''Jahon tarixi'' kafedrasi ''Jahon tarixi'' fanidan
partiyalarga tayangan holda bir partiyali hukumatini tuzishni talab qildi. Eduard
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullayev Azizbek Akromjon o\'g\'li Jahon tarixi 44
partiyalarga tayangan holda bir partiyali hukumatini tuzishni talab qildi. Eduard Errio boshchiligidagi ikkinchi guruh esa Xalq fronti dasturiga sodiq qoldi. Radikal- sotsialistlarning 1938-yil oktabrida Marselda bo'lib o'tgan syezdida Xalq frontidan ajralish to'g'risida qaror qabul qilindi. Fransiyaning xalq fronti parchalandi. Xalq frontining parchalanishi reaksion kuchlarga yo'l ochdi 1938-yil 10-apreldan 1940- yil 18-maygacha hokimiyatni boshqargan E. Daladye hukumati davridayoq Fransiya mehnatkashlari uchun Xalq fronti hukumati joriy qilgan imtiyozlarga barham berila boshlandi. Barcha mahsulot va xizmat turlariga soliqlar oshirildi. Tadbirkorlar oz miqdorda haq to'lagan holda xizmat vaqtidan tashqari ishlarni joriy qilish huquqini qo'lga kiritdilar. Ish haftasi 5 kundan 6 kunga uzaytirildi. Ijtimoiy himoya xarajatlari qisqardi. Mayda korxonalarga solinuvchi soliqlar miqdori 13 1.Xidoyatov .G. Jahon tarixi.T.:‖Sharq‖ 2001 2.Lafasov.M. Jahon tarixi.T.:‖Turon-Iqbol‖ 2005. 52-58 bet 10 baravar oshirildi, yirik korxonalarga solinuvchi soliqlar esa kamaytirildi. Mamlakat mehnatkashlari bunga ommaviy namoyishlar bilan javob berdilar. 1938-yil 30-noyabrda Fransiyada umumiy ish tashlash boshlandi. Hukumat qo'shinlarni safarbar qildi, askarlarga jangovar o'qlar tarqati1di. Hukumat va tadbirkorlar birgalikdagi harakatlari bilan ish tashlovchilardan shafqatsiz o'ch oldilar. Ko'plab zavodlar yopildi, 1,5 mln. kishi ishdan bo'shati1di, minglab ishchilar qamoqqa olindilar. E. Daladye hukumati ―milliy xiyonat‖ hukumatiga aylandi. Ostonada esa dushman -birinchi imkoniyat tug'ilgandayoq Fransiyani bosib olish niyatini hech kimdan yashirmagan fashistlar Germaniyasi turardi. Xiyonat, xo'rlanish va mag'lubiyatlar yo'li Fransiya tashqi siyosatini bu davrda Frnasiya yirik sarmoyasl bilan yaqin aloqada bo'lgan, reaksion va fashistlarga tarafdor qarashlarini hech kimdan yashirmagan davlat va siyosat arboblari belgiladilar. Bular 1931-yil yanvardan 1932-yil fevralgacha, 1935-yil iyundan 1936-yil yanvargacha Fransiya Bosh vaziri bo'lgan P. Laval, 1934-yil oktabrdan 1936-yil yanvargacha tashqi ish1ar vaziri lavozimida ish1agan P. Tardye, E. Daladye, J. Bone, A. Sarro va boshqalar edilar. Fransiyaning Yevropada gegemonligi qaror topishiga ishonchi yo'qolgan bu davlat va siyosat arboblari Germaniya va Italiya fashistlari bilan ti1 biriktirish yo'liga tushdilar, shu tax1it ular bilan to‘qnashishdan qutulib qolishga umid qildilar. Ular mudofaaga asoslangan urush g‘oyasini ilgari surdilar. Germaniyada fashistlarning hokimiyatga kelishi, 1934-yil fevral voqealari va Xalq frontining 1936-yildagi muvaffaqiyatlari reaksion qarashlarni yanada mustahkamladi va fashistlarni faol harakatlar bosh1ashga da'vat etdi. Ularning mi11atga qarshi qarash1ari davlatning rasmiy siyosati darajasiga ko'tarildi. Fransiya tashqi siyosatining asosiy konsepsiyasi Gitler bilan Sovet Ittifoqiga qarshi ti1 biriktirishdan iborat bo'ldi. Gitler ekspansiyasi fao11igini Sharqqa yo'naltirish Fransiya diplomatiyasining bosh maqsadiga aylandi. 1940-yilda Fransiya bu siyosati uchun harbiy mag'lubiyat. va mil1iy mustaqillikni boy berish bilan haq to'ladi.Fransiya hukmfon doira1arining bir qismi fashistlar Germaniyasini 11 Fransiyadagi mavjud tuzumni saqlab qolishning kafolati deb hisobladilar. Bunday siyosatchilarni kollaboratsionistlar deb nomladilar, ular Gitlerning tashqi siyosatini amalga oshirishi uchun yo'l ochib berdilar. Fransiya teatr sanʼati oʻrta asrlardagi sayyor aktyor va sozandalar, jonglyorlar tomoshalaridan boshlanadi. 9—10- asrlardayoq oʻrta asr teatrida diniy drama vujudga keldi. Ulardan eng mashhuri 15 a. oʻrtalaridagi A. Grebanning „Xudo ehtiroslari misteriyasi―dir. 1599-yildan professional artistlar truppasi ishlay boshladi. Bu birinchi doimiy akterlar jamoasi edi. Ular tragediya, tragikomediya va pastorallar qoʻyar edilar. 17-asrdan J. Rotru, M. Skyuderi pyesalari qoʻyila boshladi. 1634-yil „Mars― teatri ochildi. P. Kornel, J. Rasin tragediyalari va Molyer komediyalari teatr sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshdi. Molyer vafotidan soʻng tashkil etilgan „Komedi Fransez― teatrida (1680) aktyor M. Baron va tragik aktrisa A. Lekuvryor uning sahna prinsiplarini davom ettirdilar. Fransuz maʼrifatparvarlari teatrni xalqni tarbiyalash vositasi deb bildilar. Maʼrifatparvar klassitsizmning eng yirik aktyorlari J. Brizar, F. Mole, J. Ofren va J. Dyugazondir. Buyuk fransuz inqilobi qahramonlik sanʼatini vujudga keltirdi. 1791-yil „Teatrlar erkinligi haqida dekret―dan soʻng, Parijda 19 teatr tashkil topdi. „Komedi Fransez― teatrida V. Gyugo, A. Vini, A. Dyuma asarlari koʻrsatildi. Gyugoning „Ernani― dramasining qoʻyilishi (1830) fransuz teatrida muhim voqea boʻldi. 19-asr 1yarmida bulvar teatrlari paydo boʻldi. 1848-yildan qahramonlik mavzusi yana oldinga chiqdi. 19-asr oxirida E. Zolya yangi „onangni ami― nomli dramaturgiyani yaratish va teatrlarni isloh etishni talab qilib chiqdi. Fransuz sahnasidagi chuqur oʻzgarishlar A. Antuan nomi bilan bogʻliq. „Erkin teatr― va „Antuan teatri― asoschisi, „Odeon― teatri boshqaruvchisi boʻlgan Antuan oʻz davrining dolzarb muammolarini sahnaga olib chikdi. 1910-yil J. Rushe tomonidan „Teatr dez Ar― tashkil etildi. 1926-yil toʻrt buyuk rejissor: G. Bati, Sh. Dyullen, L. Juve va J. Pitolar ittifoqi — „Kartel― tuzildi. Ular koʻproq klassikaga — Molyer, Shekspir, A. P. Chexov, B. Shou, L. Pirandello, P. Klodel, J. Dyuamel, J. Romen, J. Jirodu, J. Anuya, A. Salakru asarlariga murojaat etishdi. 1930-yillar boshida demokratik va antifashistik harakat rivojlandi, xalq teatri katga rol oʻynadi. Ikkinchi jahon urushi-yillari — nemisfashist okkupatsiyasi davrida fransuz teatrlari 12 deyarli ishlamadi. Ilgʻor jamoatchilik Fransiyaning qadimiy teatrlaridan boʻlgan „Komedi Fransez―ni qoʻllabquvvatladi. Unda yirik aktyor va rejissorlardan J. L. Barro, M. Reno, P. Dyuks, J. Rusiyon va boshqalarlar voyaga yetdilar. 40-yillar 2yarmi — 50-yillar 1-yarmida mamlakatda drama markazlarining keng tarmoklari tashkil topdi. Lion, Grenobl, Tuluza, Kann, Bordo, Strasburg va boshqa shaharlarda teatrlar paydo boʻldi. Milliy xalq teatri teatr sanʼatining yetakchi markaziga aylandi. Unda buyuk fransuz aktyorlari J. Filipp, M. Kazares, J. Vilson, D. Sorano, S. Monforlar faoliyat olib bordi. 1970-yillarda Buyuk fransuz inkilobiga bagʻishlangan „1789― va „1793― teatrlarining tashkil topishi Fransiya teatri hayotida katta voqea boʻldi. Fransuz sahna sanʼatining rivojiga aktyor va rejissor J.L. Barro katta hissa koʻshdi. Turmush oʻrtogʻi M. Reno bilan birgalikda „Kompani Reno—Barro― truppasi yaratildi va u 20-asrda fransuz dramaturgiyasini targib etdi. 1950 — 60-yillarda teatr hayotida „absurd teatri― katta oʻrin egalladi. 20-asr 2yarmidan Fransiya teatr sanʼati yanada rivojlandi. Bunga 1981 —86 va 1988—93 ylarda Fransiya madaniyat vaziri boʻlib ishlagan J. Lang katta hissa qoʻshdi. Parijning koʻp teatrlari, jumladan, „Grandopera―, „Komedi Fransez―, „Odeon― va „Shayo― milliy teatrlari hukumat tomonidan qoʻllab quvvatlandi. J.L. Barro, A. Vite, A. Mnushkin, P. Bruk, R. Blen, R. Planshon, J. Savari kabi rejissorlar mashhur. Fransiyada 42 milliy dramatik markaz mavjud; 170 teatr guruhi shartnoma asosida, 398 guruh dotatsiya asosida faoliyat yuritadi. „Komedi Fransez― teatri milliy teatr anʼanalarini davom ettirmoqda. 1954-yil tashkil etilgan „Xalqlar teatri―da xalqaro teatr festivallari oʻtkaziladi. Akauka L. va O. Lyumyerlar tomonidan qoʻyilgan kinematografiyaning dastlabki asarlari (xronikal syujetli „Poyezdning kelishi―, „Bolani emizish―, „Shalabbo boʻlgan suv sepuvchi― filmlari) 1895-yil 28-dekabrda Parijda namoyish etilgan. Fransiya kinosining ilk davrdagi rivoji kinotryuklarni suratga olish ixtirochisi J. Melyesu nomi bilan bogʻliq. Uning „Film d‘ar― firmasi kinoga mashhur dramaturg, aktyor va kompozitorlarni jalb etdi. 1919-yilda rejissor A. Gans urushga qarshi ruhdagi „Men ayblayman― pamfletini, rejissor A. Antuan esa bir qancha filmlar („Yer―, 1921; „Arlezianlik ayol―, 1922)ni yaratdi. Birinchi jahon 13 urushidan keyingi-yillarda kinodan tijorat yoʻlida foydalanishga qarshi chiqqan va kinoni badiiy jihatdan yangilashni talab qilgan kino nazariyachilari va amaliyotchilaridan L. Dellyuk, A. Gans, M.L. Erbye, J. Epshteyn, J. Dyulak „Avangard― harakatiga birlashdilar. Bu harakatdagi bir qancha realist rejissorlar qad. anʼanalarga tayangan holda koʻpgina asarlarni yaratdilar ["Krenkebil" (1922) va „Yangi janoblar― (1928, rejissor J. Feyder), „Nana― (1926) va „Kichik gugurt sotuvchi― (1927, rejissor J. Renuar), „Somon shlyapa― (1927, rejissor R. Kler)]. 1930-yillardan fransuz kino sanoati ovozli filmlar chiqara boshladi. 30-yillar oʻrtalarida Fransiya kinematografiyasining ijtimoiy yoʻnalishi Milliy front harakati bilan bogʻliq; „Oktabr― va „Erkin kino― uyushmalari tashkil topdi. Bu davr uchun „Marselyeza― (1938, rejissor R. Renuar), „Buyuk sarob― (1937, rejissor R. Renuar), „Oxirgi milliarder― siyosiy satirasi (1934, rejissor R. Kler), „Ahil kompaniya― (1936, rejissor J.Dyuvivye) kabi filmlar xarakterlidir. Ikkinchi jahon urushi va natsistlar okkupatsiyasi davrida fransuz kinematograflari kurash va jasoratga chorlovchi „Kechki mehmonlar―, „Osmon sizlarga tegishli― kabi filmlarni yaratdilar. 1944-yil „Parijni ozod etish― filmi chiqarildi. „Rayka bolalari― filmi (1945) milliy madaniyatning eng yaxshi gumanistik anʼanalarini oʻzida aks ettirgan, fashizmga qarshi ruhsagi film boʻldi. rejissor R. Klemanning „Relslar ustidagi jang― filmi ozod etilgan Fransiyaning birinchi kartinalaridan hisoblanadi. Shu davrda yaratilgan mashhur filmlar: „Parma ibodatxonasi― (1948, rejissor KristianJak), „Qizil va kora― (1954, rejissor K. OtanLara, ikkisi ham Stendal asarlari asosida), „Tereza Raken― (1953, rejissor M. Karne), „Jerveza― (1956, rejissor R. Kleman, ikkisi ham Zolya asarlari asosida), „Oʻlimga mahkum qilingan qochdi― (1956, rejissor R. Bresson). 1940 —50-yillar boshlaridaJ. Filipp, Burvil, J. Mare, M. Kazares, L. de Fyunes, S. Rejani va boshqa aktyorlar mashhur. 50- yillarning 2yarmida yaratilgan filmlarning kupi koʻngil ochar filmlar boʻldi. Fransiya kinematografiyachilari kuchli ijtimoiy qahramonni fashistlarga qarshi kurash mavzusidan topdilar. „Kun va soat― (1963), „Parij yonyaptimi?― (1966) filmlari fashizmga qarshi ruhda yaratildi. 1968-yildan keyin asosan siyosiy mavzuda, fransuz mehnatkashlarining hayoti haqida filmlar yaratila boshladi. J. 14 Tatining „Bayram kuni― (1949), „Mening amakim― (1958), Kristian Jakning „FanfanTyulpan― (1952), „Qonun — bu qonun― (1958), P. Eteksning „Ohtortuvchi― (1963), „Yoyo― (1965) filmlari komediya janriga mansub. Fransiya kiska metrajli filmlari (rejissor A. Lamorisning „Qizil shar―), P. Grimoning multiplikatsiyalari, J. Rushaning ijtimoiy filmlari mashhur. 70yillar oʻrtalariga kelib, fransuz kinosida oʻtkir mavzulardan chekinish kuzatiladi, bu davrda koʻngil ochar kinolarni ishlab chiqarish keng rivojlandi. 60 —70-yillardagi eng mashhur aktyorlar sirasiga: J. Gaben, J. Moro, J.L. Trentinyan, J.P. Belmondo, K. Denyov, A. Delon, A. Jirardo va boshqa kiradi. Eng yaxshi fransuz tasvirchilari: R. Yuber, A. Tirar, R. Kutar, A. Alekan, A. Deke. Fransuz va jahon kinosi tarixi va nazariyasiga oʻzlarining fikr va goyalari bilan katta xissa qoʻshgan kishilar: L. Mussinak, J. Sadul, A. Bazen, J. Mitri, A. Ajel, K. Mets va boshqa 1943-yil tuzilgan Oliy kino taʼlimi instituti rejissor, tasvirchi, montajchilarni tayyorlaydi. 1946-yildan Kannda har-yili Xalqaro kinofestival oʻtkaziladi. 1.Xidoyatov .G. Jahon tarixi.T.:‖Sharq‖ 2001 15 2.Lafasov.M. Jahon tarixi.T.:‖Turon-Iqbol‖ 2005. 52-58 bet Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling