Jahon tarixi

bet39/41
Sana25.02.2017
Hajmi
#1261
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
1939-yilda nashr etilgan «G‘azab shingillari» romani katta shuhrat qozondi.
Jahon iqtisodiy inqirozi amerika jamiyatining barcha salbiy tomonlarini
ochib tashladi. Chunonchi, J. Steynbek xalqning yirik kompaniyalar
tomonidan talanishini, boylar va kambag‘allarni ajratgan tubsiz jarlikni, inqiroz
titratgan amerika jamiyatining barcha tabaqalari vakillariga xos xarakterlarni
zo‘r mahorat bilan tasvirlagan. J. Steynbek romanining 1962-yilda Nobel
mukofotiga sazovor bo‘lganligi bejiz emas.
Steynbek qahramonining ko‘rinishi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

337
Ikkinchi jahon urushi tobora shiddat bilan yaqinlashmoqda edi.
Fashizmning vahshiyligini birinchi bo‘lib ispan xalqi o‘z achchiq tajribasida
sinab ko‘rdi. XX asrning mashhur dramaturgi Bertold Brext (1898—1956)
«Kuraj momo va uning farzandlari» pyesasida (1938) fashizm manbalarini
ochib berdi va munofiqlik falsafasini fosh qildi. Fashistlar Brext kitoblarini
yondirib tashladi. O‘zi chet ellarga muhojirlikka ketdi.
Jahonning mashhur yozuvchilari fashizmga qarshi kurashganlar haqida
asarlar bitdilar. Shulardan biri, har yerda hozir-u-nozir E. Xeminguey edi.
U Ispaniya fojiasini tinchlik va demokratiya uchun kurashning boshlanishi
deb bilgan. Uning ispan xalqining fashizmga qarshi mardonavor kurashiga
bag‘ishlangan romani «Qo‘ng‘iroq kimning motamini kuylayotir» deb ataladi.
Bu roman 1940-yilda nashr etildi. Roman ayni paytda fashizmga qarshi jang
qilish uchun Ispaniyaga ko‘ngilli bo‘lib jo‘nab ketgan yosh amerikalik fuqa-
rolar haqida ham hikoya qiladi. AQSH rasmiy hukumati Ispaniya voqealariga
aralashmasdan chetda turgan bir paytda bu yoshlarning Ispaniyaga borishi va
antifashist kuchlar safida fashizmga qarshi kurashi katta jasorat edi.
Ispaniya urushining o‘ziga xos bir jihati — bu, unda taraqqiyparvar
ziyolilarning ham ishtirok etganligida edi. Ular Ispaniya misolida fashizmning
mohiyatini anglab yetdilar.
Italiya va Germaniyada fashizmning g‘alabasiga ayrim yozuvchilar bardosh
bera olmadilar. Chunonchi, mashhur yozuvchi Stefan Sveyg (1881—1942)
o‘z joniga qasd qildi.
Lekin hamma ham bu yo‘lni tanlamagan. Aksincha, ular ishonchni
yo‘qotmasdan fashizmga qarshi kurashchilar safiga qo‘shilganlar. Ular uchun
fashizmga qarshi kurash Yevropa madaniyatini saqlab qolish vositasi edi.
Ozodlik, insonparvarlik va demokratiyaga intilish esa ular hayoti va ijodining
ma’nosiga aylandi.
Bu borada ingliz yozuvchisi B. Shou (1856—1950)
ijodi alohida o‘rin tutadi. U o‘zining: «Faqat hayot-
ning o‘zi va insonning yalpi farovonlikka erishi-
shi uchun yashasa arziydi», — degan iborasini
hayotiy shior qilib olgan edi. U «Jizzaki sotsialist», «Noteng nikoh», «Qalblar
parchalanadigan uy» kabi asarlari bilan ijtimoiy drama janriga asos soldi. Bu
asarlar B. Shouni jahon adabiyoti klassigi darajasiga ko‘tardi. 1925-yilda
adabiyot sohasida xalqaro Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Keyinchalik yozgan «Olma ortilgan arava», «Bayantning millionlari»,
asarlari ham jahon adabiyoti durdonasiga aylandi. 1948-yilda yozilgan «Olis
kelajak haqida rivoyat» asarida B. Shou atom urushini qoralagan edi.
Yana bir mashhur ingliz yozuvchisi J. Golsuorsi (1865—1933) «Bu
kunning komediyasi» asarida o‘sha davr Angliyasini «munofiqlar oroli» deb
atagan. Shuningdek, hukmron doiralarning ikkiyuzlamachiligini, jamiyatdagi
ijtimoiy illatlarni fosh etgan. J. Golsuori 1932-yilda xalqaro Nobel mukofotiga
sazovor bo‘lgan.
Demokratiya, tinchlik
va ozodlik uchun
kurash
22 — Jahon tarixi
www.ziyouz.com kutubxonasi

338
Asarlari dunyoga mashhur bo‘lgan adiblar orasida amerika yozuvchilari
ham bor edi. Ular ichida T. Drayzer (1871—1945) va U. Folkner (1897—
1962) ijodi alohida tahsinga loyiq. T. Drayzer o‘z asarlarida («Baxtiqaro
Kerri», «Amerika fojiasi» va boshqalar) AQSHning ijtimoiy-iqtisodiy mu-
ammolarini ko‘tarib chiqishga jur’at etgan edi.
1930-yilda «Amerika fojiasi» romani ekranlashtirildi. Bu kinofilm deyarli
butun dunyoda namoyish etildi. Asarning bunchalik mashhur bo‘lib keti-
shining sababi unda ko‘pchilik yetishishi amrimahol bo‘lgan to‘q va dabdabali
hayot haqidagi amerikacha orzu va millionlab amerikaliklar ustidan hukmron
bo‘lgan qashshoqlik o‘rtasidagi ziddiyat qirralari butun borlig‘i bilan haqqoniy
tasvirlanganida edi. T. Drayzer 1944-yilda AQSH san’at va adabiyot akade-
miyasi tomonidan faxriy oltin medal bilan taqdirlandi. Ushbu mukofot bilan
taqdirlanganligi haqida muallifga yuborilgan xatda, jumladan, muallif haqiqiy
Amerikani tasvirlashdagi jasorati va to‘g‘riso‘zligi uchun mukofotlanganligi
qayd etilgan edi.
U. Folkner o‘z asarlarida qishloq hayotini aks ettirdi. U qishloqda inson
qalbi uchun barcha zarur xislatlar mavjudligini ilg‘agan edi. Ayni paytda u
mamlakat taraqqiyotining tabiiy omillari shaxs, oila, Vatan va jamiyat ekanligini
teran his etdi. U. Folknerga chinakam shuhrat keltirgan asar — «Sartoris»
romani bo‘ldi (1929).
1932-yilda nashr etilgan «Avgustdagi nur» romanida amerika ijtimoiy
hayotidagi eng jirkanch muammo — irqiy kamsitish muammosini ko‘tarib
chiqdi. Uning keyinchalik yaratgan romanlarida ham («Avessalom! Avessalo!»
«Bo‘ysunmaganlar», «Tushgin, Moisey») bu mavzuni davom ettirdi. Odamlarning
ichki dunyosi va hayotini mayib qilayotgan jamiyatni fosh etdi. Irqiy
mutaassiblik qurbonlariga esa hamdardlik bildirdi. Adolat g‘oyalari g‘alaba
qozonishiga ishonch bilan qaradi. Uning keyingi asarlarida («Qishloqcha»,
«Shahar», «Qo‘rg‘on») ham insonparvarlik va rahmdillik g‘oyalari ruhi barq
urib turgan. U. Folkner 1949-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Nemis yozuvchisi Tomas Manning (1875—1955) «Doktor Faustus»
(1947) romanida natsistlar hukmronligi ostida qolgan Germaniyaning fojiali
qismati uchun nemis ziyolilari qanchalik javobgar ekanligi ko‘rsatib beriladi.
To‘g‘ri, 20—40-yillar ijodkorlarining hammasi ham taraqqiyotga xizmat
qilgani yo‘q. Ularning ayrimlari fashizmdan, ayrimlari esa kommunizmdan
najot izlaganlar.
Chunonchi, nemis faylasufi O. Shpengler (1880—1936) «Yevropaning
zavoli» degan kitobida insoniyat taqdiri inson organizmi singari bolalik,
yigitlik, yetuklik hamda keksalik bosqichlarini bosib o‘tuvchi sivilizatsiya-
larning almashinuvidan iborat, degan g‘oyani ilgari surgan. U keksalikdan
so‘ng o‘lim kelishiga ishora qilib, Yevropa keksalik davriga yetib keldi, bino-
barin, uning o‘limi yaqinlashmoqda, deyishgacha borib yetdi. Fikrini davom
ettirib, Yevropani o‘limdan «kuchli shaxs» qutqarib qolishi mumkin, deb
hisoblagan. U insonparvarlik va demokratiyani sivilizatsiyaning quy-qalari
deb atagan.
www.ziyouz.com kutubxonasi

339
Ingliz publitsisti T. Eliot (1888—1965) dekadent (tushkunlik kayfiyatida-
gi) ziyolilar davrasida juda mashhur bo‘lib ketgan edi. U ommani olomon,
bilimsiz demokratiya, deb atagan. Alohida olingan shaxsga ham ishonchsizlik
bilan qaragan, jamiyatni va sivilizatsiyani esa samarasiz, deb hisoblagan. U
sivilizatsiyani qutqarib qoluvchi kuch sifatida goh ingliz mustamlakachiligini,
goh katoliklikni olqishlaydi. O‘lim va mangulik, hayot mohiyati mavzularini
metafizik nuqtayi nazardan tasvirladi.
SSSRda yangi jamiyat — «sotsializm» jamiyatining asosiy himoyachila-
ridan biri M. Gorkiy (1868—1936) yangi «sotsialistik realizm» iborasini
o‘ylab topdi. Bu ibora mazmunini «davrning vijdoni» kommunistik partiya,
uning rahbariyatini ko‘klarga ko‘tarib maqtash, kommunistik jamiyatni
mutlaqlashtirish, uni eng adolatli jamiyat deb hisoblash, kommunizm
g‘oyalariga sodiq bo‘lgan yangi insonni shakllantirish, sovet xalqi ongida
kommunizmning muqarrar qaror topishiga cheksiz ishonchni qaror toptirish
yotar edi.
Rossiyada 1917-yilgi oktabr to‘ntarishidan so‘ng qaror topgan bolshevik-
lar hokimiyatining o‘zboshimchaligi, hech qanday milliy va umuminsoniy
qadriyatlarni tan olmasligi ziyolilar o‘rtasida keskin norozilikni keltirib
chiqardi. Davlat to‘ntarishining dastlabki yillaridayoq 75 mingdan ortiq atoqli
adiblar, san’atkor, olimlar o‘z vatanlari — Rossiyani tark etdilar.
Mavjud tuzumni tanqid qilganlar, kommunistik partiya va sovet davlati
rahbarlarining g‘ayriinsoniy siyosatiga nisbatan qarshi fikr bildirganlar qatag‘on
qilindi. Ularning barchasiga bir xil — «sotsializmga tuhmat qildi», degan ayb
qo‘yildi.
Kommunistik partiya o‘zi e’lon qilgan «madaniy inqilob» natijasida yangi
jamiyat ziyolilarini shakllantirdi ham. Chunki adabiyot va san’atsiz
kommunistik mafkurani omma ongiga singdirib bo‘lmasligini kommunistik
partiya arboblari ham yaxshi tushunar edilar.
Shunday bo‘lsa-da, Rossiyada qalbi buyurmagan asarlar yozishdan o‘zi-
ni tiya olgan adiblar ham ijod qilgan. Ular orasida M. Sholoxov (1905—
1984) alohida o‘rin tutadi. Uning «Tinch Don» (1928), «Ochilgan qo‘riq»
(1932) romanlari dunyoda shuhrat qozondi. Bu asarlarda inqilob hamda
kollektivlashtirish davri ziddiyatlari, inson fojialari haqqoniy tasvirlangan
edi. M. Sholoxovning «Tinch Don» romani 1965-yilda Nobel mukofotiga
sazovor bo‘lgan.
40-yillar rus sovet adabiyotida urush mavzusi bosh mavzuga aylandi. Bu
mavzuda qalam tebratgan mashhur adiblar K. Simonov, V. Surkov, B. Polevoy
va A. Safronov kabilar o‘z asarlari bilan xalqda fashizm ustidan g‘alabaga
ishonch tuyg‘ularini qaror toptirishga munosib hissa qo‘shdilar.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng boshlangan «sovuq
urush» badiiy ijodga ham ta’sir etmay qolmadi.
Bu — ijodning g‘oyaviylik tomoni badiiylikdan
ustun kela boshlashida o‘z ifodasini topdi. Bu davr badiiy madaniyatida
XX asr ikkinchi yarmi
adabiyoti
www.ziyouz.com kutubxonasi

340
neorealizm (yangi realizm) oqimi paydo bo‘ldi. U adabiyotda ham o‘z ifodasini
topdi. Neorealizm — o‘z oldiga «bo‘yab-bezalmagan», haqiqiy hayotni
ko‘rsatishga intiluvchi oqim edi.
Neorealistlar (adabiyotda ham, tasviriy san’atda ham) tomoshabin yoki
o‘quvchi ko‘z o‘ngida qashshoqlikda hayot kechiruvchi insonlarning butun
hayotiy kechinmalarini haqqoniy tasvirlab berdilar. Asarlarida ijtimoiy adolat
uchun kurashni aks ettirishni o‘zlarining burchi, deb bildilar. O‘z asarlari
qahramonlariga samimiy muhabbatlarini izhor eta oldilar.
Ulardan so‘ng nemis adabiyotining asosiy mavzusi Ikkinchi jahon urushi
bo‘ldi. Fashistlar targ‘ibotiga aldangan, ma’naviy va jismoniy ezilgan avlod
taqdiri taraqqiyparvar adiblar ijodini chetlab o‘tmagan. Chunonchi, adib
X. Byoll va haykaltarosh F. Kremerlar urush yillaridagi konslager o‘rnida
kompozitsiya bunyod etdilar. Kompozitsiyada mahbuslarning ruhiy holati,
tug‘yoni va kuchi haqqoniy aks ettirildi.
«Kichkina» insonda insonparvarlik qarashlari boshlanishining tantanasi
E. Xeminguey ijodida bosh mavzu bo‘ldi. Uning bu mavzuga bag‘ishlangan
«Chol va dengiz» (1952) qissasi XX asr ikkinchi yarmi badiiy adabiyotining
yuksak namunasi bo‘ldi. Bu asar Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Bu davr sovet adabiyotida dissidentlik ham kuchaydi. B. Pasternak,
A. Soljenitsin bu adabiyotning yirik vakillari edi. Ular o‘z asarlarida xalqqa
sovet tuzumining haqiqiy mohiyatini yetkazishga o‘zlarida jasorat topdilar.
Bu o‘rinda A. Soljenitsinning «GULAG arxipelagi» asari keng shuhrat qozondi.
Bu asar 1973-yilda chet ellarda chop etilgan edi. Sovet davlati rahbariyati A.
Soljenitsinni mavjud tuzumga bo‘hton qilganlikda aybladi va uni 1974-yilda
SSSRdan chiqarib yubordi.
Bu davr adabiyotiga Lotin Amerikasi davlatlari adiblari ham munosib
hissa qo‘shdilar. Ular Lotin Amerikasi davlatlari hayotidagi illatlarni haqqoniy
tasvirladilar. Chunonchi, J. Amadu (Braziliya), M. Asuel (Meksika), G.
Markes (Kolumbiya) kabi adiblar o‘z asarlarida tub yerli aholining fojiali
taqdirini, monopoliyalarning zo‘ravonligini, diktatorlik tartiblarining yovuz-
liklarini, dehqonlarning yer uchun kurashlarini badiiy bo‘yoqlarda va haqqoniy
ko‘rsatib bergan edilar.
Bir so‘z bilan aytganda, taraqqiyparvar adabiyot bugungi kunda ham
ezgulikka xizmat qilmoqda. 2002-yilda venger yozuvchisi Imre Kertesning
(1929) xalqaro Nobel mukofoti bilan taqdirlanganligi bu fikrning dalilidir.
I. Kertesning bunday yuksak mukofotga munosib topilgan asarlari («Angliya
bayrog‘i», «Izquvar») Ikkinchi jahon urushida jahannam fabrikalari —
konslagerlardagi tutqunlar taqdiri haqida hikoya qiladi.
Muallifning o‘zi ham 1944-yilda konslagerga tashlangan, u fashizmning
qay darajada vahshiy ekanligini ikki yil o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, Osvensim va
Buxenvald konslagerlarida 60 ming nafar vengriyalik yahudiylarning
o‘ldirilishiga guvoh bo‘lgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi

341
XX asr she’riyati unga faylasuf shoirlar kirib
kelganligi bilan ajralib turadi. Bu XX asr she’riya-
tining o‘ziga xos xususiyati edi. Faylasuf shoirlar dunyoni yangilash jarayonida
faol ishtirok etishni o‘zlarining ijtimoiy vazifalari deb hisoblaganlar.
Faylasuf shoirlar she’riyat muxlislarini inson hayotining ma’nosi hamda
inson mavjudligining asosiy qadriyatlari haqida chuqur mushohada qilishga
undashdi. XX asr shoirlarining insoniyat oldidagi buyuk xizmatlari faqat bu
bilangina cheklanmaydi. Ular urushlar va ijtimoiy inqirozlar davrida ham
insonlarni go‘zallik bilan oshno etdilar. Ularda kelajakka ishonch ruhini
rag‘batlantirdilar.
Taraqqiyparvar shoirlar tinchlikni, ozodlikni, taraqqiyot va demokratiyani
kuyladilar. Ular ichida, ayniqsa, nemis shoiri B. Brext va ispan shoiri F. Lorka
(1898—1936) she’rlari katta shuhrat qozondi. B. Brext ijodining asosini she’riy
pyesalar tashkil etgan. B. Brext she’riyati — dunyoni yangilash uchun kurashda
o‘ziga xos jangovar chaqiriq vazifasini o‘tadi, deyish mumkin. Uning she’rlari
taraqqiyparvar kuchlarni fashizm va diktaturaga qarshi kurashga chorlagan,
oddiy mehnat ahliga muhabbat ruhi bilan sug‘orilgan edi.
U yaratgan «Uch kunlik opera», «Galileyning hayoti» va «Sichuanlik
muruvvatpesha» kabi asarlar katta shuhrat qozondi. Ularda hayotning ma’nosi,
oila, burch, muhabbat va inson qadr-qimmati haqida chuqur falsafiy fikrlar
ilgari surildi. Ayni paytda hukmron doiralarning axloqsizligi fosh etildi.
Insonparvarlik ulug‘landi. Urushga qarshi kurashga da’vat etdi. Quyidagi
satrlar bu fikrlarni to‘la tasdiqlaydi:
Ey, dunyoning xalqlari,
Kulfat kuni qo‘zg‘oling!
Bu kurrai zaminni
Volidangiz deb biling.
Oq, sariq, qizil, qora!
Og‘a qonin to‘kmangiz!
Axir dunyo juda keng
Yetar bizga boshpana.
F. Lorka ispan she’riyatining faxri hisoblanadi.
U ispan fashizmiga qarshi kurashganlar safida
bo‘ldi. 1936-yilda u fashistlar tomonidan o‘ldirildi.
1917-yilgi to‘ntarishdan so‘ng Rossiyada ijodkor
ziyolilar nihoyatda qiyin ahvolga tushib qoldilar.
Ularning bir qismi chet ellarga ketishga majbur
bo‘ldilar. Vatanida qolganlar esa vijdonlariga qarshi
ish tutmaganlar. Ya’ni ular g‘ayriinsoniy jamiyat-
ni — sovet jamiyatini, uning rahnamosi — bolshe-
viklar partiyasini tarannum etmaganlar.
She’riyat
Federiko Garsiya Lorka.
www.ziyouz.com kutubxonasi

342
Ular orasida A. Axmatova (1889—1966), N. Gumilev (1886—1921),
S. Yesenin (1895—1925), A. Blok (1880—1921), O. Mendelshtam (1891—
1938) va boshqalar, ayniqsa, mashhur edilar. Ularning hayoti og‘ir kechdi.
Chunonchi, N. Gumilev 1921-yilda otib tashlandi. S. Yesenin o‘z joniga
qasd qildi. O. Mendelshtam 1938-yilda otib o‘ldirildi. Ommaviy qatag‘on-
larga qaramay, rus adabiyoti totalitar tuzum sharoitida ham yashab qolishning
uddasidan chiqdi. Ayni paytda uning shuhratini dunyoga taratishga ham
muvaffaq bo‘ldi.
Taniqli Chili shoiri Pablo Nerudaning (1904—1973) «Ispaniya mening
yuragimda», I. Bexerning «Asr o‘rtasidagi qadam», fransuz shoiri Jak
Preverning (1900—1977) satirik va lirik she’rlari, shuningdek, R. Hamzatov,
Q. Quliyev, Ye. Yevtushenko, A. Oripov, E. Vohidov, V. Visotskiy, Abdu-
rahmon al-Homisiy va boshqalarning she’rlari insoniyatni olg‘a chorlab,
yashashga ishtiyoq uyg‘otishga, Vatanni sevishga xizmat qilmoqda. Mana bu
satrlar ular fikrini o‘zida ifodalaydi:
Ortimizdan kelar boshqalar,
Ko‘proq bo‘lar sabri ularning
Epchilligi va qat’iyati.
Ko‘rkamligi, kuchini ko‘rib,
Dunyo bo‘lur ularga taslim.
Yordam berar shunda ularga
Biz yaratib ketgan qo‘shiqlar.
Osiyolik yozuvchilardan Lu Sin (1896—1981) xitoy realistik adabiyoti
asoschilaridan biri edi. Mao Dun (1896—1981), Ba Izin «So‘nggi quyosh»,
«O‘ychanlik», Li Sun Bao «Tog‘lar orasida o‘n to‘qqiz mozor» asarlari
bilan tanildi. Hindistonlik Yashpalning (1903—1976) «Yolg‘on haqiqat»,
«Divya» romanlari, turkiyalik Nozim Hikmatning ajoyib she’rlari, Aziz
Nesinning achchiq satiralari, afrikalik shoir va davlat arbobi A. Netoning
ozodlikka undovchi she’rlari, Piter Abraxamsning «Tun hukmronligida» asari,
Chili shoiri Pablo Neruda, braziliyalik yozuvchi Jorji Amadu asarlari dunyo
xalqari tomonidan sevib o‘qilmoqda.
XX asr ikkinchi yarmida G‘arb tasviriy san’atida
syurrealizm oqimi paydo bo‘ldi. Bunga hamma
qatori o‘z farzandlarini sevuvchi, klassik musiqani qadrlovchi, o‘zining
Vataniga, burchiga sodiq, odam qiyofasidagi odam, biroq insoniyat aqliga
sig‘maydigan vahshiyona jinoyatlar sodir etgan fashistlar kirdikorlari fosh
etilganligi sabab bo‘ldi.
Syurrealistlar tashqi ko‘rinish, tashqi qiyofa, tashqi dunyo ichki dunyo
bilan mutanosib emas, u ichki dunyoni boricha aks ettira olmaydi, deb
hisoblardilar. Shu tariqa ular realizmdan ham ustunroq, o‘ta realizmni-
syurrealizmni yaratdilar.
San’at
www.ziyouz.com kutubxonasi

343
Kino
Syurrealistlar fikricha, o‘ta realizm bizni o‘rab turgan real dunyo bilan
mos emas. Oliy reallik (o‘ta reallik) insonlardan yashirinib turadi. Uni aql-
idrok bilan anglab bo‘lmaydi. Ularning fikricha, rassomlar instinktlarga,
tushlarga erk berishlari kerak edi. Syurrealizmning kubistik yo‘nalishidagi
namoyandalari Pablo Pikasso (1881—1873), Mark Shogal (1899—1995),
Salvador Dali (1904—1989) va boshqalar edi.
Aslida syurrealizm real voqelikdan uzilib qolish edi. Syurrealizmning
ko‘rinishlaridan biri — abstraksionizm (mavhumlik — noma’lumlik,
uzoqlashish) real voqelikdan uzilib qolishda syurrealizmdan ham o‘tib ketdi.
Bu oqim tarafdorlari fikricha, tasviriy san’at voqelikni emas, balki rassom
ongining holatini ifodalashi, rassom his-tuyg‘ularining in’ikosi bo‘lishi kerak edi.
Abstraksionistlar ijodida (Ch. Novard, S. Devis, Retner, Morris va
boshqalar) his, tuyg‘u, xayol borliqdan uzilgan chiziqlar, geometrik shakllarda
namoyon etilgan. Ularda mazmun va shakl bir-biriga singib ketib, an’anaviy
tushunchadagi mazmun va shakl o‘z mohiyatini yo‘qotgan.
XX asrning eng mashhur rejissori va aktyori Charlz
Spenser Chaplinning (1899—1977) ijodi jahon
kinosi tarixida tanqidiy realizmning porloq sahifasidir. U «Ulkan shahar
chiroqlari», «Yangi zamonlar» filmida jamiyatdagi olchoqlikni tanqid qildi.
«Diktator» filmida esa fashizmga qarshi pamflet bilan maydonga chiqdi. U
«Nyu-Yorkdagi qirol» filmida jamiyatdagi axloqsizlikni fosh qildi. Chaplin
achchiq satirasi tufayli mamlakatni tashlab, Yevropaga muhojir bo‘lib ketishga
majbur bo‘ldi.
Fransuz rejissori Rene Kler «So‘nggi milliarder» nomli antifashistik
filmida telba diktator «islohotlari»dan kuladi. Neorealizm oqimi namoyan-
dalaridan italiyalik Roberto Rossellini, Vittorio de Sek, Juzeppe de Santis,
P. Pikasso. «Gernika».
www.ziyouz.com kutubxonasi

344
Petro Jermilar shuhrat qozondi. «Rim — ochiq shahar», «Zaytun tagida
dunyo yo‘q», «Velosiped o‘g‘rilari» va boshqa filmlar xalqning yashashga
qobil ekanligini, ezguligini, adolat va birdamlikni aks ettirdi. Federiko
Fillinining «Yo‘l», «Kabiriya tunlari» filmlarida parazitizm va axloqiy ta-
nazzul ochib tashlanadi.
AQSH kinorejissori Stenli Kramerning «Bo‘yin egmaganlar» filmi
irqchilikni tanqid ruhida bo‘lib, unda odamlarning tengligi va qardoshligi
ochib beriladi.
O‘z ijodini xalq hayoti, demokratik madaniyat
yutuqlari bilan bog‘lagan yirik kompozitorlar
ajoyib badiiy asarlar yaratishdi. Artur Oneger, Paul Xindemit, Bela Bartoj,
Jorj Gershvin, Benjamin Britten musiqada realistik yo‘nalish namoyandalari
edilar.
Fransiyalik buyuk kompozitor A. Oneger hayoti va ijodi murakkabdir. U
Romen Rollanning «14-iyul» pyesasiga musiqa yozdi va «Janna d’Ark
gulxanda» oratoriyasini yaratdi. Oratoriya urush yillarida dushmanga qarshilik
ko‘rsatuvchi fransuzlar harakatining musiqasi bo‘lib qoldi.
Ingliz kompozitori Benjamin Brittenning «Harbiy» marsiyasi Konven-
trining qaytadan tiklangan ibodatxonasida 1961-yilda birinchi marta ijro
etildi. Kompozitor o‘z asarining g‘oyasini: «Marsiya kelajakka qaratilgan...
Biz urush kabi falokatning oldini olishimiz kerak», — deb ta’rifladi.
Nemis shoiri va kompozitori Gans Eysler, iste’dodli xonandalardan Pit
Siger, Bob Dilan, Joat Baez (AQSH), Jan Ferra (Fransiya), grek kompozitori
Mikis Teodorakis qo‘shiqlari butun dunyoga tarqaldi.
Charli Chaplinning «Yangi davrlar» filmi.
Musiqa
www.ziyouz.com kutubxonasi

345
Dastlab XIX asr oxiri —XX asr boshlarida paydo
bo‘lgan ommaviy madaniyat XX asr ikkinchi
yarmida yanada rivojlandi. Bunga ommaviy axborot vositalarining nihoyat
darajada rivojlanganligi sabab bo‘ldi. Uning janrlari (shou, triller, boye-
vik, shlyager, komiks) keng ommalashdi. Bu hol ommaviy madaniyat-
ning maqsadi bilan izohlanar edi. Chunki ommaviy madaniyatning bosh
maqsadini ko‘proq daromad olish tashkil etadi. Bu madaniyatning
hammaga tushunarli hamda ko‘ngilocharligi uning asosiy sifat mezonini
tashkil etadi. Pul topish uchun axloq normalaridan chekinildi.
Ommaviy madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri uning
asosini oddiy kishilar uchun mo‘ljallanganligi tashkil etishidir. Ommaviy
madaniyat madaniy hayotning deyarli barcha sohalarini qamrab olgan.
Masalan, estrada qo‘shiqchiligida inglizlarning «Bittlz» ansambli dunyoda
shuhrat qozondi. «Bittlz» va shu kabi boshqa ansambllar o‘z qo‘shiqlarida
o‘ta muhim muammolar — yoshlarning ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini
topmaganligi, urush, militarizm, irqiy kamsitishlarga qarshi noroziliklarni
namoyish etdilar. Ularning qo‘shiqlari mazmunan samimiyligi, o‘ta
ta’sirchanligi, o‘tkir so‘zliligi bilan ajralib turadi.
Ayni paytda ijrochilarning yuksak qobiliyati, yuqori jarangdor ovozlari,
mukammal maqomi, tovushlarning hamohangligi muxlislarga katta ruhiy
ta’sir o‘tkazadi. Bu hol rok-musiqachilarni yoshlarning sevimli san’atkorlariga

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling