''Jahon tarixi'' kafedrasi ''Jahon tarixi'' fanidan
Myunxen bitimining ratifikatsiya qilinishi
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullayev Azizbek Akromjon o\'g\'li Jahon tarixi 44
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. 1930-yillar boshida iqtisodiy inqiroz. Fransiyaning tashqi siyosati.
Myunxen bitimining ratifikatsiya qilinishi. Reyn voqealaridan ko'p o'tmay, 1936-yi1 iyu1ida, Ispaniyada fuqarolar urushi boshlanib, Germaniya va Italiya fashistlari isyonchi1arga ochiq-oydin yordam bera boshlaganlaridan so'ng, Fransiya Ispaniya ishlariga o'zining aralashmas1igini e'lon qildi va Ispaniya respub1ikachi1ariga qurol-yarog' sotishni man etdi. Fransiya hukumati Gitlerning malayiga aylandi. 1938-yi1da Gitler yangi qurbon - 21 Chexoslovakiyani talab qi1di. Fransiya Bosh vaziri E. Daladye Chexoslovakiya hukumatining fikrini surishtirmay Sudetni Germaniyaga berishga rozi1ik bi1dirdi. 1938-yi1 4-oktabrda Fransiya Milliy Majlisi sharmandali Myunxen bitimini ratifikatsiya qildi va bu mamlakatning fashistlar Germaniyasi bi1an ti1 biriktirish yo'liga ochiq-oydin tushganini tasdiqladi. Myunxen bitimi ratif1katsiya qilingach, Fransiya kollaboratsionistlari nihoyat yengil tin oldilar. Ular Gitlerga Sharq tomon yo'l ochdilar. Endi Germaniyadan ―kelishuv‖ to'g'risida so'rash mumkin edi. Germaniya rozi bo'ldi va Myunxen bitimidan ikki oy o'tib, 1938-yil 6-dekabrda Parijda Fransiya tashqi ish1ar vaziri J. Bone va Germaniya tashqi ish1ar vaziri I. Ribbentrop o'zaro hujum qilmas1ik to'g'risidagi bitimdan umuman farq qilmagan qo'shma deklaratsiyani imzoladilar. 22 2.2. 1930-yillar boshida iqtisodiy inqiroz. Fransiyaning tashqi siyosati. Fransiyada jahon iqtisodiy inqirozi o‘ta og‘ir shaklda kechdi Sanoat mahsulotlari hajmi va milliy daromad 1934 yilda 30% ga kamaydi; bir nechta yirik banklar kasodga uchradi, ko‘plab yirik zavod va fabrikalar yopildi. Inqiroz ayniqsa to‘qi machilik sanoatiga qattiq ta'sir qildi. 1934 yilda ipgazlama fabrikalari inqirozdan avval ishlab chiqargan yalpi mahsulotning atigi 35% ini berdilar, 1935 yidsa esa 135 ta ipgazlama fabrikalari yopildi. Qishloq xo‘jaligidagi inqiroz vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Dehqonlarning daromadlari ikki baravarga kamaydi, qarzdorliklari esa o‘sdi. Qishloq xo‘ja-ligi mahsulotlarini sotib olmay qo‘ydilar, fransuz vinolari va mevalarining eksporti tushib ketdi. Ko‘p-lab dehqon xo‘jaliklari sotildi, qishloq mehnatkashla-ri esa shaharlarga intildilar va bu yerdagi ishsiz, boshpanasiz va ochlarning saflarini to‘ldirdilar. Inqiroz mamlakatdagi barcha mehnatkash sinflar-ning moddiy ahvolida aks etdi. Ishsizlar soni 1,5 mln. kishiga yetdi, to‘liq ish haftasida band etilma-ganlar soni bundan ham ko‘paydi. Shu bilan birga, ish kuni rasman 10-12 soatgacha uzaytirildi, maosh miqdori esa oldingiga nisbatan 40% gacha kamaytirildi. Oziq- ovqat mahsulotlari narxining, soliqlar miqdorining oshishi fransuz xalqining turmush sharoitini yanada qiyinlashtirdi. Inqiroz mamlakatdagi siyosiy beqarorlikni kuchaytirdi va hukumatdagi guruhlar o‘rtasidagi kurashning avj olishiga olib keldi. Faqat 1937 yildagina Fransiya sanoati va tashqi savdosi inqirozdan oldingi darajaga qaytdi, biroq 1938 yilda yangi tanazzul boshlandi va u deyarli ikkinchi jahon urushi boshlangunga qadar davom etdi. Fransiya iqtisodiy rivojlanishning normal o‘zaniga qaytib tusha olmadi. Inqirozdan shahar aholisining o‘rta tabaqalari jiddiy jabr ko‘rgani Fransiya uchun muxim ahamiyatga ega bo‘dsi. Ma'lumki, bu tabaqalar saylovlarning natijalari va ommaviy harakatlarga jiddiy ta'sir ko‘rsatadilar. Mayda shahar burjuaziyasining daromadlari 1929 yildan 1934 yilgacha bo‘lgan vaqt davomida 23 30% ga tushib ketdi. 100 mingdan ortiq mayda savdogar, mayda va o‘rta korxonalar, do‘konlar, qaxvaxonalarning egalari kasodga uchradilar. Banklar va ayrim yirik kompanyalarning kasodga uchrashi o‘n minglab pul quyuvchilar va hissadorlarni xonavayron qildi. Fransiyadagi siyosiy vaziyat keskin o‘zgardi, keng ommaning noroziligi kuchaydi. Bu, jumladan, fransuz burjuaziyasining zamonaviy yirjk partiyalari obro‘sining tushishida aks etdi. Ma'lumki, moliyaviy oligarxiya va yirik sanoat monopoliyalarining manfaatlarini ximoya qiluvchi bu partiyalar Fransiyada hukumat tepasiga 1926 yilda kelgan edilar. 1929 yil noyabrdan 1932 yil maygacha mamlakatda 8 hukumat almashdi. Inqiroz va mehnatkash ommaning o‘sib borayotgan noroziligi burjuaziya mafkurasi va siyosatida o‘zga-rishlar yasadi. Burjuaziyaning bir qismi davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvini kuchaytirish zarur, degan xulosaga keldi, iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishini yoqlab chiqdi, davlatning iqtisodiyotni rejalashtirish va nazorat qilish idoralarini tuzishni taklif qildi. Ular mehnatkash ommani bu vazifaning bajarilishiga jalb qilish maqsadida ijtimoiy sug'urta tizimini kengaytirish, ishsizlik bo'yi-cha nafaqalar miqdorini oshirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash takliflari bilan chiqdilar. Bu burjuaziya vakillarining qarashlari iqtisodiyotning davlat tomonidan rejalashtirilishi va ijtimoiy sug‘urta tizimining kengaytirilishi tarafdori bo‘lgan Fransiya sotsialistlarining dasturiga qisman mos kelardi. Fransiya sotsialistlari banklarni davlat tasarru-figa o‘tkazish va ular ustidan davlat nazoratini o‘rna-tish, xalq xo‘jaligini rivojlantirish rejalarini tuzish, narx- navo va maosh miqdorlarini belgilash xu-quqiga ega markaziy boshqaruv idorasini tashkil etishni taklif qildilar. Shuningdek, ish kunini qisqartirish va mehnatkashlar uchun haq to‘lanuvchi ta'tillar-ni joriy etish ham taklif qilindi. Bu burjua doiralari siyosiy arboblarining liberal islohotlar dasturi bilan mos keluvchi dastur bo‘lib, ular birgalikda Fransiyaning 30-yillar siyosiy hayotidagi nufuzli liberal yo‘nalishning asosini tashkil qildilar, 24 Burjua islohotchilarining yana bir guruhi demo-kratik erkinliklarni cheklash va ―kuchli hokimiyat‖ni qaror topdirish maqsadida konstitutsiyaning qayta ko‘rilishini talab qildilar. Sobiq bosh vazir Tarde parlament huquqlarini cheklash va prezidentning va-kolatlarini kengaytirishni tavsiya qildi. Bu burjua-ziyaning o‘z imtiyozlari va daromadlarini kuchli markazlashgan hokimiyat yaratish yo‘li bilan saqlab qolishga uringan konservator guruhi edi. Ikkala yo‘nalish vakillari- liberallarning ham, konservatorlarning ham maqsadlari bir-mavjud ijtimoiy- iqtisodiy tartibni saqlab qolish bo‘lib, faqat bunga erishish yo‘llarigina boshqa edi. 1932 yil mayidagi saylovlar Fransiyaning inqirozning ikki yili davomida so‘lga qarab burilganini ko‘rsatdi. Saylovlar sotsialistlar va radikal-sotsialistlar blokiga g‘alaba keltirdi. Yangi hukumatni yana Eduard Errio boshqardi. Deputatlar palatasidagi 594 o‘rindan 386 tasini so'1 blok vakillari olib, o‘z dasturlarini amalga oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar. Biroq, ular bu imkoniyatni boy berdilar. o‘ng doiralar so'1 hukumatga qarshi kuchli hujumni avj ol-dirdilar va bu hukumatning normal faoliyat ko‘rsati-shiga imkon bermadi. E. Errio hukumati bor- yo‘g‘i 6 oy ishlab, iste'fo berishga majbur bo‘ldi. 1932 yil dekabridan 1934 yil yanvariga qadar Fransiyada so'1-larning 5 hukumati almashdi va ularning har biri uch oydan oz hukm surdi. Ularning eng so‘nggisi Eduard Dalade (1884-1970) hukumati bo‘ldi. Xiyonat, xo‘rlanish va mag‘lubiyatlar yo‘li Fransiya tashqi siyosatini bu davrda Fransiya yirik sarmoyasi bilan yaqin aloqada bo‘lgan, reaksion va fashistlarga tarafdor qa-rashlarini hech kimdan yashirmagan davlat va siyosat arboblari belgiladilar. Bular 1931 yil yanvardan 1932 yil fevralgacha, 1935 yil iyundan 1936 yil yanvargacha Fransiya Bosh vaziri bo‘lgan P. Laval, 1934 yil oktyabrdan 1936 yil yanvargacha tashqi ishlar vaziri lavozi-mida ishlagan P. Tarde, E. Dalade, J. Bone, A. Sarro va boshqalar edilar. Fransiyaning Yevropada ge-gemonligi qaror topishiga ishonchi yo‘qolgan bu davlat va siyosat arboblari Germaniya va Ilaliya fashistlari bilan til biriktirish yo‘liga tushdilar, shu taxlit ular bilan to‘qnashishdan qutulib qolishga umid qildilar. Ular mudofaaga asoslangan urush g‘oyasini ilga-ri surdilar. Germaniyada fashistlarning hokimiyatga kelishi, 25 1934 yil fevral voqealari va Xalq frontining 1936 yildagi muvaffaqiyatlari reaksion qarashlarni yanada mustahkamladi va fashistlarni faol harakatlar boshlashga da'vat etdi. Ularning millatga qarshi qarashlari davlatning rasmiy siyosati darajasiga ko‘tarildi. Fransiya tashqi siyosatining asosiy konsepsiyasi Gitler bilan Sovet Ittifoqiga qarshi til biriktirishdan iborat bo‘ldi. Gitler ekspansiyasi faolligini Sharqqa yo‘naltirish Fransiya diplomatiyasining bosh maqsadiga aylandi. 1940 yilda Fransiya bu siyosati uchun harbiy mag‘lubiyat va milliy mustaqil-likni boy berish bilan haq to‘ladi. Fransiya hukmron doiralarining bir qismi fashistlar Germaniyasini Fransiyadagi mavjud tuzumni saklab qolishning kafolati deb hisobladilar. B unday siyosatchilarni kollaboratsionistlar deb nomladilar, ular Gitlerning tashqi siyosatini amalga oshirishi uchun yo'1 ochib berdilar. 1933 yil iyunida Fransiya diplomatyasi va uning maqsadlari lomatiyasi fashistlar bilan kelishuvga bordi. 1933 yil 7 iyunda Angliya, Fransiya, Italiya va Germaniya o‘rtasida «To‘rtlar bitimi imzolandi. U kuchga kirmadi, biroq Fransiya tashqi siyosatining mohiyatini ochiq ko‘rsatdi. 1934 yil oktabrida Fransiya bosh vazirligiga P. Laval tayinlandi, U ikki yoqlama o‘yin olib bordi, ya'ni fashistlarning davlatlari e'tiborini jalb qilish maqsadida o‘zini go‘yoki Sovet Ittifoqi bilan yaqinlashmoqchidek qilib ko‘rsatdi. 1935 yil 2 mayda o‘zaro yordam to‘g‘risidagi sovet-fransuz bitimi imzolandi. Biroq, u faqat 1936 yil yanvaridagina tasdiqlandi. Unga qadar Fransiya diplomatlari ―Fransiyaning Germaniya bilan to‘la va uzilkesil kelishishi uchun zarur bo'lsa‖ sovet-fransuz bitimidan voz kechishga tayyorliklarini aytib, Germaniya bilan til to-pishga rosa urindilar. Gitler rad javobi berdi. 1936 yil martida Gitler qo‘shinlari harbiysizlashtirilgan Reyn xududiga kirdi. Bu bilan Gitler Fransiyani ochiq-oydin maydonga chaqirdi. Versal bitimining 42-va 43-moddalari buzilganiga qaramay, Fransiya chekindi, fashistlar Germaniyasining birinchi tajovuzkor harakatiga hech qanday qarshilik ko‘rsatmadi. Kollaboratsionistlar Gitler tuzumiga qarshi zarba mehnatkash ommani inqilobga ruxlantiradi, vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirib, fashizmga qarshi kurashning kuchayishiga olib keladi, deb qo‘rqdilar. 1936 yil iyulida Gitler Avstriyani ham bosib oldi. Fransiya o‘zining so‘nggi ittifoqchisidan ayrildi. 1936 26 yil 27 aprelda Belgiya o‘zini betaraf deb e'lon qildi, ya'ni Fransiyaning sharqiy chegaralarini qo‘riqlovchi Reyn bitimining kafolatchisi bo‘lishdan bosh tortdi. Temir yoʻl uzunligi 42000 km. Soatiga 300 km yoʻl bosadigan tez yurar poyezd Parij va Fransiyaning boshqa shaharlarini Angliya, Belgiya, Niderlandiya, Germaniya bilan bogʻlaydi. Ichki yuklarning aksar qismi avtomobilda tashiladi. Avtomobil yoʻllari uz. 812,7 ming km. Parij, London, Marsel, Nitssa, Strasburg va Tuluzada yirik aeroportlar bor. Sena, Reyn daryolarida, Sena—Sevr, Marna— Reyn kanallarida kema qatnaidi. Dengiz savdo flotining tonnaji 4981 ming t dedveyt. Yirik dengiz portlari: Marsel, Gavr, Dyunkerk, Ruan, Nant, SenNazer, Bordo. Ichki suv yoʻllari uz. 8,6 ming km. Neft va boshqa suyuq mahsulotlarning bir qismi quvurlar orqali tashiladi. Fransiya chetga elektron va maxsus mashina, uskunalar, samolyot, temir va poʻlat, ofis mashinalari, don mahsulotlarini qayta ishlash vositalari, alkogolli ichimliklar, gazlama, pishloq, goʻsht, sut, kiyimkechak, poyabzal, upaelik va hokazolarni chiqaradi. Chetdan yonilgʻi, sanoat xom ashyolari, transport jihozlari, mashinalar, isteʼmol mollari keltiriladi. Tashqi savdoda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari: Belgiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, shuningdek, AQSH va Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Fransiyada xalqaro turizm rivojlangan:-yiliga 50 mln. kishi kelib ketadi. Pul birligi — frank. Sogʻliqni saklash sohasi kasalxonalardan va „shahar tibbiyoti― deb ataluvchi erkin tibbiy muassasalardan iborat. Tibbiyot tarmogʻida 2 mln.ga yaqin kishi ishlaydi (60 mingi kasalxonalarda). Davlat sogʻliqni saklash tizimi rivojlangan. Fransiyada profilaktik tibbiyotning ahamiyati katta. Bu — tugishgacha va undan keyingi davrlarda ayollarni nazorat qilib, tadqiqotlar olib borish va ayrim koʻp tarqalgan kasalliklar (asosan, chekish, alkogolizm, OITSga qarshi kurash va hokazo) boʻyicha ish joylarida va axborot kompaniyalarida konsultatsiyalar olib borish va hokazolardir. Shu tufayli Fransiyada bolalar oʻlimi dunyoda eng past darajada. Vrachlar 33 universitetning tibbiyot f tlarida tayyorlanadi. Mashhur balneologiya kurortlari: Vittel, Vishi, PlombyerleBen, EksleBen va boshqa; iklimiy kurortlari: Antib, Kann, Mentona, Nitssa (Lojuvard sohil), Biarrits, Dyep. 27 Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Davlat maorif tizimi markazlashgan. Davlatning maktab ustidan nazorati 19-asr boshida Napoleon I davridan boshlangan. Zamonaviy taʼlim tizimi 19-asr oxirlarida qabul qilingan. 1905-yildan davlat va cherkov maktablari ajratilgan. 1959-yildan majburiy taʼlim joriy kilingan. 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun taʼlim majburiy va universitet darajasiga barcha oʻrta maktablarda oʻqish bepul. Maktabgacha taʼlim muassasalari hamda oʻrta maktablarda 12 mln. 236 ming bola tarbiyalanadi va taʼlim oladi (2002). Oʻsmirlar savodxonligi dunyoda eng yukrrilardan biri — 99 %. 2—3-yil maktabgacha tarbiyadan soʻng 6 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalar boshlangʻich maktabda oʻqiydilar. Oʻrta maktabdagi taʼlim 2 bosqichdan iborat boʻlib, oʻquvchilar 15 yoshgacha kollejlarda, soʻng umumiy litsey, akademik kurslarda oʻqiydilar yoki hunar litseylarida texnika taʼlimi oladilar va hunar oʻrganadilar. Oliy taʼlim tizimiga universitetlar, oliy oʻquv yurtlari, texnika maktablari kiradi. 90 universitet, 3600 oliy oʻquv yurtida 2 mln. 129 ming talaba taʼlim oladi (2003). Eng yirik oliy taʼlim muassasalari — Parij universiteti, Oliy normal maktab, Milliy politexnika instituti, Oliy amaliy maktab, Milliy maʼmuriy maktab, Oliy konchilik maktabi, Kollej de Frans va boshqalardir. Eng yirik kutubxonalari: Parijdagi Milliy kutubxona (7 mln.dan ortiq asar), Fransiya instituti kutubxonasi (1,5 mln. asar), Sorbonna kutubxonasi (1,8 mln. asar), SentJenevyev kutubxonasi (1,5 mln.dan ortiq asar), Arsenal kutubxonasi (1,5 mln.dan ziyod asar), Strasburgdagi Milliy va universitet kutubxonasi (3 mln.dan ortiqasar). Eng yirik muzeylari: Parijdagi Luvr (225 galereya va 400 mingdan ortiq eksponat) Versal, Karnaval (Parij tarixi) muzeylari, J. Pompidu nomidagi sanʼat va madaniyat milliy markazi, Pikasso muzeyi, Zamonaviy sanʼati muzeyi, Impressionistlar muzeyi, Amaliy sanʼat muzeyi, Balzak, Gyugo, Roden muzeylari, Graf MonteKristo qasri deb atalgan If oroldagi muzey va boshqa Ilmiy muassasalari, asosan, Parij va uning atrofida joylashgan.institutlarning asosiy kismi oliy taʼlim maktablarida olib boriladi. Davlat ilmiy tadqiqot muassasalari: Kosmik tadkikrtlar milliy markazi, Atom energiyasi boʻyicha komissarlik, tibbiyot tadqiqotlari va sogʻliqni saklash 28 milliy instituti, ijtimoiy tadqiqotlar milliy instituti, Okeanografik tadqiqotlar milliy markazi va Informatika vakolatxonasi. Yirik ilmiy tadqiqot markazlari: „Noraviasion―, „Elektrisite de Frans―, „Sharbonaj de Frans―, „Gaz de Frans―, „SenGoben―, „FransAtom―, „MerlenJeren―, „Krezo― va „Shneyder― kompaniyalari. Fransiyada matbuot davlat nazorati va senzuradan mustaqil. Fransiyada nashr etiladigan yirik gazeta va jurnallar: „Figaro― (kundalik gazeta, 1826-yildan), „Le Pariziyen― („Parijlik―, kundalik gazeta, 1944-yildan), „Mond― („Tinchlik―, kundalik gazeta, 1944-yildan), „Frans Suar― („Fransiya oqshomi―, kundalik kechki gazeta, 1941-yildan), „Oror― (kundalik gazeta, 1944-yildan), „Krua― („Xoch―, kundalik kechki katolik gazeta, 1880-yildan), „Yumanite― („Insoniyat―, kundalik gazeta, 1904-yildan), „Uest—Frans― („Gʻarbiy Fransiya―, kundalik gazeta, 1944- yildan), „Syud—Uest― („JanubiGʻarb―, kundalik gazeta, 1944-yildan), „L ekspress― (haftalik ijtimoiysiyosiy jurnal, 1953-yildan), „Pari match― („Parij matchi―, haftalik bezakli jurnal, 1949-yildan), „MariKler― (oylik jurnal, 1954- yildan) va boshqalardir. Frans Press agentligi — muxtor tijorat agentligi (1944-yilda tashkil etilgan) dunyodagi eng yirik agentliklardan biri; 1835-yil tuzilgan Gavas fransuz axborot agentligining davomchisidir. Radio va televideniye xizmatlari mustaqil, jamoat tomonidan taʼminlanuvchi tashkilotlar va xususiy tijorat operatorlari tomonidan boshqariladi. Telekoʻrsatuvlar mustaqil komissiya — Conseil Superieur de G Audiovisuel (CSA) tomonidan nazorat qilinadi. 100 dan ortiq telekoʻrsatuv mavjud, ulardan tashqari, tekin va pullik tarmoqlar, kabel va yoʻldosh kanallar bor. Yirik radio va televideniye tashkilotlari: „Radio Frans―, 1975-yil tuzilgan, Televizion fransez— 1, „Antenn—2―, „Frans rejone― davlat televideniye kompaniyalari, 1975-yil tashkil etilgan. Eng qadimiy adabiyot namunalari 9-asrning 2yarmiga toʻgʻri keladi. Ular, asosan, diniy mavzuda boʻlgan (mas, „Avliyo Yevlaliya haqida kantilena―). 10— 11-asrlarda birinchi epik afsonalar paydo boʻlgan. „Roland haqida qoʻshiq― asari Buyuk Karl nomi bilan bogʻliq. „Russilonli Jirar― asari ham oʻsha davrga mansub. 29 Epik afsonalar 11-asrdan 13-asrgacha yozib kelingan. Bu davrning mashhur yozuvchilari: Gas Bryule va shampanlik Tibo (1201—53). 12-asr oʻrtalaridan ritsarlik romanlari paydo boʻla boshladi. Dastlabki romanlar tarixiy afsonalarning qayta ishlanishi maqsulidir. Ularga Benua de SentMoraning „Aleksandr haqida roman―, „Fiva haqida roman―, „Eney―, „Troya haqida roman― (barchasi 1140—65- yillarda yaratilgan), Kretyen de Truaning (taxminan IZO—taxminan 1191) „Erek va Enida―, „Iveyn―, „Perseval― va boshqa romanlari kiradi. 12-asrning oxirlarida"Tristan va Izolda" afsonasi, „Fluar va Blansheflor―, „Okassen va Nikolet― kabi sevgi romanlari yozilgan. 14—15-asrlar Fransiya adabiyoti uchun oʻtish davri hisoblanadi. Oʻsha davrning mashhur yozuvchilari Gilom de Masho (taxminan 1300—77), Estash Deshan (taxminan 1346— taxminan 1407), Kristina Pizanskaya (1363—taxminan 1431), Alen Shartye (1385— taxminan 1434), orleanlik Karl (1394—1465)lar oʻz asarlarida davr ruhiyatini — 1337—1453-yilgi 100 yillik urush fojeasini aks ettirdilar. 15-asr oxirlarida Fransiyada uygʻonish davri boshlandi. Italiya bilan aloqalar kuchaydi, matbaa rivojlandi, antik va gumanitar fanlarga qiziqish ortdi. Uygʻonish davri adabiyotining Fransiyadagi yirik vakili Fransiya Rable (1494—1553) „Gargantyua va Pantagryuel― asari bilan mashhur boʻldi. 16-asr 1yarmida Fransiya lirikasi italyan neopetrarkizmi taʼsiri ostiga tushib qoldi va asr oʻrtalariga kelib, fransuz adabiyotida islohot oʻtkazildi. „Pleyada― deb nomlangan fransuz sheʼriy maktab shoirlari adabiyetda gumanizm gʻoyalarini olgʻa surdi, uni yangi shakllar (sonet, oda, epik asar va boshqalar) bilan boyitdi. Bu esa milliy adabiy tilning shaklanishiga olib keldi. „Pleyada― sheʼriy maktabining mashhur shoirlari P. de Ronsar (152485), J. Dyu Belle (1522— 60), R. Bello (152877), E. Jodel (1532— 73) va boshqadir. 16-asrning oxirida shoirlar T. A. d‘Obinye (1552— 1630), J. Voklen de la Frene (1535— 1606), F. Deport (1546—1606) „Pleyada―ning ijobiy uslublari kridalariga amal qilgan holda barokko unsurlarini ham qoʻlladilar. 17-asr boshida fransuz adabiyoti realistik, klassik va barokko janrlarining qayta ishlanishi kabi jarayonni boshdan kechirdi. Klassitsizm estetikasi J. Shaplen (15951674), K. Vojl (15851650), G. de Balzak (1597—1654), F. d‘Obinyak (1604—76) nazariy 30 asarlarida aks etdi. 1635-yil tashkil topgan Fransiya akademiyasi faoliyati va R. Dekart (1596— 1650)ning ratsionalistik falsafasi klassitsizm doktrinasining shakllanishiga olib keldi. Klassitsizm teatrning tragediya janriga koʻproq taʼsir oʻtkazdi. Klassitsizm komediyasining asoschisi va uning buyuk vakili Molyer hisoblanadi. U oʻzining „Tartyuf―, „Mizantrop―, „Xasis―, „Don Juan― va boshqa asarlarida jamiyatning salbiy tomonlarini, aristokratiyaning munofikligini, tekinxoʻrligini zoʻr isteʼdod bilan aks ettirdi. Jan de Lafonten masallari jaxrn adabiyotida masal janri rivojiga samarali taʼsir kursatdi. 17-asr 2yarmida klassitsizmning yangi qirralari ochildi. Bu davrda F. Fenelonning „Telemakning sarguzashtlari― romani, Sh. SentEvremonning makrlalari, dramaturg J. Rasin (1639— 99)ning „Andromaxa―, „Britannik―, „Fedra― asarlari yaratildi. 18-asrning boshida rokoko adabiyoti paydo boʻldi. U oʻzining geodenizmi, skeptizmi va juda erkin fikri bilan ajralib turgan. J. B. Russo oʻynoqi rokokoni klassitsizm meʼyorlari bilan uygunlashtirishga harakat qilgan. Monteskye, Volter, Didro kabi maʼrifatparvarlar ham rokoko usullaridan keng foydalanishgan. 18-asr 1yarmida komediya va roman janri rivojlandi. Molyer, A.R. Lesaj, P.K. Marivo, F.N. Detush, Sh. L. Monteskye („Fors maktublari―) bu janrning yetuk namoyandalari boʻlsa, unda Volter yetakchi rol oʻynadi. 1751- yildan D. Didro, J.L. D‘Alamber va boshqa maʼrifatparvarlar tomonidan Ensiklopediya nashr etila boshlandi. 18-asr 2yarmi — 19-asr boshida Fransiya adabiyotida sentimentalizm oqimi paydo boʻldi. Buyuk Fransuz inqilobi arafasida sentimentalizm bilan bir qatorda romantizm kurtaklari koʻrina boshladi. Bu J. Kazot, E. Parni, J.B. Luve de Kuvre asarlarida va, ayniksa, P.A. F. Shoderlo de Lakloning „Xavfli aloqalar― romani, Bomarshening „Figaroning uylanishi― komediyasida namoyon boʻldi. K.J. Ruje de Lillning „Marselyeza― qoʻshigʻi, Robespyer, Maratlarning publitsistik maqolalari oʻsha davrda keng tarqaddi. 19-asr boshlarida Fransiya adabiyotida romantizm yetakchi oqim boʻldi, uning 2bosqichida inqilob shabadasi esa boshladi. Bu davr V. Gyugo asarlarida oʻzining yorqin aksini topdi. Shuningdek, Jorj Sand, A. Dyuma, E. Syu asarlarida ham yorqin ifoda etildi. Stendal va O. de Balzakning 31 jamiyatda mehnatkash inson fojiasi katta mahorat bilan koʻrsatilgan romanlarida, P.J. Beranje (1780—1857)ning satirik sheʼr va qoʻshiklarida realizm tamoyillari oʻzining yuksak ifodasini topdi. 60—70-yillardagi ilmiy texnika taraqqiyoti sharoitida J. Vernning ilmiy fantastik asarlari keng tarqaldi. 1870—71-yil Fransiya-Prussiya urushi va Parij Kommunasi davrida adabiyotning yangi rivojlanish davri boshlandi. E. Potye 1871-yil iyunda „Internatsional― sheʼri va 1876-yil „Parij Kommunasi― dostonini yezdi. E. Zolya ijodida, Gi de Mopassan novellalarida jamiyat muhitining oʻta tubanligi, mehnatkash insonning ogʻir qismati oʻz badiiy ifodasini topdi. 19-asr oxirida nazmda koʻproq simvolizm asosiy yoʻnalish boʻlib qoldi. Birinchi jahon urushi davrida A. Barbyus asarlari fransuz adabiyotida oʻchmas iz qoldirdi. Barbyus 1919-yil „Klarte― Xalqaro yozuvchilar tashkilotini tuzdi. 20—30-yillar adabiyotida Alen, P. Valeri, B. Sandrar, P. Reverdi, J. Kokto, T. Tsara, A. Breton, P. Elyuar, L. Aragon, F. Supo kabi shoir va yozuvchilar ijodi salmokli oʻrin egalladi. 2jaqon urushi davrida antifashistik ruxdagi adabiy asarlar yozila boshladi. P. Elyuar, L. Aragon, E. Gilvik, M. Riffo, A. SentEkzyuperi kabi yozuvchilar asarlarida urush voqealari aks etdi. 50—60- yillarda fransuz adabiyotida ekzistensializm oqimi vujudga keldi. J.P. Sartr, A. Kamyu, E. Ionesko, S. Bekket, N. Sarrot, M. Byutor, K. Simon (1985-yil Nobel mukofoti laureata boʻlgan) va boshqa bu oqimning namoyandalaridir. Margerit Yursenar (1903— 87), Margerit Dyura (1914—1996) kabi yozuvchilar Fransiya adabiyotida beqiyos iz qoldirdilar. Zamonaviy yozuvchilardan Mishel Turnye, Filipp Sollers, JanMari LeKlezio, Patrik Modiano, Patrik Grenvil, Paskal Kinyar mashhur. Fransiya yozuvchilaridan O. de Balzak, V. Gyugo, Mopassan, A. Sent Ekzyuperi, J. Bern, A. Dyuma, Stendal, Volter, Fransua Moriak, Sharl Perro, Monteskye, L. Argon kabi adiblarning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling