Jahon tarixi
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
tuzildi. Fransiya mustamlakachi ma’muriyati ozodlik kurashini qonga
botirishga harakat qildi. Biroq jahon hamjamiyati Jazoir xalqining ozodlik kurashini qo‘llab-quvvatladi. Mustaqillik uchun kurashda Jazoir xalqi juda katta qurbonlar berdi. Ozodlik kurashi davomida 1 mln dan ortiq jazoirlik halok bo‘ldi. 2 mln kishi turli konslagerlarga tashlandi. Va, nihoyat, 1962-yilning 1-iyulida Jazoir mustaqil Xalq Demokratik Respublikasi deb e’lon qilindi. Ozodlik kurashining arbobi, MOF rahbari Ahmad Ben Bella yangi hukumatni boshqardi. Mustaqil taraqqiyot yo‘li oson kechmadi. Xususan, 1965-yilda MOF rahbariyati tarkibida bo‘linish yuz berdi. Mamlakat Prezidenti Ahmad Ben Bella taraqqiyotning liberal yo‘li tarafdori edi. Mamlakatda qattiqqo‘llik bilan siyosat yuritish tarafdorlari mudofaa vaziri X. Bumeden (1925—1978) atrofida birlashdilar. Ular 1965-yilning 19-iyunida davlat to‘ntarishi o‘tkazdilar. Butun hokimiyat X. Bumeden qo‘lida to‘plandi. 1978-yilda X. Bumeden vafot etgach, Sh. Benjadid Prezident lavozimini egalladi. MOF hukmronligi yillarida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tub o‘zgarishlar ro‘y bermadi. Buning 19 — Jahon tarixi J. A. Nosir Afrika davlat boshliqlari kengashida. 290 Tunis Marokash sababi o‘z vaqtida zarur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlarning o‘t- kazilmaganligi edi. Bu holat MOF obro‘sini tushirib yubordi. Ijtimoiy adolatni kuchaytirish talabi mamlakatda diniy harakatlar mavqeyini mustahkamladi. 1989-yilda MOF hokimiyatga bo‘lgan monopol huquqidan voz kechish- ga majbur bo‘ldi. Muxolifat partiyalar faoliyatiga ruxsat etildi. 1989-yilda tuzilgan «Milliy qutqarish islom fronti» (MQIF) ning obro‘si kundan-kunga o‘sib bordi. Shu yiliyoq bu diniy partiya mahalliy saylovlarda g‘olib chiqdi. 1991-yilning noyabr oyida o‘tkazilgan umumiy parlament saylovida ham bu partiya MOFni mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq armiya oliy qo‘mondonligi saylov natijalarini tan olmadi. Sh. Benjadid iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rniga 1991-yil noyabrda M. Budiar o‘tirdi. 1992-yil 2-iyunida armiya davlat to‘ntarishi o‘tkazdi, M. Budiar o‘ldirildi. Ali Karini hokimiyatni egalladi. MQIF faoliyati taqiqlandi. Diniy ekstremistlar terrorni avj oldirdilar. Buning oqibatida 100 mingdan ortiq fuqaro halok bo‘ldi. Jazoirda hamon siyosiy barqarorlik ta’- minlangani yo‘q. Abdulaziz Buteflika mamlakat prezidenti lavozimida ishlamoqda. Marokash Fransiya mustamlakasi edi. Marokash xalqining ozodlik kurashi uzoq davom etdi. Va, nihoyat, 1956-yil 2-mart kuni Marokash mustaqilligi haqida deklaratsiya imzolandi. 5-aprelda Ispaniya Marokash mustaqilligini tan oldi. 1961-yilda Fransiya qo‘shinlari mamlakatdan olib chiqib ketildi. AQSH harbiy bazasi ham tugatildi. 1962-yildan boshlab Marokash konstitutsiyaviy monarxiya davlatiga aylandi. Qirol Hasan II mamlakat yangi konstitutsiyasini imzoladi. Marokash arab xalqining Isroil agressiyasiga qarshi kurashini qo‘llab- quvvatlab kelmoqda. Ayni paytda uning Jazoir bilan munosabatlarida keskinlik ham mavjud. Bu keskinlik — G‘arbiy Sahroyi Kabir bilan bog‘liq. 1975-yilda Marokash bu hududni bosib oldi. G‘arbiy Sahroyi Kabirda bir necha o‘n yillardan beri separatchilik harakati davom etmoqda. Jazoir Respublikasi esa ana shu harakatni qo‘llab-quvvatlamoqda. Tabiiyki, bu hol Marokash — Jazoir munosabatlariga sovuqlik tushirmay qo‘ymadi. 1999-yilda Hasan II vafotidan so‘ng taxtni o‘g‘li Muhammad VI egalladi. Otasidan 30 mln aholini boshqarishni, 200 ming armiyani meros qilib oldi. 50 foiz xalq savodsiz. Tunis ham uzoq yillar Fransiya mustamlakasi bo‘lib keldi. Faqat 1956-yildagina (20-mart) Fransiya Tunis mustaqilligini tan olishga majbur bo‘ldi. Hokimiyat Yangi Dastur partiyasi rahbarligidagi Milliy front qo‘liga o‘tdi. Uning rahbari X. Burgiba yangi hukumat tuzdi. 1957-yil 25-iyulda Tunisda monarxiya tugatildi va Respublika e’lon qilindi. X. Burgiba mamlakatning birinchi Prezidenti etib saylandi. 291 Keyingi o‘zgarishlar Liviya X. Burgiba mamlakatda «Dastur sotsializmi» qurishini e’lon qildi. Bu ibora amalda iqtisodiyoti davlat, kooperativ va xususiy sektorni mujassam- lashtirgan jamiyatni anglatar edi. Ayni paytda bu jamiyat aholi barcha tabaqalarining manfaatini aks ettirishi zarur edi. 1969-yildan boshlab davlat yerlari, fransuz mustamlakachilariga qarashli yerlar sotila boshlandi. Shu tariqa mayda va o‘rta yer egalari tabaqasi vujudga keltirildi. Sanoat korxonalari ham milliylashtirildi. Shuning barobarida milliy va chet el kapitaliga qulay sharoit yaratib berildi. Biroq mamlakatda ijtimoiy adolatsizlik avj oldi. Bu, o‘z navbatida, siyosiy beqarorlikni vujudga keltirdi. Natijada diniy yo‘nalishdagi partiyalar kuchay- di. Shunday sharoitda harbiylar 1987-yil 7-noyabrda to‘ntarish o‘tkazdilar. X. Burgiba hukumati ag‘darildi. Hokimiyat general Ben Ali qo‘liga o‘tdi. Tunis tashqi siyosatda ham G‘arb, ham arab davlatlari bilan munosabatlarni rivojlantirib bormoqda. 1976-yilda u Yevropa Ittifoqi bilan shartnoma imzo- ladi. 1989-yilda esa Arab mag‘ribi Ittifoqi a’zosi bo‘ldi. Arab davlatlari ligasi a’zosi sifatida Falastin arab xalqining o‘z davlatiga ega bo‘lish huquqini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Liviya Birinchi jahon urushi yillaridan 1943-yil- gacha Italiya mustamlakasi bo‘lib keldi. 1943- yilda Italiya ittifoqchilarga taslim bo‘lgach, Fransiya va Buyuk Britaniya boshqaruviga o‘tdi. 1951-yilda Liviya mustaqil davlat deb e’lon qilindi. Liviyada monarxiya qaror topdi. Qirol Idris I tashqi siyosatda, birinchi navbatda, Buyuk Britaniya va AQSH bilan yaqinlashish yo‘lini tutdi. Chunonchi, 1953-yilda mamlakat hududida Buyuk Britaniya, 1954-yilda esa AQSHning harbiy bazalarini tashkil etish haqida bitimlar imzolandi. Shu tariqa buyuk davlatlar o‘zlarining Afrikadagi manfaatlarini himoya qilishda Liviyani tayanch nuqtasiga aylantirdilar. Biroq Idris I siyosati harbiylar orasida norozilik tug‘dirdi. Ular 1969-yil 1-sentabrda harbiy to‘ntarishni amalga oshirdilar. To‘ntarishga polkovnik M. Kaddafiy (1942- yilda tug‘ilgan) rahbarlik qildi. Hokimiyat inqilobiy qo‘mondonlik kenga- shi qo‘liga o‘tdi. To‘ntarish natijasida monarxiya ag‘darildi. Mamlakat Liviya Arab Respublikasi deb e’lon qilindi. Buyuk Britaniya va AQSH 1970-yilda Liviyadan o‘z harbiy qismlarini olib chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Mamlakatda davlat organlarini qayta tashkil etish boshlandi. Umumiy Xalq Kongressi Oliy hoki- miyat organi deb e’lon qilindi. 1977-yil 3-mart kunidan boshlab Liviya Arab Respublikasi Liviya Xalq Arab Jamaxiriyasi nomi bilan ataladigan bo‘ldi. M. Kaddafiy esa 1-sentabr inqilobining rahbari deb e’lon qilindi. Shu tariqa u davlatning yagona rahbariga aylandi. Liviya milliy boyligining asosini neft tashkil etadi. Hukumat Liviyada neft qazib chiqarish bilan shug‘ullanuvchi barcha kompaniyalarni to‘la yoki qisman milliylashtirdi. 292 Mamlakat ichkarisida neft mahsulotlarini sotish va taqsimlashni davlat o‘z qo‘liga oldi. Milliy neft-kimyo sanoati hamda neft tashuvchi flot yaratildi. Liviya iqtisodiyotida davlat sektori katta salmoqqa ega. Neft sanoatidan tashqari, banklar, sug‘urta kompaniyalari, yirik qishloq xo‘jalik birlashmalari, transport, qurilish kompaniyalari hamda tashqi savdo davlat ixtiyoridadir. Liviya qonunlari kishining mehnat natijasini o‘zlashtirib olmaydigan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etadi. Mamlakat rahbariyati aholining ijtimoiy himoyasi masalasiga alohida e’tibor berdi. Ish haqi to‘lashni davlat tartibga solib turadi. Turarjoy uchun kam haq olinadi. Aholiga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. Umumiy va oliy ta’lim ham bepul. Obyektiv sabablarga ko‘ra, mamlakat qishloq xo‘jaligi kam taraqqiy etgan. Shuning uchun oziq-ovqat mahsulotlari chetdan sotib olinadi. Shunday bo‘lsa-da, bugungi Liviya — dunyoning eng boy davlatlaridan biri. Liviya yiliga 110 mln tonna neft qazib oladi. Neft savdosi mamlakat g‘aznasiga 10 mlrd dollar daromad keltiradi. Liviya faol tashqi siyosat yuritadi. U Arab Davlatlari Ligasi, Afrika hamkorligi tashkiloti, Qo‘shilmaslik harakati, Arab mag‘ribi Ittifoqi kabi regional tashkilotlar a’zosidir. Falastin Ozodlik Tashkilotini qo‘llab- quvvatlaydi. Unga katta miqdorda moliyaviy yordam ham ko‘rsatadi. Biroq Liviya xalqaro terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda ham ayblanib kelmoqda. Bu esa uning AQSH tomonidan jazolanishiga sabab bo‘lgan. AQSH M. Kaddafiyni jismonan yo‘q qilish maqsadida 1986-yilning 15- aprelida Liviya poytaxti Tripoli shahrini bombardimon qildi. Lekin M. Kaddafiy omon qoldi. Ayni paytda 2000-yilda Liviya xalqaro terrorizmda gumon qilingan ikki fuqarosini xalqaro sud hukmiga topshirishga majbur bo‘ldi. Xalqaro sud (Gaaga shahrida) ularning birini aybdor deb topdi va qamoq jazosiga hukm qildi. 2005-yilga kelib M. Kaddafiy G‘arb davlatlarining barcha talablarini bajardi. Qurollanish dasturini to‘xtatdi. G‘arb xalqaro cheklovni bekor qildi. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. «Yaqin Sharq muammosi» qachondan boshlangan va mohiyati nima? 2. Arab – Isroil urushidan maqsad nima edi? 3. Kemp-Devid bitimi qachon tuzildi? 4. Iroq qachon respublika deb e’lon qilingan? 5. S. Husayn siyosatini tushuntiring. 6. Saudiya Arabistoni qanday mamlakat? 7. Suriya tashqi siyosatining mohiyati nima? 8. Misr hukmdorlari haqida nimalarni bilib oldingiz? 9. Sh. Benjadid davrida Jazoirning ahvoli qanday edi? 10.Marokashning taraqqiyot yo‘li qanday bo‘ldi? 11.«Dastur sotsializmi»ning mohiyati nima? 12.M. Kaddafiy faoliyati haqida so‘zlab bering. 13.O‘zbekistonning arab davlatlari bilan aloqalari haqida nimalarni bilasiz? ? 293 Milliy-ozodlik kurashi va uning oqibatlari JADVALNI TO‘LDIRING l i o r s I - b a r A i r a l h s u r u n a g n i l o b i s o B r a l d u d u h i r a l t a b i q o h s u r U 33-§. Tropik va Janubiy Afrika davlatlari Ikkinchi jahon urushidan so‘ng mustamlaka sirtmog‘i azob-uqubatlarini tortib kelayotgan xalq- larning milliy-ozodlik kurashi yanada kuchaydi. Bu hodisa Afrika xalqlariga ham taalluqli edi. Xo‘sh, qanday omillar mus- tamlaka sirtmog‘ida yashayotgan xalqlar milliy-ozodlik kurashining kuchay- ishiga sabab bo‘ldi? Bular: — Ikkinchi jahon urushida Germaniya, Italiya va Yaponiyaning mag‘lubiyatga uchraganligi; — asosiy mustamlakachi davlatlar — Buyuk Britaniya va Fransiyaning zaiflashganligi; — mustamlaka xalqlar milliy ongining o‘sishi; — AQSH va SSSRning o‘z siyosiy maqsadlari yo‘lida dunyoda mustam- lakachi imperiyalar saqlanib qolishiga qarshi chiqqanligi. To‘g‘ri, Afrikada mustamlakachilik tizimining barham topishi jarayoni Osiyodagiga nisbatan sekin borgan. Bu Afrika davlatlari qoloqligining, milliy- ozodlik kurashiga rahbarlik qiluvchi ijtimoiy kuchlarning (milliy burjuaziya va milliy ziyolilar) zaifligi oqibati edi. Dastlab Shimoliy Afrika davlatlari qattiq qonli kurash hisobiga musta- qillikka erishdilar (bu haqda Arab davlatlari mavzusida ma’lumot oldingiz). 1960-yil Afrika tarixiga «Afrika yili» nomi bilan kirdi. Shu yili bir yo‘la 17 davlat mustaqillikka erishdi. Buyuk Britaniya va Fransiya mustamlaka imperiyalari parchalanib borayotgan bir sharoitda Belgiya Kongo musta- qilligini tan olishga majbur bo‘ldi. Afrikaning ayrim mamlakatlarida mustaqillikka erishish nisbatan tinch yo‘l bilan (aholining ommaviy namoyishlari; fuqarolik bo‘ysunmasligi) amalga oshdi. Mustamlakachilik metropoliyadan ko‘chib kelib joylashgan bir guruh oq tanlilar jamoasiga tayangan joylarda esa og‘ir qurolli kurash olib borish yo‘li bilan mustaqillikka erishildi. 60-yillar oxiriga kelib ingliz, fransuz, belgiya mustamlakachi imperiyalari parchalandi. Faqat bir imperiya — Portugaliya imperiyasi yashashda davom etdi. Portugaliyaning Afrikadagi mustamlakalari (Mozambik, Angola, Gvineya- Bissau) uning dengizorti hududlari deb e’lon qilingan edi. Bu «dengizorti hududlar» aholisining milliy-ozodlik kurashi 1974-yilgacha davom etdi va u 294 g‘alaba bilan yakunlandi. Portugaliya o‘z mustamlakalarining mustaqilligini tan olishga majbur bo‘ldi. Kongo (Zair), Gvineya, Angola, Mozambik, Namibiya tropik Afrikada yirik davlatlar hisoblanadi. 1980-yilda yana bir mustaqil Afrika davlati — Zimbabve davlati vujudga keldi. Bu davlatning vujudga kelishi juda og‘ir kechdi. Gap shundaki, Rodeziyada (Buyuk Britaniya mustamlakasi) kam sonli, biroq uyushgan oq tanlilar ham yashardi. Ular 1965-yilda Rodeziyani mustaqil deb e’lon qildilar. Biroq uni Buyuk Britaniya ham, BMT ham tan olmadi. Mahalliy afrikaliklar esa ozodlik uchun qurolli kurash boshladilar. Yakkalanib qolgan oq tanlilar 1979-yilda muzokara boshlashga majbur bo‘ldilar. Uning oqibatida davlat afrikaliklar qo‘liga o‘tdi. 1980-yilda Rodeziya o‘rnida mustaqil, yangi Zimbabve davlati tashkil etilganligi e’lon qilindi. Afrikadagi oxirgi mustamlaka Janubi-G‘arbiy Afrika edi. Birinchi jahon urushiga qadar bu hudud Germaniya mustamlakasi bo‘lgan. Urushdan so‘ng Millatlar Ligasi uni boshqarish huquqini Janubiy Afrika Respublikasiga (JAR) berdi. JAR dastlab bu hududni o‘ziga qo‘shib olishga urindi. Buning uddasidan chiqa olmagach, u yerda oz sonli oq tanlilar hukumatini tuzishga harakat qildi. Bunga javoban mahalliy aholi 1966-yilda qurolli kurash boshlashga majbur bo‘ldi. BMT 1973-yilda JARni Janubi-G‘arbiy Afrikani boshqarish huquqidan mahrum etdi. Mahalliy aholining milliy-ozodlik kurashi 1989-yilda g‘alaba bilan yakunlandi. Shu yili Janubi-G‘arbiy Afrika Namibiya nomi bilan mustaqil davlat deb e’lon qilindi. Shu tariqa mustamlaka Afrika xalqlari milliy-ozodlik kurashi g‘alaba bilan yakunlandi. Bir vaqtlar deyarli butunlay mustamlakaga aylantirilgan Afrikada 52 ta mustaqil davlat vujudga keldi. Janubiy Afrika Respublikasida 1948-yilda o‘t- kazilgan parlament saylovida Afrika yerlarining (oq tanli aholi) millatchi partiyasi g‘alaba qo- zondi. Bu partiya rahbari D. Malan boshchiligida tuzilgan hukumat aparteid siyosatini amalga oshirishini e’lon qildi. Bu davlatning tub aholisi bo‘lgan negrlarga, bu yerga kelib qolgan hindlarga nisbatan qo‘llangan irqiy kamsitish, ularni oq tanlilardan ajratib qo‘yish; ularni asosiy fuqarolik huquqlaridan mahrum etish hamda o‘zlari uchun ajratilgan alohida joylarda yashashga majbur etish siyosati edi. Mamlakat maydonining 87 foizi oq tanlilar uchun, atigi 13 foizi afrikaliklar uchun biriktirib qo‘yildi. Bundan maqsad — afrikaliklarning mustahkam aparteid tartiblarini yo‘qotish maqsadida birlashishiga yo‘l qo‘ymaslik edi. JAR hukmron doiralari aparteid siyosatini tobora kuchaytirdilar. 1984- yilda uch palatali parlament (oqlar, negrlar va hindlar uchun alohida-alohida) tuzildi. Aparteid tartibiga qarshi kurash 295 Biroq afrikaliklar irqchilar rejimi o‘zlariga taqdim etgan taqdirga tan berganlari yo‘q. Ular XX asrning eng jirkanch hodisalaridan biri —aparteid siyosatiga qarshi qurolli kurash olib bordilar. Bu kurashga Afrika Milliy Kongressi (AMK) rahbarlik qildi. AMK maqsadi — Janubiy Afrikada irqidan qat’i nazar barcha fuqaro qonun oldida teng bo‘lishini ta’minlaydigan demokratik davlat barpo etish edi. Bu partiyaga XX asrning buyuk siyosat va davlat arboblaridan biri N. Mandela rahbarlik qildi. Afrika xalqining bu kurashi xalqaro taraqqiyparvar kuchlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Hukumat tub aholining o‘z haq-huquqi yo‘lidagi kurashiga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi. Biroq afrikaliklar kurashini to‘xtatib bo‘lmadi. 1989-yilda JAR prezidentligiga F. Klerk saylandi. U davr realligini hisobga olib siyosat yurituvchi arbob edi. F. Klerk agar aparteid siyosati bekor qilinmasa, u oxir-oqibatda oq tanlilarni to‘la halokatga olib kelishi mumkinligini anglab yetdi va 1990-yilda AMK faoliyatini taqiqlashni bekor qilish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Uning rahbari N. Mandela 1991- yilda umrbod qamoq jazosidan ozod etildi. (U 27 yildan beri qamoqda edi.) Mamlakatda harbiy holat bekor qilindi. Barcha fuqarolarning, irqlarning tengligi e’lon qilindi. 1993-yilda barcha irq vakillarining tengligi asosida umumiy parlament saylovi o‘tkazilishi to‘g‘risida bitim imzolandi. Ayni paytda oq tanlilar huquqi ham kafolatlanadigan bo‘ldi. Saylov 1994-yilning 26-aprelida o‘tkazildi va unda AMK to‘la g‘alaba qozondi. N. Mandela JARning birinchi qora tanli Prezidenti etib saylandi. Shu tariqa eng jirkanch illat — aparteidning to‘la barham topishiga asos yaratildi. Afrika qit’asida mustahkam tinchlik yo‘lidagi asosiy to‘siqlardan biri — irqchilikni bartaraf etish yo‘lidagi buyuk xizmatlari uchun har ikki arbob — N. Mandela va F. Klerklar 1993-yilda Tinchlik uchun xalqaro Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldilar. 1999-yil 2-iyundagi saylovlarda N. Mandelaning safdoshi Tabo Mbeku Prezidentlik lavozimini egalladi. Afrika qit’asi davlatlarining iqtisodiy taraqqiyot darajasi bir xil emas. Chunonchi, tropik Afrika Shimoliy va Janubiy Afrikadan keskin farq qi- ladi. Tropik Afrika davlatlari qit’aning eng qoloq davlatlaridir. Dunyo aho- lisining 10 foizini tashkil etuvchi Afrika qit’asida dunyo sanoat mahsulotining atigi 1 foizi ishlab chiqariladi, xolos. Bu yerdagi yana bir eng katta muam- mo — aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash muammosidir. Bugungi kunda Afrikada qit’a aholisining deyarli 50 foizi qashshoq- likda yashamoqda. Oziq-ovqat ishlab chiqarish aholi o‘sishiga nisbatan tobora orqada qolib bormoqda. Yana bir jiddiy muammo, etnik qirg‘in- lar, mojarolar muammosidir. Afrika davlatlari hayotida urug‘-qabilachi- Mustaqillikni mustahkamlash yo‘lidagi muammolar 296 lik hayot tarzi kuchliligicha qolmoqda. Bir xalq turli davlatlar hudu- dida yashamoqda. Masalan, 20 mln dan ortiq fulbe deb ataluvchi xalq boshqa xalqlarga nisbatan ko‘pchilikni tashkil etmaydigan qilib turli davlatlarga bo‘lib yuborilgan. Etnik nizolar davlatlar yaxlitligini katta xavf ostiga qo‘ymoqda. Yana bir katta muammo — bu davlatlararo nizolar, harbiy to‘qnashuvlar muammosi. Mustamlakachilar davlatlar chegaralarini atayin shunday belgilaganlarki, bu bora-bora davlatlararo nizolar manbayiga aylandi. Hozircha Afrika hamkorligi Tashkiloti to‘qnashuvlar ildizlarini bartaraf etishga muvaffaq bo‘la olgani yo‘q. Jiddiy muammolardan yana biri — tashqi qarz. Chunki tashqi qarz yildan yilga ortib bormoqda. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Afrika xalqlarining milliy-ozodlik kurashini yengillashtirgan omillar haqida mulohaza yuriting. 2. Afrika xalqlari ozodlik kurashining shakllari haqida nimalarni bilib oldingiz? 3. Aparteid qanday siyosat? 4. Afrika davlatlari oldida turgan muammolarni Osiyo va Lotin Amerikasi davlatlari oldida turgan muammolar bilan taqqoslang. JADVALNI TO‘LDIRING. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYIN MUSTAQILLIKNI QO‘LGA KIRITGAN AFRIKA DAVLATLARI r a l t a l v a D i m o n a k k i l l i q a t s u M i l i y n a g h s i r e a d r v a d i g r i z o H i ‘ g i l h s o b t a l v a d t o y i q q a r a T i l ‘ o y 4-bob. MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO‘STLIGI Yuqoridagi mavzulardan ma’lumki, 1991-yil 8-dekabr kuni Rossiya, Ukraina va Belorussiya rahbarlari Viskuli (Belovej pushchasi)da SSSR ning tugatilganligi to‘g‘risidagi hujjatni imzolashdi. Shu bilan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) tashkil topdi. MDHga asta-sekin 12 respublika a’zo bo‘lib kirdi. Boltiqbo‘yi davlatlari bundan mustasno. Har bir respublikaga o‘z hududi va undagi tabiiy boyliklar, aholi, ishlab chiqarish korxonalari, aholi jon boshiga yalpi ishlab chiqarish mahsulotlari ko‘rsatkichi nasib etdi. ? 297 № Mamlakatlar Hududi % Aholisi % Ishlab chiqarish % Aholi jon boshiga YAIM %* 1 Ozarbayjon 0,43 2,6 1,8 56 2 Armaniston 0,15 1,1 1,1 118 3 Belorussiya 0,93 3,5 3,8 106 4 Gruziya 0,35 2,0 1,8 90 5 Qozog‘iston 12,23 5,7 5,1 90 6 Qirg‘iziston 0,89 1,4 1,0 60 7 Latviya 0,28 0,9 0,7 133 8 Litva 0,29 1,2 1,1 133 9 Moldaviya 0,15 1,6 1,3 80 10 Rossiya 76,25 52,0 57,8 114 11 Tojikiston 0,63 1,5 1,0 50 12 Turkmaniston 2,21 1,4 0,9 75 13 O‘zbekiston 2,10 7,1 4,4 96 14 Ukraina 2,75 18,0 17,8 92 15 Estoniya 0,23 0,5 0,4 140 * YAIM (yalpi ichki mahsulot) 1985—1988-yillardan boshlab sovet tuzumining susayishi tufayli bu respublikalarda ommaviy fuqarolik harakatlari namoyon bo‘la boshladi. Avvaliga ular milliy madaniyat va tabiatni muhofaza qilish talabi bilan, keyinchalik respublikalarni xo‘jalik hisobiga o‘tkazish va, nihoyat, haqqoniy suverenitet va mustaqillik talabi bilan chiqdilar. 1989-yil may oyida uch mamlakat vatanparvarlari tomonidan saylangan Baltika assambleyasi bu respublikalarning SSSR tarkibida bo‘lishlari hech qanday huquqiy asosga ega emasligini bayon qildi. 34-§. Moldova, Ukraina, Belorussiya va Kavkazorti Respublikalari mustaqilligining tiklanishi va rivojlanishi Moldova Respublikasi 80-yillarning oxirida Moldovada umuman moldovaliklar aholining 64 foizini tashkil etdi, ilgarigi muxtoriyat — Dnestrbo‘yida esa aholining ko‘pchiligi — 60 foizi ruslar va ukrainlardan iborat edi. Bu mintaqalar SSSR MEROSIDA RESPUBLIKALAR ULUSHI Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling