Jahon tarixi

bet38/41
Sana25.02.2017
Hajmi
#1261
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
ixtiyorida saqlab qoldi. Ammo, shu bilan birgalikda, iqtisodiy barqarorlikning
ta’minlanishi xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashdi.
Faqat 1997-yildan boshlab investitsiyalar va yangi texnologiyalar oqimi
ishlab chiqarishning, xususan, elektronikaning o‘sishini, mehnat unumdor-
ligining ortishini jadallashtirdi. Estoniya aholi jon boshiga investitsiyalar
hajmi, ishlab chiqarishning yangilanish va o‘sish sur’atlari, keyinchalik har
bir fuqaro boshiga o‘rtacha daromad ko‘rsatkichlari bo‘yicha XX asr oxiriga
kelib, mintaqadagi boshqa davlatlarni ortda qoldirdi.
Estoniya Yevropa Ittifoqi bilan shartnoma tuzib, iqtisodiyotni rivojlan-
tirishning qisqa muddatli dasturini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ish olib
bormoqda. U Yevropa Kengashiga qabul qilingach, YEXHT ishida faol ishtirok
etmoqda va Rossiya Federatsiyasida imperiyachilik kayfiyati paydo bo‘lishidan
xavfsirab, o‘z xavfsizligini NATOga a’zo bo‘lish orqali mustahkamlashga
www.ziyouz.com kutubxonasi

328
intilmoqda. Lekin mamlakat oldida qator muammolar turibdi. Ulardan biri
milliy masaladir.
Hozirgi vaqtda Estoniya rivojlangan sanoat va qishloq xo‘jaligiga ega. U
xususiy xomashyo va yoqilg‘i resurslaridan foydalanish hamda qulay iqtisodiy-
geografik joylashuv hisobiga rivojlanmoqda. Mamlakatda iqtisod tezlik bilan
liberallashtirilmoqda. Daromad solig‘i yildan yilga kamaytirilmoqda va 2010-
yilga borib 18% bo‘lishi mo‘ljallanmoqda. 90-yillarda Sharqiy Yevropada
eng ko‘p chet el investitsiyasini kiritgan davlat hisoblanadi. 2000–2007-
yillarda yillik o‘sish 9,9 foizni tashkil etdi. YAIM ning 68 foizi xizmat
ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri keladi. YAIM 23,93 mlrd dollarni, aholi jon boshiga
21860 dollarni tashkil  etadi. Mamlakat Prezidenti T.X. Ilves.
Latviya Respublikasi
1990-yil arafasida mamlakat aholisining yarmidan xiyol ko‘prog‘ini
latishlar tashkil etar va latish bo‘lmaganlar (asosan ruslar) ning atigi 19
foizi latish tilini bilardi. Mamlakatning SSSRga qo‘shib olinishiga,
ruslashtirish va aholi manfaatlariga mos kelmagan sanoatlashtirish siyosatiga
qarshi chiqishlar Riga va boshqa shaharlarda 1985-yildan boshlandi. 1988-
yilda Xalq fronti Latviya suvereniteti uchun kurashayotgan turli tashkilot va
harakatlarni birlashtirdi va ommaviylashdi.
1989-yilda SSSR xalq deputatligiga, 1990-yilda respublika Oliy Sovetiga
bo‘lgan saylovlarda mamlakat mustaqilligi tarafdorlari bilan unga qarshi
bo‘lganlar o‘rtasida keskin kurash ketdi va bunda mustaqillik tarafdorlari
bo‘lgan kuchlar g‘alaba qildi. May oyida Oliy Sovet Latviyani mustaqil va
suveren — Latviya Respublikasi deb atadi va mamlakatda liberal-demokratik
islohotlar boshlab yuborildi. 1991-yil mart oyida bu tanlangan yo‘l sovet
siyosiy arboblari va harbiylarning faol qarshiligiga qaramay, referendum
qatnashchilarining 77,6 foizi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Prezidentlikka Sovet hukumati tomonidan qatag‘on qilinib, surgunda
vafot etgan Latviyaning urushdan oldingi prezidentining jiyani — G. Ulmanis
saylandi. Ilgarigi boshqaruv tizimi va respublika qurolli kuchlari tiklandi.
Hukumat latish madaniyatini rivojlantirish va latish tili monopoliyasini
ta’minlash yo‘lida bir qator tadbirlarni amalga oshirdi. Latishlar talabi
bilan sovet qo‘shinlari 1994-yilda Rossiya Federatsiyasi tomonidan olib
chiqib ketildi.
Uzoq muddat davomida I. Godmanis rahbarlik qilayotgan hukumat
iqtisodiyotda bozor munosabatlarini joriy etishga intilayotgan edi. Latviyada
ishlab chiqarishning kamayishi sabablarini bu yerda inflatsiyaning boshqa
qo‘shni mamlakatlarga nisbatan pastroq bo‘lishi bilan izohlash mumkin edi.
Ammo mamlakatda energiya manbalari va oziq-ovqat yetishmas edi. Rossiya
Latviya bilan savdo-sotiqni cheklagandi, bu esa uni Shimoliy va G‘arbiy
Yevropadan sheriklar izlashga majbur etdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

329
1993-yilda milliy valuta — latni joriy qilish va barqarorlashtirish uchun
Xalqaro Valuta Fondi va boshqa tashkilotlar kreditlari kerak bo‘ldi.
Latviya oziq-ovqatga muhtoj edi va uni xalqaro tashkilotlardan olayotgan
edi. Rossiya bilan savdo tranziti va investitsiyalar mamlakat uchun juda
muhimligiga qaramasdan, ishlab chiqarish, eksport va import Yevropa Ittifoqi
mamlakatlariga qaratila boshlandi. Xalqaro Valuta Fondi tavsiyalariga ko‘ra,
hukumat xarajat va daromadni qat’iy muvozanatga keltirdi, foyda
keltirmaydigan korxonalarni yopishga harakat qilib, raqobatdosh korxonalarni
qo‘llab-quvvatladi.
90-yillarning oxirida, Rossiyadagi inqiroz sababli yuzaga kelgan
qiyinchiliklarga qaramasdan, Latviyada ishlab chiqarish o‘sishi barqaror edi va
u aholi turmush darajasining ko‘tarilishiga yordam berdi. Ayniqsa, kichik va
o‘rta korxonalarning soni tez o‘sa bordi. Aholining ko‘pchiligi bu bilan ham
qoniqmagan edi. Biroq 1999-yildagi prezident saylovlarida muhojirlikdan qaytgan
V. Vike-Freyberg nomzodini ko‘rsatgan natsional-liberallarning g‘alabasi si-
yosiy barqarorlikning mustahkamlanishiga yordam berdi.
Mustaqillik yillarida Latviyada chuqur iqtisodiy islohotlar o‘tkazildi. Ko‘p
o‘tmay yuqori natijalarga erishildi. 2007-yilda yillik o‘sish 10,3 foizni tashkil
qildi. 2007-yil yakunlariga ko‘ra Latviya YAIM ning o‘shishi jihatidan sobiq
Ittifoq respublikalari bo‘yicha Ozarbayjon va Armanistondan so‘ng uchinchi
o‘ringa chiqdi. U Jahon savdo tashkiloti a’zosi. YAIM aholi jon boshiga
12,8 mln dollarni tashkil qilmoqda.
V. Zatlers – mamlakat Prezidentidir.
Latviya Respublikasi o‘zining Boltiqbo‘yi qo‘shnilari bilan yaqindan
hamkorlik qilmoqda, 2004-yilda Yevropa Ittifoqiga kirdi, YEXHTda ishtirok
etmoqda va Rossiyaning imperiyachilik kayfiyatidan himoyalanish maq-
sadida, NATOga a’zo bo‘ldi. Mamlakat parlamenti va hukumati Rossiya
bilan iqtisodiy aloqalarni kengaytirish niyatida, ammo Rossiya Federa-
tsiyasining Latviyadagi rus millatiga mansub bo‘lgan fuqarolarning manfaat-
larini himoya qilishga intilishi tufayli ikkala mamlakat o‘rtasidagi munosabat
murakkabligicha qolmoqda.
Litva Respublikasi
Litvada jamiyatning yangilanishi va ijtimoiy rivojlanishi uchun ommaning
chiqishlari boshqa Boltiqbo‘yi respublikalariga nisbatan kechroq faollashdi,
ammo 1988-yilning kuzidayoq «Sayudis» harakati paydo bo‘ldi. Avvaliga u
ijtimoiy faollikni oshirish to‘g‘risidagi talablar bilan cheklandi. Ammo 1989-
yilda ommaviylashib, SSSR xalq deputatligiga bo‘lgan saylovlarda ko‘p ovoz
oldi va bastakor V. Landsbergis rahbarligida mavjud tuzumni o‘zgartirish va
Litva mustaqilligini yoqlab chiqdi. Respublika Oliy Sovetida Sayudisning
g‘alabasi tufayli 1990-yilda mustaqil Litva davlati va uning SSSR tarkibidan
chiqishi to‘g‘risida qonun qabul qilindi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

330
Sayudis qo‘liga o‘tgan hukumat mamlakat suverenitetini himoya qilib,
90 foizi SSSR hukumati ixtiyorida bo‘lgan sanoatni o‘z qo‘liga oldi va uni
davlat tasarrufidan chiqarishni rejalashtirdi. Kolxoz (jamoa xo‘jaligi) larni
fermer xo‘jaliklariga aylantirishga yo‘naltirilgan yer to‘g‘risidagi qonun, mulk
egalari huquqlarini tiklash to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Hukumatning
bu yo‘li mamlakatda paydo bo‘lgan ko‘pgina partiyalar va harakatlar tomonidan
qo‘llab-quvvatlandi.
1990-yilning yanvar oyida sovet desantchilari mahalliy kommunistlar
bir qismining yordami bilan qurol ishlatib va talafotlar ko‘rib, telemar-
kazni qo‘lga oldi va Vilnyusdagi asosiy nuqtalarni egallab olishga urindi.
Ammo xalq chiqishlari bu mojaroni va Litva mustaqilligi dushmanlari-
ning boshqa urinishlarini puchga chiqardi. 1990-yil 11-martda Litva
mustaqilligi e’lon qilindi. 1991-yilda uni birinchi bo‘lib Islandiya tan oldi.
Avgustda Rossiya hukumati ham Litva mustaqilligini tan oldi. Moskvadagi
1991-yilgi avgust fitnasi mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng SSSR Prezidenti
ham shunday yo‘l tutishga majbur bo‘ldi.
1992-yilda referendum yo‘li bilan yangi hukumat tayyorlagan konsti-
tutsiya qabul qilindi. Ijro etuvchi hokimiyat rahbari xalq tomonidan
saylanadigan prezident va hukumat bo‘ldi.
Ilk Prezident — sotsial-demokratik partiya yetakchisi A. Brazauskas ham,
liberal-vatanparvar ruhdagi bir qator partiyalarni tashkil etgan Sayudis a’zolari
ham, ko‘pchilikni tashkil etgan hukumat ham asosiy e’tiborni xo‘jalikni
yangilash va rivojlantirish uchun ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratdi.
Litvada ilgari SSSRdan yetkazib beriladigan elektr energiyasi va xom-
ashyo yetishmas edi. Rossiya bilan savdo va Kaliningrad tranziti to‘g‘risidagi
bitim bu tanqislikni atigi bir oz yumshatdi. 1989-yildan 1993-yilgacha ishlab
chiqarishning 50 foizga qisqarishi va yirik inflatsiya aholi ahvolini yomon-
lashtirdi va xalq noroziligini keltirib chiqardi. Litva Yevropa Ittifoqi mamla-
katlari bilan savdo va moliyaviy-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga, xal-
qaro tashkilotlar va Xalqaro Valuta Fondidan kreditlar olishga majbur bo‘ldi.
Hozirgi paytda tashqi savdo mamlakat YaIM ning uchdan ikki qismini tashkil
etadi. Shu bilan birga eksportning 50 foizi Yevropa Ittifoqiga to‘g‘ri keladi.
1993-yilda milliy valuta — lit joriy qilindi. Uning barqarorlashuvi asosan
vaucher (xususiylashtirish cheki) orqali korxonalarni xususiylashtirish va
fermer xo‘jaliklarni oyoqqa turg‘izishga imkon berdi. 1994-yilda yerga xususiy
mulkchilik asosida agrar munosabatlarni tartibga solish qoidalari belgilandi.
1996-yilga kelib davlat tasarrufida korxonalarning atigi 25 foizi, ya’ni ener-
getika va transport qolgan edi. Iqtisodiyotning barqarorlashuvi 80 ga yaqin
mamlakatdan investitsiyani olib kirishga imkon berdi. Bu ishlab chiqarish
hajmi va samaradorligini oshirishni ta’minladi, ammo xalq ommasining
turmush darajasi unchalik ko‘tarilgani yo‘q.
90-yillarning oxiriga kelib ijtimoiy muammolarga yetarlicha e’tibor
qaratmagan, ma’muriy-xo‘jalik xatoliklariga yo‘l qo‘ygan va korrupsiyaga
www.ziyouz.com kutubxonasi

331
qarshilik ko‘rsatishni eplay olmagan G. Vagnoryus hukumati aholining
noroziligiga sabab bo‘ldi. Umumxalq ovozi bilan saylangan yangi Prezident
V. Adamkus 1999-yilda (2004-yilda qayta saylandi) oldingi hukumat yo‘l
qo‘ygan xatoliklarga barham beruvchi yangi hukumatni xristian-konserva-
torlardan iborat qilib tuzdi. Yangi hukumat ham mamlakatda narx-navoning
o‘sishini to‘xtata olmadi, ammo korxonalarni xususiylashtirishni tezlashtirdi
va kengaytirdi. Lekin iqtisodiy qiyinchiliklar bartaraf qilinmadi.
Litva Boltiqbo‘yidagi qo‘shnilari, Polsha va Belorussiya hamda Rossiya
bilan yaqin aloqalarni rivojlantirmoqda. Ammo uning uchun Yevropaning
boshqa mamlakatlari, YEI bilan savdo va moliyaviy-iqtisodiy hamkorlik
muhimroq ahamiyatga ega bo‘ldi. Litva eksportining 50 foizi YEIga to‘g‘ri
keladi.
2004-yil 1-mayda Litva Yevropa Ittifoqiga va NATO ga a’zo bo‘ldi. Litva
iqtisodida sanoat korxonalarini xususiy shaxslarga sotish katta rol o‘ynadi.
1996–1999-yillarda 1000 dan ortiq korxona sotildi. Tashqi savdoda oldin
Rossiya asosiy rol o‘ynagan bo‘lsa, 2002-yildan Yevropa Ittifoqi davlatlari
birinchi o‘ringa chiqdi. 2003-yilda YAIM 40,8 mlrd dollarga yetdi, aholi jon
boshiga 11,4 ming dollarni tashkil etdi. Sanoatning to‘qimachilik, asbobsozlik,
neftni qayta ishlash turlari rivojlanmoqda.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Estoniyadagi «Kuylayotgan inqilob» ning mazmunini tushuntiring.
2. Latviya bozor iqtisodiyotiga qanday o‘tdi?
3. Litvada mustaqillikning tiklanishi qanday kechdi?
6-bob. XX ASR — XXI ASR BOSHLARIDA FAN
VA MADANIYAT TARAQQIYOTI
37-§. Fan va madaniyat
Fan va texnika doimo taraqqiy etib keldi. Biroq
bu taraqqiyot XX asrdan boshlab misli ko‘rilma-
gan darajada  o‘sib ketdi. Shu tufayli adabiyotlarda ilmiy-texnika inqilobi
(ITI) iborasi ishlatila boshlandi. Xo‘sh, ilmiy-texnika inqilobi nima o‘zi?
Ilmiy-texnika inqilobi — bu XX asrda fan va texnikada ro‘y bergan
olamshumul kashfiyotlar tufayli fanning bevosita jamiyat ishlab chiqaruvchi
kuchiga aylanganligi. Bu hodisa ITI mohiyatini tashkil etadi. ITI fan bilan
texnikaning, fan bilan ishlab chiqarishning chatishib ketishiga olib keldi. Bu
chatishuv, o‘z navbatida, kashfiyotlarning ishlab chiqarishga joriy etilishi
muddatining qisqarishini ta’minladi.
ITI ishlab chiqaruvchi kuchlarning hamma komponentlarini (energiya,
lazerlar, robotlar, texnika, mehnat materiallari, texnologiya) va, hatto,
?
Ilmiy-texnika inqilobi
www.ziyouz.com kutubxonasi

332
odamning o‘zini ham o‘zgartirib yubordi. Chunonchi, energiya manbayiga
oshib borgan ehtiyoj mutlaqo yangi manba — atom elektr stansiyalari barpo
etilishiga olib keldi. Shuningdek, Quyosh, okean, chuqur yer osti energiya-
sidan foydalanishning ham kashf etilishini ta’minladi.
Ishlab chiqarish kompleks avtomatlashtirildi. 1946-yilda amerikalik olimlar
J. Mashli va J. Ekkert birinchi kompyuterni yaratdilar. Tez orada kompyuter
tizimlari bilan boshqariladigan texnologiya joriy etildi. Bu, aslida, odamsiz
boshqariladigan texnologiya edi. Biroq ITI qanchalik qudratli bo‘lmasin, u
inson omilini ishlab chiqarish jarayonidan siqib chiqara olmadi. Aksincha,
u insonni o‘ta mukammal va murakkab texnika hamda texnologiyani o‘zlash-
tirib olishga undaydi.
Bu esa insonning o‘z bilimi, malakasini zamon talabi darajasida o‘stirib
borishini zaruratga aylantirib qo‘ydi. Binobarin, insonning intellektual
qobiliyati, ongi, dunyoqarashi jadal o‘zgarib bormoqda. Bugungi ishchi,
muhandis XX asr boshlaridagi ishchi yoki muhandis emas. Bugungi ishchi
(xodim) mashina elementi emas, balki mashinani nazorat etuvchisidir.
ITI, o‘z navbatida, ishlab chiqarishga mutlaqo yangi texnologiyaning
(chunonchi, materialga lazer, gaz plazmasi, elektron-nur, ultra tovush yor-
damida ishlov berish) joriy etilishiga olib keldi. ITI, ayni paytda, axborot
industriyasining yaratilishiga ham olib keldi. Bu esa, o‘z navbatida, fan-
texnika taraqqiyotini yanada jadallashtirishning qudratli omiliga aylandi.
ITI kompyuterlarning mutlaqo yangi avlodlari yaratilganligi bilan ham
ajralib turadi. Bugungi kompyuter ijtimoiy hayotning deyarli barcha sohalarini
qamrab oldi. ITI ilmiy bilimlar jamg‘arilishining misli ko‘rilmagan sur’atini
ta’minladi. Masalan, XX asr boshlarida kimyo bo‘yicha millionta yangi
ma’lumot 30 yildan ortiq vaqt ichida to‘plangan bo‘lsa, hozir shuncha
ma’lumot to‘plash uchun 4 yil kifoya bo‘lmoqda.
Ishlab chiqarishdagi inqilobiy o‘zgarishlar, o‘z navbatida, aholi ijtimoiy
qatlamida ham tub o‘zgarishlar yuz berishiga olib keldi. Chunonchi, aholining
ko‘pchilik qismi moddiy ishlab chiqarish sohasida emas, balki xizmat ko‘rsatish
sohasida mehnat qilishga o‘tdi.
Bundan tashqari, mehnat unumdorligi tobora o‘sib bormoqda. Bu esa ish
vaqtini qisqartirishga, ta’tillar muddatini uzaytirishga, aholi mehnat
daromadining o‘sishiga olib kelmoqda. Bu hol yangi texnika va texnologiyani
ishlab chiqarishda amalda qo‘llashga mas’ul bo‘lgan insonning doimo qayta
o‘qishiga, malakasini o‘zgartirishga, ishlab chiqarishning o‘zgaruvchi
sharoitlariga tez moslashishiga imkon bermoqda.
Hukumat va xususiy ishlab chiqaruvchilar korxona ishchi va xizmatchi-
larining yuqori malakalarini saqlab qolishdan eng ko‘p darajada man-
faatdordirlar. Shuning uchun ham AQSHda bir ishchining qayta tayyor-
lovdan o‘tishiga, o‘z malakasini yanada oshirishiga bir yilda sarflanadigan
xarajat 400 ming dollarni tashkil etishi bejiz emas. O‘z navbatida, ishchiga
ta’lim berishga sarflanadigan har 35 ming dollar 965 ming dollar foyda
ham keltirmoqda.
www.ziyouz.com kutubxonasi

333
Ilmiy-texnika inqilobining asosini, birinchi
navbatda, fizika fani tashkil etdi. XX asrda fizika
fanida  olamshumul kashfiyotlar amalga oshirildi. Chunonchi, 1919-yilda
tarixda ilk bor atom yadrosini parchalash, ikkinchi jahon urushi arafasida
esa, uran atomlarining bo‘linishi zanjir reaksiyasi kashf etildi.
1942-yildan AQSHda yadro energiyasi olina boshlandi. Bu kashfiyotlar
oxir-oqibatda atom bombasining yaratilishiga olib keldi. Shu tariqa yaxshilik
yo‘lidagi barcha kashfiyotlar muallifi — inson dunyodagi barcha tirik mavju-
dotlarni, shu jumladan, o‘zini ham qirib yuborishga qodir qurol ham yaratdi.
(Bu qurol 1945-yilda ishlatildi ham.)
Elektr magnit to‘lqinlar fizikasining yaratilishi 20-yillarda televideniye-
ning, 30-yillarda radiolokatsiyaning, 40-yillarda radioastronomiyaning, 50-
yillarda kvant elektronikasining tug‘ilishiga olib keldi.
Kvant elektronikasi esa, o‘z navbatida, kosmik aloqani zarur kuchaytir-
gichlar bilan ta’minlovchi asbob kashf etilishini voqelikka aylantirdi.
Shuningdek, lazerning kashf etilishini ta’minladi. Radioelektronika sohasida
erishilgan muvaffaqiyatlar esa, 40-yillardayoq AQSHda dastlabki elektron-
hisoblash mashinalari (EHM) yaratilishiga imkon berdi.
1957-yilda sobiq SSSRda Yerning birinchi sun’iy yo‘ldoshi uchirildi.
1960-yilda Toman Neyman birinchi lazer qurilmasini yaratdi. 1961-yilda
jahonda birinchi bo‘lib sobiq SSSR fuqarosi Yu. A. Gagarin raketada kosmosga
parvoz qildi. Ayni chog‘da kosmonavtikaning xalq xo‘jaligiga xizmat qilishiga
imkon yaratildi. 1969-yilda Neyl Armstrong (AQSH fuqarosi) Oyga qadam
qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Fizika fani yutuqlari transport texnikasini ham tubdan o‘zgartirib yubordi.
Chunonchi, reaktiv dvigatelning samolyotga o‘rnatilishi samolyotning tovush
to‘sig‘ini yengib o‘tishi muammosini hal etdi. Endi samolyotlar har qanday
yuklarni minglab kilometr masofaga tashiy boshladi. 0,5 mln tonna neft
sig‘adigan okean tankerlari yaratildi.
Kimyo fani taraqqiyotisiz ham ITI yuz bermas edi. Bu fan kashfiyotlari
o‘ta toza va o‘ta qattiq, po‘latdek pishiq, ayni paytda undan 7—8 baravar
yengil moddalar olishga imkon berdi, plastmassa, kauchuk, sintetik tolalar,
dori-darmon yaratish mumkin bo‘ldi.
Biologiya fanida ham mislsiz kashfiyotlar amalga oshirildi. XX asr
o‘rtalariga kelganda genetika yetakchi sohaga aylandi. Nuklein kislotalarning
tuzilishi kashf etildi. Uning oqsil sintezidagi roli ham aniqlandi.
90-yillarda yangi fan — geninjeneriya (irsiyat muhandisligi) vujudga keldi.
U katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Natijada vitaminlar, antibiotiklar va o‘g‘it
hosil qilishga yordam beruvchi mikroorganizmlar yaratildi. Hayvonlarning
zotli naslini urchitish, kasalliklarga chidamli o‘simlik navlarini yaratish
mumkin bo‘ldi.
Biologik va biokimyoviy kashfiyotlar, o‘z navbatida, tibbiyotning
reanimatologiya, anesteziologiya va immunologiya kabi yangi muhim
Fan — ITI asosi
www.ziyouz.com kutubxonasi

334
Amerika astronavti, Oyda bo‘lgan birinchi odam.
Planetalararo «Mir» avtomatik stansiya.
www.ziyouz.com kutubxonasi

335
tarmoqlarini vujudga keltirdi. Jarrohlik mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi.
Bu hodisa inson tanasining dastlab buyrak, so‘ng yurak, o‘pka va boshqa
a’zolarini ko‘chirib o‘tkazishda o‘z ifodasini topdi. Tibbiyotda sun’iy yurak
yaratishga muvaffaq bo‘lindi.
Davolashning jarrohsiz usullari kashf etildi. Chunonchi, bugungi kunda
buyrakdagi tosh ultratovush zarblari bilan maydalanmoqda. Insonning ko‘rish
qobiliyati lazer yordamida tiklanmoqda. Yadroviy magnit tebranishlariga
asoslangan kompyuter tomograflari yordamida bemorlarga tashxis qo‘yilmoqda.
Lekin ITI insoniyat oldiga o‘tkir muammolarni ham qo‘ymoqda. Tuproq,
suv va havo zararlanmoqda. Atom tufayli ekologik falokat mintaqalari ko‘pay-
moqda.
Birinchi jahon urushi va uning dahshatli oqibat-
lari tushkunlik kayfiyatini ham tug‘dirdi. Bu hol
20-yillar adabiyotida o‘z ifodasini topdi ham.
Dekadentlarning asarlari yoki umidsizlik ruhi bilan sug‘orilgan, yo bo‘lmasa,
kitobxonni real voqelikdan, zamonning o‘tkir masalalaridan butunlay
uzoqlashib ketgan xayoliy olamga chorlaydigan asarlar paydo bo‘ldi. Bunday
asarlar kishilarni davr bilan hamnafas bo‘lishdan chalg‘itadi. Avstriya yozuvchisi
Frans Kafka (1883—1924) dekadentlikning tipik namoyandasi edi. Biroq
tushkunlikka tushgan inson hayotdan butunlay voz kechgan emas. Hatto,
urushda majruh bo‘lgan va jirkanch jamiyatdan yuz o‘girgan jangchi ham o‘z
insoniy qadr-qimmatini qanday bo‘lmasin saqlab qolishga intilgan. Chu-
nonchi, nemis yozuvchisi E. Remarkning (1898—1970) «Uch o‘rtoq» romani
qahramonlari najot yo‘lini frontdagi do‘stlikka sadoqatdan izlaganlar. Anri
Barbyusning (1873—1935) ajoyib asari «O‘t. Bir vzvodning kundaligi» birinchi
jahon urushi okoplarida yozilgan edi. Bu roman urush dahshatlarini
tasvirlabgina qolmasdan, odamlar urushni qanday yenganliklari haqida ham
hikoya qiladi.
Yoki ingliz yozuvchisi R. Oldingtonning
asari («Hamma odamlar — dushman»)
qahramoni bu bema’ni dunyodan voz kechib,
o‘zi sevgan ayol bilan xayoliy Ea orolida
yashirinib bo‘lsa-da, hayot kechirish orzusi
bilan yashagan.
20-yillardagi tushkunlik kayfiyati, hatto,
E. Xemingueydek (1899—1961) shijoatli
yozuvchini ham chetlab o‘tmagan. U ham
umidsizlikka tushgan. Shu yillardagi asarlari-
ning qahramonlarini o‘sha davr adovatli du-
nyosidan qutulish yo‘lini behuda izlayotgan
kishilar obrazi tashkil etgan.
Biroq ijoddagi tushkunlik kayfiyati uzoq
davom etmagan. Yevropada fashizmning
20—40-yillar
adabiyoti
Ernest Xeminguey.
www.ziyouz.com kutubxonasi

336
chuqur ildiz otishi, uning yangi jahon urushi manbayiga aylanishi mumkinligi
taraqqiyparvar yozuvchilar ijodini bu xavfning oldini olish haqida bong
urishga qaratgan. Bu borada ham yuqorida nomlari qayd etilgan uch mashhur
yozuvchining asarlari muhim rol o‘ynagan. Ular fashizm insoniyatni yangi
qirg‘inbarot urush girdobiga tortishi mumkinligini oldindan sezganlar.
1929-yilda R. Oldingtonning «Qahramonning o‘limi», E. Remarkning
«G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q», E. Xemingueyning «Alvido, qurol» romanlari
chop etilgan. Bu romanlar tez orada shuhrat qozongan.
Mualliflar urushning qonli va g‘ayriinsoniy mohiyatini zo‘r mahorat
bilan tasvirlaganlar. Ayni paytda hukmron doiralarning muttahamligi,
ikkiyuzlamachiligini fosh etganlar. Romen Rollanning (1866—1944) «Maftun
bo‘lgan qalb» romanida fashizmning haqiqiy basharasi ochib tashlangan.
1935-yilda Parij shahrida dunyo yozuvchilarining madaniyatni himoya
qilishga bag‘ishlangan butun jahon birinchi kongressi o‘tkazildi. Ikkinchi
kongress 1937-yilda fashizmga qarshi kurashayotgan Ispaniyada o‘tkazildi.
30-yillar adabiyoti jamiyatning chirkin illatlarini fosh etish bilan ham
sezilib turadi. Bu o‘rinda Amerika yozuvchisi J. Steynbekning (1902—1968)

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling