Jahon tarixi kafedrasi” O’zbekiston tarixi fanidan kurs ishi


Download 348.55 Kb.
bet2/3
Sana22.06.2023
Hajmi348.55 Kb.
#1647163
1   2   3
Bog'liq
Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli

Shajarayi Turk", "Shajarai turk va moʻgʻul" ("Turkiy xalklar va moʻgʻullar
shajarasi") — tarixiy asar, muallifi abulg’ozi bahodirhon. Eski oʻzbek tilida
yozilgan. "SH.t." 13— 17-asrlardagi moʻgʻul va turk hukmdorlari haqidagi
maʼlumotlarni, xususan, Markaziy Osiyo xonliklari, jumladan, Xiva xonligining
muallif yashagan davrgacha boʻlgan tarixini oʻz ichiga olgan. "SH.t." Abulgʻoziy
Bahrdirxonning oʻlimi tufayli nihoyasiga yetkazilmay qolgan boʻlsada, uning
oʻgʻli Anusha Muhammadxon (1663—87) topshirigʻiga muvofiq, urganchlik
tarixchi Maxmud ibn Mulla Muhammad Zamon Urganjiy tomonidan baʼzi
maʼlumotlar bilan toʻldirilgan. "SH.t."ning yozilish sababi muallif tomonidan
quyidagicha izohlangan: "Ammo bizning otaaqalarimizning beparvoliqi va
Xorazm xalqining bevuqufliqi, bu ikki sababdin, bizning jamoatimizning
Abdullaxonning (Abdullaxon II) otalari birlan bizning otalarimizning ayrilgan
yeridin to bizga kelguncha tarixlarini bitmay erdilar. Bu tarixni bir kishiga taklif
qilali teb fikr qilduk, hech munosib kishi topmaduk, zarur boʻldi (va) ul sababdin
oʻzimiz aytduk". Asar moʻʼjaz muqaddima va 9 bobdan tashkil topgan.
"SH.t."ning 7, 8 va 9boblari (1644-yilgacha kechgan voqealar) Abulgʻozixon
tomonidan yozilgan. 1, 6boblar va 9bobning davomi (1644—64) Mahmud ibn
Mulla Muhammad Zamon Urganjiy tarafidan bitilgan. "SH.t."da koʻplab
etnografik hamda Xorazmning ijtimoiyiqtisodiy ahvoliga doyr maʼlumotlar bor.
Asarning bizgacha yettidan ortiq qoʻlyozma nusxasi yetib kelgan, ular Toshkent,
Ashxobod, Sankt-Peterburgdagi fondlarda saqlanmoqda.
"SH.t." omma tushunadigan tilda va ommabop usulda yozilganligi bilan ajralib
turadi. Hodisalar bayonidagi ixchamlik, ifodaning izchilligi, voqealarni latifa va
rivoyat uslubida sodda, ravon tasvirlash asarning muhim tomoni hisoblanadi.
Manba grammatik qurilishi, lugʻat tarkibi nuqtai nazaridan xalq soʻzlashuv tiliga
yaqin turadi. Abulgʻozixon "SH.t."ni yozishda ilgari bitilgan bir nechta tarixiy
asarlar, xususan, Rashiduddinning "Jomeʼ uttavorix", Sharafuddin Ali Yazdiyning
"Muqaddimayi Zafarnoma"sidan kerakli oʻrinlarda unumli foydalangan. Mazkur
asar rus, fransuz va nemis tillarida nashr etilgan.
Asarda tashqi siyosatda Eron bilan munosabatlar ko’p o’rinlarda eslatiladi. Unda
shoh Ismoil vafotidan so’ng Xiva-Eron munosabatlari nisbatan yaxshilanganligini
kuzatish mumkin. Jumladan, Buchg’axon hukmronligi davrida shoh Tahmaspning
xonlikka elchi yuborganligi haqida berilgan ma’lumot diqqatga sazovor:
«Men xonga o’g’ul bo’layin deb tururman. Temurbiy chingizxon avlodina kuyov
bo’ldi ersa,hanuzgacha anu temur ko’ragon deytururlar.en ham chingizxon avlodina
ko’ragon bo’lmoqni ko’nglim istayturur>>2.
Muhammad Yusuf Bayoniy.
 Xivada xonlik qilgan Eltuzarxon (1804–1806) avlodidandir. Uning otasi
Bobojonbek Olloberdi To’raning o’g’li bo’lib, Eltuzarxonning nabirasi edi.
Bayoniy 1859 yilda Xivada dunyoga keladi va yoshlikdan boshlab ilm, adabiy
otga, she’riyatga qiziqadi. Bayoniyo’z zamonasining atoqli xattotlaridan va
musiqashunoslaridan biri ham bo’lgan. U suls, kufiy, rayhoniy, shikasta va boshqa
xil xatlarni yaxshi bilgan va o’z zamonasining talantli shoir va tarixnavis olimi
bo’lib etishgan. Bayoniy o’zidan boy yozma meros qoldirdi. Bayoniyning
mazmundor va ajoyib g’azallarini o’zi ichiga olgan devonining bir necha nusxasi
qo’lyozma holida saqlanmoqda. Bu devonlardan uning g’azallari, muxammaslari,
ruboiylari, qasidalari o’rin olgan.
Bayoniyning she’riy asarlari XIX asr II yarmi va XX asr boshlari o’zbek adabiyotini
va shuningdek shoirning hayoti va ijodini o’rganishda katta ahamiyatga egadir.
Shoir she’riyatida asosiy o’rinni lirika egallaydi. U zamonasining ilg’or fikrli kishisi
sifatida qaynoq hayot ichida yashadi va uning ijodida o’sha davrdagi ijtimoiy hayot
o’z ifodasini topdi.
Muarrixning “Shajarayi Xorazmshohiy” risolasida Abdulg’oziyxon Munis va
Ogahiy qalamiga olgan davr va Xiva xonligida 1873 yildan 1914 yilgacha sodir
bo’lgan tarixiy voqealar tasvirlangan. Mazkur risola yuqorida nomlari zikr etilgan
mualliflar asarlarining xulosasi va davomi hisoblanadi. Munis va Ogahiyning
asarlari hashamdor, qiyin til bilan yozilgan. Ularda arabcha va forscha so’zlar va
og’ir iboralar ko’p uchraydi. Bayoniy ana shu qiyinchiliklarni bartaraf qilish
maqsadida Munis va Ogahiy asarlarini bir jildga to’plab, qisqartirib, sodda til bilan
qayta yozib chiqqan. Bu to’g’rida muallif asar so’zboshisida bunday deb yozadi:
“Men Muhammad Yusuf al-mutaxallis bil-Bayoniy ibni Bobojonbek, bu tariqa arz
qilaman. 1329G’1911 yil jumod ul-avval oyining yigirma ikkisida bu asarni
yozishga boshladim. Bu ishni Asfandiyorxon menga Tolibxo’ja ibni Avazberdi
orqali buyurdi”.3
Munis Eltuzarxonning farmoniga muvofiq “Firdavis ul-iqbol” nomli asarini yozgan.
Munis bu asarni tamomlay olmay 1244G’1829 yili vafot etadi. Ollohqulixon
Ogahiyga bu chala qolgan asarni yozib tamom etishni buyuradi. Ogahiy bu asarni
yozib tamomlaydi. So’ngra Ogahiy XIX asrda Xorazmda xonlik qilgan xonlarning
har biriga atab, alohida-alohida bir necha asar yozgan.
Muallif o’z asarining oxirida quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: “Men, Muhammad
Yusuf Bayoniy bu kitobni (“Shajarayi Xorazmshohiy”. – Q. M. ) yozib tamom
etdim. Keyinchalik Asfandiyorxon vaqtida sodir bo’lgan tarixiy voqealarni yozib,
bu kitobimga qo’shaman”.
Xorazmda tasnif etilgan Bayoniyning mazkur tarixiy asari, Xorazm, ayniqsa Xiva
xonligi tarixini o’rganishda aniq ma’lumot beruvchi asosiy manba bo’lib xizmat
qiladi. Bayoniyning bu tarixiy asarida Xiva xonligining siyosiy tarixi juda mufassal
bayon etilgan. Xiva xonligining siyosiy hayotida ro’y bergan katta voqealardan biri
Xiva xonligini Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi edi. Bu voqea Xorazmda
Muhammad Rahimxon II hukmronligi davrida sodir bo’lgan. Muhammad Yusuf
Bayoniy o’zining “Shajarayi Xorazmshohiy” asarida bu masalaga juda mufassal
to’xtab o’tgan va bu borada qimmatli ma’lumotlarni keltirgan.
Ayniqsa shaharlarni mudofaa qilishda olib borilgan ishlar, ko’rsatilgan
qarshiliklarga qaramay, Xiva xonligiga qarashli shaharlarning Chor Rossiyasi
qo’shini tomonidan birin-ketin bosib olinishi va Chor generallarining bu erda olib
borgan shafqatsiz siyosati, chorizm askarlari tomonidan aholining, ayollar va
bolalarning begunoh qirg’in qilinishi, obod joylarning xarobaga aylantirilishi
haqqoniy tasvirlab berilgan.
Xonlikning iqtisodiy hayotida er egaligi va soliq masalasi asosiy masalalardan edi.
Bu masalalar bo’yicha ham mazkur asarda ancha ma’lumotlar keltirilgan.
Shuningdek, xonliqda olib borilgan qurilish ishlari va turli mansablar, ularga
kimlarning tayin etilganligi va boshqa qator masalalar bo’yicha ham yaxshi
ma’lumotlar berilgan.
Xiva xonligida Muhammad Rahimxon II davrida me’morlik bo’yicha ham ancha
ishlar amalga oshirilgan. Madrasalar, masjidlar, minoralar, bog’lar, ko’priklar
qurilgan. Asarda bu binolarning qachon qurilganligi ham ko’rsatib o’tilgan.
“Shajarayi Xorazmshohiy”da Bayoniy tomonidan keltirilgan bir-ikki misolni olib
ko’raylik.
Bayoniyning yozishicha: “Ma’lum bo’lsinkim, xon xazratlari (Muhammad
Rahimxon II. – Q. M. ) bag’oyat mushfiqi fuqaro va bag’oyat xayr do’st kishi
erdilar. Ko’p madrasalar va masjidlar bino qildilar. Ko’p madrasalarning binolariga
sabab bo’ladilar. Andog’kim, Muhammad Murod devonbegi bir madrasa bino qildi.
Yusuf mahramg’a buyurib bir madrasa bino qildilar. Qadam yasavulboshi bir
madrasa bino qildi. Ibrohimxoja bir madrasa bino qildi. Yusuf Yasavulboshi bir
madrasa bino qildi. Husayn Muhammadboy bir madrasa bino qildi. Do’st A’lam bir
madrasa bino qildi. Qoziy ul-kuzzot Qozi Muhammad Salim bir madrasa bino qildi.
Islomxoja bir minorali madrasa bino qildi. Bu binolarning hammasi ul hazratning
(Muhammad Rahimxon II. – Q. M. ) targ’ibotlari bila bo’ldi. Yana Nurillabek otlig’
hovlilarining atrofida ko’p bevatanlarni vatanlik etdilar. Yana Tozabog’ atrofida
ham ko’p bevatanlarni vatanli etdilar. To’rt oliy masjid bino qildirib, Tozabog’da
vatan tutgan bevatanlar, to’rt masjid qavmi bo’ldilar. Yana Yanga qal’ada,
Nurillabek hovli va bog’larining sharqi shimoli tarafida ko’p bevatanlarni vatanli
etdilar. Bir oliy masjid bino qildirib, ul erni Sultonobod ismi birla mavsum etdilar.
Ko’p erlarni obod etdilar. Ko’p masjidlar, madrasalar va qorixonalar bino bo’lib,
ko’p erlar obod bo’ldi”.
Bayoniyning mazkur tarixiy asarida shu davrda Xiva xonligidagi adabiy muhit,
shoirlar va olimlar, Muhammad Rahimxon II – Feruzning ajoyib shoir va ma’rifatli
hukmdor bo’lganligi haqida ham anchagina ma’lumotlar keltirilgan. 1326G’1908
yili Ahmadjon Tabibiy tomonidan shu davrda yashagan shoirlarning tazkirasi
tuzildi. Bu haqda Bayoniy quyidagi ma’lumotni keltiradi: “Xon hazratlari she’rga

ko’p zavq paydo qilib erdilar. O’zlari ham burundan Feruz taxallusi bila mutaxallis


bo’lub, she’r aytur erdilar...”
Yuqoridagi fikrimizning tasdiqi sifatida Bayoniy tomonidan keltirilgan ijtimoiy-
iqgisodiy va madaniy hayotga oid bir-ikki misolni qayd etib o’tdik. Bunday
misollarni juda ko’plab keltirish mumkin. Bayoniyning bu qimmatli tarixiy asari,
olimlarimiz, O’zbekiston Fanlar Akademiyasining akademiklari Ya. G’ulomov, M.
Yo’ldoshev kabilar tomonidan o’rganilgan va bir qismi nashr etilgan.
Bayoniyning ikkinchi tarixiy asari “Xorazm tarixi” nomi bilan ataladi. Bu asarning
ilk boblari ma’no jihatidan “Shajarayi Xorazmshohiy” asariga o’xshab ketadi. Lekin
yozilish uslubi bilan undan farq qiladi. Muqaddimada ko’rsatishicha, Bayoniy o’z
asarini ko’pchilik bahra olsin uchun sodda til bilan yozgan. Afsuski, 15 bobdan
iborat bu asarning faqat 8 bobigina saqlangan. Qolgan boblari yo’q. Uning yagona
nusxasi O’zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining
qo’lyozma asarlar xazinasida saqlanmoqda.
Bayoniy bu asarlarni yozish bilan bir qatorda, ko’pgina tarixiy asarlarni o’zbek tiliga
tarjima qilgan. U Mavlono Darvesh Ahmad tomonidan arab tilida yozilgan umumiy
tarixga oid “Sahoyif ul-axbor” nomli katta asarni o’zbek tiliga o’girgan. Bayoniy
shuningdek, Binoiyning “Shayboniynoma”, Jarir at-Tabariyning “Tarixi Tabariy”
nomli asarlarini tarjima qilgan.
Bayoniy boshqa tarjimonlar tomonidan tarjima qilingan asarlarni tahrir ham qilgan.
Atoulla ibn Fazlulla Husayniy tomonidan yozilgan “Ravzat ul-ahbob” nomli
asarning II qismini o’zbekchaga o’girilgan tarjimasini tahrir qilgan.
Bir so’z bilan ayttanda, Muhammad Yusuf Bayoniy o’z zamonasining talantli shoiri,
atoqli tarixnavis olimi va mohir tarjimonidir. U o’zbek madaniyati tarixida o’ziga
xos faxrli o’rinni egalaydi. Olim va shoir tomonidan yaratilgan adabiy va tarixiy
asarlar o’zbek xalki madaniyati tarixini o’rganishda muhim manba bo’lib xizmat
qiladi.4

2.1 Xiva xonligida ta’sis etilgan lavozimlarga tasnif.


XVII asrda Xivada muayyan bir sulola hukmdor emas edi. Chingiziylar sulolasiga
mansub ba’zi shaxslar Xivaga chaqirilib xonlik taxtiga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, amalda
hokimiyat qo‘ng‘irot sulolasidan bo‘lgan inoq qo‘lida bo‘lgan. 1804 yildan boshlab
faqat Qo‘ng‘irotlar sulolasi vakillari Xivada xon bo‘lganlar.
Xiva xonligida unvon va mansablarni saroy, harbiy va diniy unvon hamda va
amallarga bo‘lish mumkin. Tadqiqotchilarning fikricha (Sh. Vohidov) bu tasnif sof
nazariy bo‘lib, aslida xonlik davrida muayyan unvon va mansablar sohalar bo‘yicha
berilmagan. O‘sha vaqtda amaldor va unvon egasi ko‘pincha xonga nisbatan shaxsiy
sadoqati, qavmi yaqinligidan bir mansabdan boshqa mansabga o‘tib, unvonlar
sohibiga aylangan. Xonlikda eng oliy unvon xon bo‘lib, u ma’muriy, siyosiy va
harbiy vakolatlarga ega bo‘lgan.
Xiva xonligi davlat tizimida Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligidan farqli o‘laroq,
xon huzurida Oliy Kengash amal qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu Oliy Kengashni
Muhammad Rahimxon I “o‘z hokimiyatini mustahkamlash uchun ilgari inoq va
otaliqlar boshliq bo‘lgan urug‘ oqsoqollari kengashi o‘rniga ta’sis etgan edi. Bu Oliy
Kengashga turli da’vo va jinoiy ishlarni ko‘rish va qaror chiqarish huquqini berdi.”
Bu Kengashning vakolati chegaralangan bo‘lib, maslahat beruvchi organga o‘xshar,
uning a’zolari eng yuqori mansab va unvondagi amaldorlar bo‘lgan. Kengash
majlisida boshqa amaldorlarga qaraganda qo‘proq inoq, shayx ul-islom, devonbegi
va yasuvulboshi hal etuvchi ovozga ega bo‘lganlar. Kengash majlislari masalaning
muhimligiga qarab, xon tomonidan chaqirilar edi. Oliy Kengash oqsoqollardan,
ya’ni, ma’lum mansab va unvon egalaridan, chunonchi, naqib, shayx ul-islom,
mutavvalli, mirob, qozi, farmonchi, darg‘a, shig‘ovul, dasturxonchi, arbob, miroxo‘r
kabilardan iborat edi. Shuningdek, xonning qarindosh urug‘laridan bo‘lgan beklar,
otaliq, inoq va biylar ham bu kengashga kirganlar.
Bu tor doiradagi Kengash garchi davlat tashkiloti sifatida rasmiylashtirilmagan
bo‘lsa-da, uning qarori xonning qaroridek ko‘rsatilsa-da, amalda yuqori qonun
chiqaruvchi ma’muriy va sud hokimiyati edi. Kengash xonlikning ichki ishlariga
doir hamma masalalar bo‘yicha qaror qabul qilar va xonlikning boshqa davlatlar
bilan bo‘lgan tashqi munosabalariga doir muammolarni hal etar edi. Garchi Kengash
davlatning turli-tuman ichki va tashqi ishlarini muhokama qila olsa-da, muhokama
qilingan masalalar bo‘yicha qaror chiqarish avvalo xonning xohish – irodasiga
bog‘liq bo‘lgan.
Xon saroyidagi unvon va mansablar. Unvonlar orasida eng kattasi inoq edi. Odatda
inoqlar eng qudratli o‘zbek urug‘laridan tayinlangan hamda hamda ular xonning
eng yaqin maslahatchilari bo‘lgan. Inoqlar yirik amaldor, ya’ni urug‘ boshlig‘i
hisoblangan. Abulg‘ozixon tantanali marosimlarda o‘tirish uchun inoqlarga o‘z
yonidan to‘rtta joy ajratgan. Inoqlar biy, sulton, mingboshi kabi unvonlarni ham
olganlar. XX asr boshlariga kelib inoqlar bek martabasiga tushib, oliy saroy
amaldorlaridan ma’muriy mansab egalariga aylanadilar.
Otaliq – urug‘ oqsoqoli. Inoq boshliq to‘pa (guruh) ga birlashgan urug‘ boshlig‘i.
Xonning eng yaqin maslahatchilaridan biri bo‘lgan. Otaliq qilich va pichoq taqib
yurgan.
Biy – saroy unvoni. Inoq va otaliqdan keyingi martaba. Biy qabila va urug‘ning
boshlig‘i hisoblanib, ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi turkiy xalqlarning,
jumladan o‘zbeklarning urug‘ oqsoqollariga beriladigan unvon edi. XVII-XIX
asrlarda biylar yirik o‘zbek qabila va urug‘lariga boshchilik qilib, faqat markaziy
hokimiyatga itoat etganlar. Biy unvoni avloddan avlodga meros qilib qoldirilgan.
Amir ul-umaro – Amirlarning amiri, Xiva xonligida XIX asrning o‘rtalarida ta’sis
etilgan. Sayid Muhammadxon bu unvonni birinchi marta o‘zining akasi Sayid
Mahmud to‘raga bergan edi. Muhammad Amin inoq hukmronligi davrida amir ul-
umaro uning akasi Fozilbiy edi. O‘shandan keyin amir ul-umaro unvoni hech kimga
berilmagan.
Qo‘shbegi – Xiva xonligida saroyning oliy mansablaridan biri bo‘lib, moliya va
soliq yig‘ish ishlarini bajargan. Qo‘shbegining maxsus devoni hamda unga tobe
etuvchi amaldorlari bo‘lgan.
Mehtar – katta, ulug‘ degan ma’noni beradi. Mehtar saroy xizmatkorlarining
boshlig‘i vazifasini bajarib, xonga yaqin kishilardan va xon urug‘iga mansub
a’yonlardan tayinlangan. Mehtarning ham o‘z devoni bo‘lib, yer solig‘i “solg‘ut”
to‘plash ham uning xizmatiga kirgan.
Beklarbegi – Qoraqalpoq va ko‘chmanchi xalqlarning oqsoqollariga beriladigan
faxriy unvon. Beklarbegining vazifasi ularning o‘z urug‘laridan yig‘iladigan
xarajatlarning to‘g‘riligini tekshirib turish va ularni to‘la ravishda xazinaga
topshirish ustidan nazorat qilishdan iborat bo‘lgan. Bu lavozimga amaldorlar odatda
xonning qarindosh-urug‘laridan tayinlangan.
Bek – XIX asrda Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy hayotida beklar ancha katta rol
o‘ynaganlar. Bek – xon va davlat arboblarining qarindoshlariga, farzandlariga
beriladigan faxriy unvondir.
Parvonachi – xon saroyidagi oliy vazirlardan biri. Parvonachi saroyning ichki va
tashqi ishlarida ham faol qatnashishi mumkin bo‘lgan. U arzu-shikoyatlarni xonning
huzuriga olib kirib, javobini qaytargan. Shuningdek, parvonachi xonning
formonlarini saroy a’yonlariga yetkazib turgan.
Eshikoqosi – saroy darvozalarini qo‘riqlash ishlarini boshqargan. Oybolta uning
mansab alomati bo‘lgan. Hukmdor saroyda bo‘lgan vaqtda eshikoqosi uni qo‘riqlash
bilan shug‘ullangan. Eshikoqosi arzgo‘ylarning nima xususda kelganlarini
surishtirib, ularni saroydagi tegishli amaldorlar tomoniga jo‘natar edi. Faqat juda
muhim xabarlar bilan kelgan kishilargina xon huzuriga kiritilgan.
Saroyda darvoza ortida turadigan qorovullar va maxsus darvoza qo‘riqchilaridan
tashqari xonni qo‘riqlaydigan tunqator yoki tunotarlar, ya’ni, kechasi bilan xonni
qo‘riqlab chiqadigan xizmatchilar ham bo‘lgan.
Mahram – ishonchli xizmatkor, sidqidildan xizmat qiluvchi saroy ichkarisidagi
xodim ma’nolarini anglatadi. Mahramlar xonga yaqin kishilar hisoblangan. Davlat
boshqaruvida ular bevosita xonning maslahatchilari bo‘lishgan. Mahramlar xonning
oromxonasiga kirish huquqiga ega bo‘lganlar.
Xiva xoni saroyida yana quyidagi unvon, mansab va vazifalar mavjud bo‘lgan:
oftobachi, buxchabardor, soatbardor, kitobdor, mo‘zabardor (xon poyabzalini
beruvchi), sharbatdor, mahram boshi (yuqori lavozim hisoblangan), to‘shakchi,
karnaychi, surnaychi, jarchi, oshmehtar (xon va saroy oshxonasi boshlig‘i), sorbon
(tuyachilar), kamon xalfa (ovchi, qushchi), merganlar, sayis (ot boquvchi),
ko‘mirchi, kuchanchi (egar-jabduqchi), tamakisoz, loykash, kulol, xodimchi
, ro‘molchi, selobchi (jom ushlab turuvchi), poyaki (chilimchi), aravachi, noschi,
qilichkor (qilich va shamshir yasovchi), oshpaz, tovoqchi, darakchi (otchopar),
jirchi (ashulachi), yo‘nuvchi (duradgor), devon (mirza), mushrif (ozuqa yig‘uvchi),
bojbon (zakotchi) va boshq. Ularning barchasi saroy xazinasidan maosh olganliklari
haqida ma’lumotlar bor. Saroydagi umumiy tartibni arbob nazorat qilgan.
2.2.Rossiya va xiva o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar.
Xiva o'zining geografik jihatdan qulay joyda joylashganligi va suv yo'li bilan
ta'minlanganligi sababli O'rta Osiyodagi eng rivojlangan davlatlardan bo'lgan. Xiva
xonligi karvon yo'llari ustida joylashganligi uchun Rossiyaning Buxoro bilan
savdo aloqalarida muhum o'rin egallagan. Xiva xonligi G'arb bilan Sharq
o'rtasidagi savdoda faol qatnashgan. Xonlikning tashqi savdo aloqalaridagi faol
ishtiroki uning siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi taraqqiyoti bilan bog'liq.
XVIII asrga kelib O'rta Osiyo bilan Rossiya orasidagi diplomatik jarayonlar
yanada jonlandi. Bu esa O'rta Osiyo boyliklariga Rossiya ichki bozori talablarining
ortib borishi natijasi edi.
XVIII asr oxiri va XX asr boshlarida Xiva xonligi bilan Rossiya imperiyasi
o'rtasidagi savdo va diplomatik aloqalar avvalgiga nisbatan bir muncha rivojlandi.
Bu davrda Xiva xonligi bilan Rossiya imperiyasi savdo aloqalarining
rivojlanishining asosiy sabablaridan biri Rossiyada to'qimachilik sanoati taraqqiy
etib, xomashyoga bo'lgan talabining oshishi edi. Xiva xonligida esa mamlakatni
siyosiy jihatdan birlashtirish va Rossiya bilan bo'lgan savdoni rivojlantirish uchun
talabi kundan-kunga oshmoqda edi

XIX asr boshlarida Rossiyaning Xiva bilan savdosining salmoqli qismi Mang'ishloq


va Astraxan orqali, 1824-1827-yillarda Rossiyadan Xivaga tovarlar eksporti 1804-
1807-yillarga nisbatan jami ikki yarim baravardan ortiq ko'paygan. 1801-yildan beri
Rossiya hukumati tomonidan xonliklarga temir, mis, po'lat va cho'yan olib kirishga
ruxsat berilganligi alohida ahamiyatga ega edi. Xiva bu tovarlarni faqat Rossiyadan
olishi mumkin edi. shulardan xivaliklar qurol-yarog', unumdor qishloq xo'jaligi
asboblari, kemalar uchun mahkamlagichlar va eng zarur uy-ro'zg'or buyumlarini
yasagan. Bundan tashqari, Rossiyadan oltin va kumush tangalar olib kelingan.
Xivalik savdogarlar boshqa davlatlardan, masalan, Hindistondan yoki Xitoydan
tovarlar sotib olayotganda, Rossiya oltin tangalari bilan to'laganlar.
Xiva bilan Rossiya munosabatlarining muhum jihati o'zaro savdodan har ikkala
davlat ham birdek manfaatdor bo'lgan. Xiva savdogarlari uchun Rossiyaga
boradigan savdo yo'llari xavfsiz edi. Xiva xonligida Rossiyaning zavod va
fabrikalarida ishlab chiqarilgan tayyor iste'mol tovarlariga ehtiyoj katta edi. Ayni
paytda Rossiya Xiva xonligiga o'z tovarlarini sotadigan bozor deb qarar edi. Rossiya
tovarlarining Yevropaning ilg'or davlatlari tovarlari bilan raqobat qila omlayotgan
davrda bu juda muhim edi. Ikkinchidan, Xiva xonligi Rossiya sanoati uchun zarur
xom ashyo mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib beruvchi o'lka ham hisoblanar
edi[19]. Shuning uchun ikki mamlakatning o'zaro iqtisodiy va diplomatik aloqalari
yanada rivojlandi. Shu boisdan ham, Xiva xonligi bilan olib boriladigan
munosabatlar Rossiya tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylangan.
2.3.Xiva xonligining harbiy va mudofaa tizimi.
Xonlikdagi harbiy unvonlar va mansablar. Davlatdagi eng oliy harbiy amaldor
xonning o‘zi edi. Ko‘p hollarda shaxsan xon boshchiligida, ayrim hollarda taniqli
sarkardalar boshchiligida boshqa hududarga yurishlar uyushtirilgan. Eng yuqori
harbiy-ma’muriy lavozim amir ul-umaro edi. Undan keyingi rasmiy ravishda yuqori
sarkarda yasovulboshilik mansabi edi. Xonlikda ular ikki kishi bo‘lib, biri yovmud
turkmanlariga, ikkinchisi esa chovdirlarga qo‘mondonlik qilar edi. Xon huzuridagi
rasmiy qabul marosimlarida yasovulboshilarning doimiy o‘rinlari bo‘lmas edi.
Lekin ular xon huzurida bo‘ladigan tor kengashda mehtar, qo‘shbegi va devonbegi
bilan bir qatorda qatnashar edilar. Yasovulboshiga yasovullar, mirshablar, shotirlar,
eshikolari itoat etganlar.
Yasovulboshidan keyingi harbiy unvon mingboshi edi. Harbiy yurishlar paytida
mingboshilarga katta ma’suliyat yuklangan. Ya’ni, ular qo‘shinni aytilgan yerga
to‘plashi, ularning tayyorgarlik darajasini nazorat qilishi, jang paytida qo‘shinning
ma’lum guruhiga yo‘lboshchilik qilishi lozim bo‘lgan. Shuning uchun ham arxiv
hujjatlariga ko‘ra mingboshilar yaxshi in’omlar olganlar.
Xiva xonligida harbiy istehkomlar-qal’alar alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ular
ma’muriy-mudofaviy vazifani bajargan. Bunday qal’alar kutvol (qal’abon) qo‘lida
edi.Xiva qo‘shinlarida sarkardalar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Sarkardalar bir
necha yuzdan bir necha minggacha bo‘lgan navkarga boshchilik qilganlar. Yurishlar
paytida sarkarda boshchiligida tug‘ (bayroq) qo‘tarib borilgan. Bayroq ko‘tarib
boruvchilarga tug‘begi boshchilik qilgan. Qo‘shinda yuzboshi, panjshohboshi
(ellikboshi), dahboshi (o‘nboshi), qorovul, mahram, navkar kabi vazifalar bo‘lgan.
Navkarlar soliqlar va turli majburiyatlardan ozod qilinganliklari bois katta yer
egalarini qattiq himoya qilganlar. Xiva qo‘shinida dehqonlardan olinadigan
navkarlardan tashqari, turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar va boshqa ko‘chmanchi
xalqlar askarlari ham bo‘lib, ular xonga majburiy ravishda ma’lum miqdorda
askarlar berganlar.
Xonlikdagi diniy hamda qozixona unvonlari. Xivada davlatni boshqarish bo‘yicha
islom dini mafkuraviy asosni tashkil etgan. Qonunlar shariat tartib va yo‘riqlari
asosida amal qilgan. Shayx ul-islom – xonlikdagi eng yuqori martabali kishi edi. U
diniy marosimlarning aniq bajarilishi ustidan nazorat qilgan. Marosimlar paytida
shayx ul-islom xonning o‘ng tomonida o‘tirish huquqiga ega bo‘lgan.
Qozi ul-quzot (qozi kalon) – musulmon huquqi va qonunlar bajarilishini shariat
asosida nazorat qilgan. Qozi kalon poytaxtda o‘z devoni va mahkamasiga ega
bo‘lgan. Viloyat markazlarida ham viloyat qozisi bo‘lgan. Ular mahkamalarining
nomi Dor ul-qazo deb atalgan. Lashkarlardagi qonun-qoidalar ketidan qozii askar
(askar qozisi) nazorat qilib, sha’riy masalalarni hal etib turgan.
Mufti – qozilarning huquqshunoslari hisoblangan. Ular biror ish ko‘rilayotgan
paytda ishtirok etishlari, hukmona tuzishlari va hukmlarning to‘g‘riligini tasdiqlash
uchun hujjatlarga muhrlarini bosishlari lozim edi. Xivada bosh mufti yettita bo‘lib,
barcha muftilarning xon yonida o‘rni bor edi. Lashkarda o‘zining mufti lashkari
xizmat qilgan.
A’lam – muftilarning boshlig‘i hisiblangan. Uning vazifasi fatvolarda keltiriladigan
shariat rivoyatlarini tekshirishdan iborat bo‘lib, ayrim rivoyatlarning asl nusxasiga
mosligini aniqlagach, a’lam unga o‘z muhrini bosgan.
Raislar – shariat tartib-qoidalari, diniy marosimlar – ro‘za, besh vaqt namoz, tahorat,
xayri-ehson ishlarining aniq bajarilishi ustidan nazorat qilgan. Ota-analar bolalarini
o‘z vaqtida maktabga yuborishi, bozorlarda sotuvchilar xaridorlarni aldamasligi
tarozilarni tekshirib turish ham raisning vazifasi bo‘lgan. Har bir shahar va katta
qishloqning o‘z raisi bo‘lib, qozi kalon taqdimiga muvofiq xon tomonidan
tayinlangan.
Mutavalli – diniy muassasalarda xayr-ehson mablag‘lari va xo‘jalik ishlari bilan
shug‘ullanuvchi xo‘jalik noziri. Mutavallining vazifasi vaqf mulki, undan
foydalanish va keladigan daromadni nazorat qilish, uni taqsimlash, ijaraga berish,
oxun va mudarrislarga maosh to‘lash kabilardan iborat edi.
Mudarris – madrasa o‘qituvchisi, muayyan ilohiyot fanidan dars bergan. Oxun-
oxund – va’zxon, notiq, din targ‘ibotchisi. Mudarris va oxunlar o‘zlari ta’lim bergan
madrasaning vaqfidan maosh olib turganlar. Shuningdek, madrasa ularga hujra ham
bergan.
Xiva xonligi tarixiga oid manbalar, arxiv hujjatlari va ilmiy adabiyotlarni chuqur
tahlil etgan manbashunos olim Sh. Vohidov xonlikda quyidagi amallar, unvon va
mansablar, vazifalar bo‘lganligi haqida ma’lumot beradi:
Amir ul-umaro, aravachi, arbob, a’lam, buxchi, buxchabardor, vazir, vakil, bek,
beklarbegi, biy, bojbon, botirboshi, bog‘bon, darvozabon, dasturxonchi, dahboshi,
devon, devonbegi, dorg‘a, doruchi, dorug‘a, jallod, jallodboshi, jarchi, jirchi, zargar,
imom, imomi jilav, inoq, yilqibon, kalontar, karvonboshi, karnaychi, katxudo,
kitobdor, kitobbardor, kulol, kutvol, kuchanchi, ko‘mirchi, loykash, mahram,
mahramboshi, dahboshi, mahsido‘z, mergan, mehtar, miltiqsoz, mingboshi, mirob,
miroho‘r, muazzin, mudarris, mutavalli, mufti, mufti askar, mushrif, muharrir,
muhtasib, navkar, naqib, naqibxo‘ja, noib, nonvoy, otaliq, otchopar, oftobachi
(qumg‘onchi), oxun, oshpaz, oqo-og‘o, oqsoqol, panjohboshi, panjsadboshi,
parvonachi, poyaki, rais, raisi kalon, ro‘molchi, sayis, sandiqchi, sarboz, sarbon,
sarroj, sarhang, selobchi, sipohiy, soatsoz, sozanda, suvchi, soqchi, surnaychi, so‘fi,
temirchi, tikuvchi, tirnoqchi, tovoqchi, toshchi, tunqator, tug‘chi, tug‘chiboshi,
to‘pchi, to‘ra, to‘shakchi, udaychi, farrosh, farrosh yuzboshi, xazinachi, xalifa
, xodimchi, xon poyabzalchisi, xo‘jasaro, chitgar, chodiri, cho‘pon, shayx ul-islom,
shamchi, shamxolchi, sharbatdor, sharbatchi, shahzoda, shig‘ovul, sholikor, shotir,
ellikboshi, eshikoqosi, yuzboshi, yo‘nuvchi, o‘nboshi, o‘tar (sartarosh), qayiqchi,
qalandar, qiziqchi, qilichkor, qozi, qozi askar, qozi qalon, qozi ul-qo‘zot, qozi urdu,
qorovul, qorovul begi, qushbegi, qo‘shbegi, hokim, yasovul boshi.
Xiva xonligining davlat tuzilishi o‘zining mukammalligi jihatidan o‘z davrining
ba’zi bir G‘arbiy Yevropa davlatlari tuzilishi darajasida bo‘lmasa-da, biroq ma’lum
idora qilish tizimi mavjud bo‘lib, yetarli darajada tartibli edi. Shunga binoan,
yuqorida eslatganimizdek, davlat mansablari saroy-ma’muriy, diniy va harbiy
lavozimlarga bo‘linar edi. Bu vazifalarni bajaruvchilarga davlat xazinasidan tegishli
maosh va mukofotlar berilgan. Sanab o‘tilgan turli-tuman amaldorlar va
xizmatkorlarning mavjudligi Xiva xonligida juda katta boshqaruv apparati
bo‘lganligi, mukammal boshqaruv siyosati yuritilganligini tasdiqlaydi.

XULOSA
Bizga tarixdan malumki yurtimiz qadimdan insoniyat sivilizatsiya o'choqlaridan
biri bolib kelgan. Yurtimizning boy tarixi chet el tarixchilarini ham befarq
qoldirmagan.
Chet el tarixchilari tomonidan bizning yurtimiz haqida,bizning ajdodlarimiz haqida
100dan ortiq asarlar ham yaratilgan.Ammo xonliklar davriga kelib davlat biroz
zaiflashdi.Diniy mutaassiblikning avj olib ketganligi sababli faqat diniy fanlar
o’qitilib dunyoviy fanlar deyarli o’rgatilmadi.Vshuning evaziga ham xonliklar
osongina Rossiya imperiyasining vassaliga aylanib qoldi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, XVI – XX asrning boshlarida mavjud bo‘lgan Xiva
xonligi – O‘zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixida, iqtisodiy va madaniy
hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lib, jamiyat taraqqiyotining mintaqa hududlaridagi
o‘ziga xos tomonlari o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan davlat
hisoblanadi. Uning tarixi O‘zbekiston tarixining ajralmas qismidir.

Download 348.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling