Jahon tarixi
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Oxir-oqibatda hokimiyat tepasiga «pragmatiklar» deb atalgan guruh keldi.
Bu guruhga «madaniy inqilob» yillarida qatag‘on qilingan Den Syaopin rahbarlik qilar edi. (Den Syaopin 1997-yilda 92 yoshida vafot etdi.) XKP yangi rahbariyati Mao Szedun yo‘lini xato deb e’lon qildi. «Katta sakrash» va iqtisodiyotning to‘la davlat nazoratiga olinganligi mamlakat va xalqqa ulkan kulfat keltirganligi tan olindi va ular qoralandi. Yangi kuchlarning hokimiyatga kelishi 16 — Jahon tarixi 242 1978-yildan pragmatiklar aralash iqtisodiyotni yoqlab chiqdilar. Davlat rahbarligida bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li tanlandi. Bu tarixga «iqtisodiy va siyosiy hayotni modernizatsiya qilish» nomi bilan kirdi. Chet el sarmoyasining mamlakat iqtisodiyotiga joylashtirilishi uchun qulay sharoit yaratildi. Qishloqda xalq kommunalari tarqatib yuborildi. Shirkat tuzumi bekor qilindi. Ularning o‘rniga oila pudrati joriy etildi. Shu yo‘l bilan aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash vazifasi hal etildi. Sanoatda ham chuqur islohotlar o‘tkazildi. Chunonchi, davlat korxo- nalari xo‘jalik hisobi asosida ishlaydigan bo‘ldi. Kichik va o‘rta tadbirkorlikka keng yo‘l ochildi. Ayni paytda sanoatning maishiy tovarlar ishlab chiqaruvchi sohalarini rivojlantirishga katta e’tibor berildi. Yangi siyosat o‘z samarasini bermay qolmadi. 80-yillar oxiriga kelib Xitoy ko‘mir, televizor, shoyi- gazlama, sement ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi. Mamlakat oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘zini o‘zi ta’minlaydigan bo‘ldi. Bular, o‘z navbatida, aholi turmush darajasining o‘sishiga olib keldi. 90-yillarda mamlakatda po‘lat, rangli metallar eritish, sement, mineral o‘g‘it ishlab chiqarish, ko‘p tarmoqli mashinasozlik rivojlandi. To‘qimachilik sanoati mahsulotlari jahon bozorini egalladi. An’anaviy hunarmandchilik: ipakdan, suyakdan badiiy buyumlar yasash, chinni mahsulotlar mashhur bo‘ldi. Dengiz mahsulotlari, dorivor o‘simliklar, yog‘och mahsulotlarni ishlab chiqarish ko‘paydi. Ishlab chiqarishda samaradorlik oshdi. 1992-yildan boshlab Xitoyda iqtisodiy islohotning yangi bosqichi boshlandi. Bu bosqich — islohotni jadallashtirish va chuqurlashtirish, iqtisodiy siyosatni mafkuradan xoli qilish va rejali boshqaruvdan bozor iqtisodiyotiga izchillik bilan o‘tish bosqichi, deb nom oldi. Bu bosqich ayni paytda iqtisodiyotda davlat mulki hissasining kamayib borishini ham o‘z ichiga oladi. Amalda shunday bo‘lmoqda ham. Xitoyda iqtisodiy islohotlar olib borilgan keyingi 25-yil davomida olamshumul muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi. 1998-yilda ichki ishlab chiqarishning umumiy qiymati 1978-yildagidan 5,4 hissa ortiq bo‘ldi. Xitoyda ishlab chiqarish qoldiqlarini qayta ishlash keng yo‘lga qo‘yildi. Xitoy har yili rivojlangan davlatlardan ishlab chiqarish qoldiqlarini sotib olib, qayta ishlaydi va milliardlab foyda oladi. Xitoy har yili AQSH dan 14 mlrd dollarga chiqindi sotib oladi. Hatto 1998-yilda Osiyoda pul masalasi inqirozi hamda tarixda kam uchraydigan kuchli suv toshqiniga duch kelinganda ham Xitoyda ishlab chiqarishning umumiy qiymati 1997-yildagidan 7,8 foizga oshdi. Bu davrda qator sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish miqdori, masalan, guruch, paxta, go‘sht, yog‘-moy, ko‘mir, po‘lat, sement, gazlama, televizor ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi. Davlat tashqi pul muomalasi zaxirasi 45 milliard dollarga yetdi. Xitoy oldingi iqtisodiy qoloq holatdan Amerika, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Angliya va Italiyadan keyin dunyoda yettinchi o‘ringa chiqdi. 243 Xitoyning iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatayotgan eng muhim sabablardan biri davlatning to‘g‘ri iqtisodiy siyosati va bu iqtisodiy islohot mobaynida tuzilgan iqtisodiy qonunlardir. Xitoy iqtisodiy islohot davomida bozor xo‘jaligini yo‘lga qo‘ygan davlatlarning tajribalarini ijodiy o‘zlashtirib, o‘tgan yillar davomida iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladigan ko‘plab qonun, nizom, qoida va qarorlarni qabul qildi va ularni yangidan vujudga kelgan iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar xarakteriga moslashtirib, vaqti-vaqti bilan tuzatib bordi. Bu qonunlar islohot natijalarini himoyalash va mustahkamlashni, bozor munosabatlariga oson o‘tish va uning mo‘tadil rivojlanishini kafolatlagan. 90-yillardan belgilangan «Sotsialistik bozor xo‘jaligiga o‘tish»ning mazmuni shuki, qishloq xo‘jaligini tartibga solish, yerni ayrim xonadon- larning yakka xo‘jalik yuritishiga asoslangan oilaviy pudrat deb atalgan usulda ishlash, dehqonlarning tomorqa uchastkalarini kengaytirish, yordamchi hunarmandchilikni rivojlantirish, ortiqcha mahsulotni bozorda dehqonning o‘zi sotishi imkoniyatini yaratishni ko‘zda tutadi. Shaharlarda «direktiva asosida rejalashtiriladigan sohani qisqartirish», sanoat korxonalarini «mustaqil xo‘jalik tashkilotlariga» aylantirish, tovar munosabatlarini rivojlantirish, «narx-navo davlat yo‘li bilan bir xil belgilab qo‘yiladigan sohani toraytirish», chog‘roq xususiy va jamoa korxonalari, kosibchilik ustaxonalari faoliyatini, asosan xizmat ko‘rsatish va savdo-sotiq xususiy korxona egaligini rivojlantirish, mamlakat iqtisodiga chet el sarmo- yasini jalb qilish xo‘jalik tizimi islohotining bosh bo‘g‘ini bo‘ldi. XXR rahbariyatining so‘zlariga qaraganda, mamlakatdagi sotsialistik asosda bozor iqtisodiga o‘tkazish quyidagi bosqichda amalga oshirilmoqda: 2000-yilgacha sanoat va qishloq xo‘jaligining yalpi mahsuloti 4 baravar ko‘payib, xalq turmushi o‘rtacha ma’murchiligiga erishildi. Navbatdagi bosqich 2021-yilgacha (XKPning 100 yilligi) Xitoyni o‘rtacha rivojlangan mamlakat darajasiga ko‘tarish. 2049-yilgacha (XXRning 100 yilligi) Xitoyni yuksak darajada rivojlangan zamonaviy davlatga aylantirish vazifasi qo‘yilgan. Xitoyda iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladigan qonunlar ikkiga: fuqarolik qonunlari va iqtisodiy qonunlarga bo‘linadi. Ular bozor subyektlarini, ya’ni korxonalarning vujudga kelishi, ularni boshqarish ishlarini zamona- viylashtirish va faolligini ishga solishni, o‘zgartirilishi, bekor qilinishi, qonunni buzuvchilarning javobgarligini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, bozor tartibini muqim ushlab turish, bozorning rolidan to‘liq foydalanish, monopoliya va noqonuniy raqobatni cheklash, mahsulot sifatiga kafolat berish, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, patent va tovar markasini berish, turli shartnomalar tuzish, ijaraga berish, aksiya savdosi bilan shug‘ullanish, chek hujjatlarini tartibga solish, uy-joy, tijorat hamda bularni buzuvchilarni qanday jazolash haqida maxsus qonunlar mavjud bo‘lib, ularning bajarilishi qattiq nazorat qilinadi. 244 Korrupsiya va poraxo‘rlik eng og‘ir jinoyat hisoblanadi. 2004-yilda yuzlab kishilar poraxo‘rlik uchun otishga hukm qilindi. Ayni paytda bozor boyliklarini joylashtirishda makro jihatdan nazorat qilish, davlatning umumiy manfaati va kelajagini, xalq xo‘jaligining uzluksiz, muhim, to‘g‘ri yo‘ldan rivojlanib borishini kafolatlash, ijtimoiy taraqqiyot va xalq xo‘jaligi rejasini tuzish, to‘g‘ri statistika qilish, soliqni tartibga solish, bahoni belgilash va nazorat qilish masalalari aniq tartibga solingan. Ijtimoiy kafolat ham qonun orqali himoyalangan, raqobat jarayonida xavf-xatar yuzaga kelsa, davlat bu ishga aralashadi. 2004-yil 21-sentabrda 78 yoshli Szyan Szemin Markaziy harbiy kengash raisi lavozimidan iste’fo berdi. XXR raisi Xu Szintao bu lavozimni ham egalladi. Urushdan keyin Xitoy Sovet davlati bilan yaqin munosabatda bo‘ldi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, 1950—1960-yillarda sovet davlati 250 dan ortiq korxona qurishda ko‘maklashdi. 11 mingdan ortiq sovet mutaxassislari ishladi. Lekin 60-yillardan xitoy — sovet munosabatlari buzildi. 1962-yilda Himolaydagi chegara masalasida Hin- diston bilan Xitoy o‘rtasida qurolli mojaro kelib chiqdi. 60-yillarda Xitoy Vetnamga iqtisodiy va harbiy yordam ko‘rsatdi. 70-yillardan Xitoy AQSH bilan munosabatlarini yaxshiladi. 1971-yilda AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi G. Kissinjer maxfiy ravishda Xitoyga keldi va ikki mamlakat munosabatlarini yaxshilash, Xitoyni Sovet davlatiga qarshi qo‘yishda katta xizmatlar qildi. 1972-yili AQSH Prezidenti A. Nikson Xitoyga rasmiy tashrif buyurdi. 1979-yilda Xitoy bilan AQSH o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. 1979-yilda Vetnam Kambojadagi xitoyparast «qizil kxmerlar» hukumati- ni ag‘darib tashlagandan keyin Xitoy Vetnamga qarshi harbiy harakat uyushtirdi. Mao Szedun vafotidan keyin sovet — xitoy munosabatlarida biroz iliqlik paydo bo‘ldi. M. Gorbachyovning 1989-yildagi Xitoyga rasmiy safaridan keyingina sovet — xitoy munosabatlari yaxshilandi. 1997-yili Buyuk Britaniya Xitoyga Gonkongni qaytarib berdi. XX asr oxiriga kelib Xitoy dunyoning barcha davlatlari bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatdi. Bu narsa jahonda Xitoy obro‘si o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 1992-yil martda O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimovning Xitoyga rasmiy safari bo‘ldi. Bu safar davomida 16 ta hujjat imzolandi. XXR raisi Li Shankun Xalq majlislari uyida O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qilish marosimida: «Xitoy bilan O‘zbekiston rahbarlari ikki tomonlama munosabat- larning ko‘pgina masalalarini hal etishlari mumkin. Chunki bundan avval ham ikkala mamlakat o‘rtasida yaxshi munosabatlar o‘rnatilgan edi», — deb ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikka katta baho berdi. Tashqi siyosat Xitoy — O‘zbekiston munosabatlari 245 Tashrif davomida siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy sohalarda qator bitimlar, jumladan, axborot ayirboshlash, radio-televideniye, banklar, transport, aloqa, sarmoyalarni rag‘batlantirish, hamjihatlik, tovarlar yetkazib berish va davlat krediti, sog‘liqni saqlash, ta’lim hamda sport masalalari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar va bitimlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi. 1992—1993-yillarda Xitoy tomoni ajratgan kredit hisobidan respublika- mizga minglab tonna guruch, 15000 tonna choy keltirdi. O‘zbekiston Xitoyga «Il-76» samolyotlarini yetkazib bermoqda. 1994-yilda O‘zbekiston hududida 78 ta o‘zbek — xitoy qo‘shma korxonasi faoliyat ko‘rsatdi. Jumladan, Urganch Ipak ishlab chiqarish birlashmasida «Suju» firmasi bilan hamkorlikda velyur, pambarxit kabi materiallar ishlab chiqaradigan korxona qurildi. Tosh- kentdagi 59-maktab xitoy tilini o‘rganishga ixtisoslashgan litseyga aylantirildi. 1994-yil aprelda XXR Davlat Kengashi rahbari Li Pen O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi va qator bitimlar imzolandi. Jizzaxda Xitoyning «Nunkel» firmasi bilan hamkorlikda yog‘och tolali plita ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. XX asr 90-yillarning oxirlari — XXI asr boshlarida O‘zbekiston Prezidenti Xitoyga bir necha bor rasmiy vizit bilan bordi, bu tashriflar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stlik aloqalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi. 2005-yil bahorida XXR hukumati raisi Xu Szintao boshliq Xitoy delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘ldi. Xavfsizlik masalasi va xalqaro terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik bo‘yicha fikr almashildi. O‘zbekiston Prezidenti- ning 2005-yil mayidagi Xitoyga rasmiy tashrifi natijasida qator bitimlar imzolanib, Xitoy O‘zbekistonga 1,5 mlrd dollar miqdorida kredit ajratadigan bo‘ldi. Ushbu mablag‘ xalq xo‘jaligini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Demak, Xitoy bilan O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy, madaniy va ilmiy- texnikaviy aloqalar tez rivojlanib bormoqda. Shunday qilib, Xitoy Xalq Respublikasi XX asrning ikkinchi yarmida murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Totalitar sotsializm yo‘li maqbul emasligini, uning xalq ehtiyojlarini qondirolmasligini isbot qildi. Xitoy sotsialistik rahbarlikka o‘zgartishlar kiritib, uni bozor iqtisodiga moslashtirgan va katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan yagona davlatdir. Bunga u kommunistik mafkura yakka hokimligini tugatib, iqtisodni siyosatdan ustun qo‘yganligi tufayli erishdi. Mamlakatga chet el investitsiyasi kiritilishiga yo‘l ochilib, xususiy- lashtirish keng yo‘lga qo‘yildi, shu sababli xususiy xo‘jaliklar roli o‘sdi. Agar 1980-yilda davlat sektorida sanoat mahsulotlarining 80 foizi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 90-yillarda 50 foizni tashkil etdi. 1990- yillardan «Sotsialistik bozor xo‘jaligi»ga o‘tish va XXI asrda Xitoyni rivojlangan davlatga aylantirish boshlandi. Bugungi Xitoy — iqtisodiyoti gurkirab rivojlanayotgan davlatdir. Bugungi Xitoy yakkapartiyaviylik va totalitar 246 tartib saqlangan holda bozor munosabatlari bosqichma-bosqich qaror topti- rilayotgan davlatdir. Bugungi Xitoy — BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo‘lgan, qudratli, yadro quroliga ega davlatlardan biridir. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Ikkinchi jahon urushining Xitoy uchun oqibatlari haqida nimalarni bilib oldingiz? 2. Xitoydagi 1946—1949-yilgi fuqarolar urushining oqibatlari haqida so‘zlab bering. 3. Xitoyga Sovet davlatining yordami qanday bo‘ldi? 4. XKP rahbariyatining «Katta sakrash» dasturi mazmuni haqida nimalarni bilib oldingiz? 5. XXR ning 80-yillardan gurkirab rivojlanishi, ya’ni modernizatsiya sa- bablarini izohlab bering. 6. «Sotsialistik bozor xo‘jaligiga o‘tish»ning mazmuni nima? 7. Xitoy bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar haqida vaqtli matbuot materiallari asosida referat tayyorlang. JADVALNI TO‘LDIRING. XITOY TARAQQIYOTINING ASOSIY XUSUSIYATLARI r a l r i b d a t n a g l i r i h s o a g l a m A r a l a j i t a N 28-§. Hindiston va Pokiston Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Hindiston xalqi- ning milliy-ozodlik kurashi yanada kuchaydi. Bu harakatga, hatto, Buyuk Britaniya armiya- sida xizmat qilayotgan hindistonlik soldat va matroslar ham qo‘shilishdi. 1946-yilning fevralida Bombey harbiy-dengiz bazasi matroslarining bosh ko‘tarishini deyarli butun Hindiston qo‘llab- quvvatladi. Shunday sharoitda Buyuk Britaniya hukumati Hindistonga mustaqillik berilishini e’lon qilishga majbur bo‘ldi. Buyuk Britaniya bosh vaziri K. Ettli 1947-yil 20-fevralda Hindiston haqida yangi deklaratsiya bilan chiqdi va hokimiyatni «hindlar qo‘liga» topshirishini bayon qildi. 1947-yilning 15-avgustida Hindiston mustaqilligi to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Bunga ko‘ra, Buyuk Britaniya hukmron doiralari Hindistonni ikki dominionga (Hindiston Ittifoqi va Pokistonga) bo‘lib yubordi. Shu tariqa Buyuk Britaniya yana bir marta o‘zining « Bo‘lib tashla, hukmronlik qil!» shioriga sodiqligini namoyon qildi. Bu bo‘linishni eng nozik belgi — diniy belgi asosida amalga oshirdi. Hindiston Respublikasining tashkil topishi ? 247 Hindiston Ittifoqi hududida aholining katta qismi (musulmonlar ham kam emas edi) hinduiylik diniga e’tiqod qilishardi. Pokiston aholisining katta qismi esa (hinduiylik diniga e’tiqod qiluvchilar ham kam emasdi) islom diniga e’tiqod qilardi. Bir davlatning ikkiga bo‘linishi jarayo- ni katta diniy to‘qnashuvlar, qirg‘inlar sharoitida amalga oshirildi. Ikki to- mondan qochoqlar soni 8 mln dan or- tiqni tashkil etdi. Ayniqsa, Kashmir vi- loyatining Hindistonda qoldirilishi (bu viloyat aholisi asosan musulmonlardan iborat edi) Hindiston va Pokiston o‘rtasida urush harakatlarini keltirib chiqardi. 1947-yil kuzida Pokiston qo‘shinlari Kashmirga kirdi. Hindiston armiyasi bilan janglar bo‘ldi. M. K. Gandi bu diniy to‘qnashuvga qarshi chiqdi. Hindistonda musulmonlarning hayot kechirishi uchun zarur sharoit yaratishni talab qildi. Bunga shovinist hind burjuaziyasi qarshi chiqdi. 1948-yil 30-yanvarda 70 yoshli M. K. Gandi o‘ldirildi. 1949-yilning 1-yanvarida bu ikki dominion o‘rtasida urushni to‘xtatish haqida bitim imzolanishiga erishildi. 1949-yilda Hindiston Ta’sis majlisi mamlakat konstitutsiyasini qabul qildi va u 1950- yilning yanvaridan kuchga kirdi. 1950-yilning 26-yanvarida Hindiston Respublika deb e’lon qilindi. Shunday qilib, hind xalqining Buyuk Britaniya mustamlakachiligiga qarshi salkam 100 yil davomida olib borgan milliy- ozodlik kurashi mustaqil davlatga ega bo‘lish bilan yakunlandi. Bu kurashga Hindiston Milliy Kongressi (HMK) rahbarlik qildi. Mustaqil- likdan so‘ng tuzilgan birinchi hukumatni HMK rahbari J. Neru (1889— 1964) boshqardi. Ayni paytda Hindiston Britaniya Millatlar Hamdo‘stligi tarkibida qoldi. Yangi hukumat o‘tkazgan dastlabki muhim islohot agrar islohot bo‘ldi. Unga ko‘ra, yer bevosita unda ishlayotganlarga berilishi ko‘zda tutildi. Biroq za- mindorlarning qattiq qarshilik ko‘rsatishi oqibatida hamma dehqonlar ham yerli bo‘la olmadi. Shunga qaramay, yerni zamindorlardan ijaraga olib ishlayotganlarning katta qismi yerli bo‘lib qoldi. Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish hajmi ikki baravardan ortiq ko‘paydi. Hindiston 1966-yilgacha uchta besh yillikni amalga oshirdi. To‘g‘ri, aholining barchasi ham to‘q yashamayotgan yoki ma’lum qismi och holatda yashayotgan bo‘lsa-da, islohot tufayli Hindiston o‘z aholisini oziq-ovqat bilan asosan o‘zi ta’minlash imkoniga ega bo‘ldi. Javaxarlal Neru. Iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot 248 Hindiston hukumati milliy sanoatni rivojlantirishga ham alohida e’tibor berdi. Natijada sanoat ishlab chiqarishi deyarli to‘rt baravar ko‘paydi. Hindiston agrar davlatdan agrar-industrial davlatga aylandi. 1990-yilda Hindiston 170 mln kv/s elektr energiya, 12 mln tonna po‘lat, 30 mln tonna neft ishlab chiqardi. Avtomobil, avtobus, radio, televizor ishlab chiqarish yuksak sur’atlarda rivojlanmoqda. Traktor ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlardan biriga aylandi. Hindiston iqtisodiyotida davlat sektori yildan-yilga kamayib bormoqda. Bugungi kunda u jami milliy mahsulotning 20 foizini ishlab chiqaradi, xolos. Hindiston siyosiy hayotida parlamentarizm mustahkam qaror topdi. Hindiston Respublikasi butun taraqqiyoti yillarida katta ijtimoiy-siyosiy muammolarga duch keldi va hozirgacha ular o‘z yechimini topgani yo‘q. Bular: hinduiylar bilan musulmonlar o‘rtasidagi diniy qirg‘inlar; musulmonlarning Kashmirni Pokiston bilan birlashtirish uchun kurashi; sikxlarning siyosiy muxtoriyat uchun kurashi; Panjobning Hindiston tarkibidan ajralib chiqish uchun kurashi bilan bog‘liq muam- molardir. Bunga yana mamlakat 20 foiz aholisining yersizligi, 30 mln ga yaqin aholining ishsizligi; 60 foiz aholining hamon savodsizligi kabi muammolar ham qo‘shiladi. 1957-yil martida bo‘lib o‘tgan saylovlarda J. Neru yana Bosh vazirlikka saylandi, R. Prasad esa Prezidentlik lavozimini egalladi. J. Neru vafotidan so‘ng 1964-yil 2-iyunda L. B. Shastri Hindiston Bosh vaziri bo‘ldi. Lekin 1966-yil 11-yanvarda Pokiston bilan urushni to‘xtatish haqida Ayubxon bilan bitimni imzolagach, Toshkentda vafot etdi. L. B. Shastri vafot etgach, Indira Gandi 1966—1977-yillarda bosh vazir bo‘lib turdi. I. Gandi o‘z mavqeyini mustahkamlash uchun 1970-yilda 4- beshyillik rejani qayta ko‘rib chiqdi va davlat sektorini mustahkamlash choralarini ko‘rdi. 14 ta bank, ulgurji savdoning bir qismi milliylashtirildi, monopoliyalarning roli cheklandi. Mayda ishlab chiqarish (kichik biznes)ni rivojlantirish choralari ko‘rildi. Ba’zi shtatlarda mayda yer uchastkalariga soliq bekor qilindi, katta yer egalari yerlarining maksimal darajasini pasay- tirish, sobiq knyazlarning pensiya va imtiyozlarini bekor qilish choralari ko‘rildi. Bu narsa parlamentda oppozitsiyani kuchaytirdi. 1971-yilda sug‘urta ustidan nazorat o‘rnatildi, yengil sanoatda davlat korxonalari paydo bo‘ldi, xususiy mulkni milliylashtirish haqida konstitutsiyaga tuzatish kiritildi. Bu tadbirlar yirik burjuaziya va monopolistik unsurlarning noroziligini kuchaytirdi. HMKda ham bo‘linish yuz berdi. 1975-yilda hukumat yangi dastur e’lon qildi. Unda xalqni g‘alla va boshqa tovarlar bilan ta’minlash uchun davlat ta’minot tizimini joriy qilish, yer uchastkalarining maksimal darajasini cheklash va ortiqcha yerni yersiz dehqonlarga berish haqidagi qonunni barcha shtatlarda joriy qilish, qishloq xo‘jalik ishchilarining Taraqqiyot yo‘lidagi ijtimoiy-siyosiy muammolar 249 minimum ish haqini belgilash, uy qurish uchun bepul yer ajratish, qaram mehnatni bekor qilish, eng kambag‘al dehqonlar qarzini bekor qilish, shaharda yer uchastkasining maksimal darajasini belgilash, olibsotarlikka yo‘l qo‘ymaslik aytilgan edi. Shuningdek, iqtisodiy jinoyatlar; oziq-ovqatni noqonuniy to‘plab qo‘yganlik, kontrabanda, soliqlarni to‘lamaganlik uchun jazolash ham o‘z ifodasini topdi. Lekin bular chala qoldi. Oppozitsiyachilar Janata parti (Xalq partiyasi) ni tuzdilar va 1977-yil martida parlamentga o‘tkazilgan saylovlarda Morarji Desai boshliq hukumat tuzdilar. Janata partidan ajralib chiqqan va 1980-yilda tashkil topgan Bxaratiya Janata parti (BJP) mamlakatda diniy o‘ziga xoslikni shior qilib olgan partiyadir. Bu partiya Hindistonni faqat hinduiylik diniga e’tiqod qiluvchilar davlatiga aylantirish maqsadini ilgari surdi. Ayni paytda musulmonlarni siyosat va iqtisoddan chetlatishni targ‘ib etdi. Aholisining 11 foizi musul- monlardan iborat bo‘lgan davlatda bunday g‘oyaning ilgari surilishi mamlakat siyosiy birligini katta xavf ostiga qo‘yadi. Mamlakat birligiga sikxlar harakati ham jiddiy xavf solmoqda. Ular sikxiylik diniga e’tiqod qiladilar. Bugungi Hindistonda 17 mln sikxiy yashaydi. Oz sonli bo‘lsa-da, davlat hayotida katta mavqega ega. 1980-yil yanvardagi saylovlarda Bosh vazirlikka qaytgan HMK vakili Indira Gandi (1966—1977; 1980—1984-yillarda) davrida ba’zi siyosiy xatoliklarga ham yo‘l qo‘yildi. Chunonchi, u hindi tilini davlat tiliga aylantirishga harakat qildi. Buni boshqa millatlar vakillari milliy kamsitish sifatida qabul qildilar. Panjob shtatida yashovchi sikxlar bunga qarshi ajralib chiqish harakatini boshladilar. Ular o‘z oldilariga Panjobni Hindistondan ajratib olib, Xoliston deb ataluvchi davlat tuzish maqsadini qo‘ydilar. Ayni paytda ular terrorni kuchaytirdilar. Tabiiyki, markaziy hukumat Hindistonning bo‘linib ketishiga toqat qila olmasdi. Fuqarolar urushi kelib chiqishining oldini olish maqsadida 1984-yilning 5-iyunida I. Gandi sikxlarning muqaddas joyi — Oltin ibodatxonani shturm Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling