Jahon tarixi
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Kavkaz — Osiyo» transport yo‘li — TRASEKA loyihasida ishtirok etmoqda.
Ayni paytda O‘zbekiston NATOning «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturida faol ishtirok etib kelmoqda. O‘zbekiston NATOga a’zo bo‘lib kirmaydi. Biroq u bilan hamkorlik qiladi. Buning sababi davlatimizning xavfsizligi va tinchligini ta’minlash, mintaqada barqarorlikni qaror toptirish uchun shart-sharoitni mumkin qadar kengaytirish va mustahkamlashdan iboratdir. Shuning uchun O‘zbekiston dunyodagi barcha davlatlar bilan tinch- totuv yashash, do‘stlik, birodarlik, iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish, ekstremizm va terrorchilikka qarshi birgalikda kurash g‘oyasini ilgari surmoqda. 1999-yilning 18—19-noyabr kunlari Turkiyaning Istambul shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining oliy darajadagi sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammit Yevropada Xavfsizlik Xartiyasini muhokama qildi. Sammitda birinchi bo‘lib so‘zga chiqqan I. A. Karimov jahon jamoat- chiligini tashvishlantirayotgan diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, mintaqaviy mojarolar masalasiga alohida e’tibor berdi va bu haqda bunday YEXHT Istambul sammiti 159 dedi: «Bugungi kunda xalqaro maydonda «sovuq urush» ko‘rinishlari o‘rnini bir-biri bilan birlashib, tobora keng ko‘lamli va hujumkor mohiyat kasb etayotgan ashaddiy millatchilik va separatizm, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm kabi illatlar egallayotganini isbotlab o‘tirishning hojati yo‘q... Bugungi kunda biz radikal kayfiyatdagi markazlarning diniy eks- tremizm va terrorizmni tarqatishga qaratilgan uzoqni ko‘zlovchi rejalariga, mintaqa davlatlarini o‘zlari tanlagan demokratik, huquqiy va dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan qaytarishga urinishi hollariga duch kelmoqdamiz. Buni Tojikistondagi voqealar, yaqinda Toshkentda yuz bergan portlashlar, bosqinchilar guruhlarining mustaqil Qirg‘iziston janubiga surbetlarcha bostirib kirishi hamda barchaga ma’lum boshqa faktlar isbotlab turibdi». I. A. Karimov Istambul sammitida Xavfsizlik Xartiyasi loyihasi yuzasidan quyidagi takliflarni bildirdi: Birinchidan, YEXHTning mintaqaviy xavfsizlik, jumladan, Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy xavfsizlik tizimini shakllan- tirishda yanada faolroq bo‘lishi; ikkinchidan, YEXHTning xalqaro ziddiyat- larning oldini olishga qaratilgan xalqaro organ sifatidagi vazifalarini aniq belgilash, shuningdek, uning iqtisodiyot va ekologiya sohalarida tutgan o‘rnini mustahkamlash; uchinchidan,YEXHT tizimini isloh qilish. Islohotning maqsadi — YEXHTni bugungi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar oqimiga moslash- tirish, bu tashkilotni hayot keltirib chiqarayotgan yangi-yangi muammolarni hal etishga ko‘proq jalb etish. Ayni paytda I. A. Karimov Istambul sammitida xalqaro terrorizmga qarshi kurash markazini tashkil etish masalasini keskin qo‘ydi. Bu markazning asosiy vazifasi terrorizm ko‘rinishlari bilangina emas, eng avvalo, xalqaro terrorizmni mablag‘ bilan ta’minlayotgan, qo‘llab-quvvatlayotgan, qurol- yarog‘larni joylarga jo‘natayotgan manbalarga qarshi kurash bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning so‘zsiz bajarilishi bo‘yicha faoliyatlarni muvofiqlash- tirishdan iborat bo‘lishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi. Istambul sammiti dunyoga O‘zbekiston so‘zining qudratini, uning siyosiy irodasini va jahon taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini namoyish etdi. 1996-yil Shanxayda, 1997-yil Moskvada bo‘lib o‘tgan Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat rahbarlarining sammitida harbiy sohada hamda chegara hududlarida o‘zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. 2001-yil iyun oyida Shanxay sammiti bo‘lib o‘tdi. Uning ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezi- denti Islom Karimov qatnashdi va O‘zbekistonning «Shanxay forumi»ga to‘la huquqli a’zo bo‘lishi to‘g‘risida bayonot imzolandi. O‘zbekiston Prezi- dentining taklifi bilan «Shanxay forumi» Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) deb o‘zgartirildi. Shanxay hamkorlik tashkiloti 160 2002-yilda Sankt-Peterburgda, 2003-yilda Moskvada SHHT sammitlari bo‘lib o‘tdi. Toshkentda mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasini ishga tushirishga qaror qilindi. 2004-yil iyunda Toshkentda, 2005-yil Ostonada navbatdagi sammit bo‘lib o‘tdi. Unda xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha masala ko‘rildi. Butun dunyoda yadroviy, kimyoviy, biologik, elektron terrorchilik xavfi paydo bo‘lganligi, terrorchilikning bazalarini yo‘qotish, odamlar ongini zaharlaydigan, terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga qarshi keskin kurash olib borish zarurligi ta’kidlandi. Tashkilot kengaymoqda. Shunday qilib, XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshidagi xalqaro munosabatlarda BMTning roli oshdi. Yevropada integratsiya jarayoni kuchaydi. Sotsializm qo‘rg‘oni yemirildi. Ko‘pgina yangi davlatlar xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zolari bo‘lib qoldilar. AQSH dunyoning yakka hukmron, qudratli davlatiga aylandi. Lekin qurollanish, narkobiznes, ekologik, sog‘liqni saqlash, inson huquqlarini himoya qilish muammoligicha qolmoqda. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. 1919-yilgi Parij tinchlik konferensiyasi qarorlarini 1945-yilgi Potsdam konferensiyasi qarorlari bilan taqqoslang. 2. Nyurnberg jarayoni haqida qanday xulosaga keldingiz? Bugungi kunda ham insoniyatga qarshi jinoyatlarning jazosiz qolmasligiga misollar keltiring. 3. «Sovuq urush» vujudga kelmasligi mumkin edimi? O‘z fikringizni asoslab bering. 4. Marshall rejasi qanday reja va nega SSSR uni qabul qilmagan? 5. NATO va Varshava harbiy-siyosiy bloklari haqida nimalarni bilib oldingiz? 6. XX asrning mintaqaviy mojarolari, ularda AQSH va SSSRning tutgan o‘rni haqidagi faktlarni taqqoslang. 7. Jahon Tinchlik Kengashi qay tariqa vujudga kelgan edi? Kopengagen Kongressi haqida nimalarni bilib oldingiz? 8. Qo‘shilmaslik harakati qanday harakat? 9. XX asrning 70-yillarida xalqaro keskinlikning yumshashiga imkon bergan omillarni sanang. Keskinlikning yumshashi yillarida xalqaro hayotdagi muhim voqealar jadvalini tuzing. 10.Nega XX asr 70-yillarining oxiriga kelib xalqaro ahvol yana keskin- lashgan? Bu keskinlikning yuzaga kelishida SSSR va AQSHning o‘rniga baho bering. 11.XX asr 80-yillar 2-yarmidan boshlab SSSR tashqi siyosatida qanday o‘zgarish yuz berdi? 12.Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) qay tariqa vujudga keldi? 13.«Sovuq urush» davri tugagan bo‘lsa-da, nega dunyo hamon mo‘rtligi- cha qolmoqda? VAQTLI MATBUOT MATERIALLARI ASOSIDA «O‘ZBEKISTON XALQARO MUNOSABATLARDA» MAVZUSIDAGI JADVALNI TO‘LDIRING : i t a x y ‘ o r r a l t o l i k h s a t î r a q l a x n a g l ‘ o b o z ’ a n o t s i k e b z ‘ O . 1 . 2 ? 161 17-§. Ikkinchi jahon urushidan keyin G‘arb davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotidagi o‘ziga xos xususiyatlar Tarix va geografiya fanlarida «Sharq» va «G‘arb» tushunchalari bir xil ma’noni anglatmaydi. Geografiyada Sharq Quyosh chiqish tomonini, G‘arb esa Quyosh botish tomonini anglatsa, tarixda bu ikki tushuncha mutlaqo boshqa ma’no kasb etadi. Ayni paytda ular turli tarixiy davrlarda turlicha mazmunga ham ega bo‘lgan. Masalan, «Sharq» so‘zi dastlab noxristian olamga nisbatan ishlatilgan. Keyinchalik esa bu so‘z mustamlaka hududlarga nisbatan qo‘llanildi. «Sovuq urush» yillarida esa «Sharq» so‘zi SSSR va uning ittifoqchilariga, «G‘arb» so‘zi esa AQSH va uning ittifoqchilariga nisbatan ishlatildi. Keyinchalik «Sharq» so‘zi iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslanmagan totalitar davlatlarga nisbatan, «G‘arb» so‘zi esa iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslangan demokratik davlatlarga nisbatan ishlatildi. Yer yuzida bugungi kunda 190 dan ortiq davlat bor. Mutaxassislarning fikricha, ulardan atigi 75 tasi iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslangan demokratik davlat hisoblanadi. G‘arbning Ikkinchi jahon urushidan keyingi taraq- qiyotining o‘ziga xos asosiy xususiyatlaridan biri, G‘arbda farog‘at davlatining vujudga kelganligi edi. Bunday davlat XX asrning 50-yillarida qaror topdi. 60—70-yillarda esa ravnaq topdi va yanada mustahkamlandi. «Farog‘at davlati» nima o‘zi? Farog‘at davlati — bu, bozor iqtisodiyotini saqlagan holda, o‘z fuqarolari uchun farovon hayot va shu hayotni ta’minlashga qodir ijtimoiy ta’minot darajasini kafolatlaydigan demokratik davlatdir. Insoniyat bunday davlatni XX asrning 50-yillarida yarata oldi. Buning sababi — aynan shu davrga kelganda ilg‘or, sog‘lom fikrli kishilar, siyosatchilar fuqarolarning ijtimoiy himoyasi masalasi, huquq erkinligini, binobarin, davlat ana shu huquqning amalda ro‘yobga chiqishini kafolatlashi zarurligini to‘la anglab yetganliklari edi. Xo‘sh, qanday omillar farog‘at davlatini qurishga imkon bergan? Bu omillarning birinchisi — Ikkinchi jahon urushidan keyin yangidan boshlangan demokratik harakatning kuchli to‘lqini edi. Demokratik kuchlar chuqur ijtimoiy islohotlar o‘tkazilishini talab qildilar. Ikkinchidan, farog‘at davlatining qaror topishida «sovuq urush» ham katta rol o‘ynadi. G‘arb siyosatchilari o‘z davlatlari hududida qo‘poruvchi kommunistik g‘oyalarning ildiz otishini aslo istamaganlar. Fuqarolarni qo‘poruvchi kommunistik g‘oyalar ta’siridan himoya qilish- ning eng samarali vositasi adolatli va farovon jamiyat qurish edi. Farog‘at davlati o‘z-o‘zidan qurilib qolmas edi, albatta. Chunki bunday davlat «Farog‘at davlati»ning vujudga kelishi Sharq va G‘arb tushunchalari haqida 11 — Jahon tarixi 162 fuqarolar ijtimoiy himoyasiga juda katta mablag‘ sarflashni zaruratga aylantirar edi. Bunday mablag‘ga ega bo‘lish hamda ishlayotgan fuqarolarga yuqori ish haqi to‘lash uchun davlatning iqtisodiyoti gurkirab rivojlanishi zarur edi. 50-yillarining boshlarida G‘arbiy Yevropa davlat- lari ishlab chiqarishning urushdan oldingi dara- jasini asosan tikladilar. 50—60-yillarda esa iqtiso- diyotning yuqori sur’atlarda rivojlanishiga erish- dilar. Xo‘sh, qanday omillar iqtisodiyotning yuksak sur’atlarda rivojlanishini ta’minladi? Birinchidan, AQSH va G‘arbning boshqa davlatlari Ikkinchi jahon urushi davridayoq va urushdan keyin Yevropada moliyaviy va pul beqarorligi vujudga kelishining oldini olish choralarini ko‘rgan edilar. Xusu- san, Xalqaro valuta fondi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tashkil etildi. Ikkinchidan, «Marshall rejasi» beqiyos katta rol o‘ynadi. Unga ko‘ra, AQSH 1948—1952-yillar oralig‘ida G‘arb davlatlariga 13 mlrd dollar miqdori- da yordam ko‘rsatdi. Uchinchidan, xalqaro savdo uchun qulay sharoit yaratildi. Bu proteksi- onizm va boj to‘siqlarini amalda bartaraf etish edi. Masalan, faqat AQSH ning o‘zi olib kelinadigan tovarlar uchun to‘lanadigan bojni 50 foizga kamaytirdi. Bu hol xalqaro savdo gurkirab rivojlanishiga olib keldi. Chu- nonchi, 1948—1960-yillar oralig‘ida xalqaro savdoning yillik o‘rtacha o‘sish sur’ati 6 foizni, 1960—1973-yillar oralig‘ida esa 9 foizni tashkil etdi. Yevropa- ning o‘zida davlatlararo savdo hajmi 1950—1970-yillar davomida 18 mlrd dollardan 129 mlrd dollarga yetdi. Shu tariqa tashqi savdo iqtisodiy taraqqiyot manbayiga aylandi. To‘rtinchidan, xalqning intellektual quvvatiga alohida e’tibor berilib, ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiya o‘z vaqtida joriy etildi. Sanoat texnika va texnologiya asosida qayta qurildi. Qishloq xo‘jaligi to‘la mexanizatsiyalashtirildi. Qishloq xo‘jaligida tom ma’noda inqilob — bio- texnologiya va kimyolashtirish amalga oshirildi. Beshinchidan, neftdan yoqilg‘i o‘rnida keng miqyosda foydalanishga o‘tildi. U iqtisodiy hayotning asosiy harakatlantiruvchi vositasiga aylandi. Buning ustiga uning bahosi juda arzon edi. Bir barrel (159 litr) neftning narxi atigi 1,5 dollar edi. Oltinchidan, G‘arb davlatlarida davlat iqtisodiyotni tartibga solish siyosatini yuritdi. Bu siyosat aralash iqtisodiyotni vujudga keltirish orqali amalga oshirildi. Iqtisodiyotda xususiy mulk, xususiy tadbirkorlik faoliyati va davlat mulki uyg‘unligiga erishildi. Yettinchidan, iqtisodiyotning yuksak darajada rivojlanishi masalasi hukumat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Iqtisodiyotni sarmoyalash har tomonlama rag‘batlantirildi. G‘arb davlatlari iqtisodiyoti gurkirab rivojlanishining sabablari 163 Yuqorida qayd etib o‘tilgan omillar 1975-yilga kelib G‘arb davlatlarining hammasida mustahkam ijtimoiy ta’minot tizimi to‘la qaror topishiga olib keldi. Davlat bevalar, yetimlar, nogironlar, ko‘p bolali oilalar, kambag‘allik chegarasidan past darajada yashayotgan fuqarolarga yordam ko‘rsatilishini tashkil etishni o‘z zimmasiga oldi. Mehnat qilayotganlarning 52 foizidan 67 foizigacha bo‘lgan qismi ishsizlikdan; 48 foizidan 94 foizigacha qismi baxtsiz hodisalardan; 72 foizidan 100 foizigacha qismi kasallik tufayli mehnatga vaqtincha yaroqsizlikdan sug‘urta qilindi. Pensiya yoshiga yetganlarning 80—100 foizi pensiya ta’minoti oladigan bo‘ldi. Davlat budjetining 28 foizidan 60 foizigacha qismi ijtimoiy xarajatlarga ajratildi. Ishlayotgan xodimlarga yuqori ish haqi to‘lana boshlandi. Bular aholining iste’mol quvvatini oshirdi. Masalan, birgina Fransiyada har 1000 nafar ishchiga 636 dona avtomobil, 769 dona televizor, 844 dona muzlatgich to‘g‘ri keldi. Davlat mehnat munosabatlari masalasini qonun bilan tartibga soldi. Mehnat to‘g‘risidagi qonunlarda ish bilan band bo‘lish, ishga yollash va ishdan bo‘shatish kabi masalalarda ishchilarning zarur huquqlari kafolatlandi. Shu tariqa G‘arbda yetuk industrial jamiyat qurilishiga erishildi. G‘arb davlatlarining iqtisodiy sohada birlashish jarayoni G‘arbning XX asr ikkinchi yarmidan keyingi taraqqiyotining yana bir o‘ziga xos xusu- siyati edi. Urushdan keyingi ahvol Yevropa davlatlarini iqtisodiy muammolarni birgalikda hal etishga undadi. 1951-yilda Yevropaning olti davlati (Bel- giya, Italiya, Luksemburg, Gollandiya, GFR va Fransiya) ko‘mir va po‘lat bo‘yicha Yevropa uyushmasini tuzdilar. 1957-yilda esa u «Yevropa iqtisodiy hamjamiyati»ga aylantirildi. (U «Umumiy bozor» deb ham ataladi.) 1993-yil Maastrixt shartnomasi bilan Yevropa hamjamiyati (Yevropa Ittifoqi) deb atala boshladi. 1957-yilda imzolangan Rim shartnomasiga ko‘ra, bu olti davlat o‘zaro savdoda boj to‘siqlarini tugatish va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining yagona bozorini vujudga keltirishga qaror qildilar. 1973—1995-yillar oralig‘ida Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya (1973), Yunoniston (1981); Portugaliya va Ispaniya (1986); Avstriya, Finlandiya, Shvetsiya (1995); 2004-yilda Vengriya, Kipr, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Chexiya, Estoniya, 2007-yilda Bolgariya va Ruminiya ushbu hamjamiyatga a’zo bo‘lib kirdilar. Yevropa Ittifoqi a’zolarining soni 2007-yilda 27 taga yetdi. Bu davlatlarda 500 mln ga yaqin kishilar yashaydi. Norvegiyada bu masalada 2 marta umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi, lekin u hali Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lganicha yo‘q. Nomzodlar: Makedoniya, Xorvatiya. 1990-yildan boshlab sarmoya, tovar va ishchi kuchlarining YEIH doirasida erkin harakat qilishiga xalaqit qiluvchi barcha to‘siqlar olib tashlandi. 1993- yilda Yevropani birlashtirish yo‘lida yana bir katta qadam qo‘yildi. Shu Yevropada birlashish (integratsiya) jarayoni 164 yilning dekabr oyida Gollandiyaning Maastrixt shahrida YEIH ning 12 a’zosi yagona Yevropani vujudga keltirish to‘g‘risida shartnomalar imzoladilar. Shartnomalar quyidagi 3 guruhdan iborat edi: — Yevropaning yagona pulini (Yevro) joriy etish; — Yevropa siyosiy ittifoqini shakllantirish; — Yevropa Komissiyasini tasdiqlash. Yevropa siyosiy ittifoqi kengashi dastlabki bosqichda G‘arbiy Yevropa davlatlarining tashqi va mudofaa siyosati masalalarini muvofiqlashtirishga, bu sohalarda yagona yo‘nalish asoslarini ishlab chiqishga, kelgusida esa yagona tashqi va harbiy siyosat yuritishiga xizmat qilishi ko‘zda tutildi. Hozirda raisi N. Sarkozi. Yevropa Komissiyasi YEH a’zolari bo‘lgan davlatlarning sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, qishloq xo‘jaligi va ekologiya sohasidagi siyosatlarini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi muassasa vazifasini o‘tashi lozim edi. YEH a’zolari bo‘lgan davlatlar hukumatlari bu sohalar bo‘yicha vakolatlarini Yevropa Komissiyasiga topshirishi belgilab qo‘yildi. To‘g‘ri, barcha shartnomalar ham amalda ularning yaratuvchilari o‘ylagan darajada bajarilayotgani yo‘q. Biroq, eng asosiysi, yagona Yevropani bunyod etish borasida tarixiy ishlar amalga oshirildi. 1999-yilning dekabr oyida YEHning a’zolari (ularning soni 15 ta) qurolli kuchlarni tuzish haqida qaror qabul qildilar. Uning vazifasi — harbiy inqirozlar yuz bergan hududlarda tinchlikni saqlashdan iborat, deb belgilandi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 2002-yil 1-yanvardan yangi pul birligi — «yevro» muomalaga kiritildi. Yevropa Ittifoqining asosini sobiq Yevropa iqtisodiy uyushmasi, Yevratom, Yevropa ko‘mir va po‘lat birlashmasi (2002- yildan o‘z faoliyatini to‘xtatdi) tashkilotlari tashkil etadi. 2007-yil Lissabon bitimiga ko‘ra, murakkab tizim tugatiladi va xalqaro huquq subyekti bo‘lgan Yevropa Ittifoqi yagona statusga ega bo‘ladi. Shuningdek, 2007-yilda Yevropa liderlari Fransiya, Italiya va Ispaniya yangi O‘rtayer dengizi ittifoqi tashkiloti tuzilganligini e’lon qildilar. Yevropa Kengashi — xalqaro va davlatlararo tashkilot. U 1949-yil 5-mayda tashkil etilgan. Dastlab unga 10 ta davlat a’zo edi. Yevropani birlashtirishda bu kengash katta rol o‘ynadi. Hozirgi kunda Yevropaning deyarli barcha davlatlari, shu jumladan, Sharqiy Yevropa davlatlari va Rossiya Federatsiyasi ham bu tash- kilotning a’zolaridir. Yevropa Kengashining oliy organi — Tashqi ishlar vazirlari Qo‘mitasi va Parlament Assambleyasidir. Yevropa Kengashining vazifasi demokratiya va qonuniylikni, shuningdek, inson huquqlarini rivoj- lantirishga va himoya qilishga ko‘maklashishdan iboratdir. YEK oliy organlari a’zo davlatlarning o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarni amalda bajarish- larini nazorat qiladi. Bu boradagi xulosalarini tegishli hukumatlarga ma’lum qiladi. Demokratiya, qonuniylik, inson huquqlari va erkinliklari sohasida qo‘pol buzilishlarga yo‘l qo‘ygan davlatlarni YEK a’zoligidan chiqarishgacha Yevropa Kengashi 165 choralar ko‘radi. YEKning qarorgohi Fransiyaning Strasburg shahrida joylashgan. Bu kengashga hozir 50 ga yaqin davlat a’zo. Bu kengash iqtisodiy va harbiy-siyosiy masalalar bilan shug‘ullanmaydi. XX asr ikkinchi yarmidan keyingi G‘arb taraq- qiyoti o‘z boshidan kechirgan yana bir xususiyat — bu konservativlik to‘lqini va uni yengib o‘tish jarayoni edi. Xo‘sh, konservativlik to‘lqini nima va u qanday vujudga kelgan? Konservativlik to‘lqini — bu farog‘at davlatini tugatish tarafdorlarining hokimiyat tepasiga kelishi edi. 1974—1975-yillarda, shuningdek, 1980— 1982-yillarda industrial davlatlarda iqtisodiy inqirozlar ro‘y berdi. Natijada ishlab chiqarish va xalqaro savdo hajmi kamaydi. Ishsizlik ommaviy tus oldi. Inflatsiya kuchaydi. An’anaviy, eski tartiblar tarafdorlari (konser- vatorlar) bunda farog‘at davlatini ayblay boshladilar. Inflatsiya — ijtimoiy sohalarga davlat xarajatlarining haddan tashqari ko‘payishi oqibati ekanligini isbotlashga urindilar. Shu tariqa farog‘at davlatini tugatish harakati vujudga keldi. U tarixga «konservativlik to‘lqini» nomi bilan kirgan. 80-yillarda G‘arbning ko‘pgina davlatlarida konservatorlar hokimiyat tepasiga keldilar ham. Ular davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirdilar. Erkin tad- birkorlikning keng rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratish choralarini ko‘rdilar. Inflatsiyani pasaytirish uchun qat’iy moliyaviy siyosat yurita boshladilar. Xususan, ijtimoiy xarajatlarni kamaytirdilar. Iqtisodiyotdagi davlat sektori xususiylashtirildi. Biroq «konservativlik to‘lqini» farog‘at davlatini tugata olgani yo‘q. U faqat ijtimoiy himoya uchun sarflanadigan davlat xarajatlarini davlatning iqtisodiy imkoniyati darajasiga moslashtirdi, xolos. Ayni paytda hayot farog‘at davlati ham barcha ijtimoiy muammolarni amalda hal eta olmasligini isbotladi. Masalan, ishsizlik muammosi jamiyatning doimiy yo‘ldoshi bo‘lib keldi va hozir ham shundayligicha qolmoqda. XX asrning 70—90-yillarida rivojlangan G‘arb mamlakatlarida ishchi kuchining ishlab chiqarish sohasidan xizmat ko‘rsatish sohasiga o‘tishi jara- yoni davom etdi. Bu — industrial jamiyatning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri edi. Masalan, AQSH, Kanada va Buyuk Britaniyada bu ko‘rsatkich 90-yillar o‘rtalariga kelganda 70—72 foizni tashkil etdi. 2—3 foiz ishchi kuchi qishloq xo‘jaligida band bo‘ldi, xolos. Xizmat ko‘rsatish sohasida ishlovchilar sonining ko‘payishiga ilmiy-texnika inqilobi natijasida yaratilgan o‘ta zamonaviy texnika va texnologiyalarning ishlab chiqarishga joriy etilishi sabab bo‘ldi. 1973-yilda dastlabki shaxsiy kompyuter ham yaratildi. 1977-yildan boshlab u keng ko‘lamda ishlab chiqarila boshlandi. Sanoat ishlab chiqarishi to‘la kompyuterlashtirila boshlandi. Kompyuterlashtirish, o‘z navbatida, ishlab chiqarishga yangi tex- nologiyalarni — robotlarni, ishlab chiqarishning moslashuvchan tizimi va avtomatik loyihalashtirishni qo‘llash imkonini berdi. Axborot jamiyatining vujudga kelishi Konservativlik to‘lqini 166 Sanoatda, xizmat ko‘rsatish sohasida o‘sha yuqori malakali kadrlar ishlay boshladi. Endi ular moddiy iste’mol buyumlari bilan bir qatorda axborot ham yaratdilar. Shaxsiy kompyuterlar, xalqaro telealoqalar va internet axborot ayirboshlashni, ularni tezda ishlab chiqarishga joriy etish muammosini muvaffaqiyatli hal etdi. Keyingi 50 yil ichida G‘arb davlatlari aholisi ijtimoiy tarkibida tub o‘zgarishlar yuz berdi. Bu hodisa G‘arbda jamiyat taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Chunonchi, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchilarning soni keskin kamaydi. Bugungi kunda bu soha bilan 2—7 foiz aholi shug‘ullanmoqda, xolos. Yollanma mehnat bilan shug‘ullanuvchilar soni ishga yaroqli aholining 90 foizini tashkil etadi. Ularning uchdan ikki qismi xizmat ko‘rsatish sohasida Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling