Jahon tarixi

bet40/41
Sana25.02.2017
Hajmi
#1261
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
aylantirib qo‘yadi. Shuningdek, rok-musiqa yoshlarning turli harakatlari va
guruhlarini birlashtiruvchi kuchga aylandi. «Bittlz» qo‘shiqlari o‘zining chuqur
ta’sirchanligi, ijro mahorati, chuqur ma’nosi va samimiyligi bilan hamon
yagonaligicha qolmoqda. Bu ansamblning tashkilotchisi Jon Lennon edi.
Uning tug‘ilgan va halok bo‘lgan kuni barcha qit’a yoshlari va rok-musiqachilari
tomonidan har yili nishonlab kelinmoqda.
60-yillar oxiridan boshlab rok-musiqa xalqaro siyosiy masalalarga ham
jiddiy e’tibor berib kelmoqda. Chunonchi, u mintaqaviy urushlarni, irqchilikni,
militarizmni va narkomaniyani keskin qoralaydi. Bugungi kunda u ekologiya
va xayriya masalalariga ham katta e’tibor bermoqda.
Urushdan keyingi yillarda «pop-art» (ommabop) san’ati keng tarqaldi. «Pop-
art» olg‘irlari turli buyumlarning parchalaridan «rasm» va «haykallar» yaratdilar.
«Pop-art» musiqa, kino, teatrga ham kirib bordi. «Pop-art» chinakam san’atning
ommaga yetib borishini zaiflashtirdi. Keyingi paytlarda «ommaviy madaniyat»
niqobi ostida yengil-yelpi, hayosizlikni targ‘ib qiluvchi san’at kuchaydi.
Shunday qilib, tarixan 100 yilga yaqin vaqtni o‘z ichiga olgan davrda
adabiyot va san’atda buyuk o‘zgarishlar bo‘ldi. Chinakam, haqiqiy, xalqning
ruhiga ta’sir etuvchi san’at o‘lmas bo‘lib qoldi. Yengil-yelpi, vaqtinchalik
san’at tarix yo‘llarida sargardon bo‘lib qoldi. Dunyo xalqlari adabiyot va
san’atning buyuk kuch ekanligiga ishonadilar. Chunki go‘zallikni, inson
qalbiga ta’sir etadigan voqealarni hamma yaxshi ko‘radi.
Xulosa qilib aytganda, XX asrda fan va madaniyatning rivojlanishi insonni
misli ko‘rilmagan yuksaklikka ko‘tardi. Fan yutuqlari ishlab chiqarishda
Ommaviy madaniyat
www.ziyouz.com kutubxonasi

346
inqilob yasashga olib keldi. Madaniyat
globallashdi. Ko‘pgina joylarda milliy
o‘zlikni anglash jarayoni tezlashdi va
umumbashariy madaniyatning kishilar
qalbi, ongiga chuqur singishi davom
etmoqda.
Prezident Islom Karimov bu jarayon
haqida: «Kirib kelayotgan XXI asrda
dunyoni madaniyat va ma’naviyat
qutqaradi», — deb ta’kidlaganligi bejiz
emas.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Fan va ilmiy-texnika inqilobi haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. XX asr ikkinchi yarmidan boshlab ilm-fan va texnikaning gurkirab
rivojlanishiga sabab bo‘lgan omillar nimalardan iborat?
3. Vaqtli matbuot materiallari asosida 2002 va 2004-yillarda xalqaro
Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan alloma va ijodkorlarni aniqlang.
4. XX asr 20—40-yillari adabiyoti haqida so‘zlab bering.
5. Buyuk yozuvchilar demokratiya va tinchlik ishiga qanday hissa
qo‘shdilar?
6. XX asr ikkinchi yarmi adabiyoti haqida nimalar deya olasiz?
7. Ommaviy madaniyat haqida so‘zlab bering.
8. Musiqa va kinoda qanday yangiliklar bo‘ldi?
9. Madaniyatda globallashuv haqida o‘z fikrlaringiz asosida referat tay-
yorlang.
JADVALNI TO‘LDIRING. QAYSI YOZUVCHILARNING ASARLARINI
O‘QIDINGIZ
i
m
o
n
g
n
i
n
i
h
c
v
u
z
o
Y
i
m
o
n
g
n
i
n
r
a
s
A
i
n
o
y
a
b
a
h
c
a
q
s
i
Q
BAHS YURITING
— Qaysi olimlar o‘zlarining qanday yangiliklari bilan jamiyat taraqqiyotiga
buyuk hissa qo‘shdilar?
— Kelajakda qanday soha birinchi o‘ringa chiqadi? Nima bilan shug‘ullangan
ma’qul?
«Bittlz» ansambli.
?
www.ziyouz.com kutubxonasi

347
JAHON TARIXI SANALARDA
1918—2008-yillar
1918-yil
5—6-yanvar — Rossiyada Ta’sis majlisining chaqirilishi va tarqatib yuborilishi.
Yanvar  — Turkiston mustaqilligi uchun qurolli harakatning boshlanishi.
3-mart  — Rossiya tomonidan Germaniya bilan Brest sulhining imzolanishi.
Rossiyaning urushdan chiqishi.
30-aprel — Turkistonning RSFSR tarkibidagi avtonom respublika deb e’lon
qilinishi.
16-iyul — Yekaterinburgda Nikolay II va uning oila a’zolari otib tashlandi.
3-oktabr — Turkiyaning taslim bo‘lishi.
3-noyabr — Avstriya-Vengriyaning taslim bo‘lishi.
3-noyabr — Germaniyaning taslim bo‘lishi.
9-noyabr  — Germaniyada monarxiyaning ag‘darilishi.
11-noyabr — Germaniya va Antanta davlatlari o‘rtasida Kompen yarash
ahdining tuzilishi. Birinchi jahon urushining tugashi.
16-noyabr — Vengriyaning respublika deb e’lon qilinishi.
1919-yil
5-yanvar — Myunxenda Germaniya fashistlar partiyasining tashkil topishi.
23-mart  — Milanda Mussolini tomonidan birinchi fashistlar «jangovar
guruhi»ning tashkil qilinishi.
3-may — 3-iyun — Afg‘oniston xalqining ingliz qo‘shinlariga qarshi ozodlik
kurashi.  8-avgustda Angliya va Afg‘oniston o‘rtasida sulh bitimi imzolandi.
28-may — turk xalqining Angliya-Gretsiya bosqiniga qarshi ozodlik kurashi
boshlandi.
28-iyun — Germaniya tomonidan Birinchi jahon urushida g‘olib chiqqan Antanta
davlatlari va mag‘lub Germaniya o‘rtasidagi sulh bitimining imzolanishi.
1920-yil
18—21-yanvar — Birinchi jahon urushida g‘olib chiqqan davlatlarning Parij
tinchlik konferensiyasi ochilishi. Konferensiya davomida Millatlar Ligasi tashkil
topdi.
1-mart — Vengriyada fashistlar diktaturasining o‘rnatilishi.
16-may — Stambulning Antanta qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi.
1921-yil
Mart — Rossiyada yangi iqtisodiy siyosat (NEP)ga o‘tilishi.
20-oktabr — Anqarada Fransiya va Turkiya o‘rtasidagi urush holatini to‘xtatish
to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

348
1922-yil
Aprel — may — Genuya konferensiyasi.
28-oktabr — Italiyada fashistlar diktaturasining o‘rnatilishi.
30-dekabr — SSSRning tashkil topishi.
1923-yil
8—9-iyun  — Bolgariyada fashistlar to‘ntarishining amalga oshirilishi.
13-sentabr — Ispaniyada davlat to‘ntarishi. Primo de Rivera harbiy-monarxik
diktaturasining o‘rnatilishi.
29-oktabr — Turkiya Respublikasining e’lon qilinishi.
8-noyabr — Myunxendagi «pivo isyoni». Gitlerning fashistlar diktaturasi o‘rna-
tishga urinishi.
1924-yil
2-yanvar — 1-fevral — Xitoyda Gomindan partiyasining tashkil topishi.
3-mart — Turkiyada xalifalikni bekor qilish to‘g‘risidagi qonunning qabul
qilinishi.
20-aprel — Turkiya Respublikasi konstitutsiyasining qabul qilinishi.
1924—1927-yillar — Xitoydagi birinchi inqilobiy fuqarolar urushi.
1925-yil
12-mart — Sun-Yatsenning vafot etishi.
26-aprel — feldmarshal Gindenburgning Germaniya Respublikasi prezident-
ligiga saylanishi.
1-iyul — Guanchjou hukumatining Xitoy Respublikasi milliy hukumatiga
aylantirilishi.
3-dekabr — Eron ta’sis majlisi tomonidan Kojarlar sulolasining ag‘darilishi va
Rizoshoh Pahlaviyning shoh deb e’lon qilinishi.
1926-yil
24-aprel — hujum qilmaslik va betaraflik to‘g‘risidagi sovet-german bitimining
tuzilishi.
1927-yil
12-aprel — Chan Kayshining aksilinqilobiy to‘ntarishi.
27-may — Buyuk Britaniya bilan SSSR o‘rtasida diplomatik munosabatlar-
ning to‘xtatilishi.
1-avgust — Xitoyda ikkinchi fuqarolar urushining boshlanishi.
1928-yil
Yanvar — qishloqqa «g‘alla»ning ortiqchasini tortib olish maqsadida favqulod-
da choralar siyosati o‘tkazilishining boshlanishi. Rossiyada kollektivlashtirishga
o‘tilishi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

349
2-aprel — yapon qo‘shinlarining Xitoydagi Shandun provinsiyasiga bostirib
kirishi.
1929-yil
3-oktabr — Buyuk Britaniya bilan SSSR o‘rtasida diplomatik munosabatlarning
tiklanishi.
24-oktabr — AQSHda birja tanazzuli. Jahon iqtisodiy inqirozining boshlanishi.
1930-yil
Yanvar — SSSRda «yalpi kollektivlashtirish» va «quloqlarni sinf sifatida tuga-
tish» boshlandi.
25-yanvar — Hindistonda Mustaqillik kunining e’lon qilinishi.
1931-yil
14-aprel — Ispaniyada monarxiyaning ag‘darilishi. Respublikaning e’lon qilinishi.
8-sentabr — yapon qo‘shinlarining Manjuriyaga bostirib kirishi.
7-dekabr — ishsizlarning Vashingtonga birinchi milliy yurishi.
9-dekabr — Ispaniyada respublika konstitutsiyasining qabul qilinishi.
1932-yil
9-mart — Manchjou-Go davlatining e’lon qilinishi.
29-noyabr — hujum qilmaslik haqida sovet – fransuz paktining imzolanishi.
1933-yil
30-yanvar — Gitlerning reyxskanslerlikka tayinlanishi. Germaniyada fashistik
diktatura o‘rnatilishi.
27-fevral — Berlinda fashistlar tomonidan reyxstag binosining yoqib yuborilishi.
27-mart — Yaponiyaning Millatlar Ligasidan chiqishi.
14-oktabr — Germaniyaning Millatlar Ligasidan chiqishi.
16-noyabr — SSSR bilan AQSH o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilishi.
1934-yil
19-may — Bolgariyada davlat to‘ntarishi va fashistik diktatura o‘rnatilishi.
25-iyul — Avstriyada fashistlar fitnasi.
2-avgust — Gitlerning «german xalqining fyureri va reyxkansleri» deb e’lon
qilinishi.
18-sentabr — SSSRning millatlar Ligasiga kirishi.
1935-yil
2-mart — Fors davlatiga yangi rasmiy nom  — Eron nomining berilishi.
31-avgust — AQSHda «Betaraflik haqida qonun»ning qabul qilinishi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

350
11-oktabr — Millatlar Ligasi tomonidan Efiopiyaga bostirib kirganligi uchun
Italiyaga iqtisodiy sanksiyalar qo‘llash haqida qaror qabul qilinishi.
13-dekabr — Misrda 1923-yilgi konstitutsiyaning tiklanishi.
1936-yil
7-mart — Germaniya qo‘shinlarining Reyn viloyatiga bostirib kirishi va
Germaniya tomonidan Lokarno bitimining buzilishi.
18-iyul — Ispaniyada 1936-yil iyuldan 1939-yil martgacha davom etgan fuqarolar
urushi boshlanishiga olib kelgan fashistlar isyonining boshlanishi.
26-avgust — Angliya va Misr o‘rtasida ittifoqchilik va ingliz istilochi qo‘shin-
larining Misrda qoldirilishi to‘g‘risidagi bitimning tuzilishi.
25-oktabr — «Berlin – Rim» ittifoqining rasmiylashtirilishi.
1937-yil
20-mart — Ispan respublikachi qo‘shinlari tomonidan Gvadalaxara ostonasida
isyonchi va interventlarning tor-mor keltirilishi.
Iyun — Qizil armiyada ommaviy terrorning boshlanishi.
7-iyul — Yaponiyaning Xitoyga bostirib kirishi va yapon-xitoy urushining
boshlanishi.
1937—1938-yillar — SSSRda ommaviy qatag‘on.
1938-yil
12-mart — Avstriyaning Germaniya qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi
(Avstriyaning «anshlyus» qilinishi).
29-iyul — 11-avgust — SSSR hududiga bostirib kirgan yapon qo‘shinlarining
Hasan ko‘lida tor-mor keltirilishi.
28-sentabr — Germaniyada harbiy safarbarlikning boshlanishi.
29—30-sentabr — Myunxen bitimining imzolanishi.
30-sentabr — Angliya va Germaniya o‘rtasida hujum qilmaslik va bahsli masa-
lalarni tinch yo‘lga solish to‘g‘risidagi deklaratsiyaning imzolanishi.
10-noyabr — Turkiya Respublikasi asoschisi va birinchi prezidenti Kamol
Otaturkning o‘limi. Ismet Inenyuning prezident qilib saylanishi.
6-dekabr — Fransiya va Germaniya o‘rtasida hujum qilmaslik va bahsli masa-
lalarni tinch yo‘lga solish to‘g‘risidagi deklaratsiyaning imzolanishi.
1939-yil
27-fevral — Angliya va Fransiya tomonidan Ispaniyadagi Franko fashistlar
hukumatining tan olinishi.
12-mart — Sovet – fin urushining tugashi.
15-mart — Germaniya qo‘shinlarining Chexiyani bosib olishi.
22-may — Yaponiyaning Germaniya va Italiya bitimiga qo‘shilishi («Po‘lat
bitim»).
11-may — 31-avgust — Yaponiyaning Xalxin-Golda Mongoliya Xalq Respublikasi
hududiga bostirib kirishi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

351
23-avgust — SSSR va Germaniya o‘rtasida hujum qilmaslik to‘g‘risidagi
bitimning 10 yilga imzolanishi.
1-sentabr — fashistlar Germaniyasining Polshaga bostirib kirishi.
3-sentabr — Fransiya va Angliyaning Germaniyaga urush e’lon qilishi.
17-sentabr — SSSR qo‘shinlarining Polsha hududiga kiritilishi.
22-sentabr — Brest — Litovskda Polshani tor-mor keltirish operatsiyasining
tugatilishi sharafiga sovet va nemis qo‘shinlarining qo‘shma paradi o‘tkazildi.
28-sentabr — SSSR va Germaniya o‘rtasida do‘stlik va chegaralar to‘g‘risida
shartnoma imzolandi.
30-noyabr — Sovet-fin urushining boshlanishi. 1940-yil 12-martgacha davom etdi.
13-dekabr — Millatlar Ligasi SSSRni agressiyachi davlat deb e’lon qilib, uni
Ligaga a’zolikdan chiqardi.
1940-yil
9-aprel — Germaniya qo‘shinlarining Daniya va Norvegiyaga bostirib kirishi.
19-may — Germaniya qo‘shinlarining Belgiyaga (28-mayda Belgiya armiyasi
taslim bo‘ldi) va Gollandiyaga (14-mayda Gollandiya armiyasi taslim bo‘ldi)
bostirib kirishi.
26-may — 3-iyun — Dyunkerkda ingliz va fransuz qo‘shinlarining evakuatsiya
qilinishi.
14-iyun — nemis-fashist qo‘shinlarining Parijni ishg‘ol qilishi.
1-iyul — 19-avgust — Italiya qo‘shinlarining Shimoliy Afrikadagi hujumi.
13-avgust — Germaniya aviatsiyasining Angliyaga ommaviy hujumlarni bosh-
lashi («Angliya uchun jang»).
16-sentabr — AQSHda umumiy harbiy majburiyat to‘g‘risidagi qonunning
qabul qilinishi.
27-sentabr — Berlinda Germaniya, Italiya va Yaponiya tomonidan fashist
davlatlari Uch tomonlama bitimining imzolanishi.
12-oktabr — fashist qo‘shinlarining Ruminiyaga bostirib kirishi.
28-oktabr — Italiyaning Gretsiyaga bostirib kirishi.
14—19-noyabr — Germaniya aviatsiyasining Birmingem va Koventrini bombar-
dimon qilishi.
18-dekabr — Gitler tomonidan SSSRga qarshi urush to‘g‘risidagi 21-son direk-
tiva («Barbarossa rejasi»)ning imzolanishi.
1941-yil
11-mart — AQSH kongressi tomonidan «Qurol-yarog‘ni qarzga yoki ijaraga
berish (lend-liz) to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi.
5-aprel — Germaniya va ittifoqchilari qo‘shinlarining Yugoslaviya va Gretsiya-
ga bostirib kirishi.
13-aprel — Yaponiyaning SSSR bilan o‘zaro betaraflik to‘g‘risidagi bitimni
imzolashi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

352
22-iyun — Germaniyaning SSSRga hujum qilishi. 1905—1918-yillarda tug‘ilgan
harbiy xizmatga majburlarni safarbar qilishning boshlanishi.
12-iyul — SSSR va Buyuk Britaniya o‘rtasida Germaniyaga qarshi birga harakat
qilish to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi.
29-sentabr — 1-oktabr — SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya vakillarining
Moskvadagi konferensiyasi.
7-noyabr — AQSH prezidentining SSSRga lend-liz bo‘yicha harbiy va moddiy
yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi deklaratsiyasi.
6-dekabr — Angliyaning Finlandiya, Vengriya va Ruminiyaga urush e’lon qilishi.
7-dekabr — Yapon flotining Pirl-Xarborga hujumi.
8-dekabr — Angliyaning Yaponiyaga urush e’lon qilishi.
11-dekabr — Germaniya, Italiya va Yaponiya tomonidan AQSH va Angliyaga
qarshi urushda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi.
1942-yil
1-yanvar — Vashingtonda 26 davlat tomonidan Uch tomonlama bitim davlat-
lari — Germaniya, Italiya va Yaponiyaga qarshi urushda hamkorlik qilish
to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi.
22-avgust — Braziliyaning Germaniya va Italiyaga urush e’lon qilishi.
23-oktabr — Angliya qo‘shinlarining Al-Alamayn (Misr) ostonasida hujumga
o‘tishi.
8-noyabr — Angliya-Amerika qo‘shinlarining Shimoliy Afrika portlariga tushirilishi.
1943-yil
10-yanvar — Stalingrad ostonasida Paulyus qo‘mondonligidagi qo‘shinlar
guruhining qurshovga va asirga olinishi.
13-yanvar — Germaniyada yalpi safarbarlikning e’lon qilinishi.
17-iyul — fevral — Stalingrad jangi. Ikkinchi jahon urushida hal qiluvchi
burilishning yasalishi.
24—28-iyul — Italiyada fashist hukumatining ag‘darilishi va Mussolinining
hibsga olinishi.
8-sentabr — Italiyaning taslim bo‘lishi.
13-sentabr — Italiya (Badolo hukumati)ning Germaniyaga urush e’lon qilishi.
19—30-oktabr — SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlarining
Moskvadagi konferensiyasi.
28-noyabr — 1-dekabr — SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya hukumat
rahbarlarining Tehron konferensiyasi.
1944-yil
26-mart — sovet qo‘shinlarining Prut daryosi bo‘ylab SSSR davlat chegarasiga
chiqishi.
4-iyun — ittifoqchilar qo‘shinlarining Rimga kirishi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

353
6-iyun — ittifoqchilar qo‘shinlarining Fransiyaga tushirilishi. Ikkinchi frontning
ochilishi.
19-oktabr — Germaniyada 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan aholiga harbiy
safarbarlikning e’lon qilinishi.
1945-yil
4—11-fevral — SSSR, Buyuk Britaniya va AQSH hukumat rahbarlarining Qrim
(Yalta) konferensiyasi.
23-fevral — Turkiyaning Germaniya va Yaponiyaga urush e’lon qilishi.
1-aprel — 21-iyun — Amerika qo‘shinlarining Okinava orolini egallashi.
16-aprel — 8-may — Berlin uchun jang.
25-aprel — sovet va amerika qo‘shinlarining Torgau (Elba bo‘yidagi) shahri
yaqinida uchrashuvi.
30-aprel — Gitlerning o‘z joniga qasd qilishi.
2-may — vermaxt Berlin gruppirovkasining tor-mor qilinishi.
8-may — Karlsxortda Germaniya qurolli kuchlarining so‘zsiz taslim bo‘lishi
to‘g‘risidagi hujjatning imzolanishi.
9-may — fashistlar Germaniyasi ustidan g‘alaba qozonilgan kun.
15-may — Yaponiya hukumati tomonidan Gitler Germaniyasi bilan tuzilgan
bitimlarning bekor qilinishi.
24-may — AQSH prezidenti Trumen tomonidan Yaponiyaga qarshi atom
bombasini jangovar ravishda qo‘llash to‘g‘risidagi buyruqning imzolanishi.
16-iyun — AQSHda atom bombasining sinov sifatida portlatilishi.
26-iyun — San-Fransiskodagi konferensiyada BMT Nizomining imzolanishi.
17-iyul — urush tugaganidan so‘ng demobilizatsiya qilingan askarlarning
birinchi esheloni Toshkentga keldi.
17-iyul — 2-avgust — uch davlat — SSSR, Buyuk Britaniya va AQSH rahbar-
larining Potsdam konferensiyasi.
8-avgust — AQSH, Angliya va Fransiya hukumatlari tomonidan Yevropa
mamlakatlarining bosh harbiy jinoyatchilarini sud qilish uchun Xalqaro harbiy
tribunalni ta’sis etish to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi.
9-avgust — SSSRning Yaponiyaga qarshi urushga kirishi.
21-avgust — AQSHning lend-liz bo‘yicha qurol-yarog‘ yetkazib berishni
to‘xtatishi.
2-sentabr — Yaponiya vakillari tomonidan Tokioda yapon qurolli kuchlarining
so‘zsiz taslim bo‘lishi to‘g‘risidagi hujjatning imzolanishi.
3-sentabr — Ikkinchi jahon urushining tugashi.
24-oktabr — BMT Nizomining kuchga kirishi. Bu kun Birlashgan Millatlar
Tashkiloti tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi.
1946-yil
1945-yil 20-noyabr — 1946-yil 1-oktabr — Asosiy harbiy jinoyatchilar ustidan
Nyurenberg jarayoni.
10-yanvar — Londonda BMT Bosh Assambleyasining birinchi sessiyasi ochildi.
31-yanvar  — Yugoslaviyada federatsiya tarkibida oltita mustaqil respublika
tashkil etildi (Serbiya, Chernogoriya, Xorvatiya, Sloveniya, Bosniya va Gerse-
govina, Makedoniya).
23 — Jahon tarixi
www.ziyouz.com kutubxonasi

354
5-mart — Fultonda U. Cherchillning «sovuq urush» boshlanishiga sabab bo‘lgan
chiqishi.
27-aprel — Tokioda Ikkinchi jahon urushi yillaridagi asosiy jinoyatchilar ustidan
sud jarayoni boshlandi. 1948-yil 12-noyabrgacha davom etdi.
2-dekabr — Germaniyaning Bizonda okkupatsiya qilingan zonalarini 1947-yil
1-yanvardan qo‘shib yuborish haqidagi ingliz-amerika bitimi.
11-dekabr — BMTning bolalarga yordam berish jamg‘armasi (YUNISEF)
tashkil topdi.
1947-yil
10-fevral — Parijda Ikkinchi jahon urushidagi g‘olib davlatlar o‘rtasida va
Germaniyaning sobiq ittifoqchilari  — Italiya, Ruminiya, Vengriya va Finlandiya
bilan tinchlik shartnomasining imzolanishi.
12-mart — AQSHda Trumen doktrinasining e’lon qilinishi.
5-iyun — AQSH davlat kotibi J. Marshall Garvard universitetida so‘zlagan
nutqida Amerika iqtisodiy yordami (Marshall rejasi) ko‘rsatish orqali Yevropani
tiklash va rivojlantirish dasturini bayon qildi.
15-avgust — Mustaqillikning e’lon qilinishi va Hindistonning bo‘linishi
(Pokistonning tashkil topishi). J. Neru Hindiston Bosh vaziri lavozimini egalladi.
18-sentabr — AQSHda Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB)ning tashkil
topishi.
1948-yil
20-yanvar — Hindistonda Maxatma Gandini ekstremist-hind suiqasd qilib
o‘ldirdi.
20-iyul — Li Sin Man Janubiy Koreya Prezidenti etib saylandi.
2-aprel — AQSH kongressi tomonidan «Marshall rejasi»ning qabul qilinishi.
14-may — Isroil mustaqil davlati tashkil topganligining e’lon qilinishi.
14-iyun — E. Beneshning iste’foga chiqishi. K. Gotvald Chexoslovakiya
prezidenti etib saylandi.
2-oktabr — AQSH prezidentlik saylovlarida G. Trumenning g‘alabasi.
10-dekabr — BMT Bosh Assambleyasi Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasini qabul qildi.
1949-yil
25-yanvar — O‘zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (O‘IYOK)ning tashkil
topishi.
4-aprel — Vashingtonda Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Niderlan-
diya, Lyuksemburg, Kanada, Daniya, Islandiya, Norvegiya, Portugaliyadan iborat
Shimoliy Atlantika pakti (NATO) tashkil topdi.
8-may — GFR Konstitutsiyasining qabul qilinishi. GFRning tashkil topishi.
25-sentabr — SSSRda birinchi marta atom bombasi sinab ko‘rildi.
1-oktabr — Xitoy Xalq Respublikasi e’lon qilindi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

355
1950-yil
26-yanvar — Hindiston Respublikasi e’lon qilindi.
25-iyun — KXDR hududiga Janubiy Koreya qo‘shinlarining hujumi. Koreyada
urush boshlanishi.
1951-yil
1-sentabr — San-Fransiskoda AQSH va Yaponiya o‘rtasida Xavfsizlik bo‘yicha
Tinch okean paktining imzolanishi. Yaponiyadan AQSH qo‘shinlari olib chiqib
ketildi.
1952-yil
18-fevral — Gretsiya va Turkiyaning NATOga qo‘shilishi.
26-fevral — Buyuk Britaniya atom bombasi yaratganligini e’lon qildi.
4-noyabr — AQSH prezidentlik saylovlarida D. Eyzenxauer g‘alabasi.
1953-yil
5-mart — I. V. Stalin o‘limi.
18-iyun — Misrning respublika deb e’lon qilinishi.
19-iyun — AQSHda atom bombasini yaratish sirlarini SSSRga sotganlikda
ayblangan er-xotin Yulius va Emel Rozenberglar qatl qilindi.
20-avgust — SSSRda vodorod bombasi sinovi o‘tkazildi.
1954-yil
21-iyul — Jeneva bitimiga muvofiq Vetnam 17-parallel bo‘yicha bo‘lindi.
8-sentabr — Manilada Janubi-Sharqiy Osiyo (SEATO) mudofaasi to‘g‘risidagi
Shartnoma imzolandi.
1955-yil
9-may — G‘arbiy Germaniya NATOga qabul qilindi.
14-may — Yevropadagi sotsialistik mamlakatlar o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik
va o‘zaro yordam to‘g‘risida Shartnoma (Varshava shartnomasi) imzolandi.
1956-yil
25-fevral  — N. S. Xrushyov shaxsga sig‘inish va uning oqibatlari to‘g‘risida
ma’ruza qildi.
23-mart — Pokiston Islom Respublikasi e’lon qilinishi.
24-iyun — polkovnik Jamol Abdul Nosir Misr Prezidenti etib saylandi.
19-oktabr — Diplomatik munosabatlarni tiklash to‘g‘risida sovet-yapon

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling