Jahon tarixi va arxeologiya
Download 2.56 Mb.
|
Arxeologiya asoslari fanidan ( O\'quv-majmua )
- Bu sahifa navigatsiya:
- JAHON TARIXI VA ARXEOLOGIYA”
Ibtidoiy jamiyat tarixi fanidan baholash mezonlari 1.1. Amaliy mashg’ulotda qatnashib, uning topshiriqlarini to’la sifatli bajargan talabaga 0,7-1,6 ball beriladi, agar to’la bo’lmasa bajarish darajasiga qarab 0,1-0,6 ballgacha beriladi. 1.2. Amaliy ishlari bo’yicha berilgan talabalar mustaqil ishlarning bajarilishi hajmi va sifatiga qarab 0,8 dan 1,5 ballgacha berilishi mumkin (topshiriqlar to’liq va sifatli, ijodiy tarzda bajarilgan 1,4-1,5 ball, sifatli va me’yor talablari darajasida 1,1-1,3 ball, o’rta darajada – 0,8-1 ball). 2.1. Oraliq baholash yozma tarzda o’tkazilib, unda 3 ta savolga javob berishi so’raladi. Har bir savolga 5 ballgacha baholanadi. agar savol mohiyati to’la ochilgan bo’lsa, javoblari to’liq va aniq hamda ijodiy fikrlar bo’lsa 4,6-5 ball; savolning mohiyati umumiy ochilgan asosiy faktlar to’g’ri bayon etilgan bo’lsa 4,1-4,5 ball; savolga umumiy tarzda javob berilgan, ammo ayrim kamchiliklari bo’lsa 3,6-4 ball; savolga umumiy javob berilgan, ammo ayrim faktlar to’liq yoritilmagan bo’lsa 3,1-3,5 ball; savolga javob berishga harakat qilingan, ammo chalkashliklar bo’lsa 2,6-3 ball 2.2 Talabaning mustaqil ishi berilgan mavzu bo’yicha referat tayyorlanadi: Odamning paydo bo’lishi va antropogenez jarayoni referatda mavzu to’liq ochilgan to’g’ri xulosa chiqarilgan va ijodiy fikrlari bo’lsa 5 ball; mavzu mohiyati ochilgan, faqat xulosasi bor bo’lsa 4,3-5 ball; mavzu mohiyati yoritilgan, ammo arzimas kamchiligi bo’lsa 3,5-4,2 ball beriladi; mavzu mohiyati yoritilgan, ammo ayrim kamchiligi bor bo’lsa 2,6-3,4 ball beriladi. 3.1. Yakuniy baholashda talaba 3 ta savolga yozma yoki 30 ta test savoliga javob berishi lozim: har bir yozma savolga 5 ball ajratiladi; agar savol mohiati to’la ochilgan bo’lib, mavzu bo’yicha talabaning tanqidiy nuqtai nazari bayon qilingan bo’lsa 4,5-5 ball; savolning mohiyati to’la ochilgan asosiy faktlar to’g’ri bayon qilingan bo’lsa 4,1-4,4 ball; savolga to’g’ri javob berilgan bo’lsa, lekin ayrim kamchiliklari bor bo’lsa 3,1-4 ball berilgan savolga javoblar umumiy va kamchiliklar ko’proq bo’lsa 2,6 -3 ball beriladi. test savolining har biri 0,5 ballik tizimida baholanadi. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI “JAHON TARIXI VA ARXEOLOGIYA” KAFEDRASI FANIDAN Muqaddima Tarixni yoritishda va o'rganishda arxeologlar olib borgan tadqiqot ishlarining ahamiyati juda kattadir. So'nggi yillar ichida jahonning, jumladan O'rta Osiyoning turli hududlarida ko'plab arxeologik kashfiyotlar qilinib, muhim ma'lumotlar to'plandi. Olimlar tomonidan topib tekshirilgan bu yangi ashyolar eng qadimgi va o'rta asrlar tarixi haqidagi bilimlarni kengaytiradi. Mazkur manba va ashyolar jahon tarixining qadimgi davr siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlari haqida to'laroq tasavvurlar hosil qilish imkonini beradi. Jahonda ibtidoiy odamlar tarqalishi jarayonidan boshlab, xalqlarning tarixida turli xil murakkab voqealar sodir bo'lgan. Ular ibtidoiy to'da davri, ibtidoiy xo'jaliklari va mehnat qurollari, urug'chilik tuzumining vujudga kelishi, xo'jalikning ishlab chiqarish shakllariga o'tilishi, binokorlik va hunarmandchilikning rivojlanishi, ishlab chiqarishda metallning ishlatila boshlanishi, ilk shaharlar va davlatlarning tashkil topishi, antik davri, o'rta asrlar me'morchiligi va moddiy madaniyatining rivojlanishi bilan birga boshqa ko'pdan-ko'p voqealar bilan bog'liq. Talabalar qadimgi tarixni o'rganishda qimmatli arxeologik manbalarga e'tibor berishlari lozim. Jahonda tekshirilgan barcha turdagi arxeologik yodgorliklar va ularda topilgan moddiy manbalar, insoniyat toshdan yasagan oddiy qo'pol cho'qmordan boshlab, uzluksiz mehnat natijasida yuksak madaniyat darajasiga yetib kelishining asosiy qonuniyatlarini ochib beradilar. Ushbu kursning asosiy maqsadi - tariximizning muhim voqealarini o'rganishda arxeologik manbalarni ahamiyatini ko'satish, jahon, jumladan O'rta Osiyo, shuningdek O'zbekiston hududida yashab o'tgan ibtidoiy odamlar, qadimgi qabilalar va xalqlarning tarixini va madaniy taraqqiyotidagi o'ziga xos tomonlari va xususiyatlarini ko'rsatib berishdir. Download 2.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling