Jahon tarixi kafedrasi” O’zbekiston tarixi fanidan kurs ishi


Download 348.55 Kb.
bet1/3
Sana22.06.2023
Hajmi348.55 Kb.
#1647163
  1   2   3
Bog'liq
Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Jahon tarixi kafedrasi”
O’zbekiston tarixi fanidan
KURS ISHI
Mavzu:Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.

Bajardi: 5-2 TAR 21 guruhi talabasi SHodiyeva Umida

Qabul qildi:Qurbonov Murod

BUXORO 2023
Mundarija.
KIRISH…………………………………………..
I BOB. XVI-XVII asrlardagi xiva xonligining ijtimoiy iqtisodiy ahvoli……………………………………
1.1 XVI asrda xiva xonligining hududiy tuzilishi va siyosiy tarixi……………………………………
1.2 Xiva xonligida soliq tizimidagi o’zgarishlar……….
1.3 xiva xonligida me’morchilik,madaniyat va san’at.………………………..
II BOB. XVIII-XIX asrlarda xiva xonligidagi ijtimoiy iqtisodiy hayot.
2.1.Xiva xonligida ta’sis etilgan lavozimlarga tasnif…..
2.2 Rosiya va xiva xonligi o’rtasidagi diplomatik aloqalar. ………………………………………..
2.3 Xiva xonligining harbiy va mudofaa tizimi……….
Xulosa……………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………….


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Azal azaldan yurtimiz hududida bir biridan
qudratli davlatlar hukm surgan.Va ular dunyo tamadduniga o’z hissasini
qo’shgan.Ulardan biri qadimiy xiva xonligidir. Qariyb 4 asrdan ortiqroq
hukmronlik qilgan bu davlat tarixda o’chmas nom qoldirdi.Ammo bu davrga kelib
chor rossiyasi bizning vatanimizga ko’z tikkan edi chunki bu hududlar mo’l ko’l
xom ashyoga ega bo’lgan hudud hisiblangan.Mavzuning dolzarbligi shundan
iboratki,xonligining ijtimoiy iqtisodiy ahvoli,xonlik davrida yozilgan asarlar, va
me’morchilik bugungi kunda tarixchilar tomonidan yetralicha ochib berilgan.Va
ushbu ma’lumotlarni bugungi yosh avlodga yetkazish bugungi kunning eng
dolzarb masalasidir.
Garchi xonliklar tashqaridan kuchli ko’rinsalarda ichki siyosatda yemirilib bo’lgan
edilar.Din ulamolari har qanday kashfiyot va yangiliklarni han hudoning irodasiga
shak keltirish deb hisobladilar va shuning evaziga ham xonliklar davri nisbatan
juda ham qoloqlik davri bo’ldi.Bizninh oldimizda turgan vazifa esa shu
qoloqlikning sababini o’rganish va bu xatolarni kelajakda takrorlamaslikdir.
Zero birinchi prizidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek<millatning keljagi yo’qdir>>1

1.1 XVIasrda xiva xonligining hududiy tuzilishi.


16—19-asrlar davomida Xiva xonligi hududlari doimo oʻzgarib turgan. Dastlab
xonlik hududi Xorazm vohasidagina joylashgan boʻlsa, keyinchalik uning
chegarasi janubda eronva marvgacha, shimolda ural daryosigacha boʻlgan yerlarga
choʻzilgan, sharqda Buxoro amirligi, gʻarbda esa kaspiy dengizi qirgʻoqlarigacha
yetgan. Ruslar bosqinidan keyin Amudaryoning chap qirgʻogʻida 62237,2 km² yer
maydoniga ega kichik vassal davlatga aylanib qolgan. Aholisining soni ham doimo
oʻzgarib turgan. Oʻrtacha 1 mln. kishi atrofida aholi yashagan. Uning koʻpchiligini
oʻzbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, kam sonli forslar, arablar, ruslar va boshqalar
tashkil qilgan.
Xiva xonligi boshqaruv tizimi, asosan, Buxoro va Qoʻqon xonliklaridek boʻlib,
farqi, 19-asr boshlaridan xon huzurida Kengash (Devon) boʻlgan. Eng yuqori
amaldorlardan tashkil topgan kengash vakolati cheklangan. Asosiy qarorlar xon
tomonidan qabul qilingan boʻlsada, amaldorlarning xonlik boshqaruvidagi mavqei
baland edi. Mansab va unvonlar harbiymaʼmuriy, harbiy va diniy toifalarga
boʻlingan. Inoq, otaliq, biy, amir ulumaro, mehtar, qushbegi, beklarbegi, devonbegi
va boshqa unvon va mansablar xonlik iqtisodiy, siyosiy, moliyaviy, harbiy
hayotida muhim oʻrin tutgan. Xonlik sud ishlari, asosan, diniy ulamolar qoʻlida
boʻlib, ularning mamlakat hayotida taʼsiri kuchli boʻlgan.
Xonlikda davlat tili oʻzbek tili boʻlib, Buxoro va Qoʻqondan farqli oʻlaroq barcha
farmonlar, davlat hujjatlari faqat oʻzbek tilida yozilgan. 16 — 18-asrlarda Xiva
xonligining maʼmuriy jihatdan boʻlinishi viloyat deb atalgan boʻlsa, 18-asrdan
beklik deb atala boshlagan. Dastlab xonlikda 16 ta viloyat, 2 ta noiblik boʻlgan
boʻlsa, keyinchalik viloyatlar soni 22 taga yetgan. Ularni xon tomonidan
tayinlangan hokim va noiblar boshqargan. Xiva sh. esa xon va bosh vazir
tomonidan boshqarilgan.
Ijtimoiy hayotda xon va uning amaldorlari va diniy ulamolarning mavqei yuqori
boʻlib, iqtisodiy hayotning asosini tashkil qiluvchi yer ham, asosan, ular qoʻlida
boʻlgan. Kam yerli va yersiz dehqonlar ulardan ijaraga yer olib ishlaganlar va
ularning ahvoli juda ogʻir boʻlgan. Sunʼiy sugʻorishga asoslangan dehqonchilik
mamyaakat iqtisodida muhim oʻrin tutgani uchun Amudaryodan chiqarilgan
kanallarni qazish davlat ahamiyatiga molik ish hisoblangan. Shuningdek,
chorvachilik, hunarmandchilik, savdosotiq ham iqgisodiy hayotda muhim oʻrin
tutgan.
Dastlab xiva xonligining qanday tashkil topganligi va undagi xonlar haqida
qisqacha to’xtalib o’tsak.
Temuriylar tasarrufida boʻlgan Xorazm hududini shayboniyxon 1505 yilda bosib
olgan. Shayboniyxon vafoti (1510 yil) dan keyin Xorazm Eron safaviylari qoʻl
ostiga oʻtdi. Ularga qarshi xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib, unga Vazir qalʼasi qozisi
Umar va Baqirgʻon qishlogʻidan mulla Sayd Hisomiddin boshchilik qildi. Ikki yil
davom etgan kurashlar natijasida eroniylar mamlakatdan quvib chiqarilgan va
xorazmliklar taklifi bilan 1511 yilda Vazir shahrini egallagan shayboniylardan
Elbarsxon Xorazm hukmdori deb tan olingan.1512-yilga kelib xonlik hokimiyati
koʻchmanchi oʻzbeklarning boshqa urugʻi (shajarasi) rahbari Elbarsxon qoʻliga
oʻtadi. Shu vaqtdan boshlab Xiva xonligi yuzaga keladi, uning poytaxti turli
yillarda vazir, Qoʻhna urganchva xiva shaharlari boʻlgan. Xonlik tarkibiga
Xorazmdan tashqari Mangʻishloq, Balxan togʻlari, Dehiston, Oʻzboy(Uzboy) va
Oʻrta Xuroson hududlari kirgan.
Elbarsxon (1511—16) bilan birga Dashti Qipchoqdan Xorazmga kelgan qabilalar
oʻtroqlashganlar. Uning davrida xorazmliklar Turkmanistonning janubiy qismi,
Eron shimolidagi Saraxs, Orol va Mangʻishloqni egallashgan. Yangi yerlarni
Elbarsxon oʻgʻillari va ukasi, qarindoshlariga boʻlib berishi natijasida mayda
hokimliklar paydo boʻlgan. Elbarsxon vafotidan keyin uzluksiz oʻzaro nizolar
sababli xonlar tez-tez almashib turgan. 16-asrda Xiva xonligini Sulton Hojixon
(1516), Husaynqulixon (1516), Soʻfiyonxon (1516—22), Bujaqaxon (1522—26),
Avaneshxon (1526—38), Alixon (1538—47), Akatoyxon (1547—56), Yunusxon
(1556—57), Doʻstxon (1557—58), Hoji Muhammadxon (1559—1602) lar
boshqarganlar. Bu davrda xalq, Elbarsxon avlodlari oʻrtasidagi oʻzaro
qirgʻinlaridan tashqari Buxoro va Xiva xonligi oʻrtasida urushlar azobini ham
tortishga majbur boʻlgan. Buxoroliklar Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronlik
davrlarida (1537—38; 1593; 1595—98) Xorazmga hujumlar qilib, qisqa vaqt Xiva
xonligini Buxoroga boʻysundirganlar. Bu urushlar va 16-asrning 70-yillarida
Amudaryo oʻzanining oʻzgarib, Kaspiy dengiziga oqmay qoʻyganligi ham Xorazm
iqtisodiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatgan. 

17-asr boshlariga kelib, Xorazm taxti uchun boʻlgan sulolaviy kurashlardan soʻng,


taxtga oʻtirgan Arab Muhammadxon davrida Xiva xonligida davlat parokandaligi
oʻzining yuqori choʻqqisiga yetgan. Rus kazaklari, qozoqlar va qalmiqlarning
talonchilik yurishlari, Arab Muhammadxonning oʻgʻillari Habash va Elbarslarning
otalariga qarshi chiqishlari parokandalikni avj oldirgan. Bu kurashda ularning qoʻli
baland kelib, otalarini qatl ettirishga erishadilar. Padarkush Elbars va Habash
sultonlar (1621—23) akalari Asfandiyor (Isfandiyor, 1623—43) tomonidan taxtdan
tushirilib, qatl qilingan. Eron shohi Abbos I homiyligida taxtga chiqqan
Asfandiyorxon davrida mamlakat siyosiy hayotidagi keskinlik saqlanib qoldi. Orol
boʻyidagi oʻzbek qoʻngʻirotlari Asfandiyorga boʻysunmay qoʻyishgan.
Mamlakatda tarqoqlik va zulm kuchaygan. Bundan foydalangan yirik mulkdorlar
Abulgʻoziy Bahodirxonni 1643 yilda xon qilib koʻtarishgan. Abulgʻoziy
Bahodirxon akasi vafotidan keyin 1644 yilda Xiva xonligi taxtiga oʻtirgan. U
markaziy hokimiyatni mustahkamlab, Buxoro xonligining Chorjoʻy, Vardanza,
Qorakoʻl, Karmana atroflariga bir necha marta harbiy yurishlar qildi.
Abulgʻoziy Bahodirxon 1662 yilda Buxoro xoni Abdulazizxon bilan sulh tuzib,
1663 yilda hokimiyatni oʻgʻli Anushaxonga topshirgan. Shunga qaramay Xiva
qoʻshinlari Buxoro, Samarqand, Qarshiga talonchilik yurishlarini davom ettirgan.
1685 yilda Xiva qoʻshinlari Gʻijduvon yaqinida magʻlubiyatga uchragach,
Buxoroning Xiva xonligiga taʼsiri kuchaygan. Buxoro xoni Subhonqulixon
Anushaga qarshi fitna uyushtirib, uning oʻgʻli Arang Muxammadxonga taxtni
egallashga yordam berdi. Lekin uning hukmronligi juda qisqa boʻlgan. 17-asrning
oxiri — 18-asr boshlarida Xiva xonligida Xudoydodxon (1687—88), Oʻzbekxon—
Arnakxon (1688—90), Joʻji Sulton (1694—97), Valixon (1697—99),
Shohniyozxon (1699—90), Shohbaxtxon (1702—03), Sayid Alixon (1703—05),
Musaxon (1705—06), Yodgorxon (1706—13) kBu paytda ichki nizolar, zulm avj
olgan, Orol boʻyi aholisi Xivaga boʻysunmay qoʻygan edi. 1728 yilda Xivadagi
Shergʻozixon madrasasi qurilishida qullar qoʻzgʻolon koʻtarib, xon va uning
mulozimlarini qatl qilishgan. Shu voqeadan keyin Xiva xonligida siyosiy oʻyin
yana avj olgan. Xiva xonligidagi oʻzaro urushlarda Elbarsxon (1728—39)
hokimiyatni qoʻlga kiritgach, ichki nizolarni bostirib, qoʻshni hududlarga
bosqinchilik yurishlarini amalga oshirgan. 1740 yilda Eron shohi Nodirshoh Xiva
xonligiga bostirib kirib, uni oʻziga boʻysundirgan. 1741 yilda xorazmliklarning
qoʻzgʻoloni eroniylar tomonidan bostirilgan.abi oʻnlab xonlar almashgan.
Buxoro xonligi bilan Oʻrta Osiyoda hukmronlik huquqi yoʻlidagi kurashda Xiva
askarlari Qorakoʻl, Chorjoʻy, Vardanzini xorabazorga aylantirdi va Karmanagacha
yetib keldi. 1662 yil Xiva xoni Abulg’ozi navbatdagi urushdan soʻng Buxoro
xoni Abdulaziz bilan sulh tuzdi. Lekin uning oʻgʻli Anushaxon (1663-1687yy.)
davrida Buxoroga hujumlar yana davom ettirildi. 1685 yil xivaliklar Samarqandni
egallab olishga muvaffaq boʻlishdi. Lekin Gʻijduvon yonida Anushaxon
magʻlubiyatga uchradi va Samarqandni tashlab chiqishga majbur boʻldi. Koʻp
oʻtmasdan Buxoro xoni Anushaxonga qarshi fitna uyushtirdi, unda Anushaning
oʻgʻli Ernak(Ereng) ham ishtirok etdi. 1687 yil Anusha hibsga olinib, koʻzi koʻr
qilindi. 1668 yil Buxoro xoni Subxonquli Xorazmni oʻziga boʻysindirdi va uning
hukmdori etib Shohniyozni tayinladi- keyinchalik u xonlik unvonini qabul qildi.
Shohniyoz xonlik hokimiyatini mustahkamlash va Buxoroga tobelikdan xalos
boʻlishga intildi. Shu maqsadda 1700 yil Buxorodan yashirin holda Petr I ga elchi
joʻnatib, qoʻl ostidagi xalqi bilan oʻzini Rossiya fuqaroligiga qabul qilishni soʻradi.
Xon Arab Muhammad (1702-1714yy.) ham Rossiya koʻmagiga umid qilgan
koʻrinadi. Shergʻozixon (1715-1728yyy.) hukmronligi davrida feodal fitnalari
davlatni boʻlak-boʻlakka ajratib tashlagan. 1717 yil Xiva xonligi Rossiya
davlatining A.Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi harbiy ekspedisiyasi
hujumini bartaraf etishga muvaffaq boʻlgan. Shergʻozidan soʻng xonlik taxtiga
Ilbars (1728-1740yy.) oʻtirdi. Eron shohining Afgʻoniston va Hindistonga qilgan
yurishidan foydalangan Ilbars Xurosonga hujum qildi. Ushbu voqea, shuningdek
Xiva tomonidan Eron hukmronligining rad etilishi va Buxoroni harbiy jihatdan
qoʻllab quvvatlanishi Nodirshohni Xorazmga yurish qilishga undadi. Hazorasp
yonida Ilbars magʻlub boʻldi. Toʻrt kunlik qamaldan soʻng Nodirshoh poytaxtni
zabt etdi. Xiva armiyasining katta qismi Nodirshoh qoʻshinlari tarkibiga kiritildi.
Xivada Nodirshoh vakili va Eron harbiy garnizoni qoldirildi. Lekin xonlikning
shimoliy qismida Eron hukmronligi kuchga ega emas edi. Bu yerda orolliklar
orasida 1730—1732 yillarda Rossiya fuqaroligini qabul qilgan Kichik qozoq ulusi
xoni Abul Xayrning oʻgʻli Nuralining mavqei baland edi. 1741 yil xivaliklar
Eronga qarshi bosh koʻtarishdi. Xiva qoʻzgʻolonchilar tomonidan ozod etildi
hamda vakil va garnizon yoʻq qilindi. Xonlik taxtini Nurali egalladi. Bu
voqealardan xabar topgan Nodirshoh oʻgʻli Nurullomirzoga Xorazmga qarshi
yurishni buyuradi. Nuralini taxtga koʻtargan Xiva korchalonlari Marvga boʻyin
egib borishadi. Ularning iltimosiga koʻra Nodir Xiva xonligiga Ilbarsning oʻgʻli
Abu Muhammadni tayinlaydi. 18 asrning 40-yillarida Xivada bir necha xon
almashdi.
18-asr oʻrtalaridagi xonlar goh Eron shohlarining xohishi, goh Buxoro
hukmdorlarining taʼsiri, goh mahalliy aholi qoʻngʻirot urugʻining yordami bilan
tez-tez almashinib turgan. Bu davrda Tohirxon (1739—40), Abulxayrxon (7—8
kun), Nuralixon (1740—42), Abulgʻoziyxon II (1742—46), Gʻoyibxon (1746—
56), Qoraboyxon (1756—57), Temurgʻoziyxon (1757—64) va boshqalar Xiva
xonligida rasman hukmronlik qilishgan. 18-asrning 60-yillaridan badavlat
shaharliklar va ruhoniylarning qoʻllab-quvvatlashiga erishgan oʻzbek qoʻngʻirot
urugʻlari Xiva xonligida hokimiyatni qoʻlga ola boshlagan. Inoq Muhammad Amin
(1770—90) 1770 yilda turkmanlarning qarshiligini sindirib, 1782 yilda Buxoro
amirligi hujumini qaytarib, Xiva xonligida oʻzbek qoʻngʻirotlarning amaldagi
hokimiyatini mustahkamlagan. Avaz Muhammad Inoq davrida Xiva xonligida
markaziy hokimiyat mustahkamlanib, iqtisodiy ahvol birmuncha yaxshilangan.
Bu bilan 19-asr boshlarida oʻzbek qoʻngʻirotlar sulolasi hokimiyatni rasman
egallashiga zamin tayyorlagan. Muhammad Amin Inoq va Avaz Muhammad
Inoqlar chingiziy sultonlar nomidan hokimiyatni boshqargan boʻlsalar, ularning
vorisi Eltuzar (1804—06) 1804 yilda Abulgʻoziyxon V Yodgorxon oʻgʻli (1802—
04)ni taxtdan tushirib, oʻzini xon deb eʼlon qilgan. Shuning uchun ham Eltuzarxon
Xiva xonligi taxtiga oʻtirgan qoʻngʻirotlar sulolasining 1-xoni hisoblanadi. Uning
vorisi, inisi Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga
yetkazgan. 1811 yilda bir qancha yurishlardan keyin qoraqalpoqlarni ham Xiva
xonligi tarkibiga qoʻshib olgan. U oʻtkazgan siyosiy, maʼmuriy, iqtisodiy islohotlar
natijasida boshqaruv tizimi takomillashib, soliqlar tartibga tushgan.
Olloqulixon (1825—42), Rahimqulixon (1842—45) va Muhammad Aminxon
(1846—56) davrlarida Xiva qoʻshinlarining Xurosonga yurishlari kuchaydi, Marv
shahri uchun buxoro amirligi bilan tez-tez urushlar boʻlib turgan. Xiva xonlari bu
davrda Sirdaryoning Orol dengiziga quyiladigan joyidan Turkmaniston
hududidagi kushkagachaboʻlgan yerlarni boshqargan. 1855 yilda saraxsni qamal
qilish paytida Muhammad aminxonning halok boʻlishi mamlakatda parokandalikka
sabab boʻlgan. abdullaxon (1855—56), qutlug’murodxonlar (1856) 6 oydan koʻp
hukmronlik qilmaslaridan oʻldirilgan. 1856 yilda taxtni said
muhammadxon (1856—64) egallagan.Xiva xonligida soʻnggi mustaqi
l hukmdor Feruz taxallusi bilan ijod qilgan Muhammad raximhon ii (1864—1910)
boʻlgan. Uning davrida xonlikning siyosiy, iqtisodiy, madaniy jihatdan oʻsishi
koʻzga tashlanadi. Lekin, 1873-yilda rossiyaXiva xonligini bosib olgan,
Muhammad Rahimxon II va kaufman imzolagan gandimiyon shartnomasiga koʻra,
Xiva xonligi Rossiyaga qaram davlatga aylanib qolgan. asfandiyorxon (1910—18)
Rossiyadagi oʻzgarishlar sabab Xiva xonligida zulmni kuchaytirgan. Shu bilan
birga Rossiya hukumati talabi bilan 1910—13 yillarda
vazir islomxo’jaboshchiligida islohotlar oʻtkazishga harakat qilgan. 1914—16 yillarda soliqlarning koʻpayishi, iqtisodiy ahvolning ogʻirlashishi sababli xalqning norozilik harakati kuchaydi.
1917 yilda Rossiyadagi fevral inqilobi taʼsirida Yosh xivaliklar va boshqa siyosiy
kuchlarning talabi bilan Asfandiyorxon majlis chaqirish va nozirlar kengashini
tuzish toʻgʻrisidagi manifestga imzo chekkan. 1917 yil oxirlarida Xiva xonligidagi
sovetlarga moyil kuchlarning olib chiqib ketilishi majlisning tugatilishiga asos
boʻlgan. 1918 yilning yanvarida soʻnggi rus askarlarining Xiva xonligidan chiqib
ketishi junaidxon Xiva shahrini egallashiga imkon bergan. Asfandiyorxon
Junaidxon qoʻlida qoʻgʻirchoq hukmdorga aylanib qolgan. Siyosiy oʻyinlar sababli
1918 yil oktabr oyida Junaidxon tomonidan Asfandiyorxon oʻldirilgan va soʻnggi
xon said abdullaxon (1918 yil oktabr — 1920 yil 2 fevral) taxtga chiqarilgan. Bu
davrda Xiva xonligi mustaqil davlat sifatida faoliyat yurgizgan. Yosh xivaliklar
qizil armiyaning yordami bilan 1920 yil 2 fevralda Sayd Abdullaxonni taxtdan
tushirishgan va Xiva xonligi tugatildi deb eʼlon qilishgan.
1.2 Xiva xonligida soliq tizimi.
Ma’lumki, Xiva xonligi tipik feodal davlat bo’lib aholining 95 foizi qishloq xo’jaligi
bilan mashg’ul bo’lgan. Ekiladigan er maydonlarining aksariyati xon va beklar
machit va madrasalar, katta er egalarining mulki hisoblanadi. Ekin maydonlari
asosan 3 turga bo’lingan.
To’lanadigan soliqning miqdori erning sifatiga va er egasining ijtimoiy-siyosiy
mavqeiga qarab belgilangan.
XIX asrning birinchi va ikkinchi choragiga aloqador hujjatlar nafaqat Juryon yoki
Go’ja qishlog’i, balki butun xonlikning arxivi Sankt-Peterburg shahridagi Saltikov-
Shedrin nomli xalq kutubxonasi fondlarida saqlanmoqda. Ular 1873 yil yoz oylarida
rus askarlari Xivaning zabt etgan chog’da ataylab olib ketilgan va 1940 yilgacha
hech kimga ko’rsatilmay saqlangan. Sharqshunos olimlar V.V.Bartold, P.P.Ivanov,
M.Yo’ldoshev, Ya.G’ulomov, A.Boltaev, A.Abdurasulov va boshqalar ushbu arxiv
hujjatlarining bir qismini o’rganib chiqdilar. Lekin bu erda saqlanayotgan
qo’lyozma kitoblar, toshbosma asarlar va XIX asr o’rtalariga doir hujjatlarning 3
ming jildligini hisobga olsak, hozirgacha e’lon qilingan kitoblar 10 foizni ham
tashkil qilmaydi. Ushbu qo’lyozma hujjatlarni kitob va vaqtli matbuot asarlarini
varaqlab Juryon, Go’ja, Indavak, Xistiyon, Arvuk, Jindiyon kabi qishloqlarda
yashagan ota-bobolarimizning XIX asr o’rtalarida va XX asr boshlarida er, suv
mulki, soliq yoki navkar berish kabi ijtimoiy munosabatlarni biroz bo’lsada
aniqlashga yordam beradi.
Masalan: 1843-1867 yillarga doir tarixiy hujjatlarda Juryon qishlog’i o’z atrofidagi
barcha machitqo’mlar orasida eng salmoqlisi hisoblangan va yiliga 109 tillo soliq
to’lagan, 36 navkar, 133 qazuvchi bergan, xo’jalik-xonadonlar soni 70 dan ortiq
bo’lgan.
Ma’lum bo’ladiki, qishloqdagi Ashir, Sho’rqal’a, Jo’jiqlar va Oyoq Juryon elatlari
ham yagona Juryon nomi bilan atalgan. To’lanadigan soliqlar miqdori bo’yicha
Go’ja ikkinchi, Arvuk uchinchi va Xistiyon qishloqlari to’rtinchi o’rinlarni
egallagan. Kelib chiqishi arab yoki forslardan bo’lgan xo’jalar, xon amaldorlari,
eshonlar hamda etim-esirlar er solig’idan ozod etilganlar. 1843-1867 yillarda
Juryon aholisi 234 xonadonda istiqomat qilganlar. Har bir oilada o’rtacha 10 jondan
yashagan deb hisoblasak qishloqda taxminan 2300-2400 kishi yashagan. 25 oila xon
tomonidan turli soliq va to’lovlardan ozod etilgan.
“Soliq to’lash tartibi” – deb yozadi XX asr boshlarida vohaga kelgan agronom
O.Shkapskiy “Amudaryo ocherklari” kitobining 105-betida, “foydalanayotgan
erning miqdoridan qat’iy nazar uch toifaga bo’linadi. Masalan: 10 tanob va undan
ziyod a’lo erli xo’jaliklar, 5-10 tanob avsot (o’rta) erli va 1-5 tanob adno – sho’rxok
yomon erli dehqonlarga ajratilgan.
50-100 tanobdan ziyod erlilar soliqlardan butunlay ozod etilganlar. Ular uchun soliq
ijrochidan undirib olinavergan. Akademik M. Yo’ldoshevning “Xiva xonligida
feodal er egaligi va davlat tuzilishi” nomli monografiyasida ko’rsatilishicha (T.
“Fan”,1959 yil, 64-bet), 1870 yilda Xorazm qishloqlarida 23 011 xonadon bo’lgan
va ular har yili 40 993 tillo pul er solig’i to’lab kelganlar. Dehqonchilikda qullar
mehnatidan keng foydalanilgan. Masalan: Hijriy 1266 yilda (1849-1850) Qizil
Taqir qishlog’ida ishlatilgan qullar dehqonchiligidan 6 ming botmon (har botmon –
20kg. teng) don olingan. Hammasi bo’lib o’sha joyda 18 310 botmon g’alla yig’ib
olingan. Demak, etishtirilgan hosilning uchdan bir qismi qul mehnatini
ekspluatatsiya qilish evaziga olingandir.
Toshkent Sharq qo’lyozmalari institutining 33-fondida saqlanayotgan bir
vaqfnomada Xiva yaqinidagi Indavak qishlog’ida machitlarga qarashli 15, Sadirxos
qishlog’ida 17 tanob a’lo er bo’lganligi va ular qullar hamda xudojuylar tomonidan
ko’mak (hashar) yo’li bilan ishlab hosil olinayotganligi qayd etiladi. O’sha joydagi
ikki elatning soliq daftarlarini chog’ishtirib ko’rilganda quyidagi manzara namoyon
bo’ladi.
Jindiyon qishlog’ida 1843 yilda yaxshi erli 22 xonadon bo’lib 37 tillo soliq
to’laganlar. 1867 yilga kelib Jindiyonda yaxshi erlilar 3 oila bo’lib 23 tillo,
Indavakda esa yaxshi erlilar 14-ga tushib qolganlar va 38 tillo soliq to’laganlar.
Ko’rinib turibdiki, soliq undiruvchilar erlarning yomonlashuvini inobatga
olmaganlar, natijada yig’ilgan soliq miqdori 23 yil davomida kamaytirilmagan. XIX
asr o’rtalarida Xiva xonligida quyidagi soliqlar rasm bo’lgan:
1. Begor – ishlab berish solig’i. “hashar”
2. Qazuv – 12 kunlik majburiy xizmat.

3. Olgut – bir yo’la olinadigan soliq.
4. Solg’ut solig’i
5. Miltiq solig’i – qurol solig’i6. Uloq tutuv – ot-uloq sayil puli.
7. Qo’nolg’a-qo’noq solg’uti (mehmon)
8. So’ysun solig’i – jonlig’ so’yib osh berish
9. Chopar puli – xabar solig’i (pochta)
10. Tarozi puli – tag-joy solig’i11. Mirobona – mirob solig’i
12. Darbozabon puli – bozorga kirish puli
13. Otlanuv puli – Shikor yoki safar puli
14. Ipak puli – 40G’1 qism zakot
15. Mir tuman – hoqim to’ra solig’i
16. Shigovul puli – yo’l puli
17. Qorovul puli – soqchilik haqi
18. Pul solig’i – hazinachi puli
19. Qurubon puli – to’qay puli
20. Mushribona – hosil nazoratchisi haqi
21. Afanak puli – erni bo’sh qoldirgani jarimasi
22. Chuvik puli – (aniqlab bo’madi)
23. Olomon puli – jarima
24. Tutun puli – yong’in havfsizligi
Xonlikning barcha aholisi kabi juryonliklar ham yuqorida ko’rsatilgan soliqlarni to’lashga majbur edilar.
1.3Xiva xonligida memorchilik,madaniyat va san’at.
Xiva– Xorazmning qadimiy shaharlardan biri bo’lib, o’rta asr sharq
mе'morchiligining tеngsiz javohiridir. U xozirgi Urganch shahridan 25 km janub
tomonidagi tеkislikda joylashgan.Rivoyat qilishlariga ko’ra Xiva shahriga Nux payg’ambarning o’g’li Som asos
solgan. Shahar karvon yo’lida joylashganligi uchun u еrda savdogarlar tеz-tеz
bo’lishib turishardi. Shaharga tushib, uning chuqur quduqidan chiqayotgan
obihayotdan bahra olgan yo’lovchilar hayratdan “xеy-voh” dеb yuborishgan. Buni
o’zlaricha talqin qilgan mahalliy axoli shaharni “Xеy-voh”, “Xayva”, “Xivaq” dеb
aytib boshlashgan.
O’sha davr solnomachilaridan biri Al-Istaxriy (930 yil) Xiva shahrini o’z davrining
eng yirik 30 ta shahri ro’yxatiga kiritgan.

Xiva shahri va uning tеvarak-atrofi Xеykanik (xozirgi Polvonyop) arig’idan


sug’orilib obod va xushmanzara bo’lgan. Mazkur ariq Amudaryodan bir irmoq
sifatidan ajralib chiqqan. O’zbеkiston Fanlar akadеmiyasi tomonidan 1984-1993
yillarda. Xiva shahrida o’tkazilgan arxеologik qazishmalar natijasi shuni
ko’rsatadiki, “Ichan Qal'a” xududi eramizdan avvalgi V asrda paydo bo’lgan.Savdo-sotiq rivojlangan, obod Xiva shahri XIII asr boshlarida mo’g’illar
tomonidan vayron qilingan, kеyingi asrlarda shahar har tomonlama rivojlangan. Bu
еrda ma'muriy binolar qurilib, shahar obodonlashtirilib, savdo-sotiq rivojlandi.
Lеkin, bu yuksalish uzoq davom qilmadi. 1740 yili Eron shoxi Nodirshox Xiva
xonligiga xujum boshlaydi. 1740 yili kеch kuzda Xiva shahrini ishg’ol qiladi.
Nodirshox xujumi natijasida Xiva shahri butunlay vayron qilinib, mamlakat
Eronga qaram bo’lgan o’lkaga aylantirilgan. Shundan kеyin mamlakatda bir nеcha
yillar ko’chmanchi turkman zodagonlari hukmronlik qildilar. Ular bilan mahalliy
o’zbеk zodagonlari o’rtasida davlatni qo’lga olish uchun bo’lgan qonli kurashlar
natijasida mamlakat vayron bo’ldi, xalq esa chidab bo’lmas darajada
qashshoqlashdi. Nihoyat, qonli urushlar, o’zaro nizolarga bir qadar barham bеrildi.
XIX asrning boshlariga kеlib Xiva xonligi taxtiga Qo’ng’irot sulolasidan bo’lgan
xonlar chiqib 1920 yilgacha idora qilishgan.XIX asrga kеlib shahar kеngaydi, u
ikki qismdan, ya'ni Ichan Qal'a shahriston (ichki shahar) va Dеshon Qal'a rabot
(tashqi shahar)dan iborat bo’lib. Shahar tеvaragida e sa o’nlab qishloqlar
joylashgan edi.Ichan Qal'a shahriston o’ziga xos yaxlit mе'moriy inshootlardan
iborat bo’lib, baland paxsa dеvor bilan o’ralgan, dеvor aylanasining uzunligi
qariyib 2200 mеtrgacha, balandligi 7–8 mеtrga, poydеvorining qalinligi esa 5–6
mеtrga tеng. Ichan Qal'a to’g’ri to’rtburchak shaklida qurilgan bo’lib, uzunligi 650
mеtr, eni 400 mеtr, ya'ni 26 gеktar maydonni egallaydi, to’rtta darvozasi
dunyoning to’rt tomonga qaratib qurilgan.
Dеshon Qal'a – rabot. Ichan Qal'a atrofida XIX asrning o’rtalarida vujudga kеlgan.
Dеshon Qal'ada kambag’al-kosiblar, hunarmandlar va mayda savdogarlar
yashashgan. Dеshon Qal'a 1842 yilda baland dеvor bilan o’rab olingan bo’lib,
hashar yo’li bilan bir oy davomida qurilgan, qal'ani qurishda xonlikning 200
mingdan ziyod aholisi qatnashgan. Bu haqda Ogahiy shunday yozadi: “Ham shu
yili 1268 hijriy (1842 mеlodiy) Muhammad Yoqub mеhtar va Otamurot qushbеgi
boshchiligida Rajab oyining sakkizida, dushanba kuni Xiva dеvorini qurish
boshlangan va o’ttiz kun davomida qurib bitkazilgan”.Dеshon Qal'ani o’rab olgan
dеvorning uzunligi 6250 mеtr, uning o’nta darvozasi bo’lgan: Xazorasp (Qo’y
darvoza), Pishkanik, Angariq, Shixlar, Tozabog’, Shoximardon, Doshyoq,
Gadoylar, Qo’sha darvoza va Gandimyon. Dеshon Qal'ada turar joylardan tashqari
xonning yozgi qarorgohlari uchta bog’– Rofanik, Nurullabеk va Nurullaboy
bo’lgan. Dеshon Qal'a qurilishi bilan shahar ikkita qismga bo’lingan va shahar
maydoni bir nеcha o’n marta kеngaygan.1920 yilgacha Xiva shahrining Ichan
Qal'a xududida 33 ta mahalla (machitqo’m) va Dеshon Qal'a xududida 34 ta
mahalla mavjud bo’lib, ularning har biri o’z nomiga ega edi. Mahalla nomlari u
еrda istiqomat qilgan kishilarning kasb-koridan darak bеrib turgan. Shaharda 109
ta katta va kichik ko’chalar, 79 ta masjid, 120 ta qorixona, 64 ta madrasa
bo’lganXiva shahri Xitoydan Rimgacha olib boruvchi Buyuk Ipak yo’lining eng
muhim chorraxalaridan birida joylashgan.Xiva shahri 1990 yil 12 dеkabrda
YuNЕSKOning Markaziy Osiyoda birinchi
bo’lib «Butun jahon mеrosi» sifatida ro’yxatga olingan.Xiva «Ichan-Qal'a» Davlat
muzеy-qo’riqxonasi O’zbеkistonning eng ko’hna muzеylaridan biridir. Qo’riqxona
xududida 54 ta qadimgi tarixiy mеmoriy binolar, 360 xonadon 2600 aholi
istiqomat qiladi.Xiva «Ichan-Qal'a» tarixiy mе'moriy Davlat muzеy-Qo’riqxonasi
bisotida Xorazmning 3000 yildan ko’proq uzoq tarixini, uning ma'naviy va moddiy
madaniyatini yorituvchi 40.000 ga yaqin nodir, asosiy fond eksponatlari
saqlanmoqda.
Xiva – Oʻzbekistonning qad. shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra,
shahar mil. av. 5-asrda barpo etilgan. Uning nomi shaharning qad. qismida
joylashgan Xivaq (Xeyvaq) qudugi bilan bogʻliq. Baʼzi tadqiqotchilar shahar
nomini xorazmiy tiliga yaqin boʻlgan qad. osetin tilidagi "Xiauv" – qalʼa soʻzidan,
boshqalari bu atamani antik davrdan Xiva hududidan okib oʻtgan Xeykaniq
(hozirgi Polvonyop) kanalining oʻzgartirilgan (Xeykaniq–Xeyvaniq–Xeyvaq–
Xeva–Xiva) nomidan kelib chiqqan deydilar. Xorazmlik tarixchisolnomachi
Xudoyberdi Qoʻshmuhammad oʻzining 1831 yilda yozgan "Dili Gʻaroyib" asarida
Xorazmning qad. shaharlarini nommanom sanar ekan, "Bu mamlakatning yana bir
qalʼasi – Qalʼai Ramldir. Bu qalʼaga Som ibn Nuh asos solgan boʻlib, u hozirgi
Xivaq nomi ila mashhurdir" deydi.Xalq rivoyatlarida ham shaharning bunyod
etilishi Nuh zamonlariga bo rib taqaladi. Bunda Nuhning oʻgʻli Som boʻlajak
shahar yoniga kelib quduq qazdirgan va shu bilan Xivaga asos solgan. Haqiqatan
ham Xivaning Ichan qalʼasida qad. Xeyvaq (Xivak) qudugʻi saqlanib qolgan.Xiva
toʻgʻrisidagi dastlabki ishonchli maʼlumotlar 10-asrdan boshlab arabfors tilidagi
tarixiygeografik manbalarda uchraydi.

Istaxriy (930) Xivani oʻsha davrdagi eng yirik 30 ta shahar roʻyxatiga kiritgan. U.


Xivani Hazoraspdan 8 farsax masofada Jurjoniya (Gurganj) yoʻlida
joylashganligini qayd qiladi. Muqaddasiyning maʼlumotlariga koʻra esa Xiva bilan
Hazorasp oʻrtasidagi masofa 8 dovon (10 farsax)dan iborat boʻlgan. Xiva Yoqut
Xamaviy (13-asr), Nizomiddin Shomiy (14-asr) asarlarida ham karvon yoʻlida
joylashgan shahar sifatida eslatib oʻtiladi.17-asrda yashab oʻtgan Mahmud ibn
Valiy bu shahar toʻgʻrisida shunday yozadi: "Xiva keng va bahavo shahar. U
shayx Najmiddin Kubroning vatanidir". Abulgʻoziy Bahodirxonning "Shajarai
turk" va "Shajarai tarokima" asarlaridagi Xiva xususidagi fikrlari ham ana shu
davrga mansub.Xiva oʻzining tarixiy oʻtmishi, meʼmoriy tuzilishi, obidal
arining yaxlit saqlanganligi jihatidan mazkur qad. shaharlar orasida alohida oʻrin
tutadi. Yer kurrasida mashhur boʻlgan Afina, Rim, Qohira shaharlariga tengdosh
boʻlgan bu shaharning Ichan qalʼa qismi (1990) Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan
100shahar boʻlib, dunyoga alXorazmiy, Najmiddin Kubro, Shihabuddin
Xivaqiy, pahlavon mahmud, Muhammad Rahimxon (Feruz), Munis va Ogahiy
kabi buyuk zotlarni yetkazib bergan azim zamin hisoblanadi.Mil. av. 5-asr
oxirigacha Xiva Xorazm tarkibida Axomaniylar davlati tasarrufida, soʻngra
mustaqil Xorazm davlati tarkibida boʻlgan. Ilk oʻrta asrlarda Xiva orqali Sharqni
Gʻarb bilan bogʻlovchi Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. 4-asr boshlaridan Xiva – Xorazm
bilan birga Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan. Budavrda u qalʼa devori bilan oʻrab
olingan. 712 yil Xivani arablar istilo qilgan. Arab sayyoxdari Istaxriy va
Mukaddasiy qoʻlyozmalarida keltirilishicha, Xiva 10-asrda Xorazm vohasida eng
yirik shaharlardan biri boʻlgan. 1221 yildan moʻgʻullar imperiyasi, 1389 yildan
temuriylar davlati tarkibida, 16-asr boshlaridan 1920 yil 2 fev.gacha Xiva xonligi
poytaxti boʻlgan. Xonlik 1873 yil rus qoʻshinlari tomonidan zabt qilinib,
Gandimiyon shartnomasita koʻra, Rossiya imperiyasi protektoratiga aylantirilgan.
1920–24 yillarda Xiva Xorazm Xalq Sovet Respublikasi poytaxti boʻlib
turgan.Xivani arxeologik jihatdan oʻrganish qisman S.P.Tolstov, Ya.Gʻ.Gʻulomov,
A.I.Terenojkin va boshqa tomonidan 20-asr oʻrtalarigacha olib borilgan. 1984–
1993 yillarda arxeologik kazishma ishlari rejali ravishda keng miqyosda olib
borildi. Qazishmalar Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston boʻlimi arxeologlari va
xorazmlik arxeologlar hamkorligida amalga oshiridsi. Shahar xududida 6 ta
stratigrafik qazilma va 7 shurf belgilandi. Xivaning qad. qismi – Ichan qalʼada
1200 m² boʻlgan maydon qazib oʻrganildi. Arxeologik ashyolarning 7 m gacha
chuqurlikdan topilganligi, shaharning paydo boʻlish davri qad. ekanligidan dalolat
beradi. Shahar tarixiy taraqqiyotining birinchi davrida Ichan qalʼa oʻrnida odamlar
yashay boshlagan. Arxeologik materiallarning shahodaticha, bu davr mil. av. 5-
asrga toʻgʻri keladi. Kulolchilik charxida tayyorlangan sopol buyumlar majmuasi,
shuningdek, paxsa devor qoldiklari shu davrga mansubdir. Mil. av. 5-asr oxirida
Xorazm Eronning siyosiy tazyiqidan xalos boʻlgach, Xivada shahar sistemasining
asosiy elementlari shakllana boshladi.Mil. av. 4–3-asrlarda qalʼa atrofi 2 qavatli
qalin devor bilan oʻrab olindi. Devor oldin paxsa, uning ustiga xom gʻisht terilib,
bunyod etilgan. Gʻishtlarning aksariyatiga tamga bosilgan. Devor orasida (ichida)
eni 2 m li yoʻlak boʻlgan. Devor boʻylab, har 22– 27 m masofada minoralar
tiklangan. Devordagi minoralar toʻgʻri burchakli boʻlgan. Qalʼa devorining butun
tizimi asosiy devordan 4,4–8,5 m masofadagi qoʻshimcha toʻsiq – devor bilan
oʻrab chiqilgan.Devor ichi va yoʻlaklardan topilgan sopol buyumlar mil. av. 4–3-
asrlarga taallukli. Boʻyin qismi ingichka, nozik kilib ishlangan xum va
xumchalarning sirtiga och pushti rangda gul naqshi solingan. Yana bir nodir
topilma – koʻzachaning sher kallasi shaklidagi dastasidir. Qad. qalʼa devori va
yoʻlaklar Xiva oʻsha davrda vohada yirik shaharlardan biri sifatida Xeykaniq
(Polvonyop) kanali sohillari hamda sohilga yaqin hududlarni nazorat qilib
turganligini tasdiqlovchi dalildir.Xiva dastlab agrarhunarmand shahar sifatida
rivojlandi. Mil. av. 2-asrda Xivaning katta qismi qum ostida qolgach, aholi
shaharni tark etdi. Ichan qalʼa devorlari vayron boʻldi.Mil. boshlarida shaharda
hayot yana tiklana boshladi. Qalʼa devorining gʻarbiy qismida ark bunyod etildi. 1–
3-asrlarda (Kushonlar davri) Xiva Ichan qalʼa devorlari tashqarisidan qalin gʻishtin
devor bilan mustahkamlandi, natijada shahar devori qalinligi 7,5– 9 m ga yetdi.

Arxeologik tadqiqotlarning koʻrsatishicha, mil. 4–5-asrlarda shaharni yana qum


bosgan. 6–8-asrlarda Xiva qayta tiklana boshladi. Xiva xududida zamindorlarning
dastlabki koʻshklari paydo boʻla boshladi. Ichan qalʼada shunday koʻshklardan 2
tasi topilgan.Oʻrta asrlardagi tarixi.Shahar Xorazmshoxdar davri (12–13-asr boshi)
ravnaq topib, hududi kengaydi. 1220–21 yillarda Xiva Chingizxon qoʻshinlari
tomonidan vayron etildi. Keyinroq qayta tiklana boshladi. Hunarmandchilik
(kulolchilik, koshinkorlik va boshqalar) rivojlandi.Keyingi davrda ayniqsa, 16–19-
asrlarda shahar jadal taraqqiy eta bordi. Quyi Volga, Oʻrta va Yaqin Sharq
shaharlari bilan savdo aloqalari oʻrnatildi.Xiva 16-asrning 2-yarmidan Xorazmning
poytaxtiga aylangach, har tomonlama rivojlandi. Meʼmoriy qiyofasi ham oʻzgara
bordi. Shahardan oʻzaro koʻndalang kesishgan 2 ta katta koʻcha va 4 darvoza
(Otadarvoza, Polvondarvoza, Bogʻchadarvoza, Toshdarvoza) orqali Dishan qalʼa
(rabod) ga chiqiladi. Ichan qalʼa devorining uz. 2200 m, bal. 6– 8 m, tag
zaminining qalinligi 5–6 m. Qalʼa toʻgʻri toʻrtburchak shaklida qurilgan boʻlib, uz.
650 m, eni 400 m, jami 26 ga maydonga ega.

Xivaning rabod qismi Dishan qalʼa 1842 yil Olloqulixon davrida (1825– 42)


baland devor bilan oʻrab olingan. Oʻsha davrda Ichan qalʼada 33 mahalla
(machitqavm) va Dishan qalʼada 34 mahalla boʻlgan. Mahallalar nomi shu yerda
yashayotgan aholining kasbkori (Chitkarlik, Elakchilik, Kulollar, misgarlik,
Gʻassollar) yoki shaxs lavozimi (Otamurod qushbegi, Yoqub mehtar, Yusuf
yasovulboshi) bilan atalgan. Shaharda 109 kattakichik koʻcha, 79 masjid va 120
qorixona boʻlgan. Xivada 19-asr oʻrtalarida 20 ming kishi yashagan. Shahar,
asosan, 19-asrning 2-yarmidan kengaya bordi.Yangi davrdagi tarixi. Xiva
oʻzbeklari, 1913-yil.1874 yilda shahar maʼmuriy jihatdan Qumyosqa, Kaptarxona,
Oʻr, Koʻhnabozor, Kaltaminor, Amin chorsu, Mevaston, Qoraaʼlam va Yangi qalʼa
mavzelariga boʻlingan. Xiva xonning "mulki xolisasi" hisoblanib shaxsan uning
oʻzi tomonidan boshqarilgan. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida Xivada 64 Madrasa,
79 masjid boʻlgan. 1924 yil shaharda olingan aholi roʻyxatida 4029 xonadonda
18145 kishi qayd qilingan. Xivaning ilk tarhi 1740 yilda chizilgan. Shahar tarhi
uzunasiga 1 ming m, eniga 400 m boʻlib, 40 ga maydonni egallagan. Uning butun
tevarak atrofi suvli xandaq bilan oʻrab olingan. Shaharga sharq tomondan maxsus
koʻprik orqali kirish mumkin boʻlgan. Koʻprik kechalari koʻtarib qoʻyilgan.
Koʻprik yonidagi darvozadan boshlangan katta koʻcha toʻppatoʻgʻri Ark
darvozasiga borib taqalgan. Ark shaharning gʻarbiy qismida joylashgan.
Shaharning asosiy koʻchasi uni 2 qism (shim. va jan.) ga ajratgan. Arkda xon
saroyi, haramxona, aslahaxona boʻlib, ular maxsus qalʼa devori bilan oʻralgan.
Lekin, oʻsha davrdagi baʼzi inshootlar chizmaga kirmay qolgan. Shaharning yana
bir tarhi Rossiyadan maxfiy topshiriq bilan kelgan topograf G.N.Zelenin
tomonidan 1839 yilda chizilgan. Zeleninning maʼlumotlariga koʻra, shaharda oʻsha
davrda 17 ta masjid, 22 ta mahalla va 260 savdo rastasi boʻlgan. Shaharning juda
aniq va mukammal boʻlgan soʻnggi tarhi 1873 yilgi rus istilosidan soʻng rus
topograflari tomonidan tuzilgan va oʻsha yiliyoq "1873 yilgi Xiva yurishlari"
maqolasiga ilova tarzida bosilgan.

Meʼmoriy ansamblining yaxlitligi jihatidan shahar Oʻrta Osiyoda yagona


hisoblanadi. 1967 yilda Oʻrta Osiyoda ilk bor Xivaning Ichan qalʼa (shahriston)
qismi tarixiymeʼmoriy yodgorliklar qoʻriqxonasi deb eʼlon qilindi. Xivaning jahon
madaniyati taraqqiyotida tutgan oʻrni YUNESKO Bosh konferensiyasining (1995
yil oktabr–noyab.) 28sessiyasida alohida qayd qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 3 yanvardagi qarori bilan Xivaning 2500 yilligi
1997 yilda jahon miqyosida keng nishonlandi.Sanoat va ishlab chiqarish.Shaharda
"XivaKarpet" qoʻshma korxonasi, sopol buyumlar, paxta tozalash, gʻisht zavodlari,
tikuvchilik, "Xiva gidami" aksiyadorlik jamiyati va boshqa gilam toʻqish
korxonalari, non kti, dehqon bozori, madaniy, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. Urganch universitetining agromenejment fti,
Oʻzbekiston FAning Xorazm Maʼmun akademiyasi boʻlimi, Qoraqum i.t.
stansiyasi, ped., tibbiyot, turizm,kasb-hunar kollejlari, kasbhunar litseyi,
gimnaziya, 15 umumiy taʼlim maktabi, mehribonlik uyi, 2 maxsus internat, viloyat
qoʻgʻirchoq teatri, sanʼat maktabi, 2 kutubxona va uning tarmoqdari, madaniyat va
istirohat bogʻi mavjud. AlXorazmiy, Feruz yodgorliklari, birinchi oʻzbek
kinooperatori Xudoybergan Devonov muzeyi, markaziy stadion, sport majmuasi,
tennis korti, sport zallari va boshqa sport inshootlari bor.
Xiva xonligida madaniyat.
Butun O‘rta Osiyoda bo‘lgani kabi, Xiva xonligida ham asosiy ilm o‘chog‘lari
boshlang‘ich maktablar va madrasalar edi. Boshlang‘ich maktab, ya’ni, quyi
ta’limda o‘qish-yozishni o‘rganib, xat-savod chiqargan o‘smirlar poytaxt Xivadagi
hamda Buxorodagi madrasalarda o‘qib ta’lim olganlar. Manbalarga ko‘ra, XIX
asrda Xiva xonligida 1500 ga yaqin boshlang‘ich maktab va 130 ta madrasa bo‘lgan.
Faqat Xivaning o‘zida 22 ta madrasa bo‘lib, ular ichida Muhammad Rahimxon,
Sherg‘ozixon, Rahmonberdibiy, Olloqulixon, Xoja Mahram, Fozilbek, Davlat
Qorako‘z, Bekniyoz devonbegi madrasalari alohida nufuzga ega edi.
Xorazm adabiy muhitida ilg‘or g‘oyalarni targ‘ib etgan shoirlardan biri
Nurmuhammad G‘arib Andalib (1710-1770 yy.) edi. Klassik poeziyaning turli
janrlarida ijod qilgan Andalibning “Said Vaqqos”, “Zaynul arab”, “Yusuf va
Zulayho”, “Layli va Majnun” kabi dostonlari mashhurdir.
Xivada ijod etgan shoirlar ichida Muhammad Rizo Ogahiy (1809-1874 yy.) alohida
o‘ringa ega. Tarixchi, tarjimon va shoir bo‘lgan Ogahiyning 1832 yilda tuzilgan
“Ta’vizul oshiqon” (“Oshiqlar tumori”) devonidagi g‘azallari ayniqsa mashhurdir.
Bu davrda shuningdek, Pahlavon Ravnaq, Muhammad Niyoz Nishotiy, Muhammad
Xokisor, Tabibiy, Munis, Komil Xorazmiy, Komdon, Murodiy kabi shoirlarning
ijodi rivoj topdi. XVII- XVIII asrlarda “Go‘r o‘g‘li” majmuasi dostonlari
rivojlantirildi, “Tohir va Zuhra”, “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “Sayyod va
Hamro”, “Sanobar”, “Yusufbek va Ahmadbek”, “Bahrom va Dilorom” kabi
dostonlarning folklor va xalq og‘zaki ijodidagi ko‘rinishlari taraqqiy etdi.
Bu davrda tarixnavislikdagi ilgargi an’analar saqlanib qoldi. Tarixiy asarlar orasida
Abulg‘ozining “Shajarai turk” va “Shajarai tarokima” (“Turkmanlar shajarasi”)
o‘zbek tilida bitilgan muhim tarixiy asarlar hisoblanadi. Tarixnavislik an’analarini
keyinchalik Munis, Ogahiy, Muhammad Yusuf Bayoniy kabi tarixnavislar davom
ettirdilar.
XIX asr boshlarida Muhammad Rahimxonnning buyrug‘i bilan Shermuhammad
Munis (1778-1829 yy.) “Firdavs ul-iqbol” (“Baxtu saodat jannati”) asarini yaratdi.
Xiva xonligining XVIII- XIX asrlar tarix haqida qimmatli ma’lumotlar beruvchi bu
asarni keyinroq Olloqulixon topshirig‘i bilan Munisning jiyani Ogahiy davom ettirdi
va 1872 yilgacha bo‘lgan voqyealar bilan boyitdi. Shuningdek, Xiva xonligi tarixiga
bag‘ishlangan asarlar orasida Bayoniy (1859-1923 yy.) ning “Shajarai
Xorazmshohiy” asari ham qimmatli hisoblanadi.
XIX asr boshlarida Xiva xonligi tarixida o’chmas iz qoldirgan buyuk insonlardan

biri – Shermuhammad ibn Avazbiy mirob o’g’li Munis edi. 1778 yilda Xiva shahri


yaqinidagi Qiyot qishlog’ida mirob oilasida tavallud topgan adib: “Men, Munis,


Xivada yashovchi yuz toifasidan bo’lgan Amir Eshimbiyning avlodidandirman”,


deb yozgandi.


Uning bolalik va yoshlik yillari Qiyot qishlog’ida o’tdi va ulg’aygach, Xivadagi


madrasalardan birida tahsil ko’rdi va ustozi Sayyid Eshonxo’jadan saboq oldi. Arab,
fors, turkiy xalqlar adabiyoti, shuningdek klassik muzika hamda tarix fanini qunt
bilan o’rgandi. U mohir hattot bo’lib kufiy, rayhoniy, xatti shikasta kabi xatlarni
yaxshi bilgan. Uning otasi Avazbiy 1800 yilda vafot etgach, xon 22 yashar
Shermuhammadni saroyga taklif qiladi, uni qazuv, qachuv, (suv xo’jaligi) ishlari
bo’yicha kotib, 1812 yilda amakisi Erniyozbek mirob o’lib, xon Munisni
mamlakatni bosh mirobi qilib tayinlaydi. She’riyat olamida uning taxallusi Munis
bo’lib, lug’aviy ma’nosi “ulfat”, “hamdam”, “do’st” demakdir. Nizomiydan tortib,
to o’zi yashagan davrga qadar o’tgan so’z san’atkorlarining ijodi bilan oshno bo’lgan
shoir, o’zining “Manga” radifli g’azalida Nizomiy, Xisrav Dehlaviy ijodidan
naqadar lazzatlanganligini, Hofiz Sheroziy, Lutfiy asarlari orqali she’riyat
bo’stoniga qadam qo’yganini, Firdavsiyning ijod bog’ida orom olganini,
Anvariydan nur emib, Sa’diy va Jomiydan cheksiz bahramand bo’lganini, Bedilning
ajoyib so’zlaridan fayz topib, nihoyat buyuk Alisher Navoiy va Muhammad
Fuzuliyni o’ziga homiy bilganini zo’r mamnuniyat bilan qayd qiladi.
Munis tez orada el-yurt hamda Xiva hukmdori Avaz inoq nazariga tushadi. 1804
yilda shoir alifbo sifatida foydalanish uchun “Savodi ta’lim” kitobini yozib
tugatadi. Yana shu yili ijodi namunalarini “Munis ul-ushshoq” (“Oshiqlar do’sti”,
1804 yilda) degan nom bilan to’plab, uni 1813 yilda 16 892 misradan iborat katta
devonga aylantiradi. Ushbu asarda shoirning g’azallari, muxammaslari, ruboiylari,
mustazodlari, tuyuqlari, to’rtlik va maxsus ikkilik baytlari mavjud bo’lib, bulardan
tashqari devon oxiriga shoirning 1804 yilda nazm bilan yozib tamomlangan
kalligrafiyaga oid “Savodi ta’lim” nomli asari ham ilova qilingan. Ushbu kichik
risolada chiroyli xat yozish usullari bayon qilingan. Risola ikki qismdan iborat.
Asarning birinchi qismida xat mashq qilishga tayyorgarlik va bu ish uchun kerakli
asboblar to’g’risida so’z yuritiladi. Ikkinchi qismida esa, xat mashqi va uning usuli
haqida amaliy yo’l bilan ta’lim beriladi. 
’o’ttiz yildan ortiq ijod qilgan adibning ota-bobolaridan meros bo’lib kelayotgan
sulolaviy kasb miroblik haqida “Ornalar” nomli risolasi biz uchun nihoyatda
qimmatlidir. Ushbu kitob tufayli biz vohada suvchilik kasbi, dehqonchilik tarixi, suv
uchun bo’lgan urushlar tarixi bilan bog’liq ijtimoiy siyosiy voqealardan xabardor
bo’lamiz.
Xiva xoni Eltuzarxon (1804-1806) Munisga Xorazm tarixini bitishni topshirdi.
Munis bu asarga “Firdavs-ul iqbol” (“Baxt bog’i” yoki “Baxt-saodat bog’i”) deb
nom qo’ydi. Asar Munis va jiyani Ogahiy qalamiga mansub bo’lib, u afsonaviy
rivoyatdan boshlanib, 1825 yilgacha Xorazmda sodir bo’lgan tarixiy voqealarni o’z
ichiga oladi. Munis bu asarni yozib tugata olmagan, u qadim zamonlardan boshlab
Muhammad Rahimxon (1806-1825) hukmronligining 7-yili, ya’ni 1813 yilgacha
bo’lgan voqealarni yozib ulgirgan, 1813 yildan 1825 yilgacha bo’lgan voqelar
Ogahiy qalamiga mansub bo’lib hijriy 1255 ( milodiy 1839) yili yozib tugallangan.
Asar Xiva xonligi hududida yashovchi o’zbeklar, turkmanlar, qozoq va qoraqalpoq
xalqlari tarixini aks ettiradi. Asarni mukammal nusxasi Munis va Ogahiy
qo’lyozmasiga mansub bo’lib 613 bet, asar Samarqand qog’oziga, qora siyoh bilan
nastaliq xatida yozilgan.
“Firdavs ul iqbol”ning mzkur nusxasi Rossiya Fanlar Akademiyasining, Sankt-
Peterburg bo’limida KP-938 raqami bilan saqlanmokda, uni rus sharqshunosi A.Kun
1874 yilda topshirgan. Asar keyinchalik, 1856 yilda mulla Nurniyoz ibn mulla
Muhammadniyoz tomonidan ko’chirilgan. Asarga 1879 yilda Muhammad Rizo
oxund ibn Muhammad Karim devon tartib bergan.
Munis bu asarini Eltuzarxon davrida boshlagan, 1806 yilda u o’z asarini
Sherg’ozixon davriga etkazganda, Buxoro xoni amir Haydar bilan bo’lgan urushda
Eltuzarxon o’ladi, undan keyin u Muhammad Rahim I davrida bu asarni davom
qildiradi. U bu davrning 7 yillik tarixini yozib tugatganidan keyin, bu ishni to’xtatib,
1819 yilda u mashhur tarixchi Mirxondning “Ravzat-us-safo” (“Safo bog’i”) asarini
o’zbek tiliga tarjima qilishga kirishadi. Bu asarni ham birinchi bo’limini tarjima
qilib, ikkinchi bo’limi ustida ishlay boshlaydi, lekin 1829 yilgi Olloqulixonning
harbiy yurishi vaqtida vabo kasalligiga chalinib, Ahal-Taka vohasida dunyodan
o’tgan. Jasadi Xivaga keltirilib, Eski Qiyot qishlog’idagi Mavlonbobo qabristonida
maxsus barpo etilgan maqbaraga dafn qilingan.
O’z davrida Munis turkman shoiri Zeliliy (1800-1853) (Oloqulixon davrida
zindonga tashlangan) va qozoqlarning Kichik juzi oqini (baxshi shoiri) Mahambet
(1800-1846) (Olloqulixon tomonidan saroyda qabul qilingan, lekin qarashlari
to’g’ri kelmagani uchun Xiva xonligidan chiqib ketgan) bilan ham fikr bo’lgan,
ularning yuragi qo’ridan otilib chiqayotgan har bir nido yoki ishqiy she’rlarida
vatanga va o’z xalqiga muhabbat hissi, o’zi yashagan zamonaga nisbatan norozilik
fikrlari olg’a suriladi: – haqsizlik, zulmga qarshi norozilik, adolat, xalqqa muhabbat,
saxiylik, vafo, ma’rifatparvarlik, ilm-fanga homiylik, jaholatga qarshi kurash,
insoniy fazilatlar ulug’langan. 
"
Download 348.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling