Jahon tarixi fanidan mustaqil ish
Download 64.5 Kb.
|
Qadimgi Mitanni va Yangi Bobil podsholigi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Qadimgi Mitanni va Yangi Bobil podsholigi Reja
- Qadimgi Mitanni davlati. Oriylar
- Miloddan avvalgi XII asr oxiri – XVI asr boshlarida
URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI NODAVLAT TA`LIM MUASSASASITARIX YO`NALISHI TALABASI REYIMBOYEV ANVARning JAHON TARIXI FANIDAN MUSTAQIL ISH Mavzu: Qadimgi Mitanni va Yangi Bobil podsholigi. Bajardi : Reyimboyev A. Qabul qildi: Ibragimova G. Mavzu: Qadimgi Mitanni va Yangi Bobil podsholigi Reja: Qadimgi Mitanni davlati Mitanni davlatining zaiflashuvi va parchalanishi. Mitanni davlatining xo`jaligi. Yangi Bobil podsholigi. Yangi Bobil podsholigining qulashi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Qadimgi Mitanni davlati. Oriylar — Hindistonning koʻp ming yillik tarixida uni birinchi bor istilo qilgan qabilalar. „Oriy“ soʻzi qadimiy eronzabon qabilalarning nomi boʻlib „xoʻjayin“, „aslzoda“ maʼnosini anglatgan. Qadimgi hind manbalarida oriylarning muqaddas yurti Aryavarta haqida zikr qilinadi. Eroniy va hind-oriy qabilalari ajdodlarining keng urugʻchilik aloqalari yoki birligi, ular tilining yaqinligi, grammatik va asosiy lugʻat boyligi umumiy boʻlganligi, diniy tushunchalarning bir ekanligi, shuningdek urf-odatlari, olovga topinishning oʻxshashligi diqqatga sazovor. Qadimda hindlar va eroniylar birga yashab, hind-oriy umumiyligini tashkil etganlar. Ularning ajdodlari avvalo Markaziy Osiyo va unga qoʻshni oʻlkalarda yashaganlar degan fikr mavjud. Bu hududda yashaganlarning bir guruhi Hindistonga, boshqasi esa Gʻarbiy Osiyoga borganlar. Bu jarayon miloddan avvalgi 2-ming yillikning oʻrtalarida roʻy bergan. Baʼzi olimlar oriylarni Hindistonga ikki yoʻl orqali, yaʼni Kavkaz va Markaziy Osiyo orqali oʻtishi mumkinligini taxmin qiladilar. Bu jarayon bir necha yuz yillar mobaynida roʻy bergan. Oʻsha davrda mahalliy qabilalar bilan harbiy toʻqnashuvlar, oriy qabilalarning ichida ham oʻzaro nizolar boʻlib turgan. Hind-oriylarning Hindistonda mahalliy aholi bilan assimilyasiya jarayoni va oriylarning Sharqqa harakati tezroq kechgan. Oriylar mahalliy qabilalarning ijtimoiy, siyosiy tizimiga maʼlum darajada oʻzgartirishlar kiritgan, oʻz navbatida, hindlarning diniy tushunchalari ham hind-oriylarga oʻz taʼsirini koʻrsatgan. Asta-sekin hind-oriy va mahalliy qabila yutuqlarini mujassamlashtirgan, Shimoliy hamda Sharqiy Hindistonning anchagina aholisi uchun umumiy boʻlib qolgan yangi madaniyat vujudga kelgan. Mitanni Mesopotamiyaning shimoliy-g`arbida joylashgan qadimgi davlatlardan biridir. Uning yer usti asosan tog`lik, janubiy qismi esa qisman tekisliklardan iborat. Dajla va Frot daryolari Mitanni yerlaridan boshlanadi. Miloddan avvalgi XII asr oxiri – XVI asr boshlarida bu o`lkada Mitanni davlati tashkil topdi. Mamlakat aholisining asosiy qismini hurritlar tashkil etganlar. Keyinchalik ular amoriylar bilan aralashib ketadilar. Download 64.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling