Jahon tarixi
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
bo‘lib Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif 1992-
yil 27—28-iyun kunlari O‘zbekistonga tashrif bu- yurdi. Tashrif chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma, hukumatlar o‘rtasida madaniyat, sog‘liqni saqlash, fan, texnika, kadrlar tayyorlash, sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitimlar imzolandi. 1992-yil avgustida O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov Pokistonga javob tashrifi bilan bordi. U yerdagi uchrashuvlar, suhbatlar, muzokaralar natijasida ikki mamlakat o‘rtasida 5 ta muhim bitim imzolandi. Banklar to‘g‘risida, investitsiyalarni himoya qilish, elektrlashtirish, irrigatsiya va melioratsiya, telekommunikatsiya sohasida hamkorlik qilish haqidagi bitimlar o‘tgan yillar davomida o‘z samarasini berdi. Pokistonning «Tabani korpo- reyshn», «Lahor», «Pia», «Merkuriy», «Metro garmen tes» va boshqa fir- malari O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatmoqda. 1994-yilda tovar ayirboshlash 4,3 mln dollarga yetdi. Urdushunos olim A. Ibrohimov Lahor shahrida o‘zbek tili kurslarini tashkil etdi. O‘zbekistonning pilla, shoyi matolari, shisha va billurlari, yengil Pokiston — O‘zbekiston munosabatlari 17 — Jahon tarixi 258 sanoat uchun mashina va uskunalari Pokistonda sevib xarid qilinsa, pokistonliklarning tayyor kiyimlari, charm kamzullari, shakar va kakaosi o‘zbekistonliklarga manzur bo‘lmoqda, 2004-yilda ikki mamlakat o‘rtasida tovar ayirboshlash 8,4 mln dollarni tashkil etdi. 43 mln dollarlik paxta Eron bandargohlari orqali chetga chiqmoqda. Pokiston esa uchinchi davlat orqali paxta sotib olmoqda. 2005-yil martida Pokiston Prezidenti P. Musharrafning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida bu masalalar muhokama qilindi. Pokiston sarmoyalari bilan O‘zbekistonda 42 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. 2004-yilda ular 19,5 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqardilar. Tashrif chog‘ida hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot, 2005—2009-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan madaniy aloqalar dasturi va xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Hindiston va Pokistonning tashkil etilishi sabablari va mustaqillikka erishishi qanday yuz berdi? 2. J. Neru davrida Hindistonning ahvoli qanday edi? 3. Pancha chila nima? 4. Hindiston tarixida I. Gandining roli qanday bo‘ldi? 5. Hindiston bilan Pokiston o‘rtasidagi mojaroning asosiy sababi nima? 6. M. Desai davrida Hindiston taraqqiyoti haqida gapirib bering. 7. «Bxarati janati parti» qanday partiya? 8. Pokiston 1958-yilgacha qanday idora qilindi? 9. Pokistonda harbiy diktaturalar nega o‘rnatildi? 10.Toshkent deklaratsiyasining ahamiyati qanday bo‘ldi? 11.Bangladesh mustaqillikka qanday erishdi? 12.Benazir Bxutto qanday siyosat yurgizdi? 13.Hozirgi bosqichda Pokiston — Hindiston munosabatlari qanday? 14.AQSHning Hindiston va Pokiston bilan munosabatlari qay tarzda davom etmoqda? 15.O‘zbekistonning Hindiston va Pokiston bilan munosabatlari haqida nimalarni bilib oldingiz? JADVALNI TO‘LDIRING. HINDISTON VA POKISTON RAHBARLARINING FAOLIYATLARI HAQIDA t a k a l m a M i r a l r a b h a r a d t a y i m i k o H i l i y n a g r u t n u h c u t a k a l m a M i r a l h s i n a g l i q BAHS YURITING — Jamiyat taraqqiyotida dinning roli va G‘arb davlatlarining diniy ayirmachi- likdan Sharq mamlakatlarida qanday foydalanayotganliklari haqida erkin fikr yuritib, matbuot va tarixiy materiallar asosida insho yozing. — Hindiston iqtisodiyotidagi qaysi jihatlardan O‘zbekistonda ijodiy foydalanish mumkin? Bu haqda erkin fikr bildiring. Bahs yuriting. ? 259 29-§. Turkiya va Eron Turkiya Respublikasi Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng Turkiya- da chigal vaziyat yuzaga keldi. Xalq Respublikachi Partiya (XRP) bilan 1945-yilda tashkil etilgan Demokratik Partiya (DP) o‘rtasida kurash kuchay- di. DP davlat monopolizmiga qarshi chiqib, «Xususiy tashabbus»ni qo‘lladi. 1946-yilgi saylovlarda XRP terror yo‘li bilan g‘olib chiqdi va darhol repressiyani boshlab yubordi. Bu narsa mamlakatda keskinlikni avj oldirdi. Mamlakatni 1938-yildan AQSHning gumashtasi I. Inenyu boshqarib keldi. 1950-yilning may oyida Turkiya Buyuk millat majlisi (parlamenti)ga bo‘lib o‘tgan saylovda Demokratik partiya g‘alaba qozondi. Partiya rahbari J. Boyar mamlakat Prezidenti, partiyaning yirik arbobi A. Menderes Bosh vazir lavozimini egalladi. Uning dasturi iqtisodiyotda davlat sektorini tugatish va erkin tadbirkorlikni qaror toptirishni ko‘zda tutardi. DP o‘z dasturini amalga oshirishga kirishdi. Sanoatda, hatto, xususiy sektorning davlat sektoridan ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishiga ham erishildi. Hukumat mamlakat iqtisodiyotiga chet el sarmo- yasini joylashtirish uchun qulay imkoniyatlar yaratdi. 1950—1954-yillar davo- mida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 65 mln dollar miqdorida yor- dam oldi. Biroq yangi hukumat qanchalik harakat qilmasin, iqtisodiy rivojla- nishda jiddiy o‘zgarish yuz bermadi. Bu chet el sarmoyasining milliy sarmoyani siqib chiqarishiga sabab bo‘ldi. 1956-yilda Turkiya g‘allani chetdan sotib oldi. 1958-yilda Turkiya o‘zini bankrot deb e’lon qilib, qarzlarini to‘lay olmasligini bildirdi. Boyar-Menderes hukumatidan ko‘pchilik norozi bo‘ldi. Mamlakatda korrupsiya, talon-toroj avj oldirilgan edi. 1960-yil may oyida harbiy to‘ntarish bo‘ldi. Hokimiyat to‘ntarish o‘tkazgan yangi tashkilot — Milliy birlik qo‘mitasi (MBQ) qo‘liga o‘tdi. Mamlakatning vaqtinchalik konstitutsiyasi qabul qilindi. Unga ko‘ra, MBQ oliy qonun chiqaruvchi organ deb e’lon qilindi. Unga J. Gursul raislik qildi va u vaqtinchalik hukumatni ham boshqardi. J. Boyar, A. Menderes qamoqqa olindi. A. Menderes 1961-yilda qatl etildi. 1961-yilning may oyida mamlakatning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat etilgach, ikkita yangi partiya tuzildi. Ularning biri «Adolat partiyasi», ikkinchisi esa «Yangi Turkiya partiyasi» deb ataldi. Ayni paytda boshqa siyosiy partiyalar ham faoliyat ko‘rsata boshladi. Noyabr oyida o‘tkazilgan saylovda hech bir partiya mutlaq ko‘pchilik o‘rin ololmaganligi uchun koalitsion hukumat tuzishga to‘g‘ri keldi. 1961—1965-yillar Turkiyaning kelgusi taraqqiyot yo‘li xususida keskin siyosiy kurashlar yillari bo‘ldi. Bu davrda 4 marta hukumat almashdi. Va, nihoyat, 1965-yildagi parlament saylovida «Adolat partiyasi» g‘alaba qozondi. Uning rahbari S. Demirel Bosh vazir lavozimini egalladi. Bu hukumat davrida Demokratik partiyaning hokimiyatga kelishi 260 harbiy xarajatlarning yanada o‘sishi budjet taqchilligini keskin ko‘paytirib yubordi. U 1970-yilda 3,5 mlrd lirani tashkil etdi. Davlat qarzi esa 72 mlrd liraga yetdi. Bunday sharoitda harbiylar yana siyosatga aralashdilar. Ular 1971-yilning 12-martida yana davlat to‘ntarishi o‘tkazdilar. Unga general K. Evren rahbarlik qildi. Mamlakatda favqulodda holat joriy etildi. Biroq bu to‘ntarish mamla- katda siyosiy barqarorlikni ta’minlay olmadi. 1973-yilda mamlakat prezidenti 16 turdan so‘ng saylanganligi buning isbotidir. 1980-yilda esa hatto prezident saylashga erishilmadi ham. Oqibatda yana davlat to‘ntarishi o‘tkazildi. Barcha siyosiy partiyalar tarqatilgan, deb e’lon qilindi. Ularning rah- barlariga 10 yil davomida siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanish man etildi. Ommaviy axborot vositalari uchun qattiq senzura o‘rnatildi. Biroq Yevropa Ittifoqining aralashuvi bilan harbiylar yon berishga majbur bo‘ldilar. Mamla- katning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat etildi. Natijada qator yangi partiyalar («Vatan» partiyasi, «To‘g‘ri yo‘l» partiyasi) tuzildi. «Vatan» partiyasini T. O‘zal, «To‘g‘ri yo‘l» partiyasini esa S. Demirel boshqardi. 1983-yilda o‘tkazilgan parlament saylovida «Vatan» partiyasi g‘alaba qozondi va T. O‘zal Bosh vazir lavozimini egalladi. 1989-yilda esa Turkiya Prezidenti lavozimiga saylandi. T. O‘zal davrida mamlakatda chuqur iqtisodiy islohotlar o‘tkazildi. Chunonchi, 1986-yilda xususiylashtirish to‘g‘ri- sida qonun qabul qilindi. 1988-yildan davlat mulkini sotish boshlandi. Biroq bundan ko‘zlangan maqsadga erishilmadi. Chunki davlat mulki narxi qimmat bo‘lgani uchun, 1991-yil oxirigacha uning atigi 5 foizi xususiylashtirildi. 1991-yilgi parlament saylovlarida «To‘g‘ri yo‘l» partiyasi g‘alaba qozondi. Uning rahbari S. Demirel hukumat tuzdi. 1993-yilda T. O‘zal vafot etgach, S. Demirel mamlakat prezidentligiga saylandi. Turkiya O‘rta Sharqda iqtisodiy rivojlangan davlatlardan biri. Ayni paytda, qudratli zamonaviy armiyaga ham ega. Biroq Turkiya mamlakat hayotini G‘arbiy Yevropacha model asosida to‘la qayta qurishga muvaffaq bo‘lmadi. Bunga, birinchidan, uning texnik-iqti- sodiy jihatdan orqada qolganligi sabab bo‘ldi. Mamlakat aholisining 50 foizi hamon qishloq xo‘jaligida band. Ikkinchidan, davlat iqtisodiyotni qattiq markazlashtirgan va uning ustidan to‘la nazorat o‘rnatgan. Chunonchi, sa- Turgut O‘zal. 261 noatning katta qismi hamon davlat mulki hisoblanadi. Korxonalarning 70 foizga yaqini davlat dotatsiyasi hisobiga ishlaydi. Tashqi savdoda import eksportdan ustun turadi. Bu esa, o‘z navbatida, tashqi qarzning ko‘payishiga olib kelmoqda. 1995-yilda Turkiyaning tashqi qarzi 50 mlrd dollarni tashkil etganligi asosan shu omil bilan izohlanadi. 2000-yilda mamlakat prezidentligiga A. Sezer saylandi. Tayyip Erdog‘an Bosh vazir lavozimini egalladi. 2007-yil avgustda A. Gul Prezident A. Sezer o‘rnini egalladi. Turkiya tashqi siyosatda birinchi navbatda AQSH bilan munosabatlarni yaxshilashga intildi. Chu- nonchi, AQSH hukumati 1947-yil 12-iyulda Turkiyaga moliyaviy va harbiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Turkiya «Trumen doktrinasi» bo‘yicha harbiy yordam oldi. 1948-yil iyulda Turkiya hukumati AQSH bilan «Marshall rejasi» asosi- da hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu ikkala bitim bo‘yicha Turkiya AQSHdan 800 mln dollar oldi va mablag‘lar asosan harbiy ishga sarflandi. Budjetning 60 foizi bu davrda harbiy maqsadlarga ketmoqda edi. AQSH ning Koreyada olib borgan urushida ishtirok etdi. 1951-yil oxirida Turkiya NATO a’zoligiga qabul qilindi. 1954-yilda SEATO harbiy-siyosiy ittifoqi a’zosi bo‘ldi. Shu yildan boshlab Turkiya tashqi siyosatida Kipr masalasi alohida o‘rin tuta boshladi. 1955-yilda esa Bag‘dod paktini imzoladi. 1959-yilda Turkiya hududida AQSH harbiy bazasi barpo etish to‘g‘risida ikki tomonlama shartnoma imzolandi. Shuningdek, Eron va Pokiston bilan shartnoma tuzib, SENTOni tashkil etdi. (1958-yilda Iroq bu blokdan chiqib ketgan edi.) 60- yillardan boshlab Turkiyaning AQSH bilan bir tomonlama ittifoqchilikka asoslangan tashqi siyosatida o‘zgarish yuz bera boshladi. Endi Turkiya «Umumiy bozor» a’zosi bo‘lgan davlatlar, birinchi navbatda, GFR bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantira boshladi. 1974-yilda Kipr muammosi yanada keskinlashdi. Kiprni Gretsiyaga qo‘shib olishga intiluvchi kuchlar qonuniy hukumatga qarshi bosh ko‘tardilar. Bunga javoban Turkiya harbiy kuchlarini Kiprga kiritdi. Shu tariqa Kipr amalda kiprlik turklar va kiprlik greklar jamoalariga bo‘linib ketdi. Turkiya O‘zbekiston davlat mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan davlatdir. Turkiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida abadiy do‘stlik to‘g‘risida shartnoma imzolangan. O‘zbekistonda ko‘plab o‘zbek—turk qo‘shma korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning ichida Samarqanddagi «Otayo‘l» avtobus ishlab chiqaruvchi korxona alohida ahamiyatga ega. Sovet davlati parchalanib ketgach, Turkiya O‘rta Osiyo respublikalari bilan yaqin munosabat o‘rnatdi. Yaponiya va AQSH firmalari Turkiyada sovitgich va televizor ishlab chiqaruvchi korxonalar qura boshladilar. Shuningdek, Turkiya ko‘pgina xorij firmalariga vositachi rolini o‘ynamoqda. Tashqi siyosat 262 Turkiya O‘zbekiston mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan mamlakatdir. 1991-yil dekabrda O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov Turkiyaga rasmiy tashrif bilan bordi. Mamlakat Prezidenti Turgut O‘zal, Bosh vazir Sulaymon Demirel va ishbilarmonlar bilan uchrashib, O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya jumhuriyati o‘rtasidagi aloqalarning asos va maqsadlari to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Bu shartnomada mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ma’naviy, ruhiy yaqinlik ta’kidlandi. Iqtisodiy va savdo sohasida hamkorlik, madaniyat, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, turizm va boshqa bitimlar imzolandi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishda 1992- yil aprelida Turkiya Bosh vaziri Sulaymon Demirelning respublikamizga tashrifi katta rol o‘ynadi. Turklarning «Interner», «O‘zturk», «O‘zyuksal», «Dogu ilag», «Yazeks», «Bursel» va boshqa firmalari O‘zbekistonda keng faoliyat ko‘rsatdi. 1993-yil aprelida Turkiya Prezidenti T. O‘zalning O‘zbekistonga tashrifi, ayniqsa, samarali bo‘ldi. «Daromad va mol-mulkka ikki tomonlama soliq solmaslik to‘g‘risida», «Terrorizm, g‘ayriqonuniy qurol va giyohvand moddalar tarqatishga qarshi kurash to‘g‘risida» bitimlar va boshqa hujjatlar imzolandi. 1993-yilda O‘zbekistonga 240 mln dollar miqdorida turli tovarlar keltirildi. Turkiyaning yordami bilan Qoraqalpog‘istonda «Kateks», «Elteks», Buxoroda «Vardonze» (erkaklar ko‘ylagi tikishga moslashgan) va boshqa ko‘plab korxonalar qurildi. Ularning ichida Samarqanddagi «Otayo‘l» avtobus ishlab chiqaruvchi korxona alohida ahamiyatga ega. Turklar O‘zbekiston- dagi ko‘plab mehmonxonalarni qayta ta’mirlashda yordam ko‘rsatdilar. Ikki mamlakat o‘rtasida madaniyat, fan sohasida ham aloqalar kuchayib bormoqda. Turkiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida abadiy do‘stlik to‘g‘risida shartno- ma imzolangan. Eron Islom Respublikasi Ikkinchi jahon urushi oxirida Eron shoh Muham- mad Rizo Pahlaviy (1919—1980) tomonidan boshqarilar, hukumat boshlig‘i Qavam as Sulton edi. 1947-yil uning o‘rniga I. Hakimiy va undan so‘ng Razmari tayinlandi. 1945-yili Eronda yashovchi ozarbayjon va kurd xalqlarining milliy muxtoriyat uchun kurashi boshlandi. Eron Ozarbayjonida faoliyat ko‘rsata boshlagan Ozarbayjon demokratik partiyasi quyidagi talablarni ilgari surdi: yaxlit mamlakat doirasida Eron Ozarbayjoniga madaniy hayot va mahalliy boshqaruv sohasida muxtoriyat berish; ozarbayjon tilini muxtoriyat hududida rasmiy til deb tan olish; o‘z parlamentiga ega bo‘lish. Turkiya — O‘zbekiston munosabatlari 1945-yil voqealari 263 Bu talablar shoh hukumatining boshqa millat vakillariga nisbatan o‘tkazayotgan shovinistik siyosati oqibati edi. 1945-yilning oxirida Eron Ozarbayjoni parlamentiga (majlis) saylov o‘tkazildi. Parlament 9-dekabrda Ozarbayjon Muxtor Respublikasi tuzilganligini e’lon qildi. Saylovdan so‘ng tuzilgan hukumat markaziy hokimiyatni tan olishini hamda uning muxtoriyat manfaatlariga zid bo‘lmagan barcha ko‘rsatmalarini bajarishini ma’lum qildi. Maktablarda ta’lim ozarbayjon tilida olib borila boshlandi. Ozarbayjon davlat universiteti ochildi. 1945-yilning oxirida Shimoliy Kurdistonda (Eron Kurdistonida) ham muxtoriyat uchun kurash boshlandi. Tez orada muxtor Kurd Xalq Respublikasi tuzildi. Bu kurashga Kurdiston demokratik partiyasi rahbarlik qildi. Biroq bu harakatlar aslida SSSR tomonidan rag‘batlan- tirilgan va qo‘llab-quvvatlangan edi. Bu esa o‘zga davlatlar ichki ishlariga bevosita aralashish edi. Ayni paytda SSSR Tude (Eron kommunistik partiyasi)ni qo‘llab-quvvatladi. Eron hukumati, tabiiyki, Eron Ozar- bayjoni va Shimoliy Kurdistondagi voqealarni separatchilik harakati, deb baholadi. Buyuk Britaniya hukumati esa SSSRning Eron ichki ishlariga arala- shuviga qattiq qarshilik ko‘rsatdi. Chunonchi, Eronga qo‘shimcha harbiy kuchlar jo‘natdi. SSSR manevr qilishga majbur bo‘ldi. 1946-yil 4-aprelda Eron bilan aralash sovet – eron neft kompaniyasi tuzish haqidagi shartnoma evaziga o‘z qo‘shinini Shimoliy Erondan olib chiqib ketishga majbur bo‘ldi. 1946-yilning oxiriga kelib Eron hukumati bu shartnomani bekor qildi va mamlakat shimolini to‘la o‘z nazoratiga bo‘ysundirdi. Ozarbayjon va Kurd muxtor respublikalarini tugatdi. SSSR bu voqealarga aralashmadi. Chunki bunday aralashuv Buyuk Britaniya va AQSHning birgalikdagi aks arala- shuviga duch kelishi mumkin edi. Ayni paytda Eronda ingliz – amerika ta’siri kuchayib bordi. 1947-yilda Eron armiyasida AQSH mutaxassislarining rahbarlik lavozimini egallashlari mumkinligini ham ko‘zda tutuvchi Erondagi Amerika harbiy missiyasining faoliyati haqida eron – amerika shartnomasining imzolanishi Eronda AQSH mavqeyini yanada mustahkamladi. 1950-yilda bu masala yangi shartnoma bilan mustahkamlandi. Ayni paytda ingliz – amerika qarama-qarshiligi kuchaydi. Ingliz – eron neft kompaniyasi (IENK) Buyuk Britaniya uchun katta ahamiyatga ega edi. Bu kom- paniya 1933-yilda tashkil etilgan. Kompaniya daromadining asosiy qismini Buyuk Britaniya olardi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng ham u bu kompaniyani saqlab qolishga zo‘r berib urindi. Shu maqsadda Buyuk Britaniya 1949-yilda «Qo‘shimcha shartnoma» deb ataluvchi shartnoma ishlab chiqdi. Unda kompaniya daro- madidan Eronga beriladigan ajratma miqdorini qisman oshirish ko‘zda tutilgan edi. Eron xalqi qarshi chiqdi. Eron nefti uchun kurash 264 Buyuk Britaniya shu yo‘l bilan IENKda o‘z xo‘jayinligini saqlab qolmoqchi bo‘ldi. Biroq Eron hukumati uni rad etdi. 1951-yilning 15- martida esa mamlakat parlamenti IENKni milliylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 29-aprelda bosh vazir lavozimiga tayinlangan, Milliy front (Eron- ning chet davlatlarga iqtisodiy va siyosiy jihatdan qaramligiga qarshi kurashuvchi kuchlar) rahbari M. Mossodiq bu qarorni bevosita amalga oshirishga kirishdi. Buyuk Britaniya va AQSH har xil yo‘llar bilan bunga to‘sqinlik qildilar. Ular bu masalani xalqaro Gaaga sudida hal etmoqchi bo‘ldilar. Biroq Eron hukumati bu sud vakolatini tan olmadi. Buyuk Britaniya endi BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat qildi. Xavfsizlik Kengashi Eron neftini xalqaro kom- paniya ixtiyoriga berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Biroq Mossodiq bu qarorni rad etdi. U Eron nefti Eronning milliy boyligi ekanligini, uni mil- liylashtirish Eronning ichki ishi ekanligini ta’kidladi. Bunga javoban Buyuk Britaniya Eronga nisbatan iqtisodiy qamal tashkil etdi. Eron hukumati esa Buyuk Britaniya bilan diplomatik muno- sabatlarini uzdi. Shoh boshchiligidagi ichki g‘arbparast kuchlar Buyuk Britaniya va AQSH ning qo‘llab-quvvatlashiga tayanib, 1953-yilning 19-avgustida davlat to‘ntarishi o‘tkazdilar. Unga general Zohidiy rahbarlik qildi. Shoh uni bosh vazir etib tayinladi. Barcha siyosiy partiyalar, tashkilotlar, Mossodiq siyosatini qo‘llab-quvvatlagan vaqtli matbuot nashrlari tor-mor etildi. Shu tariqa Eron shohi Muhammad Rizo Pahlaviy o‘z mavqeyini mustahkamlab oldi. Yangi hukumat 1954-yilda Xalqaro neft konsorsiumi bilan shartnoma imzoladi. (Unda AQSH va Buyuk Britaniya neft kompaniyalari yetakchi mavqega ega edi.) Shartnomaga ko‘ra, Eron nefti 25 yil muddat bilan (1979-yilgacha) shu konsorsium ixtiyoriga berildi. Konsorsiumning neft qazib chiqarishi yildan yilga o‘sib bordi. Xususan, 1950-yilda u 32 mln tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 1961-yilga kelganda bu ko‘rsatkich 57 mln tonnani tashkil etdi. Ayni paytda, Eron ham neft eksportidan katta daromad topa boshladi. 70-yillar o‘rtalariga kelganda bu daromad 20 mlrd dollardan oshdi. Eron 1955-yilda Bag‘dod paktiga (1959-yildan SENTO) a’zo bo‘ldi. «Eyzenxauer doktrinasi»ni qo‘llab-quvvatladi. 1959-yilda AQSH bilan shartnoma tuzib, unga deyarli qaram bo‘lib qoldi. Budjetning 40 foizi harbiy maqsadlarga ketdi. 1955-yildagi qonun bilan Eronda 1000 dan ortiq turli firmalar ish ko‘rar edi. Import eksportdan 5 baravar ortdi. Eron mahalliy sanoati sindi. Ko‘plab korxonalar yopildi. Eron AQSHdan g‘alla sotib oldi. Eron shohi mamlakat taraqqiyotini jadal sur’at- larda tezlatishga, og‘ir iqtisodiy ahvoldan qutulishga va mamlakat hayotida g‘arbga munosabatlarni qaror toptirishga, to‘xtovsiz davom etayotgan norozi- lik to‘lqinlarini bostirishga harakat qildi. Oq inqilob 265 Shu maqsadda, 1963-yilning 23- yanvarida quyidagi 6 qonun loyihasi yuzasidan referendum o‘tkazildi: 1. Yer islohoti. 2. O‘rmonlarni milliylashtirish. 3. Yer islohotini moliyalashtirish uchun davlat zavod va fabrikalarini sotish. 4. Ish- chilarning korxona foydasidan ulush olishi. 5. Parlamentga saylov to‘g‘risidagi qo- nunga o‘zgartirish kiritish. 6. Savod-siz- likka qarshi kurashish uchun «maorif kor- pusi» tuzish. Shoh bu islohotlar ahamiyatini inqi- lobga tenglashtirdi va uni «oq inqilob» deb atadi. Sanoat ishlab chiqarishining yillik o‘rtacha o‘sish sur’ati 10—15 foizni tashkil etdi. Islohot natijasida Eron agrar davlatdan agrar-industrial davlatga aylan- di. Ayollarga erkaklar bilan teng saylov huquqi berildi. Hayotga Yevropacha tus berila boshladi. Mamlakat G‘arb dunyosining bir qismiga aylandi. Biroq islohot xalqning turmush darajasini yaxshilamadi. Chunki Eron jamiyati agrar islohotga tayyor emas edi. Buning ustiga, islohot juda tez sur’atlar bilan o‘tkazila boshladi. Aholining ongi esa buni o‘ziga singdira olmadi. Chunki iqtisodiy islohot dastlab aholi turmush darajasini pasaytirib yuborishi tabiiydir. Bundan tashqari, islohot aholining ma’lum tabaqasini haddan tashqari boyitib yubordi. O‘n millionlab odamlar esa tobora kambag‘allashdi. Jamiyatdagi bu o‘zgarishlar aholi ko‘z o‘ngida islom an’analaridan, asrlar osha davom etib kelayotgan turmush tarzidan voz kechishdek gavdalandi. Xalq noroziligi kuchaydi. Xalqqa qarshi maxfiy po- litsiya (SAVAK) tashkil etildi. Uning yerto‘lalarida 380 mingdan ortiq eron- liklar yo‘q qilindi. Bu hodisa G‘arbcha tamoyillar asosida o‘tkazilayotgan islohotlarga boshdanoq qarshi bo‘lgan ruhoniylarga qo‘l keldi. Diniy mutaassiblik aholi ongini chulg‘ab olgan jamiyatda ruhoniylarning mavjud hukmron doiralarga qarshi turishi ular uchun juda katta xavf tug‘dirar Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling