«jahon tarixi va manbashunoslik»


Download 0.7 Mb.
bet96/122
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#264337
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   122
Bog'liq
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011

CHuvalachi — Farg`ona viloyati Bag`dod tumanidagi qishloq. Toshkent shahridagi ko`cha nomi. Tojikcha «katta qop» ma`nosidagi juvol so`zidan kelib chiqqan, degan fikr bor.

Dilkushod — Andijon viloyati Xo`jaobod tumanidagi qishloq. Hozirgi Dilkushod davlat xo`jaligi hududida joylashgan Dilkushod qishlog`ining o`rni avval, ya`ni XVI — XVII asrlarda katta karvonsaroy bo`lgan ekan. Xitoyga Arabistondan ketayotgan savdogarlar shu karvonsaroyda tunab o`tar ekanlar. Xullas, Dilkushod katta savdo yo`lida joylashgan ekan. Dilkushod nomi qaerdan kelib chiqqanligi haqida rivoyatlardan birida shunday deyiladi: Andijon hokimi Zahiriddin Muhammad Bobur tez-tez Ush shahriga borib turar ekan. Doim yo`lda shu Dilkushod qishlog`ida to`xtab dam olar ekan. Bobur Dilkushodda qo`nganda qishloqni tomosha qilar, undagi go`zal tabiat manzarasidan ilhomlanib she`r yozar ekan. Dillarni shod etuvchi so`lim dam olish joyi ekanligidan mamnun bo`lib, qishloq nomini «Dilkushod» bo`lsin degan ekan. Dilkushod qishlog`ining qadimiyligi yana shundaki, u erda er haydayotgan paytda bir xumcha chiqqan. Xumchaning ichidan XVI — XVII asrga oid taygalar, oltin buyumlar topilgan. SHu narsalar bu qishloqning qadimiy ekanligini isbot qiladi. Qishloq tog` bag`rida bo`lganligi, manzarasi, iqlimi va bahavoligi bilan darhaqiqat dilni shod etadi.

Bag`dod — Farg`ona viloyatidagi tumanlardan biri. Viloyat markazidan 10 kilometr narida joylashgan. Bag`dod nomining etimologiyasi qadimiy tarixga ega. Ma`lumki, Iroq davlatining markazi hisoblangan Bag`dod XII asrdayoq madaniyati gullagan shahar bo`lgan. Bag`dod — xudo bergan joy ma`nosidadir deb ta`kidlaydi filologiya fanlari nomzodi Haydarali Uzoqov.

Mavzuga oid tayanch so`z va iboralar:

Toponomika Mikro toponomika

Mikrobika Ob`ekt

Nom Eksplikatsiya

Etnografiya Etimologik

Semantik
Mavzu yuzasidan nazorat savollari.



  1. Toponomik tushunchasi va uni moxiyati nimadan iborat?

  2. O`lkashunoslikda toponomikaning roli qanday?

  3. Xozirgi vaqtda toponomikaning yutuqlari nimalardan iborat?

  4. Nomsiz ob`ekt toponim bo`la oladimi?

  5. Toponomikani o`rganish qanday axamiyatga ega.

  6. YAshash joylarini toponim joylarning nomini ma`nosini bilasizmi?

  7. Toponimik materiallar yigishda qaysi fanlar muhim rol o`ynaydi?

  8. O`rta Osiyo toponimlarini o`rganilishi tarixi xaqida ma`lumot bering.

  9. Toponimikani o`rganish qanday jatumanlarni o`z ichiga oladi?

  10. Tarix va geografiya o`qituvchilari toponimikani o`rganishda nimalarga e`tibor berishlari kerak?

  11. Marg`ilon shaxri toponimikasi xaqida nimalarni bilasiz?

  12. Farg`ona shaxri toponimikasi xaqida nimalarni bilasiz?

  13. Qo`qon shaxri toponimikasi xaqida nimalarni bilasiz?

  14. O`zbek urug`lari nomlari bilan ataladigan joylarni aniqlang.

  15. Oqtepa termini qaysi so`z bilan bevosita aloqador?

  16. O`ingiz yashayotgan qishloq yoki tuman xududidagi toponimik nomlar xaqida ma`lumot bering.

  17. Farg`ona vodiysidagi joy nomlari bilan bog`liq bo`lgan axoli punktlariga misollar keltirin.

  18. Mikrotoponimika deganda nimani tushunasiz?



Foydalinilgan adabiyotlar:

  1. Karimov I. A. «Vatan sajdagox kabi muqaddasdir». Toshkent. «O`zbekiston» 1996 yil.

  2. A.Nabiev. “Tarixiy o`lkashunoslik ” T. 1979 yil.

  3. S.Koriev «geografik nomlar ma`nosini bilasizmi?» Toshkent. 1970 yil.

  4. Z.CHoriev. “Tarix atamalarining tushunchasi” izoli lug`at. Toshkent. 1999 yil.



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling