak tepaligi joyida Mirzo Ulug'bekning yulduzlar jadvalini tuzish uchun zarur asboblar joylashgan rasadxonani ko'rgani haqidagi gaplarga moye keladi. Demak, Ulug'bek rasadxonasi asboblari XVI ayerda ham saqlangan. Shu bois rasadxonaning Ulug'bek o'limidan so'ng (853 yil) ramazon oyining 8 kuni (1449 yilning 25 oktabri) talon-toroj qilinib, buzib tashlangani haqidagi fikr tarixiy manbalarga to'g'ri kelmaydi. B.A.Ahmedovning yozishicha, Binoiyning «Shayboniynoma» siga nisbatan Muhammad Solih asaridagi yangi o'rinlar quyidagicha: 1. XX—XXIII boblar Qorako'l, Qarshi, G'uzordagi Shaybrniy-xonga qarshi qo'zg'olonlarga bag'ishlangan. 2. Shayboniylarning Shohruhiya, Uratepa, Farg'ona, Buxoro, Termiz va boshqajoylargayurishlari bor. 3. Shayboniylarning Xorazmga qarshi 1503—1505 yillardagi yurishlari bor. 4. Yana bu asardan ko'chmanchi uzbek feodallari, ular lashkarining Urta Osiyoda qilgan beboshliklari va shayboniylar bosib olgan hududlardagi aholining og'ir ahvoli haqida muhim ma'lumotlar o'rin olish. Qo’qon xonligi tarixshunosligi tahlili shundan dalolat beradiki, mazkur davr to’g’risida yaratilgan asarlar tadrijiy jihatdan uch guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga oid adabiyotlar shu davrda ro’y bergan tarixiy voqealarning bevosita guvohlari tomonidan yaratilgan asarlar tashkil etadi. Bunga Qo’qon xonligi tarixnavislik maktabi muarrixlarining va Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davri tarixchilarining bergan ma’lumotlari kiradi. Qo’qon xonligi tarixnavislik14 maktabiga mansub muarrixlar turli yo’nalishlarda asarlar yaratib, ularning asarlari XVI-XIX asrlardagi Qo’qon xonligi tarixiga doir muhim manbalar bo’lib hisoblanadi. Ulardan bugungi kunda O’zbekiston FA Sharqshunoslik instbtuti xazinasida saqlanayotgan Abulvos’ye Manzurning “Nazkirai Sultoniy”, Abulg’affor ismli Qo’qon amaldorining “Zafarnomayi Xudoyorxoniy”, Abu Ubaydulloh Toshkandiyning “ Xulosan ul-axvol”, Avaz Muhammad Attor Ho’qandiyning “Tarixi jahonnomaiy” I, II jildlari, Fazliy Farg’oniyning “Umarnoma” asarlari, Mirzo Qalandar Mushrif Isfaragiyning “Shohnomayi nusratpoyom”, Mullo Xolbek ibn Mullo Muso Andijoniyning “G’aribnoma va Aliquli amirlashkar tarixi”, Muhammad Niyoz Ho’qandiyning “Tarixi Shoxruhiy”, Muhammad Aziz ibn Muhammad Rizo Marg’inoniyning “Tarixi Aziziy”, Muhammad Solihxo’ja Toshkandiyning “Tarixi jadidayi Toshkand”, Muhammad Yunus shig’ovul- Toyibning “Aliquli amirlashkar jangnomasi” kabi asarlarning qo’lyozmalari va “Tuhfayi Toyib”, Mirzo Olim Toshkandiyning “Ansob ul-salotin va tavarix al- xavaqiy”, Mulla Olim Maxdum Hojining “Tarixi Turkiston”, Mir Izzatullohning “Safarnoma”, Domullo Abd al- Qodir ibn Muhammad Aminning “Madjma’ al-ansob va-l-ashdjor”, Muhammad Hakimxon ibn Ma’sumxonto’raning “Muntaxab at-navorix” ning I, II jildlari asarlarini ajratib ko’rsatish mumkin. Afsuski, mustaqillik yillariga qadar yuqoridagi mualliflarning asarlari boy tarixiy ma’lumotlarni o’zida jam qilganligiga qaramasdan qo’lyozma holatida qolib ketdi va istiqlol yillariga kelibgina ulardan ayrimlari ilmiy muomalaga kiritildi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab rus tilida yozilgan V.Nalivkin, N.Veselovskiy, N.Petrovskiy, N.Pantusov, V.Velyaminov- Zernovlarning kitoblarida esa Qo’qon xonligi tarixining turli qirralari va masalalarini o’rganish bo’yicha boy ma’lumotlar berilgan. Bular jumlasiga: V.Nalivkinning “Kratkaya istoriya Kokandskogo xanstva” Kazan, 1886; N.Veselovskiyning “Priyom v Rossii i otpusk Sredneaziatskix poslov v XVII i XVIII stolotiyax” Sank-Peterburg, 1884; N.Petrovskiyning “Ocherki Kokandskogo xanstva” 1875; N.Pantusovning “O podatyax i povinnostyax sushestvovavshix v bivshem Kokandskom xanstve v posledneye vremya pravleniya Xudayarxane” 1876; V.Velyaminov- Zernovlarning “Istoricheskiye izvestiya o Kokandskom xanstve ot Muxammada Ali do Xudayarxana” 1859 yil kitoblari kiradi. Ularda xonlikni tashkil topishi, ming sulolasidan chiqqan hukmdorlar va ularning siyosati, qo’shni davlatlar bilan munosabatlari, xonlikning etnik tarixi, etnik jarayonlar, Rossiya imperiyasining xonlikka nisbatan olib brogan siyosati, harbiy harakatlari, bosqinchilik va uning oqibatlari kabi masalalar keng yoritilgan. Qo’qon xonligi tarixshunosligining ikkinchi guruhini sovet davrida ilmiy adabiyotlar tashkil qiladi. Bularga R.Nabiyevning 15“Iz istorii Kokandskogo xanstva (feodalnoye xozyaystvo Xudayarxana)” T.,1973; Y.Bekvaxanovning “K istoriivzaimootnosheniy kazakov so sredneaziatskimi xanstvami” T., 1947; N.Beysembiyevning “Tarixi Shaxruhi” kak istoricheskoy istochnik”, “Legenda o proisxojdenii Kokandskix xanov kak isnochnik ideologii v Sredney Azii” 1989; X.Inoyanovning “Qo’qon xonligi Rossiyaga qo’shilishi arafasida va 1875-1876 yillardagi Qo’qon qo’zg’oloni” T.,1956; P.Ivanovning “Ocherki po istorii Sredney Azii XVI- XIX vekov” M.,1958; H.Ziyoyevning “O’rta Osiyo va Sibir (XVI-XIX asrlar)” T.,1962 asarlari kiradi.Nabiyevning tadqiqoti bevosita Qo’qon xonligi tarixi, uning xo’jalik hayotiga bag’ishlangan bo’lib, bu asar ilmiy jamoatchilik uchun ahamiyatli hisoblanadi. Nabiyev o’z tadqiqotida Saltikov- Shedrin kutubxonasi, Qo’qon universiteti, Orenburg, Ufa, Astraxan arxivlari, O’zbekiston Markaziy Davlat arxividagi nma’lumotlardan foydalangan, ularni ilmiy muomalaga kiritgan. Bu fundamental tadqiqot hisoblanadi. O’zbekiston mustaqilligining tarixiga oid adabiyotlar tarixshunoslikda uchinchi guruhni tashril etadi. Ularga H.Ziyoyevning “Turkiston Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurashi” T., 1998; F.Ahmadjonovning “Rossiya Imperiyasi Markaziy Osiyoda” T., 2003; X.Bobobekovning “Qo’qon tarixi”16 T., 1996; Sh.Vohidovning “Qo’qon xonligida tarixnavislikning rivojlanishi” T.,1998; 17O’.Sultonovning “Muhammad Solihxo’janing “Tarixi jadidayi Toshkand” asari muhim manba sifatida (XIX)” T., 2007 asarlarini kiritish mumkin. Sh.Vohidovning ilmiy faoliyati xonlik tarixining tarixshunosligi va manbashunosligi masalasi, ya’ni Qo’qon xonligida tarixnavislik maktabi shakllanishi, shu maktab namoyandalari asarlarini izlab topish, o’rganish va chop etish bilan ajralib turadi. Sh.Vohidovning ilmiy ishlarida Qo’qon xonligi tarixchilarining asarlarini kodikologik jihatdan tahlil etilgan va xonlik tarixi, madaniy hayotiga oid o’nlab mahalliy tarixiy asarlar ilmiy muomalaga kiritilgan. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling