Jahon tarixi

bet12/41
Sana25.02.2017
Hajmi
#1261
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
Gomindan markaziy hokimiyatni kuchaytirishga urindi, iqtisodiyotga
davlat aralashuvini joriy etdi. Iqtisodiyotda davlat sektorini vujudga keltirdi.
Bundan tashqari, ichki siyosiy barqarorlikka erishish maqsadida qator ijtimoiy
islohotlar o‘tkazildi. Mehnat to‘g‘risida qabul qilingan ijobiy ruhdagi qonun
kam sonli ishchilar sinfining ahvoli yaxshilanishiga xizmat qildi. Biroq agrar
masala hal etilmadi. Qishloqda yirik yer egalari hukmronligi saqlanib qola berdi.
Tashqi siyosatda esa Xitoyning chet davlatlar bilan imzolangan noteng
shartnomalarini bekor qilish yo‘li tutildi. 1928-yilda chet el tovarlari uchun
boj to‘lovi tartibi tiklandi. Bu bilan ichki bozor ham himoya qilindi.
Gomindan bilan XKP o‘rtasidagi umummilliy
birlashgan front barham topgach, Xitoyda fuqa-
rolar urushining ikkinchi bosqichi boshlandi. Go-
mindan «XKP ga qarshi urushga tayyorlana
boshladi» va ko‘p o‘tmay uning qurolli kuchlariga qarshi hujum boshlandi.
1930—1934-yillarda 5 marta yurish qilindi. AQSH 90 mln dollar yordam
berdi. 300 ta samolyotdan foydalandi. Xitoyga nemis generali Fon Sekt
keldi va harbiy operatsiyalarga boshchilik qildi. Bu davrda XKP qurolli
kuchlarining soni 300 mingni tashkil etardi (XKP qurolli kuchlari Qizil
Armiya deb atalgan). XKP 1927-yildan 1936-yilgacha Xitoyda sovetlar
shaklidagi proletariat va dehqonlar inqilobiy diktaturasini o‘rnatish uchun
Chan Kayshi
hukmronligining
kuchayishi
1927—1937-
yillardagi fuqarolar
urushi
www.ziyouz.com kutubxonasi

100
kurash olib bordi va o‘zi egallagan provinsiyalarda hokimiyatning shunday
shaklini o‘rnatdi.
1931-yilning noyabr oyida Szyansi provinsiyasida o‘tkazilgan sovet
tumanlari vakillarining 1-Butunxitoy syezdi Xitoy Sovet Respublikasi
tuzilganligini e’lon qildi. Davlat boshlig‘i etib Mao Szedun saylandi. Shunday
qilib Xitoy uchga bo‘linib ketdi. 1934-yilda Gomindan hukumati XKP
armiyasiga qattiq zarba berdi. Biroq uni tor-mor eta olmadi. Armiyaning
bir qismi qurshovni yorib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
1931-yilning sentabrida Yaponiya armiyasi Xi-
toyga hujum qildi. Bu hujum Chan Kayshining
Xitoyni birlashtirish yo‘lidagi harakatini to‘xtatib
qo‘ydi. Uch oy ichida Yaponiya Xitoyning shimoli-sharqida 1 mln kv
km maydonni egalladi va u yerda 1932-yil 1-martda Man’chjou-Go deb
atalgan davlat tuzdi. Uni manjurlar sulolasining so‘nggi imperatori Pu I
boshchiligidagi qo‘g‘irchoq hukumat boshqarardi (manjurlar sulolasi
hukmronligi 1912-yil Sun Yatsen boshchiligidagi inqilob natijasida ag‘darilgan
edi). 30 mln aholi, 37 foiz temir ruda zaxirasi, 95 foiz neft, 4 foiz savdo va
temir yo‘l yaponlar qo‘liga o‘tdi.
1936-yil Chan Kayshi Sianga kelganida armiya qo‘zg‘alon ko‘tarib, uni
asir oldi. Lekin undan fuqarolar urushini boshlamaslikka va’da olinib, qo‘yib
yuborildi.
Chan Kayshi 1935-yilda Yaponiya agressiyasiga qarshi kurashda yor-
dam so‘rab Sovet davlatiga murojaat qildi.
Sovet davlati yordam berishga tayyorligini bildirdi, biroq buning uchun
fuqarolar urushini to‘xtatish va Xitoy kommunistlariga qarshi jazo ope-
ratsiyalari o‘tkazmaslik shartini qo‘ydi. 1937-yilning iyun oyida Gomindan
va XKP o‘rtasida harbiy harakatlarni to‘xtatish haqida shartnoma imzolandi.
Shu tariqa Xitoyda yagona antiyapon milliy fronti vujudga keldi.
1937-yilning yozidan 1945-yil kuzigacha davom etgan yapon-xitoy urushi
boshlandi. Yaponlar 1937-yil avgustda Pekin, noyabrda Shanxay, dekabrda
Nankin shaharlarini bosib oldi.
1937-yil 21-avgustda SSSR bilan Xitoy o‘rtasida hujum qilmaslik haqida
shartnoma imzolandi. Xitoy 1938-yil 100 mln dollar, 1939-yilda esa
150 mln dollar zayom oldi. 1938-yildagi Hasan ko‘lida, 1939-yildagi
Xalxin Golda bo‘lib o‘tgan janglar yapon kuchlarini zaiflashtirdi.
Yaponiya 1941-yil 9-dekabrda Xitoyga qarshi urushni rasmiy e’lon qildi
va bu yerda urush oxirigacha o‘z hukmronligini saqlab qoldi.
Urush yillarida Buyuk Britaniya hukumati  Hin-
distonga urushdan keyin o‘zini o‘zi boshqarish
huquqini berishni va’da qilgan edi. Aslida Buyuk
Britaniya imperiyaning eng boy qismi bo‘lgan
Hindistondan ajralishni xohlamas edi. Bu hol hind xalqining milliy-ozod-
lik kurashini yanada kuchaytirdi. Hindistonda bu davrda 320 mln aholi
Birinchi jahon
urushidan keyin
Hindistondagi ahvol
Yaponiya
agressiyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi

101
bor edi. Urush yillarida qora metallurgiya 30 foiz o‘sgan bo‘lsa, qishloq
xo‘jaligi orqaga ketdi. 12 mln kishi ochdan o‘ldi.
1919-yilning 13-aprelida Panjob shtati poytaxti Amritsar shahrida ingliz
qo‘shinlari aholining norozilik yig‘ilishini o‘qqa tutdi. Buning natijasida
1000 dan ortiq kishi o‘ldirildi, 2000 dan ortiq kishi yaralandi. Shu tariqa
hamma joyda politsiya bilan to‘qnashuv boshlanib ketdi.
Buyuk Britaniya 1919-yili Hindistonni boshqarish to‘g‘risida qaror qabul
qildi. Bunga binoan 2 palatali boshqarish tizimi tashkil qilindi. Deputat-
larning 50 foizini vitse-qirol tayinlardi. 1,5 foiz hind saylov huquqi oldi.
Bu qonun bilan birga «anarxizm va inqilobiy chiqishlarga qarshi» Rouletta
qonuni ham qabul qilindi va politsiyaga cheklanmagan huquqlar berdi.
Hind xalqi milliy-ozodlik kurashiga rahbarlik qiluvchi qudratli siyosiy
tashkilot — Hindiston Milliy Kongressi (HMK) partiyasi kurashning
kuch ishlatish usuliga qarshi chiqdi. HMK ga 1915-yildan boshlab hind
xalqining buyuk farzandi Maxatma Gandi (1869—1948) boshchilik qiladi.
Uning rahbarligi davrida HMK da kurashning kuch ishlatmaslik, faqat
tinch, zo‘rliksiz shakliga tayanadigan yo‘li g‘alaba qozondi. Bu yo‘l tarixga
kurashning gandicha yo‘li nomi bilan kirgan. M. Gandining tinch kurash
yo‘li hind xalqi keng qatlamini milliy-ozodlik kurashiga jalb etish imko-
nini berdi. Gandizm — diniy-falsafiy tizim bo‘lib, idealizm, induizm,
jaynizm va xristianlik elementlarini o‘zida birlashtirgan. Uning asosida
«haqiqat, ishonch, hech kimga yomonlik qilmaslik» yotadi.
Xo‘sh, kurashning tinch, kuch ishlatmaslik yo‘li — «satyagraxi» deyil-
ganda nima nazarda tutilgan? Bu tushuncha ingliz ma’murlari tadbirlarini
boykot qilishni, o‘z noroziligini tinch namoyishlar yo‘li bilan bildirishni,
mustamlakachi ma’muriyat bilan hamkorlik
qilishdan bosh tortishni, zo‘ravonliksiz
fuqaroviy bo‘ysunmaslikni anglatadi. Kurash-
ning bu yo‘li asrlar davomida sabr-toqat ruhi-
ga singib ketgan va milliy-ozodlik kurashi-
ning asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblan-
gan dehqonlar psixologiyasiga, xarakteriga mos
yo‘l edi.
Hindiston jamiyatining asosini dehqonlar
tashkil etgan bir sharoitda M. Gandi tanlagan
yo‘l birdan-bir to‘g‘ri yo‘l edi. M. Gandining
zo‘ravonliksiz hamkorlik qilmaslik, fuqaroviy
bo‘ysunmaslik harakatining birinchi bosqichini
1919—1922-yillar tashkil etadi.
Rouletta qonuniga javoban M. Gandi 1919-
yilning 6-aprelida hind xalqini do‘konlarini
yopib qo‘yishga va har qanday amaliy faoli-
yatni to‘xtatishga chaqirdi. Mustamlakachi
Moxandas Gandi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

102
ma’muriyat bunga kuch ishlatish bilan javob berdi. 1919-yilning kuzida
HMK syezdi ingliz ma’murlari joriy etgan qonun bo‘yicha saylovni boykot
qilish haqida qaror qabul qildi. Natijada saylov amalda barbod bo‘ldi. Bu
davrda HMK saflarida 10 mln kishi bor edi.
Boykot, shuningdek, ingliz tovarlarini sotib olmaslikni, inglizlar joriy
etgan faxriy unvonlar va mansablardan voz kechishni, rasmiy qabullarga
bormaslikni, ingliz maktablarida o‘qimaslikni, ingliz sudlarini rad etishni,
davlat soliqlarini to‘lamaslikni ham nazarda tutar edi.
Shu bilan birga Panjobning turli joylarida qo‘zg‘alonlar ham bo‘lib o‘tdi.
Lohur shahrida qo‘zg‘alonga askarlar ham qo‘shildi. Bu yerda «Armiya kaltagi»
degan tashkilot shuhrat qozondi. Gujaratdagi qo‘zg‘alon samolyotlar yordamida
bostirildi. Amritsarda ingliz ma’murlari haqoratli buyruq chiqardi. Mahalliy
aholi ingliz missioner ayoli o‘ldirilgan ko‘chadan boshdan-oxir qurbaqaga
o‘xshab emaklab o‘tishga majbur qilindi. Kim bu tartibni buzsa, otib tash-
landi.
Bu davrning xarakterli xususiyatlaridan biri Musulmonlar ligasi bilan
Milliy kongressning yaqinlashuvi bo‘ldi.
1919—1922-yillardagi ozodlik harakatlariga Kalkutta jut korxonalari
ishchilari, Bombey to‘qimachilari, Madras ishchilari, Jamshedpur temir
yo‘lchilari qo‘shildilar. Bu harakatlarning bir qismi oz bo‘lsa-da, g‘alabaga
olib keldi. Bombey to‘qimachilarining ish kuni 12 soatdan 10 soatga tushi-
rildi. Metallurglarning mukofot haqi 15—20 foizga oshirildi. 1920-yil oxirida
Umum Hindiston kasaba uyushmalari kongressi tashkil etildi.
1922-yil noyabrda Umum Hindiston kasaba uyushmalari kongressi-
ning 2-syezdi bo‘lib o‘tdi. Syezd Buyuk Britaniya shahzodasi Uelsning
kelishiga 80 ming kishilik «qo‘zg‘alondan ham kuchliroq» namoyish
uyushtirdi. Oradan ko‘p o‘tmay Milliy kongress kuch ishlatmasdan qar-
shilik ko‘rsatishni to‘xtatdi. Bunga sabab Chauri-Chauradagi voqealar
edi. Chunki bu yerda politsiya dehqonlarni ommaviy o‘qqa tutdi, dehqonlar
ham bir necha politsiyachini o‘ldirdilar. Bombey va Garaxpurdagi vah-
shiyliklar takrorlanmasligi uchun Gandi harakatni to‘xtatishga ko‘rsatma
berdi.
Ozodlik harakatini vaqtincha bostirgan inglizlar 1923—1928-yilda
o‘zlarining zaiflashayotgan ahvolini biroz yaxshilab oldilar. Bu davrda
Hindiston iqtisodiyoti urush yillaridagidan ham tez o‘sdi. Fabrikalar soni
1,5 baravar ko‘payib, 7515 taga yetdi. Buyuk Britaniyaning Hindistondagi
kapitali 1 mlrd funt sterlingga yetdi. 1928-yilda u Hindistondagi faqat
irrigatsiya inshootlaridan 74 mln rupiy foyda oldi.
Jahon iqtisodiy inqirozi Hindistonga katta ta’sir ko‘rsatdi. Buyuk
Britaniya inqiroz og‘irligini metropoliyaga yuklamoqchi bo‘ldi. Qishloq
xo‘jalik mahsulotlari bahosi pasaydi. Ekin maydonlari qisqardi. Mayda
kapitalistlar, hunarmandlar xonavayron bo‘ldi, ocharchilik avj oldi. Ishsiz-
lar ko‘paydi. Ish haqi kamaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

103
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan sanoat mahsulotlari o‘rtasidagi «qaychi»
monopolistlarga ko‘plab foyda olishga imkon berdi. Ozodlik harakati kuchaydi.
Saymon komissiyasi bilan birgalikda M. Neru, J. Neru guruhlari Hindiston
Konstitutsiyasi loyihasini ishlab chiqdilar. Unga to‘la mustaqillik so‘zlari
kiritildi. Inglizlar oldiga bir qancha radikal talablar qo‘yildi, lekin ular buni
bajarishmadi. Natijada mustaqillik uchun kurash kuchayib, qonli to‘qnashuvlar
avj ola boshlagan bir sharoitda M. Gandi barcha chiqishlar oqimini fuqaroviy
bo‘ysunmaslik o‘zaniga burishga harakat qildi. Bunga mustamlakachi
hukumatning 1865-yilda joriy etilgan tuz solig‘ini bekor qilish haqidagi
M. Gandi talabini inkor etishi sabab bo‘ldi.
Inglizlar tuzga davlat monopoliyasi joriy etgan edi. Natijada tuz narxi
hindlarning uni sotib olishga qurbi yetmas darajada oshib ketdi. Hindlar
tuzsiz ovqat yeyishga mahkum edilar. Bu esa aholini jismonan tanazzulga
uchratish bilan barobar edi. Gandi ham dengizdan, odamlar bilan tuz ola
boshladi. Inglizlar bu harakatni to‘xtatmoqchi bo‘lishdi. Unga qarshi 1930-
yilda Hindistonda bo‘ysunmaslik harakatining ikkinchi bosqichi boshlandi.
Bunga javoban mustamlakachi ma’muriyat 60 mingdan ortiq kishini
(M. Gandi va uning yaqin safdoshlarini ham) qamoqqa tashladi. HMK ni
esa qonundan tashqari, deb e’lon qildi. Lekin bular natija bermagach, 1931-
yilning 5-martida ingliz mustamlakachi ma’muriyati HMK bilan bitim
imzolashga majbur bo‘ldi. Unga ko‘ra, ingliz ma’murlari repressiyani
to‘xtatish va siyosiy mahbuslarni ozod etish majburiyatini oldi. HMK esa
fuqaroviy bo‘ysunmaslik harakatini to‘xtatadigan bo‘ldi.
M. Gandi rasmiy London bilan «dumaloq stol» atrofida muzokara
boshlashga rozilik berdi. Londonda hind muammosiga bag‘ishlab o‘tkazilgan
konferensiyaga HMK «Hindiston fuqarolarining asosiy huquq va burchlari
haqida» deb nomlangan hujjatni taqdim etdi. Amalda bu hujjat bo‘lajak
mustaqil Hindiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosi edi.
Hujjatda Hindistonda demokratik erkinliklarni joriy etish; kastalar va
dinlarning tengligini tan olish; diniy omilni hisobga olgan holda Hindistonni
ma’muriy qismlarga qayta bo‘lish; ish haqining eng kam miqdorini joriy
etish; yer uchun to‘lanadigan ijara haqini cheklash; soliqlarni kamaytirish
va shu kabi boshqa talablar ilgari surilgan edi. Tabiiyki, ingliz mustam-
lakachilari bu talablarni qabul qilmadilar. Natijada konferensiya ishi barbod
bo‘ldi.
Inglizlar ozodlik kurashini bostirishda bir guruh vatanparvarlar ustidan
1933-yilda sud jarayonini o‘tkazdi. Muzaffar Ahmad o‘lim jazosiga hukm
qilindi, lekin xalqning talabi bilan ozod etildi.
1934—1939-yillarda Hindiston iqtisodiy jihatdan biroz yuksalsa-da,
Angliyaning olgan foydasi tez o‘sib bordi. 1935-yilda Boshqaruv agentligi
to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Zaxira bank hind kapitalini nazorat qiladigan
bo‘ldi. Ish haqi 25 foizga kamaydi. Hindlar buni «qullik konstitutsiyasi»
deb atadilar. Ozodlik harakati kuchaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

104
Biroq Buyuk Britaniya Hindistonda yangi saylov qonunini joriy etishga
majbur bo‘ldi. 1937-yilda o‘tkazilgan saylovda HMK jami 11 shtatdan 8
tasida g‘alaba qozondi va ularda o‘z hukumatini tuzdi. Bu hodisa mustaqillik
yo‘lidagi yirik qadam edi. 1939-yil sentabr oyida ikkinchi jahon urushi
boshlangach, Hindiston vitse-qiroli Hindistonni urushuvchi tomon, deb
e’lon qildi.
Urush yillarida hind xalqining ahvoli yanada yomonlashdi. Guruch 5
baravar qimmatlashdi. Ish kuni 12 soatga uzaytirildi. 2 mln hind armiya va
flotda xizmat qildi. Hindiston 0,5 mln ingliz-amerika askarlarini boqdi.
ESDA TUTING!
Moxandas Karamchand GANDI (2.10.1869—30.01.1948) savdogar kasta-
siga mansub gujarat oilasida dunyoga keldi. Buyuk Britaniyada oliy yuridik
ma’lumot oldi. 1899—1933-yillarda Janubiy Afrikadagi Hindiston savdo
firmasida ishladi. U yerda uning irqchilikka qarshi nafrati shakllandi. U gu-
manist va vatanparvar edi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Osiyo va Afrika davlatlari rivojida qanday o‘ziga xos jihatlar mavjud
edi?
2. Q a n d a y   s a b a b l a r g a   k o ‘ r a   b i r i n c h i   j a h o n   u r u s h i d a n   k e y i n   h a m
imperialistik davlatlar o‘z mustamlakachilik imperiyalarini saqlab qola
olgan edilar?
3. Urushdan keyingi yillarda Xitoy davlati taraqqiyotiga xos xususiyatlar-
ni aniqlang.
4. Gomindan va XKP kurash hamda maqsad dasturlarining o‘xshash va
o‘ziga xos jihatlarini taqqoslang.
5. Nima uchun 1925-yilgi Xitoy inqilobi «buyuk milliy inqilob» deb ataladi?
6. Xitoyda 1927—1937-yillardagi fuqarolar urushining sabablarini aniqlang.
7. 1937-yilda Xitoyda yagona antiyapon milliy fronti qay tariqa vujudga
keldi?
8. Hind xalqi milliy-ozodlik kurashi yo‘lboshchisi M. Gandining mustam-
lakachilik zulmiga qarshi tanlagan o‘ziga xos yo‘lining mazmunini
tushuntirib bering.
9. Kurashning «fuqaroviy bo‘ysunmaslik» usuli mazmunini izohlab bering.
10.Nima uchun Buyuk Britaniya hukumati HMK taqdim etgan «Hindiston
fuqarolarining asosiy huquq va burchlari haqida»gi hujjatni rad etdi?
JADVALNI TO‘LDIRING.
XITOY VA HINDISTONNING AHVOLINI SOLISHTIRING
y
o
t
i
X
n
o
t
s
i
d
n
i
H
t
a
s
o
y
i
s
i
k
h
c
i
t
a
s
o
y
i
s
i
q
h
s
a
t
t
a
s
o
y
i
s
i
k
h
c
i
t
a
s
o
y
i
s
i
q
h
s
a
t
?
www.ziyouz.com kutubxonasi

105
11-§. Turkiya. Eron. Afg‘oniston
Turkiya birinchi jahon urushidan mag‘lub davlat
sifatida chiqdi va katta zarar ko‘rdi. 4 yil mobay-
nida 500 ming kishi o‘ldi, 800 mingdan ortiq
kishi mayib-majruh bo‘lib qoldi. Antanta armiyasi 1918-yil noyabr oyidayoq
mamlakat poytaxti Istambul shahrini ishg‘ol etgan edi. 1919-yilning oxirida
Turkiya Buyuk Millat Majlisiga (TBMM) saylov o‘tkazildi va unda kamolchilar
g‘alaba qozonishdi.
TBMM mamlakat hududida chet el nazoratiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida
qaror qildi. Bunga javoban, ingliz harbiy ma’muriyati TBMM ni tarqatib
yubordi. TBMM o‘z majlisini Mustafo Kamol (Otaturk) qo‘shini egallab
turgan Anqara shahrida o‘tkaza boshladi. TBMM 1920-yilning 23-aprelida
Mustafo Kamol Otaturkni davlat boshlig‘i etib sayladi. Shu tariqa ikki
hokimiyatchilik Istambul shahrida sulton hokimiyati, Anqarada esa kamol-
chilar hokimiyati vujudga keldi.
1920-yilning 10-avgustida sulton huku-
mati bilan Antanta davlatlari Sevr shartno-
masini imzoladilar. Shartnoma mustaqil Tur-
kiya davlati amalda tugatilganligini anglatar
edi. 1921-yilning 20-yanvarida kamolchilar
Turkiyaning vaqtinchalik Konstitutsiyasini
qabul qildilar. Kamolchilar Turkiya uchun
og‘ir sharoitda — 1921-yilning 16-martida
Sovet Rossiyasi bilan Do‘stlik va birodarlik
haqida shartnoma tuzishga muvaffaq bo‘ldilar
va yordam oldilar. 1921-yilning bahorida
Buyuk Britaniya va Gretsiya Turkiyaga qarshi
intervensiya uyushtirdilar. Intervensiya turk
xalqining qattiq qarshiligiga duch keldi. Va,
nihoyat, 1922-yilning 26-avgustida Turkiya
armiyasi hujumga o‘tdi.
Milliy-ozodlik urushi 1922-yil oktabr
oyida g‘alaba bilan tugadi. 1-noyabrida
sultonlik hokimiyati tugatildi. 1923-yilning
29-oktabrida Turkiya Respublika deb e’lon qilindi. Kamol Otaturk birinchi
Prezident etib saylandi. Shu tariqa milliy-ozodlik inqilobi (kamolchilar
inqilobi ham deyiladi) suveren Turkiya davlatining tashkil etilishi bilan
yakunlandi. 1923-yilning 24-iyulida Antanta davlatlari Lozanna
konferensiyasida mustaqil Turkiya Respublikasini tan oldilar. 1924-yilda
xalifalik tugatildi.
Birinchi jahon urushi
va Turkiya
Mustafo Kamol (Otaturk).
www.ziyouz.com kutubxonasi

106
Turkiya Respublikasi
ichki siyosati
Tashqi siyosat
Turkiya hukumati mamlakatdagi chet el mulkla-
rini sotib olish yo‘li bilan ularni davlat mulkiga
aylantirish hamda iqtisodiyotga davlat mablag‘ini
joylashtirish siyosatini yurita boshladi. Milliy bank tashkil etildi. Iqtisodiyotga
davlat mablag‘ining joylashtirilishi chet el kapitali harakatini cheklab qo‘ydi.
Hukumat, ayni paytda, milliy sarmoyalarning xususiy tashabbuslarini ham
keng qo‘llab-quvvatladi. 1923-yilning oktabrida poytaxt Istambul shahridan
Anqaraga ko‘chirildi. Din davlatdan ajratildi. Vaqf mulki bekor qilindi.
Ta’limga sof dunyoviy tus berildi. Diniy o‘quv yurtlari yopildi. Dunyoviy
sud joriy etildi. Davlat hududi yangidan viloyatlarga bo‘lib chiqildi. 1924-
yilning 20-aprelida Respublikaning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Dunyoviy qonunlar joriy etildi. Konstitutsiya va qonunlarda yevropacha hayot
tarziga ruxsat etildi. Arab alifbosi lotin alifbosiga almashtirildi. 1928-yilda
Konstitutsiyadan islom davlat dini ekanligi haqidagi qoidalar olib tashlandi.
Shu tariqa Turkiya dunyoviy davlatga aylandi. 1931-yilda kamolchilar yangi
dastur qabul qildi. Bunda partiya emblemasi 6 qanotli, ya’ni Turkiya —
respublikachi, milliy, xalq, etatist, dunyoviy, inqilobiy davlat sifatida tasvirlandi.
Antanta davlatlari uzoq vaqt Turkiya Respublika-
sini itoatda tutishga urindilar. Fransiya va Buyuk
Britaniyaning yangi hukumatga sultonlik davridagi qarzlarini    yuklashga
muvaffaq bo‘lganligi ham shu bilan izohlanadi. 1928-yilda Turkiya ularga
86,5 mln lira qarz to‘laydigan bo‘ldi. Bu davrdan boshlab Turkiya tashqi
siyosatida buyuk davlatlar bilan yaqinlashish an’anasi kuchaydi. Xususan,
1926-yilda Italiya bilan, 1930-yilda Germaniya bilan savdo  shartnomasi
imzolandi. AQSH ham tashqi savdoda Turkiyaga katta e’tibor bera boshladi.
1932-yilning iyul oyida Turkiya Millatlar Ligasiga qabul    qilindi. Fashistlar
Germaniyasi Turkiyaga katta qiziqish bilan qaray boshladi. Bu hodisa va
Italiyaning Efiopiyaga hujumi Buyuk Britaniyani Turkiyaga munosabatini
o‘zgartirishga majbur etdi.
1935-yilda ikki tomon ingliz-italyan nizosi kelib chiqqan taqdirda
Turkiyaning Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qilishiga kelishib oldilar. Buning
evaziga hamda Sovet davlatining qo‘llab-quvvatlashi tufayli Turkiya Qora
dengiz bo‘g‘ozlari (Bosfor va Dardanell) ustidan olib boriladigan xalqaro
nazoratning bekor qilinishiga erishdi.
1936-yil iyulida Montryo shartnomasiga ko‘ra bo‘g‘ozlar nazorati yana
Turkiya ixtiyoriga o‘tdi. Buyuk Britaniya Germaniya ta’sirining kuchayishiga
yo‘l qo‘ymaslik uchun Turkiyaga ko‘p miqdorda harbiy texnika va qurol-
yarog‘ sota boshladi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Turkiya betaraf qoldi.
Biroq bu hol uning 1941-yil 18-iyun kuni Germaniya bilan do‘stlik to‘g‘risida
shartnoma tuzishiga xalal bermadi.
1943-yilning 2-fevralida Germaniya armiyasining Stalingrad ostonalaridagi
mag‘lubiyati Turkiyaning bundan keyingi siyosatiga ta’sir ko‘rsatmay qolmadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

107
Chunonchi, 1944-yil avgustda Turkiya Germaniya bilan diplomatik
munosabatlarini uzdi. Ayni paytda u AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya
bilan yaqinlasha boshladi. Bu yaqinlashuv 1945-yilning fevralida Germaniyaga
qarshi urush e’lon qilishga olib keldi. Biroq Turkiya urush harakatlarida
qatnashmadi.
Bu davrda Eron amalda Buyuk Britaniya va pod-
sho Rossiyasining yarim mustamlakasi edi. Sovet
davlati 1917-yilning 3-dekabrida podsho hukuma-
tining Eronga majburan qabul qildirgan shartnomalaridan voz kechdi. Rus
qo‘shinlari evakuatsiya qilindi. Buyuk Britaniya esa 1918-yilning boshlarida
Eronni butunlay ishg‘ol etishga kirishdi. Inglizlarni birinchi navbatda Eron
nefti va O‘rta Osiyo paxtasi qiziqtirardi. Bundan ko‘zlangan maqsad Eronni
yarim qaram holatda saqlashni davom ettirish va milliy-ozodlik harakatlari-
ning Hindistonga tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik edi. Buyuk Britaniya 1919-
yilning 9-avgustida Eron hukumatini tengsiz shartnoma imzolashga majbur
etdi. Vosiq ud-davla bunga qarshilik qilolmadi. Unga ko‘ra, armiya, moliya,
tashqi savdo, yo‘l qurilishi nazorati ingliz maslahatchilari qo‘liga o‘tdi.
Biroq Eron xalqi yarim mustamlaka holatiga ko‘nikmagan, albatta. 1919-
yildan mamlakatda milliy-ozodlik kurashi boshlandi. Muhammad Xiyoboniy
boshchiligida Tabrizda katta qo‘zg‘alon bo‘lib o‘tdi va hokimiyatni egallab,
«Ozodiston»ni tuzdi. Resht shahrida G‘ilon Sovet Respublikasi tuzildi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling