Jahon tarixi
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
ikkiga bo‘lingan bo‘lsa, Xitoy rahbarlari «Uchinchi dunyo nazariyasi»ga
katta e’tibor bilan qaray boshladilar. Uchinchi dunyo deyilganda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining mustaqillikdan so‘ng rivojlanayotgan davlatlari tushunilar edi. XXR rahbariyati ana shu dunyoning liderligiga da’vo qilib chiqdi. SSSR — Xitoy munosabatlaridagi keskinlik tobora chuqurlashib bordi. Oxir-oqibatda bu 1969-yilda sovet — xitoy chegarasida qurolli to‘qnashuvga olib keldi. AQSH esa Vetnamda olib borayotgan urushning istiqbolsizligini anglab yetdi. Bu omillar SSSR va AQSHni o‘zaro munosabatlardagi keskinlikni yumshatishga majbur etdi. Bu xalqaro keskinlikning yumshashi uchun asosiy omil bo‘ldi. Ikkinchidan, xalqaro keskinlikning yumshashida GFRning o‘sha davrdagi rahbari V. Brandtning xalqaro voqealarni ziyraklik bilan baholay Qo‘shilmaslik harakati Xalqaro keskinlikning yumshashi (1969—1979-yillar) 151 olishi ham katta rol o‘ynadi. U xalqaro hayotdagi mavjud reallikni to‘g‘ri baholay oldi. Chunonchi, u SSSRni harbiy kuch bilan mag‘lubiyatga uchratishning imkoni yo‘qligini, NATOning bunga qodir emasligini to‘g‘ri baholadi. Bundan tashqari, Yevropa yadro va oddiy qurollarning ulkan omborxonasiga aylangan edi. Bu omborxona istalgan paytda portlashi mum- kin edi. Shunday sharoitda V. Brandt hukumati SSSR va uning ittifoqchi- lari bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatishga qaror qildi. Xalqaro keskinlikning yumshashi nimalarda o‘z ifodasini topgan? 1969-yilda SSSR bilan AQSH o‘rtasida strategik qurollarni cheklash haqida muzokaralar boshlandi. 1970-yilda yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Unga 100 dan ortiq davlat qo‘shildi. 1970-yil 12-avgustda SSSR — GFR, GFR — Chexoslovakiya, Polsha — GFR o‘rtasida imzolangan shartnomalar Yevropada tinchlikni mustah- kamlash ishiga beqiyos katta hissa qo‘shdi. Shartnomaga ko‘ra, GFR Ikkinchi jahon urushi natijasida Yevropada tarkib topgan chegaralarning buzilmasligini tan oldi. Ayni paytda GFR va GDR o‘rtasida o‘zaro muno- sabatlar asosi haqidagi shartnoma ham imzolandi. Bu bilan har ikki nemis davlati bir-birini tan oldilar. 1972—1974-yillarda oliy darajada o‘tkazilgan sovet-amerika muzokaralari natijasida SSSR va AQSH o‘rtasida yadro qurolini tarqatmaslik, yadro quroli sinovlarini to‘xtatish to‘g‘risida shartnoma va strategik qurollarni cheklash to‘g‘risida muvaqqat bitim (SQCH-1) imzo- landi. Xalqaro munosabatlardagi bunday o‘zgarishlar Yevropa qit’asida xavfsizlik va davlatlararo hamkorlik uchun qulay sharoit yaratdi. 1975-yilning 30- iyul — 1-avgust kunlari Xelsinki (Finlyandiya) shahrida 35 davlat (shu jumladan, AQSH va Kanada) rahbarlari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha kengash o‘tkazdilar. 1-avgust kuni kengashning Yakunlovchi akti imzolandi. Uni imzolagan 35 davlat rahbarlari o‘z davlatlari tashqi siyosatda quyidagi tamoyillarga amal qilishini tan oldilar: — davlatlarning suveren tengligi, huquqlarni va o‘zgalar suverenitetini hurmat qilish; — kuch ishlatmaslik va kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik; — chegaralar buzilmasligi; — davlatlarning hududiy birligi; — nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish; — ichki ishlarga aralashmaslik; — inson huquqlarini va asosiy erkinliklarini hurmatlash; — teng huquqlilik va xalqlarning o‘z taqdirini o‘zlari hal etishi; — davlatlararo hamkorlik; — xalqaro huquqlar bo‘yicha majburiyatlarni vijdonan bajarish. 1979-yilda SQCH-2 shartnomasi imzolandi. Biroq yuqorida qayd etilganlardan xalqaro keskinlikning yumshashi yillarida xalqaro hayot faqat silliq yo‘ldan ketgan ekan-da, degan xulosa chiqmasligi zarur. Bu yillar 152 (70-yillar) da ham dunyo mintaqaviy siyosiy mojarolardan, urushlardan xoli bo‘lmagan. 1971-yilda Hindiston — Pokiston davlatlari o‘rta- sida yana urush boshlandi. Bunga Pokistonda boshlangan bo‘linish jarayoni bahona bo‘ldi. Pokiston G‘arbiy va Sharqiy qismlarga bo‘linar edi. Ularni Hindiston hududi ajratib turardi. Sharqiy Pokistonda aholi ko‘p bo‘lsa-da, uni G‘arbiy Pokiston vakili boshqarar edi. Bu hodisa keskin norozilik keltirib chiqardi. Sharqiy Pokiston keng muxtoriyat talab eta boshladi. Biroq hukumat bunga rozi bo‘lmadi. Natijada Sharqiy Pokistonda separatchilar harakati kuchaydi. Hindiston separatchilarga yordam uchun o‘z armiyasini yubordi. Buning oqibatida Sharqiy Pokiston ajralib chiqdi va u yerda mustaqil Bangladesh davlati tashkil etildi. Bu urushda SSSR Hindistonni qo‘llab-quvvatladi. 1973-yilning oktabr oyida navbatdagi arab-isroil urushi yuz berdi. Uni Isroilning Yaqin Sharq muammosini tinch yo‘l bilan hal etishni istamasligi, arablarning esa 1967- yilgi mag‘lubiyat uchun qasos olishga intilishlari keltirib chiqardi. Urush Misr armiyasining Isroilga to‘satdan hujum qilishi bilan boshlandi. Birinchi bor arab quroli Isroilga zarba bera boshladi. Biroq Isroil tez orada o‘zini o‘nglab oldi. Misr va Suriya armiyasini chekinishga majbur etib, Qohira va Damashq shaharlariga bevosita tahdid sola boshladi. BMT Xavfsizlik Kengashining qat’iy talabi bilan urush harakatlari to‘xtatildi. Urush arab davlatlari harbiy qudratining o‘sganligini namoyish etdi. Ayni paytda Yaqin Sharq muammosini kuch bilan hal etish mumkin emasligini ham isbotladi. AQSHning faol aralashuvi bilan Yaqin Sharq muammosini ikki tomonlama shartnomalar imzolash orqali hal etishga kirishildi. Xususan, 1975-yilda Sinay yarim orolida Isroil va Misr qo‘shinlarini ajratish to‘g‘risida shartnoma, 1978-yilda esa bu ikki davlat o‘rtasida Kemp-Devid shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra, Misr va Isroil o‘rtasidagi urush holati barham topdi. Isroil bosib olgan Misr yerlarini qaytarib berdi. 1979-yilda Misr—Isroil tinchlik shartnomasi ham imzolandi. Biroq Yaqin Sharq muammosining asosiy ma- salalari — Isroil bosib olgan arab davlatlari hududlarini qaytarib berish va Falastin arab davlatini tuzish hal etilmadi. 70-yillardan boshlab Amerika — Xitoy yaqinlashuvi boshlandi. Chunonchi, 1971-yilda AQSH Prezi- dentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi G. Kissinjer maxfiy ravishda Pekinda qabul qilindi. 1972-yilda esa AQSH Prezidenti R. Nikson Xitoyga rasmiy safar bilan bordi. Bu xalqaro siyosiy hayotning eng shov-shuvli voqeasi bo‘ldi. AQSH — Xitoy munosabatlarining yaxshilanish jarayoni boshlandi. 1979- yilda bu ikki davlat o‘rtasida elchilar darajasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi. AQSH—Xitoy munosabatlarining yaxshilana borishi SSSRni tashvishga solib qo‘ydi. Buning ustiga Janubi-Sharqiy Osiyoda sovet-xitoy munosa- Arab — Isroil urushi Xitoy xalqaro munosabatlarda Hindiston — Pokiston urushi 153 batlari keskinlashib bordi. Bunga Vetnam Sotsialistik Respublikasi (VSR) rahbariyatining SSSR tarafida turishi, VSRning 1979-yilning yanvar oyida Kambojadagi xitoyparast «Qizil kxmerlar» hukumatini ag‘darib tashlashi sa- bab bo‘ldi. Xitoy VSRga qarshi harbiy harakat boshladi. SSSR, do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaga ko‘ra, VSRni qo‘llab-quvvatladi. Tez orada Xitoy urush harakatlarini to‘xtatdi va qo‘shinlarini Vetnamdan olib chiqib ketdi. 70-yillarning oxiridan boshlab xalqaro munosabat- larda yana keskinlik davri boshlandi. Xo‘sh, bu- ning sababi nimalardan iborat bo‘lgan edi? 70- yillarda dunyoning turli nuqtalarida shunday voqealar yuz berdiki, ayrim siyosatchilar ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri SSSRning g‘alabasi, AQSHning esa mag‘lubiyati, deb baho berdilar. Chunonchi, 1974-yilda Efiopiyada (Afrika qit’asida) monarxiya ag‘darildi. Hokimiyat tepasiga marksizm-leninizm ta’limotiga amal qiluvchi siyosiy guruh keldi. Bu guruh Efiopiyada sotsializm qurishni o‘zining maqsadi, deb e’lon qildi. 1975-yilda Portugaliya mus- tamlakachilik imperiyasi quladi. Natijada kechagi mustamlakalar bo‘lmish Angola va Mozambikda inqilobiy-demokratik hokimiyat o‘rnatildi. Ular, birinchi navbatda, SSSRga tayana boshladilar. 1978-yilda SSSRning ara- lashuvi bilan Afg‘onistonda davlat to‘ntarishi o‘tkazildi. Uning tashkilotchilari bu voqeani «inqilob» deb atadilar va maqsadlari SSSR nusxasidagi sotsializm qurish ekanligini ma’lum qildilar. 1979-yilda Nikaraguada AQSHparast hukumat ag‘darildi. Xuddi shu yili Eronda AQSHning O‘rta Sharqdagi tayanchi — shoh hokimiyati ag‘darildi. AQSH hukmron doiralari bu voqea- larga AQSHning mag‘lubiyati deb qaradilar. O‘ta o‘ng kuchlar esa bu voqealar hukumat noqobilligining va Moskva aralashuvining oqibati, deb jar soldilar. Tabiiyki, bunday sharoitda xalqaro keskinlikning yumshashi bundan keyin ham davom etishi mumkin emas edi. Ikkinchidan, SSSR 70-yillarda o‘z tashqi siyosatida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Ularning eng asosiysi SSSRning Sharqiy Yevropadagi mavqeyini G‘arbga tan oldirish bo‘ldi. Bu hol, shubhasiz, SSSRning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yana mustahkamladi. Endi SSSR xalqaro miqyosda, o‘z xohishicha, Xelsinki Yakuniy akti talablari ruhiga zid ravishda harakat qila boshladi. Chunonchi, 70-yillarning ikkinchi yarmida o‘z ittifoqchilari bo‘lgan Sharqiy Yevropaning ba’zi davlatlari hudu- dida o‘rtacha olislikka uchadigan yangi tipdagi (SS-20) raketalarini joylashtirdi. (Bu raketalarning har biri bir vaqtda uchtadan yadro bombasini mo‘ljalga yetkazish imkoniga ega bo‘lgan.) Bundan maqsad — G‘arbiy Yevropa davlatlariga tazyiq o‘tkazish edi. SSSRning bu qadamini G‘arb davlatlari, birinchi navbatda, AQSH keskin qoraladi. 1979-yilning dekabr oyida NATO bu davlatlardan raketalarini olib chiqib ketishni SSSRdan talab qildi. Ayni paytda, bu talab bajarilma- sa, 1983-yilda G‘arbiy Yevropaning 5 davlati (Buyuk Britaniya, GFR, Belgiya, Gollandiya va Italiya) hududiga AQSHning o‘rtacha olislikka Xalqaro ahvolning qayta keskinlashuvi 154 uchadigan raketalari joylashtirilishini ham ma’lum qildi. Shu tariqa o‘rtacha olislikka uchadigan raketalar xususida keskin kurash boshlandi. Bu oxir- oqibatda Yevropada keskinlikning yumshashi jarayonini barbod qildi. 1979-yilning dekabr oyida Afg‘onistonga SSSR armiyasining kiritilishi xalqaro keskinlikni yanada kuchaytirib yubordi. SSSR armiyasi kiritilgach, Afg‘onistonda fuqarolar urushi yangi pallaga kirdi. BMT Bosh Assambleyasi SSSRdan Afg‘onistondagi armiyasini olib chiqib ketishini talab qildi. 1980- yilgi Moskva yozgi Olimpiada o‘yinlarini ko‘p davlatlar boykot qildilar. AQSH Senati SQCH-2 shartnomasini tasdiqlashni rad etdi. SSSRga g‘alla sotishni to‘xtatdi. AQSH keskinlikni yumshatish siyosatidan voz kechdi va qayta qurollanishni avj oldirdi. 1983-yilda AQSH prezidenti R. Reygan «Strategik mudofaa tashabbusi» rejasini ma’lum qildi. Bu reja raketaga qarshi qurolni qisman kosmosga joylashtirishni nazarda tutar edi. Bu reja amalga oshsa, raketadan mudofaa- ning mavjud tizimi butunlay yaroqsiz holga kelar edi. Bundan tashqari, 1983-yildan boshlab AQSH Yevropa davlatlari hududiga o‘z raketalarini joylashtirishni boshladi. Bu hol SSSRning strategik ahvolini nihoyatda murakkablashtirdi. Chunki AQSHning bu raketalari SSSR hududini ni- shonga olar edi. SSSRning Sharqiy Yevropa davlatlari hududiga joylashtirgan raketalari esa AQSH hududiga yetib bora olmas edi. SSSRning xalqaro obro‘siga katta putur yetdi. 1979-yildan boshlab Yaqin Sharqda tashabbusni AQSH o‘z qo‘liga oldi. Endi Yaqin Sharq muammosini SSSRning ishtirokisiz hal etishga kirishildi. Shunday qilib, xalqaro munosabatlar keskinlashib ketdi. Sovet davlati rahbariyati 80-yillarning ikkinchi yarmida qurollanish poygasining yangi bosqichiga mamlakat iqtisodiyoti bardosh bera olmasligini anglab yetdi. Shuning uchun SSSR rahbariyati tashqi siyosat yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. 1985-yilda SSSR rahbari M. S. Gorbachyov SSSRning kollektiv xavfsizlik tamoyillariga ta- rafdorligini va xalqlarning taraqqiyot yo‘lini tanlashda suveren huquqlarini hurmat qilishini e’lon qildi. Tashqi siyosatdagi bu o‘zgarish «yangi siyosiy tafakkur» iborasida o‘z ifodasini topdi. SSSR rahbariyati tezda gapdan amaliy ishga o‘tdi. 1985—1988-yillar oralig‘ida 4 marta oliy darajada sovet-amerika uchrashuvi o‘tkazildi. 1987-yilda SSSR va AQSH o‘rtasida o‘rtacha va qisqa olislikka uchadigan raketalarni tugatish to‘g‘risida shartnoma imzo- landi. 1989-yilda SSSR Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketdi. Shu yili M. S. Gorbachyovning Xitoyga safari uyushtirildi. Buning natija- sida sovet-xitoy munosabatlarini yaxshilashga asos solindi. SSSR tashqi siyosatida ro‘y berayotgan chuqur o‘zgarishlar 1989-yilda Sharqiy Yevropa (SSSR ittifoqchilari) davlatlarida ro‘y bergan inqiloblar tufayli jiddiy sinovdan o‘tdi. SSSR bu inqiloblarni bostirishga harakat qilmadi. Kechagi ittifoqchilar SSSR vasiyligidan qutuldilar. SSSR, hatto, 1990-yilning 3-oktabrida ikki SSSR tashqi siyosatidagi o‘zgarish 155 nemis davlatining birlashishiga ham to‘sqinlik qilmadi. Aksincha, Germaniya birlashgandan so‘ng 1990-yilning 9-noyabrida SSSR va GFR o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik, sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi. SSSR Sharqiy Yevropadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib keta boshladi. AQSH va uning ittifoqchilari 1991-yili Iroqning o‘zboshimchali- giga qarshi harbiy kuch ishlatganida SSSR o‘z ittifoqchisi Iroqni qo‘llab- quvvatlamadi. 1990-yilning noyabrida Parijda Yevropada oddiy qurol-yarog‘ va qurolli kuchlar sonini qisqartirish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashi qatnashchilari bo‘lgan davlatlar Yevropa uchun Parij Xartiyasini qabul qildilar. Unda davlatlararo munosa- batlarning Xelsinki tamoyillari tasdiqlandi. Shu tariqa «sovuq urush» barham topa bordi. 1991-yilda SSSRning qulashi bilan «sovuq urush» tugadi. Lekin AQSH — Rossiya ziddiyatlari davom etmoqda. XX asrdagi so‘nggi o‘n yillikning eng yirik voqeasi SSSRning qulashi bo‘ldi. 1991-yil 8-dekabrda Rossiya, Ukraina va Belorussiya rahbarlari Minsk shahridagi uchrashuvlarida SSSR tarqatib yubo- rilganligini e’lon qildilar. Buning sababi — aynan shu uch davlat 1922- yilning 30-dekabrida SSSRni tashkil etgan edilar. Ayni paytda bu uch davlat rahbarlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) ni tashkil etgan- liklarini ham ma’lum qildilar. Sobiq ittifoqdosh respublikalardan yana sakkiztasi, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi MDH haqidagi shartnomani imzoladilar. Dunyo hamjamiyati Rossiya Federatsiyasini sobiq SSSRning qonuniy vorisi, deb tan oldi. Rossiya Federatsiyasi sobiq SSSR imzolagan shartnomalarga rioya qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi. BMT va uning Xavfsizlik Kengashida SSSRning o‘rnini egalladi. SSSR tarqalib ketgach, uning yadro qurollari to‘rt davlat (Ukraina, Belorussiya, Rossiya va Qozog‘iston) hududida qoldi. Xalqaro hamjamiyat ularning yagona Rossiyada to‘planishi choralarini ko‘rdi va bunga erishdi. SSSRning qulashi jahondagi siyosiy vaziyatni tubdan o‘zgartirib yubordi. Dunyoning ikkiga bo‘linishi barham topdi. AQSH dunyoning yagona «o‘ta buyuk» davlati bo‘lib qoldi. AQSH prezidenti J. Bush o‘z xalqini «sovuq urush» da erishilgan g‘alaba bilan qizg‘in tabrikladi. 90-yillar xalqaro hayotda ko‘p millatli davlatlar- ning parchalanishi va milliy davlatlarning vujudga kelishi bilan ham ajralib turadi. Chunonchi, Chexoslovakiya va Yugoslaviya bo‘linib ketdi. Chexoslovakiya 1993-yilning 1-yanvarida Chexiya va Slovakiya davlatlariga ajraldi. Yugoslaviya bo‘lin- guniga qadar 6 respublikadan iborat edi. 1991-yil iyun oyida Xorvatiya, Sloveniya va Makedoniya o‘z mustaqil- ligini e’lon qildilar. 1992-yilning yanvar oyida Bosniya va Gersegovina ajralib chiqdi. Serbiya va Chernogoriya esa Yugoslaviya Ittifoqi (YuI) Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining tashkil etilishi Milliy davlatlarning vujudga kelishi 156 davlatini tuzdilar. Yugoslaviyaning parchalanish jarayoni yana davom etdi. Xususan, Chernogoriya YuI tarkibidan ajrab chiqdi. Kosovoda yashovchi albanlar esa mustaqil Kosovo davlati tuzilganligini e’lon qildilar. Yaqin Sharq muammosining asosiy masalasi — Falastin arab davlatini tashkil etish va Isroil bosib olgan arab yerlarini qonuniy egalariga qaytarib berish hamon hal etilmay kelinmoqda. Falastin arab davlatini tashkil etishga quyidagi uchta katta muammo g‘ov bo‘lib turibdi: — 1,5 mln dan ortiq arab qochoqlarini avvalgi yashash joylariga qaytarish; — Falastin davlatining poytaxti muammosi; — Falastinliklar Quddus shahrini o‘z davlatining poytaxti bo‘lishini istay- dilar. Isroil esa uni o‘z davlatining poytaxti, deb e’lon qilgan. Uzoq muzokaralardan so‘ng bu shaharni ikkiga bo‘lishga kelishildi, Isroildagi o‘ta o‘ng kuchlar va Falastinning ekstremist tashkilotlari shaharning bo‘lini- shiga aslo rozi bo‘lmayotirlar va bunday bo‘linishiga butun choralar bilan qarshilik ko‘rsatmoqdalar; — Isroildagi o‘ta o‘ng millatchi va Falastindagi ekstremistik kuchlarning barcha muammolarni kuch yordamida hal etishga urinayotganliklari. Ularning ikki tomonlama har qanday kelishuvga qarshiligi. Shu tariqa Yaqin Sharq muammosi hamon o‘z yechimini to‘la topganicha yo‘q. Lekin 2005- yilga kelib G‘azo sektoridan 8,5 ming yahudiylarning ko‘chib ketishi vaziyatni biroz iliqlashtirdi. Afg‘onistondagi turli etnik, siyosiy-diniy kuchlar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash uzoq davom etdi. 1996-yilda Afg‘onistonning katta qismida tolibonlar hokimiyati o‘rnatildi. Ular Afg‘onistonni islom davlatiga aylantirdilar. Toli- bonlarga qarshi kuchlar «Shimoliy alyans» (ittifoq)ga birlashdilar. Tolibon va Shimoliy alyans o‘rtasida qirg‘inbarot urushi olib borildi. Pokiston va Saudiya Arabistoni tolibonlar hokimiyatini tan oldilar va unga keng ko‘lamli yordam ko‘rsatdilar. Afg‘onistondagi holat nafaqat bu davlatning, balki uning qo‘shnilari, qolaversa, jahon hamjamiyatining muammosiga aylandi. Afg‘oniston hududi ayni paytda narkotik moddalar va qurol-yarog‘ kontrabandasi, diniy ekstre- mizm va fanatizm, terrorchilik o‘lkasi bo‘lib qoldi. Binobarin, Afg‘oniston muammosi yalpi xavfsizlikka ham jiddiy tahdid solayotgan muammoga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Afg‘oniston muammosini hal etishga doir qator takliflarni ilgari surdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov 1993-yildayoq BMT e’tiborini Afg‘oniston muammosiga qaratgan edi va, birinchi navbatda, muxolif kuchlarga qurol sotilishini taqiqlab qo‘yishni taklif etgandi. Afg‘oniston muammosi Yaqin Sharqdagi vaziyat 157 Shuningdek, muxolifat kuchlari buyuk davlatlar va chegaradosh davlat- lar ishtirokida Afg‘oniston muammosini hal etishga qaratilgan xalqaro uchrashuv o‘tkazishni taklif etdi. Bunday uchrashuv 1998-yilda Toshkentda o‘tkazildi. U tarixga «6+2» guruhi uchrashuvi (Eron, Pokiston, Turkma- niston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston, shuningdek, AQSH va Rossiya) nomi bilan kirdi. Uchrashuvda Afg‘oniston muxolifat kuchlari vakillari ham ishtirok etdi. Uchrashuv yakunida Afg‘oniston muammosi bo‘yicha Toshkent Deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu hujjat «6+2» guruhiga a’zo davlatlar hamda Afg‘onistonda nizolashayotgan ichki kuchlar uchun tinchlikka eltuvchi xartiya vazifasini o‘tashi mumkin edi. Biroq ichki muxolifat o‘rtasidagi nihoyatda keskin ziddiyat Toshkent Deklaratsiyasini amalga oshirishga imkon bermadi. 2001-yil 11-sentabrda AQSHda bo‘lib o‘tgan terrorchilik harakatidan keyin Afg‘onistonga AQSH boshchiligida hujum boshlandi va tolibonlar ag‘darib tashlanib, Muhammad Karzay bosh- chiligida yangi dunyoviy hukumat tuzildi. To‘g‘ri, Afg‘oniston muammosi tezda hal etiladiganlardan emas. Chunki bu 20 yildan ortiq davr mobaynida to‘plangan muammodir. O‘zbekiston 1992-yilning fevral oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlashni hamda inson huquq- larini himoya qilish ishiga katta hissa qo‘shayotgan nufuzli Xalqaro tashkilot — Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti (YEXHT) ga, 1992-yilning 2-martida esa BMT a’zoligiga qabul qilindi. Bu tarixiy voqea O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida xalqaro hamjamiyatdan munosib o‘rin olishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1993-yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tgan BMTning 48-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezi- denti I. A. Karimov birinchi bor ishtirok etdi. U o‘z ma’ruzasi bilan O‘zbekistonni yana bir bor dunyoga tanitdi. O‘zbekiston tez orada jahondagi 105 davlat a’zo bo‘lgan Qo‘shilmaslik harakatiga qabul qilindi. I. A. Karimov 1995-yilda BMTning 50-yilligi munosabati bilan uning yubiley sessiyasida ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Prezident o‘z nutqida davlat arboblari va siyosatchilari diqqatini milliy xavfsizlik masalasini hozirgi kun talab va ehtiyojlari nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqishga da’vat etdi. O‘z fikrini BMT Xavfsizlik Kengashi 187 davlatning tashvishlarini, muammolari va taqdirini hal etishga qodir bo‘lma- yotgani, uning dunyo barcha muammolarini qamrab ololmayotgani faktlari bilan asosladi. Shuning uchun ham Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zolari sonini va uning faoliyat maydonini kengaytirish lozimligini, shuningdek, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy salohiyati va xalqaro obro‘-e’tibori yuqori bo‘lgan Yaponiya va GFR ni BMT Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zoligiga qabul qilishni taklif etdi. Ayni paytda I. A. Karimov BMT Bosh kotibining vakolatlarini kengay- tirish masalasini ham ko‘tarib chiqdi. Ma’lumki, BMT qanchalik nufuzli tashkilot bo‘lmasin, u yer yuzi aholisi butun tashvishini nazorat qila olmaydi. O‘zbekiston xalqaro munosabatlarda 158 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning BMT BA 48-sessiyasidagi chiqishi. Shuni nazarda tutgan holda I. A. Karimov dunyodagi qator mamlakatlararo va mintaqalararo xalqaro tashkilotlarni ham BMT doirasiga kiritishni taklif etdi. Shunday qilinsa, xalqaro tashki- lotlar yangi tizimi vujudga kelgan va ular yordamida xalqaro muam- molar samaraliroq hal etilishiga yo‘l ochilgan bo‘lar edi. 1993-yil yanvarda Toshkentda besh davlat ishtirokida «Markaziy Osiyo Hamdo‘stligi» tashkil etildi. Mart oyida esa bu davlatlar «Orol muammosi bo‘yicha» birgalikdagi harakat bitimini imzoladilar. 1996- yilning 21-iyunida Florensiya (Italiya) shahrida Yevropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston o‘rtasida sheriklik va hamkorlik haqida bitim imzo- landi. O‘zbekiston mintaqaviy iqtiso- diy tashkilot — EKO a’zoligiga qabul qilindi. Bundan tashqari, mamlakatimiz Yevropa va Osiyoni bir-biriga bog‘laydigan «Yevropa — Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling