«jahon tarixi va manbashunoslik»
Download 0.7 Mb.
|
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011
Damariq — Andijon viloyati Xo`jaobod tumanidagi Xo`jaobod qishlog`iga qarashli «O`zbekiston» nomli jamoa xo`jaligi hududida joylashgan. Avvallari bu ariqni «YOmonyor» deb atashardi. Bu ariq asli o`sh soyidan bosh olardi, deb hikoya qiladi shu qishloqlik Turdiboy ota Usmonov. Biz bolalik davrimizda Xo`jaobod qishlog`ini va uning erlarini shu ariq sug`orardi. Bahor oyi yoki olma gullagan paytda bu qishloq ahlini vahima bosardi, chunki o`sh soyi toshib ariq boshini oqizib ketardi yoki SHahrixon soyiga qo`shib yuborardi. Natijada Xo`jaobod, Buloqboshi, Qoratayit qishloqlari suvsiz qolardi, hatto ichishga suv topilmas edi.
Suvsizlik azobidan qutulish maqsadida shu qishloq oqsoqollari Abdusamad ota Boymatov, mulla Sobirjon YUsupov, Mavlon ota, Mamaroziq otalar boshchiligida to`g`onni qayta qurish uchun hashar uyushtirilar edi. Hashar boshlashdan avval bu ishga kimlarni jalb qilish, qaysi xonandondan nechta odam ishtirok etishi mumkinligi belgilab olinardi. SO`ng Xo`jaobod volost’ boshlig`iga xabar qilinardi. Hasharda deyarli kambag`al dehqonlar ishtirok etardilar, ammo suvning ko`pidan boylar foydalanardilar. To`g`onni bir yil ichida bir necha marta suv buzib ketardi. Har safar to`g`onni qayta tiklash uchun kambag`al dehqonlar o`z-O`zlaridan to`g`on qurish uchun asosiy material hisoblangan shox-shabba, yog`och, xashak pichan, poxol kabi qurilish materiallari olib borishar edi. Volost’ rahbarlari quruvchilarga hech qanday yordam bermas edilar. To`g`on qurilishiga yordam bera olmagan, ilojsiz kambag`al dehqonlarni urishar edilar. Asrimizning 20- yillariga qadar bu «YOmon yor» deb nom olgan joydan suv olish juda ham yomon, og`ir edi. SHuning uchun odamlar bu joyni YOmon yor, suv soydan juda damlanib chiqqanligi sababli ariqqa Dam arig`i deb nom bergan, deb hikoya qilishadi keksa otaxonlarimiz. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling