''Jahon tarixi'' kafedrasi ''Jahon tarixi'' fanidan
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullayev Azizbek Akromjon o\'g\'li Jahon tarixi 44
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalaniladigan asosiy va qo’shimcha adabiyotlar hamda ro’yxati
32 XULOSA Ushbu davr falsafa rivojida keskin o‘zgarishlarga boy bo‘lgan. Yangi va Eng yangi davr faylasuflari falsafa olamiga yangi falsafiy ta‘limotlarini taklif etishgan. Neotomizm va diniy modernism ana shu tamoyillardandir. Neotomizm Foma Akvinskiy ta'limotiga asoslanadigan zamonaviy katolik falsafasining asosiy oqimlaridan biri bo‗lib hisoblinadi. 1879 yilda u Vatikanning rasmiy doktrinasi maqomiga ega bo‗lgan. II Vatikan sobori (1862-1865) katolik ―yangilanishi‖ ga sanksiya berganidan keyin, neotomizm antropotsentrik mazmun kasb etdi. Neotomizmning bosh prinsipi kashf etilish teologiyasi, ratsional ilohiyatchilik va metafizikaning ajralmas bog‗liqligidan iborat. Neotomizmda asosiy e'tibor Xudo va olamning o‗zaro munosabatiga qaratiladi.Diniy modernizmda ijtimoiy taraqqiyot sohasida ―kapitalistik individualizm‖ va ―marksistik kollektivizm‖ oralig‗idagi ―uchinchi yo‗l‖ bo‗ylab harakat qilish zarurligi ta'kidlab o‗tiladi. Cherkov va jamiyat muloqotiga oliy diniy-axloqiy qadriyatlarni hozirgi zamon madaniyatiga olib kirish vositasi deb qaraladi, dunyoviy tarix va unda immanent g‗oyalarning mavjudligi fundamental qadriyatlar sifatida tan olinadi. Bu oqimning taniqli vakillari Eten Jilson (1884-1978) , Jak Mariten (1882-1973) lardir. Teyyar de Sharden (1881-1995) xristian evolyusionizmi asoschisi bo‗lib, bu ta'limot diniy modernizmning bir ko‗rinishi hisoblanadi. Unda ilmiy va diniy dunyoqarashni sintez qilishga urinish bor. Insoniyat taraqqiyotida har bir davr an'anaviy falsafiy muammolarni ilgari surgan va ularni o‗z davri dunyoqarashi ta'sirida hal qilishga harakat qilgan. Falsafa tarixini yangi shoxchalari paydo bo‗ladigan daraxtga qiyoslash mumkin, har bir shox o‗z shakliga va yaproqlarining rangiga ega bo‗lib, ular boshqalarini takrorlamaydi. Biroq daraxt shoxlari kabi falsafiy yo‗nalishlar qancha ko‗p bo‗lmasin, ularni umumiy ildiz- inson va olamning o‗zaro aloqadorligi, inson va 33 jamiyat hayotining uzviyligi birlashtiradi. Ushbu umumiy ildiz inson madaniyatining dunyoqarashli asosi sifatida falsafaning ahamiyatini chuqurroq tushunishga imkon beradi.XX asr turli davrlardagi falsafiy yo‗nalishlarni o‗zida birlashtirdi va o‗tmish tajribasiga tayangan holda, olam va odam masalasiga juda murakkab ijtimoiy siyosiy vaziyatda ziddiyatli, yangi falsafiy qarashlar shakllandi.Hozirgi zamon falsafasining o‗ziga xos xususiyati uning dunyoqarashli va metodologik jihatdan turli tumanligidir. 34 Foydalaniladigan asosiy va qo’shimcha adabiyotlar hamda ro’yxati: 1.Kabirov.A.Jahon tarixi(eng qadimgi davrlardanmilodning asrigacha).T.:‖O‘qituvchi‖.2001. 2.Salimov.T.U.,Maxkamov S.Jahon tarixi.T.:‖Sharq‖ 1999. 3.Farmonov.R.Sodiqov.O. Jahon tarixi T.: ‖O‘qituvchi‖.2001. 4.Lafasov.M.Xoliqov.E.Qodirova.D. Jahon tarixi . T.: ‖O‘qituvchi‖.2001. 5.Xidoyatov .G. Jahon tarixi.T.:‖Sharq‖ 1999. 6. Xidoyatov .G. Jahon tarixi.T.:‖Sharq‖ 2001 7.Lafasov.M. Jahon tarixi.T.:‖Turon-Iqbol‖ 2005. 52-58 bet Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling