Jahon tarixi


Download 3.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/38
Sana25.02.2017
Hajmi3.01 Kb.
#1260
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38
yerda yahudiylar davlatini tashkil etish mandatini olgan edi. Bu davrda
Falastinda 100 mingga yaqin yahudiy yashardi. Dunyo bo‘ylab tarqalib
ketgan yahudiylarni bir joyga — Falastinga to‘plashda ularning xalqaro
tashkiloti katta rol o‘ynadi. Bu tashkilot Sion tashkiloti deb ataladi. (Bu
nom Falastindagi Sion tog‘i nomidan olingan, bu tashkilot yahudiylarni
shu atrofda to‘planishga da’vat etadi.) Ayni paytda sionizm g‘oyasi ham
vujudga keldi.
1942-yili Falastindagi yahudiylar soni 0,5 mln ga yetdi. Ulardan yaxshi
harbiy tayyorgarlikka ega, AQSH va Buyuk Britaniya tomonidan zamonaviy
qurollar bilan qurollantirilgan armiya tuzildi. Yahudiylar arablar uchun
ajratilgan hududlarni ham ishg‘ol qilib oldilar.
1948-yilning 14-mayida yahudiy sionistlar rahnamosi Ben Gurion Isroil
davlati tuzilganligini e’lon qildi. Tel-Aviv shahri bu davlatning poytaxti bo‘lib
Yaqin Sharq
muammosi
Umumiy tavsif

282
qoldi. Falastin arab davlati esa tuzilmay qoldi. Buning oqibatida 1948-yil
birinchi isroil – arab urushi yuz berdi. Bu urushda ishtirok etgan arab davlati
armiyasi yengildi. Chunki ular qoloq, zamonaviy armiyaga ega bo‘lmagan
davlatlar edi.
Yahudiylar Falastin arablarini o‘z yerlaridan quvib chiqaraboshladilar.
Buning natijasida 0,5 mln falastinlik arablar Livan davlati hududiga qochib
o‘tishga majbur bo‘ldi. Misr, Suriya, Livan va Iordaniya Isroil bilan tinchlik
shartnomasini imzolashga majbur bo‘ldilar.
Dunyo sionistik tashkilotlari ko‘rsatgan moliyaviy yordam, Germaniya-
ning Isroilga to‘lagan 1 mlrd. dollar miqdordagi tovoni hamda AQSH
ko‘rsatgan katta yordam tufayli Isroil qisqa vaqt ichida qudratli armiyaga
ega davlatga aylandi. Yaqin Sharq strategik xomashyo — neftga boy o‘lka.
U yerda jahon neft zaxirasining 50 foizi mavjud. AQSH bu o‘lkani o‘z
hayotiy manfaati doirasiga kiritgan. Ayni paytda unga bu hududda ishonchli
ittifoqchi ham zarur edi. Isroilni ana shu ittifoqchilikka eng mos davlat
sifatida tanladi.
Arab davlatlari esa qoloqligicha qolaverdi. Buning ustiga arab davlatlari
o‘rtasida mustahkam ittifoq ham yo‘q edi. Buning asosiy sababi mustam-
lakachi davlatlarning arablarga mustaqillik berish davrida bir arab davlati
hududining bir qismini ikkinchi arab davlati hududiga qo‘shib yuborganligi
edi. Ikkinchidan, Saudiya Arabistoni, Iroq (1958-yilgacha), Iordaniya
davlatlarida hukmron sulolalar o‘zaro nizoda edilar. Livanda esa davlat
boshqaruvi diniy jamoachilik tamoyiliga asoslanganligi uchun ularning har
biri o‘z manfaatini umumarab manfaatidan ustun qo‘yardilar.
Yaqin Sharq muammosi Buyuk Britaniya va
Fransiyani ham befarq qoldirmadi. Bu ikki davlat
ham Yaqin Sharqdagi manfaatlaridan voz kechish-
ni aslo istamas edi. Ular arab davlatlarida ho-
kimiyat tepasida o‘zlariga sodiq hukumatlarning turishi uchun barcha cho-
ralarni ko‘rdi.
Manfaatlariga katta xavf tug‘ilgan paytda ular agressiya uyushtirish-
dan ham tap tortmadilar. Chunonchi, 1956-yilda shunday bo‘ldi. Shu
yil oktabr oyida Buyuk Britaniya, Fransiya va Isroil Misrga qarshi agressiya
uyushtirdilar. Faqatgina SSSRning Yaqin Sharqda tinchlikni tiklash
uchun zarur bo‘lsa kuch ishlatishga tayyor ekanligi haqidagi qattiq
bayonoti agressiyani to‘xtatishga majbur etdi. Falastin arab xalqi kurashini
to‘xtatgani yo‘q. 1964-yilda Livan hududida Falastin ozodlik Tashkiloti
(FOT) tuzildi.
Bu tashkilot o‘z oldiga mustaqil Falastin davlatini tuzish vazifasini
qo‘ydi. Tez orada u 15 minglik yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan armiyaga ega
bo‘ldi.
1967-yilning 5-iyunida Isroil Misrga yana hujum qildi. Bu urushda Misr
armiyasiga juda katta talafot yetkazildi. Urush 6 kun davom etdi. Shu davr
Arab — Isroil
munosabatlarining
keyingi ahvoli

283
ichida Isroil o‘z hududidan 2 baravar katta bo‘lgan arab davlatlari hududlarini
bosib oldi. Bu hududlar keyinchalik anneksiya ham qilina boshlandi.
Misr Sinay yarim orolini, Suriya Jo‘lan tepaligini, Iordaniya esa Iordan
daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ini boy berdi. SSSR 10 yil davomida Misr va
Suriyaga yetkazib bergan harbiy texnikaning deyarli barchasi Isroil qo‘liga
o‘tdi. G‘azo sektori va Falastin davlati poytaxti bo‘lishi kerak bo‘lgan Quddus
shahrini ham (arablar yashaydigan qismi) Isroil egalladi. Bu mag‘lubiyat
boshqa arab davlatlarini tashvishga solib qo‘ydi.
1967-yil Sudanda arab davlatlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi
o‘tkazildi. Uchrashuvda Isroil bilan muzokara o‘tkazmaslik; Isroilni tan
olmaslik va u bilan separat tinchlik shartnomasini imzolamaslik haqida
qaror qabul qilindi. Ayni paytda, agar Isroil davlati Falastin arab xalqiga o‘z
davlatini tuzish imkonini bersa hamda bosib olingan yerlarni qaytarsa, bu
qarorni bekor qilish mumkinligini qayd etdi.
Isroil ittifoqchilari ham qo‘l qovushtirib o‘tirmadi, albatta. Ular Isroilga
katta miqdorda yordam ko‘rsatishni davom ettirdilar. 1969—1979-yillar
oralig‘idagi 10 yil ichida Isroil 20 mlrd dollarlik yordam oldi. Hukumat
bosib olingan hududlarga yahudiylarni joylashtirish siyosatini yuritdi.
Arab davlatlari ham o‘zlarining harbiy salohiyatlarini mustahkamlash
choralarini ko‘rdilar. SSSR ularga zarur harbiy texnika yetkazib berdi.
1973-yil 6-oktabrda yana arab – isroil urushi boshlandi. Shu kuni Misr-
Suriya armiyasi Isroilga hujum qildi. Arab qurolli kuchlari birinchi bor
Isroilni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Ayni paytda FOTning xalqaro obro‘si
oshib bordi. 1974-yilda arab davlatlari uni falastin arab xalqining yagona
vakili, deb tan oldilar. FOTga BMTda kuzatuvchi maqomi berildi.
Isroilning og‘ir ahvolga solib qo‘yilishi uning itti-
foqchilarini befarq qoldirmadi. AQSH isroil – arab
munosabatlariga jiddiy aralasha boshladi. Uning
maqsadi Isroilning xalqaro obro‘sini saqlab qolish edi. Ikkinchidan, arab
davlatlarini SSSRdan uzoqlashtirish hamda arablar orasiga nizo solish edi.
AQSH o‘z maqsadiga erishdi ham.
1979-yilning 26-martida AQSH Isroil va Misr o‘rtasida separat Kemp-
Devid (AQSH) bitimi imzolanishiga erishdi. Unga ko‘ra, Isroil o‘z
qo‘shinlarini 1982-yil aprelgacha Sinaydan olib chiqib ketishga rozilik
berdi. AQSH har ikki davlatga iqtisodiy-harbiy yordam ko‘rsatish
majburiyatini oldi. AQSH Suvaysh kanalini minalardan tozalab, kemalar
qatnovini yo‘lga qo‘yishda Misrga yordam ko‘rsatdi. Arab ekstremistlari
Misr Prezidenti A. Sadatning bu siyosatini sotqinlik deb baholadilar va
1981-yilning 6-oktabrida uni o‘ldirishga muvaffaq bo‘ldilar.
1980—1990-yillarda arab davlatlari o‘rtasida Yaqin Sharq masalasida
bo‘linish yuz berdi. Boy arab davlatlari — Saudiya Arabistoni, Quvayt,
Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Ummon davlatlari muammoni Isroil
bilan kelishuv orqali hal etish kerakligini yoqlab chiqdilar. Iordaniya va
Kemp-Devid bitimi
va uning oqibatlari

284
Livan ham keyinchalik shunday qildi. Suriya va Iroq esa tinch kelishuv
yo‘lini inkor etdilar.
1994-yildan boshlab Yaqin Sharq muammosini hal etish yangi bos-
qichga kirdi. Isroil Falastin milliy avtonomiyasini tuzishga ijozat berdi. Biroq
bir qancha muzokaralar o‘tkazilsa-da, Falastin davlatini tuzish muammosi
hamon ochiqligicha qolmoqda.
2005-yilda Yo. Arofat vafot etgach, uning o‘rniga kelgan Mahmud Abbos
bu ishni davom ettirmoqda. 2005-yil avgustidan Isroil G‘azo sektoridan
8,5 mingdan ortiq yahudiylarni ko‘chirib olib chiqib ketdi. Bu narsa Isroilda
munosabatni ancha keskinlashtirdi, falastinliklar esa bayram qildi.
Iroqda Ikkinchi jahon urushidan keyin ham
amalda Buyuk Britaniya nazorati davom etdi. 1948-
yilning 15-yanvarida Buyuk Britaniyaning Portsmut shahrida imzolangan
shartnoma bu holatni yanada mustahkamladi. Shartnomaga ko‘ra, urush
xavfi paydo bo‘lgan chog‘da Buyuk Britaniya Iroqni ishg‘ol etish huquqini
oldi.
Amalda Buyuk Britaniya irodasiga bo‘ysungan qirol hukumati Iroqni
harbiy-siyosiy ittifoqqa tortdi. Shu ittifoq 1955-yilning 12-oktabrida
rasmiylashdi va bu Bag‘dod pakti nomi bilan ataldi.
Qirol hokimiyatining amalda G‘arb davlatlari irodasini bajaruvchiga
aylanishi mamlakat harbiylari orasida norozilik tug‘dirdi. 1956-yilda harbiy
qismlar orasida «Erkin zobitlar» tashkiloti tuzildi. 1958-yilning 14-iyulida
harbiy to‘ntarish amalga oshirildi. Mamlakat qiroli Feysal II o‘ldirildi. Iroq
Respublika deb e’lon qilindi. Polkovnik Abdul Karim Qosim boshchiligida
hukumat tuzildi. Iroq Bag‘dod paktidan chiqdi. Chet el harbiy bazalari tuga-
tildi. Sentabr oyida agrar islohot to‘g‘risida qonun qabul qilindi.
Ayni paytda Abdul Karim Qosim mamlakatda shaxsiy diktatura o‘rnatishga
intildi. Muxolifatchi kuchlarni qatag‘on qilish siyosatini yuritdi. Tashqi
siyosatda esa Quvaytga nisbatan hududiy da’vo bilan chiqdi. Bu hol uning
arab dunyosida yakkalanib qolishiga olib keldi. Mamlakatda hokimiyat uchun
kurash kuchaydi.
Buning natijasida 1963-yilning 8-fevralida navbatdagi harbiy to‘ntarish
o‘tkazildi. Abdul Qosim va uning yaqin tarafdorlari o‘ldirildi. Hokimiyat
tepasiga Baas partiyasi (Arab sotsialistik uyg‘onish partiyasi) va Abd as-
Salom Arafa boshchiligidagi harbiy guruh keldi.
Arafa prezident deb e’lon qilindi. Ammo u ham mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyoti xususida turli siyosiy guruhlar birligini ta’minlay olmadi.
Mamlakatda siyosiy beqarorlik davom etdi. Kurd muammosi ichki vaziyatni
yanada murakkablashtirdi.
Shunday sharoitda Arafa 18-noyabr kuni yangi davlat to‘ntarishi o‘tkazdi
va butun hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi. U mamlakatda «arab sotsializmi»
qurishini e’lon qildi. Yagona siyosiy partiya — Iroq arab sotsialistik ittifoqi
tuzildi. Boshqa partiyalar faoliyati taqiqlandi. Ichki siyosatdagi chet el kapitaliga
Iroq

285
qaram kompaniyalar milliylashtirildi. Kurd separatchilari bilan harbiy hara-
katlarni to‘xtatish haqida bitimga erishildi. Biroq muxolifat kuchlarga qarshi
qatag‘on kuchaytirildi.
Tashqi siyosatda qo‘shni arab davlatlari bilan munosabatlar normal-
lashtirildi. Lekin Arafa hukumati davlatning iqtisodiy ahvolini yaxshilay
olmadi. Buning asosiy sababi harbiy xarajatning ko‘paytirilganligi bo‘ldi.
1967-yilgi Isroil agressiyasi mamlakat iqtisodiy ahvolini yanada murakkab-
lashtirdi.
Bu hol armiyadagi turli xil guruhlar o‘rtasida hokimiyat uchun kurashni
yanada kuchaytirdi. Va, nihoyat, 1968-yil 17-iyul kuni harbiylar yana
navbatdagi davlat to‘ntarishini amalga oshirdilar. Taqiqlangan Baas partiyasi
yana hokimiyat tepasiga keldi. Bu voqea siyosiy adabiyotlarga «Iyun inqilobi»
nomi bilan kirgan. General Ahmad Hasan al-Bakr prezidentlik lavozimini
egalladi.
Yangi hukumat iqtisodiyotda davlat sektorini yaratish yo‘lini tutdi.
Radikal agrar islohot o‘tkazishni, kurd muammosini tinch yo‘l bilan hal
etishni e’lon qildi. 1972-yilda katta yer egalaridan ortiqcha yerlarni olish
vazifasi nihoyasiga yetkazildi. Shu yil 1-iyunda «Iroq petroleum» neft kom-
paniyasi milliylashtirildi. Keyingi yillarda barcha neft sanoati milliylashtirildi.
1973-yilda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun
turli siyosiy kuchlarni birlashtirgan Taraqqiyparvar milliy vatanparvarlik
fronti  tuzildi. 1974-yilda kurd xalqi muxtoriyatni amalga oshirish haqida
qonun qabul qildi. Muxtoriyat hududida kurd tili rasmiy til deb tan olindi.
Tashqi siyosatda arablar birligiga ko‘maklashish oldingi o‘ringa chiqdi.
Xususan, Iroq 1973-yilda Suriyaga Isroil agressiyasini qaytarishda yordam
berdi. Uning armiyasi Damashqning Isroil qo‘shinlarini mag‘lubiyatga
uchratishida muhim rol o‘ynadi. Ayni paytda SSSR bilan yaqinlashish yo‘lini
tutdi.
Bu yaqinlashuv 1972-yilda ikki davlat o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik
to‘g‘risidagi shartnoma bilan mustahkamlandi. SSSRning yordami bilan
Iroqda 80 ta iqtisodiy obyekt qurildi.
1979-yil oxirida hokimiyatni general S. Husayn egalladi. U mamlakat-
da diktatura o‘rnatdi. Muxolifatchi kuchlar faoliyati taqiqlandi. Iroqni
«qudratli» davlatga aylantirishga kirishdi. Harbiy xarajat har qachongidan
ham oshirildi. Million kishilik armiya barpo etildi.
Iroqning qudrati qo‘shni davlatlarni tashvishga solib qo‘ydi. Chunki
avantyurist S. Husayndan hamma narsani kutish mumkin edi. Chunonchi,
1980-yilda u Eronga hududiy da’vo bilan chiqdi. Bu hol Iroq – Eron urushini
keltirib chiqardi. Urush 8 yil davom etdi. Har ikki tomon minglab qurbon
berdilar. Katta iqtisodiy talafot ko‘rdilar. Iroq maqsadiga erisha olmadi.
Eron o‘z hududi daxlsizligini himoya qila oldi.
1990-yil avgustida S. Husayn yana bir avantyuraga qo‘l urdi. U Quvaytni
bosib olish maqsadida armiyasini bu mamlakatga kiritdi. Biroq xalqaro

286
hamjamiyat bunga befarq qarab turmadi. BMT Xavfsizlik Kengashi Iroq
rahbariyatidan qo‘shinini Quvaytdan olib chiqib ketishni talab qildi. Ammo
bu talab bajarilmadi. Bu esa Iroqqa qarshi davlatlar ittifoqining tuzilishiga
olib keldi.
1991-yilning 17-yanvarida bu ittifoq harbiy kuchlari (asosan AQSH
armiyasidan iborat) Iroq armiyasiga hujum boshladi va uni tor-mor etdi.
Quvaytning davlat mustaqilligi tiklandi.
Ammo S. Husayn Iroqdagi o‘z hokimiyatini va yakka hukmronligini
mustahkamlab bordi. Qurollanishni kuchaytirdi. Jahon hamjamiyati Iroqdan
ommaviy qirg‘in qurollari ishlab chiqarishga imkon beruvchi manbalarni
tugatishni talab etdi.
Qaysar S. Husayn bu haqli talabni inkor etdi. Bunga javoban Iroqqa
nisbatan iqtisodiy sanksiya chorasi ko‘rildi. Unga ko‘ra, Iroq neftini sotish
minimum darajada cheklab qo‘yildi. Xalqning ahvoli og‘irlashdi.
AQSH Iroqni harbiy kuch yordamidagina xalqaro huquq normalarini
hurmat qildirish mumkin, deb hisobladi va 2003-yil iyun oyida Angliya
ko‘magida Iroqqa hujum boshlab, S. Husaynni tor-mor qildi. Koalitsiyachilar
hamon o‘z qo‘shinlarini Iroqda saqlab turibdilar. AQSH Iroqning butun
boyligiga, ayniqsa, katta miqdordagi neftiga ega bo‘ldi. Iroqda vaziyat keskin
bo‘lib, kelgindilarga qarshilik ko‘rsatish to‘xtamayotir. Xalq esa urush
jarohatlarini tiklamoqda. 2006-yil noyabrda S. Husayn o‘limga hukm qilindi.
Bosh vazir Ayyad Alaviy amerikaparast siyosat yuritmoqda.
1925-yilda Arabiston amiri Abdul Aziz ibn Abdul
Rahmon ibn Saud qo‘shini deyarli butun Arabis-
tonni egalladi. 1932-yilda esa Ibn Saud Saudiya podsholigi tuzilganligini
e’lon qildi. Shu tariqa Saudiya Arabistoni davlati vujudga keldi.
Saudiya Arabistoni hududi Islom dinining markazidir. Musulmonlar uchun
muqaddas hisoblangan Makka va Madina shaharlari shu davlat hududida
joylashgan. Saudiya Arabistoni mutlaq monarxiya davlatidir.
Ayni paytda Saudiya Arabistoni dunyoning neftga boy davlatlaridan
biri. Bu omil uning iqtisodiyoti gurkirab rivojlanishiga yordam berdi. 1935-
yildan boshlab AQSH neft kompaniyalari neft qazib chiqarish bilan
shug‘ullana boshladi. Shu yili neft qazib chiqarish bo‘yicha arab – amerika
kompaniyasi tuzildi. 1939-yildan boshlab esa neftni sanoat asosida qayta
ishlash boshlandi.
1964-yilda podsholik taxtiga Faysal ibn Saud o‘tirdi. U mamlakatni
zamonaviylashtirish va liberallashtirish siyosatini yurita boshladi. Zamona-
viylashtirish deyilganda, zamonaviy iqtisodiyotni vujudga keltirish tushunilar
edi. U milliy neft sanoatini yaratishga kirishdi. Arab – amerika neft kompaniyasi
(ARAMKO) qarorgohi Saudiya Arabistoniga ko‘chirildi. 1973-yilda Arab –
amerika neft kompaniyasi milliylashtirildi. 1982-yildan boshlab kompaniya
daromadida Saudiya Arabistoni hissasi 51 foizni tashkil etishiga erishildi.
1999-yilda esa kompaniya to‘la Saudiya mulki bo‘lib qoldi.
Saudiya Arabistoni

287
Suriya
Tashqi siyosat
Podsho hukumati aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan qator
tadbirlarni amalga oshirdi. Chunonchi, mehnat qilish huquqi kafolatlandi.
Zamon ruhiga mos mehnat qonuni joriy etildi. Oddiy kishilar uchun arzon
turarjoylar qurildi. Yuqori ish haqi to‘lanishi kafolatlandi.
Tekin tibbiy xizmat joriy etildi. Chet elda davolanish zaruriyati tug‘ilganda
davlat uning xarajatini o‘z bo‘yniga oladigan tartib joriy qildi. Bepul umumiy
o‘rta ta’lim amalga oshirildi. O‘g‘il o‘quvchi bola uchun uning oilasiga
kompensatsiya to‘lovi joriy etildi. Qirol Faxd bin Abdulaziz as-Saud (1982-
yilda taxtga o‘tirgan) ham Faysal siyosatini davom ettirdi. Bugungi kunda
davlat daromadining 92 foizi neftdan kelmoqda. Xususan, 1995-yilda 50 mlrd
dollarlik neft sotilgan bo‘lsa, mamlakatga 30 mlrd dollarlik xalq iste’mol
tovarlari olib kelindi.
Saudiya Arabistoni iqtisodiyoti neftdan topgan daromadning hammasini
o‘zlashtirishga qodir emas. Shuning uchun topilgan daromadning bir qismi
chet el banklarida saqlanadi hamda qarzga beriladi. Bu hol Saudiyaning
dunyo iqtisodiy taraqqiyotida sezilarli rol o‘ynashini ta’minlab kelmoqda.
2005-yil 1-avgustda qirol Faxd vafot etdi. Uning o‘rnini 79 yoshli ukasi
Abdulloh bin Abdulaziz as Saud egalladi.
Saudiya podsholigining asosiy ittifoqchisi, ham-
kori AQSHdir. Ayni paytda arab davlatlari va
boshqa musulmon davlatlari bilan ham hamkorlik qiladi. Har yili budjetning
10 foizi miqdorida musulmon davlatlariga yordam ko‘rsatmoqda.
Arab davlatlarining AQSH taklifi asosida Isroil bilan munosabatlarini
qayta qurishda Saudiya Arabistoni katta rol o‘ynadi. Xususan, 1979-yilda
Misr – Isroil o‘rtasida Kemp-Devid shartnomasining imzolanishi bevosita
Saudiya podsholigining Misrga ko‘rsatgan ta’siri oqibati bo‘ldi, deyish mumkin.
Iroqni Quvaytdan quvib chiqarish bilan bog‘liq xalqaro operatsiyada ham
Saudiya podsholigi o‘ziga xos rol o‘ynadi.
Saudiya – O‘zbekiston munosabatlari ham yildan-yilga rivojlanib
bormoqda. Har yili O‘zbekistonning 3000—4000 fuqarosi muborak haj safa-
riga borib kelmoqda.
Suriya 1941-yilning 27-sentabrida mustaqil davlat
deb e’lon qilingan bo‘lsa-da, ingliz – fransuz ar-
miyasi mamlakat hududida qola bergan edi. 1946-yil Suriya Buyuk Britaniya
va Fransiyaning o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishi haqida BMTga murojaat
etdi.
Buning natijasida 1946-yilning 17-aprelida Buyuk Britaniya va Fransiya
o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishga majbur bo‘ldilar. Shu tariqa Suriya
suvereniteti to‘la tiklandi va 17-aprel Milliy bayram kuni bo‘lib qoldi.
Biroq Suriya hukumati mamlakatda siyosiy barqarorlikni ta’minlay olmadi.
Bu esa 1949-yilda ketma-ket 3 marta davlat to‘ntarishi ro‘y berishiga olib
keldi. 1951-yil noyabrida esa polkovnik Shishaklining harbiy diktaturasi
o‘rnatildi. Biroq bu diktatura uzoq yashamadi. 1954-yilda u ag‘darildi. 1956-

288
yilda Shukri Quatli prezident etib saylandi. U Misr va Saudiya davlatlari
bilan yaxshi munosabat o‘rnatdi. 1956-yilda Misrga qarshi uchlar agressiyasi
davrida Misrga yordam ko‘rsatdi.
Ayni paytda SSSR bilan ham munosabatlari mustahkamlanib bordi.
Murakkab xalqaro sharoit, harbiy agressiya xavfi Suriyani Misr bilan
birlashishga majbur etdi. 1956-yilning fevral oyida Suriya va Misr yagona
davlatga birlashdilar. Bu davlat Birlashgan Arab Respublikasi deb ataldi. Misr
prezidenti Jamol Abdul Nosir BAR prezidenti etib saylandi. Biroq bu birlik
uzoq davom etmadi. Suriyada hamma tabaqalar ham, jumladan, harbiylar-
ning aksariyat qismi birlashuvdan birday manfaatdor emas edi.
1961-yilning 8-martida Bass (Arab sotsialistik uyg‘onish partiyasi) a’zosi
bo‘lgan zobitlar guruhi davlat to‘ntarishi o‘tkazdilar. Hokimiyat Milliy inqilobiy
qo‘mondonlik kengashi qo‘liga o‘tdi. 1966-yil 23-fevralda hokimiyatni general
Hafiz Asad egalladi. U hayotining deyarli oxirigacha prezidentlik lavozimini
egallab keldi (2000-yil).
Uning vafotidan keyin o‘g‘li Bashar al-Asad prezidentlik lavozimiga
keldi.
1967-yilda arab-isroil munosabatlari yanada keskinlashdi. Tez orada urush
harakatlari boshlanib ketdi. Bu urushda Suriya o‘z hududining bir qismini
yo‘qotdi. 1973-yilgi arab – isroil urushida ham bu hududlarni qaytarib olishga
muvaffaq bo‘linmadi. Suriya Isroil bilan separat shartnoma tuzishga uzoq
yillar qarshi bo‘lib keldi.
Bu qoida hamon davom etmoqda. «Tinchlik evaziga bosib olingan yerlarni
qaytarib olish» tamoyili ostida o‘tkazilgan Suriya-Isroil muzokaralari natijasiz
tugadi. Suriya – Isroil munosabatlarida urush holatining davom etishi Suriyani
mudofaaga katta mablag‘ sarflashga majbur etmoqda.
Suriya o‘z qo‘shnisi Livanga ham harbiy yordam ko‘rsatib kelmoqda.
Misr 1922-yildan boshlab mustaqil hisoblansa-
da, amalda Buyuk Britaniya mustamlakasi edi.
Vatanparvar kuchlar bu holatga chek qo‘yish uchun kurashga birlashdilar.
Ular ichida «Ozod zobitlar» yashirin tashkiloti alohida rol o‘ynadi. 1952-
yilning 23-iyulida J. A. Nosir boshchiligida Qohira garnizoni qo‘zg‘olon
ko‘tardi. Podsho Farrux taxtdan ag‘darildi. Hokimiyat Inqilobiy qo‘mon-
donlik kengashi qo‘liga o‘tdi.
1953-yilning iyun oyida Misr Respublikasi e’lon qilindi. 1956-yilda
davlatning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. J. A. Nosir mamlakat prezidenti
etib saylandi va 1970-yilgacha mamlakatni idora qildi. Dastlabki yilning
iyun oyidayoq Suvaysh kanali milliylashtirildi. Mamlakatda agrar islohot
o‘tkazildi. Bunga chiday olmagan G‘arb davlatlari Misrga qarshi uchlar
agressiyasini uyushtirdilar (Buyuk Britaniya, Fransiya va Isroil). Bu haqda
oldingi mavzuda ma’lumot berilgan.
Misr tashqi siyosatda qo‘shilmaslik harakatida faol qatnashdi. Shuning
bilan bir qatorda SSSR bilan munosabatlarini har tomonlama mustahkamladi.
Misr

289
Jazoir
Yaqin Sharq muammosi tufayli Misr
4 marta arab – isroil urushiga tortildi.
Va, nihoyat, 1979-yilda imzolangan
Kemp-Devid shartnomasi tufayli Isroil
bilan tinchlikka erishdi. Isroil bosib
olgan hududlarni qaytarib oldi. 1981-
yilda ekstremistlar tomonidan otib o‘l-
dirilgan A. Sadat o‘rniga kelgan Misr
Prezidenti H. Muborak (1928-yilda tu-
g‘ilgan) Falastin arab xalqining mustaqil
davlatga ega bo‘lish yo‘lidagi kurashini
qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Arab dav-
latlari birligini mustahkamlashga in-
tilmoqda. 2005-yil sentabridagi birinchi
umumxalq saylovida H. Muborak g‘olib
chiqdi. Ayni paytda Misr Afrika qit’asining, arab dunyosining eng rivojlan-
gan, qudratli davlatlaridan biri. O‘zbekiston bilan yaxshi munosabatlar
o‘rnatgan.
Jazoir Ikkinchi jahon urushidan keyin ham Fran-
siya mustamlakasi bo‘lib qola berdi. Inqilobiy
vatanparvar kuchlar 1954-yilda «birlik va harakat qo‘mitasi» tuzdilar.
Keyinchalik u «Milliy ozodlik fronti» (MOF) deb ataldi. Uning rahbarligida
1-noyabrda qurolli qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Qo‘zg‘olon umummilliy inqilobga
aylanib ketdi.
1958-yilning 19-sentabrida Jazoir Respublikasining Muvaqqat hukumati

Download 3.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling