Jahon tarixi
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
yig‘ilishida xalqaro terrorizmga qarshi kurash vazifasini yana bir bor
ko‘tardi. I. Karimov yig‘ilishda so‘zlagan nutqida Xalqaro terrorizmga qarshi kurash uchun BMT doirasida xalqaro markaz tuzishni taklif etdi. Terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazi mazmuniga yanada aniqlik kiritib, bu haqda, jumladan, quyidagilarni ta’kidladi: «Xalqaro terrorizmga qarshi kurash markazini tashkil etish masalasini keskin qo‘yishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Markazning asosiy vazifasi terrorizm ko‘rinishlari bilangina emas, eng avvalo, xalqaro terrorizmni mablag‘ bilan ta’minlayotgan, qo‘llab-quvvatlayotgan, qurol-yarog‘ bilan ta’minlab, joylarga jo‘natayotgan manbalarga qarshi kurash bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning so‘zsiz bajarilishi bo‘yicha faoliyatlarni muvofiqlashtirish- dan iborat bo‘lishi lozim». O‘zbekistonning Afg‘oniston muammosiga munosabati 18 — Jahon tarixi 274 Afsuski, I. Karimov takliflariga o‘z vaqtida quloq solinmadi. Oqibatda xalqaro terrorizm 2001-yil 11-sentabrda AQSHda vahshiyona jinoyat sodir etdi. AQSHdagi fojiadan keyingina buyuk davlatlar harakatga tushib qoldi- lar. AQSH hukumati Afg‘oniston hududiga joylashib olgan xalqaro terrorchilarni yo‘qotish hamda ularni tayyorlovchi markazlarni yo‘q qilishga qaratilgan harbiy operatsiyalar o‘tkazish haqida qaror qabul qildi. Ayni paytda xalqaro terrorizmga qarshi kurashda xalqaro hamjamiyat yordamiga umid bog‘lashini bildirdi. O‘zbekiston ham xalqaro terrorizmga qarshi kurashda qatnashuvchi davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi. Shundan so‘ng AQSH mudofaa vaziri Ramsfeld 2001-yilning oktabrida O‘zbekistonga tashrif buyurdi. O‘zbekiston AQSH yuk samolyotlari hamda vertolyotlari uchun bitta harbiy aerodrom ajratishi haqida kelishuvga erishdi. Bu samolyotlar faqat gumanitar hamda qidiruv-qutqaruv ishlaridagina qatnashishi qat’iy belgilandi. Shunin- gdek, O‘zbekiston hukumati O‘zbekiston hududidan Afg‘onistonga havodan yoki yerdan hujum uyushtirilishiga yo‘l qo‘ymasligini ochiq-oydin ma’lum qildi. Ha, xalqaro terrorizmga qarshi kurashga har bir davlat baholi qudrat hissa qo‘shmog‘i zarur. Zero, terrorchilar qo‘liga ommaviy qirg‘in qurollari tushib qolishi xavfi borgan sari kengayib bormoqda. Agar xalqaro terrorizm bunday qurolni qo‘lga kiritsa, u yanada dahshatli kuchga aylanishi muqarrar. AQSH hukumati 2001-yil 8-noyabr kuni Afg‘onistondagi terrorga tay- yorlovchi markazlarni yo‘qotishga qaratilgan harbiy operatsiyalarni amal- ga oshirishga kirishdi. Bu operatsiyalar xalqaro koalitsiya yordamida muvaffaqiyatli nihoyasiga yetkazildi. Mamlakatni H. Karzay boshchiligi- da vaqtli hukumat boshqardi va 2004-yil 9-oktabrda u Prezident qilib saylandi. Bugungi kunda Afg‘onistonda nisbatan tinch bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Lekin ahvol murakkabligicha qolmoqa. Xalqaro hamjamiyat bu borada Afg‘onistonga zarur yordamni berayotir. To‘g‘ri, 20 yillik fuqarolar urushidan so‘ng Afg‘oniston iqtisodiyotini qayta tiklash, mustahkamlash, siyosiy barqarorlikni qaror toptirish ishi oson kechmaydi. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Urushdan keyin Afg‘onistonning ahvoli qanday edi? 2. Afg‘oniston nima uchun 50-yillarda sovet ta’sir doirasiga tushib qoldi? 3. 1953—1963-yillarda mamlakatda qanday o‘zgarishlar amalga oshirildi? 4. 1973-yil 17-iyulidagi harbiylar davlat to‘ntarishi haqida nimalarni bilib oldingiz? 5. 1978-yil aprel davlat to‘ntarishi qanday oqibatlarga olib keldi? 6. Sovet qo‘shinlarining Afg‘onistonga kiritilishi qanday oqibatlarga olib keldi? 7. Nega xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonda fuqarolar urushini to‘xtatishga erisha olmadi? ? 275 8. Xalqaro terrorizmning dahshatli kuchga aylanganligini tasdiqlovchi misol keltiring. 9. O‘zbekiston xalqaro terrorizmga qarshi kurashishga qanday hissa qo‘shmoqda? JADVALNI TO‘LDIRING. AFG‘ONISTON DAVLAT RAHBARLARI FAOLIYATI t a l v a D i r a l r a b h a r a d t a y i m i k o H i l i y n a g r u t i t a y i l o a F , i m y i b o j I i m y i b l a s — Afg‘onistonda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik yoshlar hayotidan misol keltirib, yozma ish tayyorlang. 31-§. Osiyoning yangi industrial davlatlari XX asrning 60—80-yillari rivojlanayotgan davlatlar ichidan Yangi Industrial Davlatlarning (YAID) ajralib chiqish davri bo‘ldi. Bugungi kunda bunday davlatlar Lotin Amerikasi va Osiyoda mavjud. Osiyoda ularning eng rivojlangani Janubiy Koreya va Singapur bo‘lsa, Lotin Amerikasida Argentina, Braziliya va Meksikadir. Mutaxassislar YAID qatoriga Malayziya, Tailand, Hindiston, Chili, Kipr, Tunis, Turkiya, Indoneziya: Filippinni ham kiritadilar. Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisoblash uslubiga ko‘ra, u yoki bu davlatni yangi industrial davlatlar safiga qo‘shishda quyidagi ko‘rsatkichlar hisobga olinadi: 1) yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga taqsimoti ko‘rsatkichi; 2) yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sish sur’ati (qo‘shimcha); 3) qayta ishlash sanoatining yalpi ichki mahsulotdagi solishtirma salmog‘i (u 20 foizdan yuqori bo‘lishi zarur); 4) sanoat mahsulotlarining eksportdagi salmog‘i; 5) xorijga chiqarilgan investitsiya salmog‘i. Bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha YAID rivojlanayotgan davlatlardan ajralib turadilar. Ba’zi sohalar bo‘yicha esa ular, hatto, ayrim rivojlangan dav- latlardan o‘zib ham ketdilar. 90-yillarning boshlariga kelganda bu davlatlarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad 4 baravar oshdi. Yangi industrial davlatlar shakllanishida chet el sarmoyasi katta rol o‘ynadi. Chunonchi, 80-yillarning birinchi yarmida YAID iqtisodiga kiritilgan sarmoya chet davlatlarning rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiga kiritgan jami sarmoyasining 42 foizini tashkil etdi. YAID iqtisodiga eng ko‘p sarmoya kiritgan davlat AQSH (chetga chiqarilgan barcha sarmoya- sining 10 foizi)dir. «Yangi industrial davlatlar» tavsifi 276 1995-yilda xalqaro tashkilot — «Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti» Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo‘lib Singapurga industrial rivojlangan davlat maqomini berdi. 30 yil ichida barqaror iqtisodiy taraqqiyot Singapurni kichik bir bandargohdan jahondagi eng boy davlatlardan biriga aylantirdi (yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga taqsimoti hajmi bo‘yicha dunyoda 9-o‘rinda turadi). Shu yili aholi jon boshiga o‘rtacha daromad 22300 AQSH dollarini tashkil etdi. Keyingi o‘rinda Yaponiya turadi. Chet el sarmoyalari YAIDning sanoatini rivojlantirishda va eksportning raqobatbardosh bo‘lishida muhim rol o‘ynadi. Bunga Janubiy Koreya iqtiso- di misol bo‘la oladi. Bu davlat iqtisodiga joylashtirilgan jami sarmoyalarning yarmidan ko‘pi Yaponiya sarmoyasidir. Bu sarmoya Janubiy Koreyada mashinasozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika jihozlari, kemasozlik komp- lekslari yaratilishiga asos bo‘ldi. Bugungi kunda YAID iqtisodiyotida xorij sarmoyasi joylashtirilmagan biror-bir soha qolmadi. Ayni paytda Osiyo YAID iqtisodiyotiga kiritilgan chet el sarmoyalarining daromad keltirish ulushi Lotin Amerikasi davlat- larinikidan yuqoridir. Bundan tashqari, keyingi qator o‘n yilliklarda transmilliy korporatsiyalar ilm talab qiluvchi ishlab chiqarishni rivojlantirishga katta e’tibor berdi. Osiyoning YAID bunday o‘zgarishga tayyor bo‘lib chiqdilar. Ayni paytda quyidagi omillar ham transmilliy korporatsiyalarning aynan Osiyo hududiga kirib kelishida katta rol o‘ynadi: — Osiyo YAIDining qulay geografik o‘rni. Ularning deyarli hammasi dunyo iqtisodiy yo‘llari kesishgan nuqtalarda hamda AQSH va Yaponiyaga yaqin joylashgan; — YAIDda mustahkam siyosiy barqarorlikning tiklanganligi hamda demokratik va siyosiy qayta qurishlarning iqtisodiy islohotlar manfaatiga xizmat qilganligi; — Osiyo YAID aholisining o‘ta mehnatkashligi, tirishqoqligi, inti- zomliligi. Bu hol xorij sarmoyasi xavfsizligiga yuqori kafolat berilishini ta’minladi. YAID o‘z iqtisodiyotini rivojlantirishda quyidagi ikki modeldan birini tanlaganlar: — milliy iqtisodiyotni tashqi bozor — eksportga yo‘naltirgan holda rivojlantirish; — milliy iqtisodiyotni import o‘rnini o‘zi qoplashi yo‘nalishida rivoj- lantirish. Birinchi yo‘l samarasi AQSH, G‘arbiy Yevropa va Yaponiya tajribasida isbotlangan edi. Osiyoning YAID ham asosan shu modelni qo‘lladilar. Lotin Amerikasining YAID esa asosan ikkinchi modelni qo‘lladilar. Tabiiyki, bu ikki modeldan birini tanlashning o‘zigina muvaffaqiyatni ta’minlamaydi. U yoki bu model uni tanlagan davlat hukumatining oqilona YAID iqtisodiy taraqqiyot modeli 277 iqtisodiy siyosati bilan to‘ldirilgan. Buningsiz hech qanday muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Barcha omillarning uyg‘unligini ta’minlay olgan Osiyoning YAID juda qisqa tarixiy muddat oralig‘ida yuksak rivojlanish darajasiga erishdilar (masalan, Yaponiya 100 yilda bosib o‘tgan yo‘lni ular 25 yilda bosib o‘tdilar). Koreya 1910-yilda Yaponiya mustamlakasiga ay- langan edi. Bu hol 1943-yilgacha davom etdi. 1943-yilda Koreya mustaqillikka erishgan bo‘lsa- da, keyinchalik u ikki davlatga bo‘linib ketdi. Bu — 1945-yilda Koreyaning shimolini SSSR armiyasi, janubini esa AQSH armiyasi egallaganligining oqibati bo‘ldi. Potsdam konferensiyasi 1945-yilda 38-parallel kenglikni SSSR va AQSH armiyasi o‘rtasidagi chegara chizig‘i, deb belgiladi. Bu ikki o‘ta buyuk davlatning siyosiy xaritani o‘z xohishlariga ko‘ra tuzishga urinishlari oxir-oqibatda Koreyaning ham ikkiga bo‘linib ketishi- ga olib keldi. 1948-yilning 15-avgustida Koreyaning janubida Li Sin Man boshchiligida Koreya Respublikasi tashkil topdi. 9-sentabrda esa shimolda Kim Ir Sen boshchiligida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi. 1950-yilda bu ikki koreys davlati o‘rtasida urush harakatlari boshlandi. Bu urushga AQSH, SSSR va XXR ham aralashdi. Ikki yillik muzokaralardan so‘ng, nihoyat, 1953-yilning 27-iyulida yarash bitimi imzolandi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda bu ikki koreys davlati taraqqiyoti turlicha yo‘ldan bordi. Shimoliy Koreya sovet nusxasidagi «sotsializm» qurishga kirishdi. Buning oqibatida u Osiyoning eng kam taraqqiy etgan davlatlaridan biriga aylandi. 1994-yilda Kim Ir Sen vafot etgach, uning o‘g‘li Kim Chen Ir prezidentlik lavozimini egalladi. 1994-yilda aholi jon boshiga 920 dollar- lik yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarildi. Shunday bo‘lsa-da, Shimoliy Koreya zo‘r berib qurollanmoqda. Hatto, o‘z atom bombasi va uni mo‘ljalga eltib qo‘yuvchi vositalarga ega bo‘lish imkoniyati reallikka aylanishi mum- kinligi jahon hamjamiyatini tashvishga solmoqda. Janubiy Koreyada Li Sin Man 1960-yilda o‘ldirilgach, hokimiyat Pak Chjon Xi qo‘liga o‘tdi. U ham 1979-yilda o‘ldirildi va 1980—1987-yillarda prezidentlik lavozimini Chon Du Xvan boshqardi. 1987-yilgi saylovlarda general Ro De Vu g‘alaba qildi. 1993-yilgi saylovlarda esa Kim Yan Sam hokimiyatni egalladi. Koreya 60—70-yillarda juda tez taraqqiy qildi. Hukumat markazlashdi. DEU, Samsung, Xyundoy, Lak-Goldstar kabi kompaniyalar juda katta foyda oldilar. Kemasozlik, avtomobilsozlik, elektronika va boshqa sohalar o‘ta tez rivojlandi. Keyingi 20 yil ichida har yili 10 foizdan rivojlandi. Lekin inqirozlar ham yuz berdi. 1997-yilda inqiroz tufayli yuzlab korxonalar sindi. Xalqaro valuta fondidan 47 mlrd dollar qarz oldi. Bu davrda koreya xalqi haqiqiy vatanparvarligini ko‘rsatdi. Fuqarolar milliardlab pul yig‘dilar, ayollar oxirgi taqinchoqlarigacha davlatga topshirdilar. Janubiy Koreya Respublikasi 278 Janubiy Koreya bugungi kunda dunyoning eng taraqqiy etgan davlatlari- dan biriga aylandi. Chunonchi, 1994-yilda aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan jami ijtimoiy mahsulot 11270 dollarni tashkil etdi. 2003-yil fevralda No Mu Xyon mamlakat prezidenti etib saylandi. 2008-yil fevralda bu lavozimni Li Myon Bak egalladi. Janubiy Koreya — O‘zbekiston munosabatlari yildan-yilga rivojlanib bor- moqda. Janubiy Koreyaning O‘zbekistonda qo‘ygan kapitali 1 mlrd. dollardan oshdi. 128 ta qo‘shma korxona ishlamoqda. Tovar ayirboshlash 2007-yilda 850 mln AQSH dollarigacha yetdi. O‘zbekistonda chiqarilayotgan «Neksiya», «Damas», «Matiz», «Tiko» avtomobillari, qator to‘qimachilik korxonalarining qurilishi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning kelajagi yanada porloqligini ko‘rsatmoqda. Singapur 1958-yilgacha Buyuk Britaniya mustam- lakasi bo‘lib keldi (1828-yilda Buyuk Britaniya- ning mustamlaka hududiga aylangan edi). 1959-yilda unga Britaniya Hamdo‘stligi tarkibida muxtoriyat maqomi berildi. 1963-yilda esa Malayziya federatsiya tarkibiga kirdi. Biroq, tez orada iqtisodiy masalalarda federatsiya subyektlari o‘rtasida chuqur kelishmovchiliklar yuzaga keldi. Natijada 1965-yilda Singapur federatsiya tarkibidan chiqdi va 9-avgust kuni o‘zini mustaqil respublika deb e’lon qildi. Mustaqillik yillarida Singapur Janubi-Sharqiy Osiyoning eng rivojlangan davlatiga aylandi. 1994-yilda aholi jon boshiga 19940 dollarlik yalpi mahsulot ishlab chiqarildi va jami yalpi mahsulot 57 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu yerda hozir 4 mln aholi yashaydi. Tug‘ilish kamaymoqda. Yiliga 50 ming bola tug‘iladi. Bosh vazir Go Chak Tong millatni ko‘p farzand ko‘rishga chaqirdi. S. R. Natan mamlakat Prezidenti etib saylandi. 1942-yilda Yaponiya tomonidan bosib olingan In- doneziya 1945-yilda ozod bo‘ldi va 4-sentabrda Sukarno (1901—1970) boshchiligida hukumat tuzildi. Lekin 1947-yil iyulida Gollandiya bostirib kirdi. BMTning aralashuvi va AQSHning ta’siri bilan 1949-yilda Gollandiya Indoneziya mustaqilligini tan oldi. 1950-yilda Su- karno Indoneziya unitar respublikasini e’lon qildi. Mamlakatda mustaqillik- ning besh tamoyili: millatparvarlik, baynalmilallik, demokratiya, ijtimoiy adolat, xudoga e’tiqod asosida ish olib borildi. Iqtisodiyotni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Neft konlari, kauchuk plantatsiyalari milliylashtirildi. Oziq-ovqat, to‘qimachilik mollari, tayyor kiyimlar tayyorlash kuchaytirildi. Tabiiy boyliklar xalq qo‘liga o‘tdi. 1965-yil 30-sentabrda kommunistparastlar davlat to‘ntarishi uyushtir- moqchi bo‘ldilar. Lekin uning oldi olinib, hokimiyat saqlab qolindi. Kommunistlar qatag‘on qilindi. 1968-yilga kelib general Suxarto prezident bo‘ldi va mamlakatni 1998- yil iyunigacha boshqardi. Bu davrda mamlakatda iqtisodiy va siyosiy barqarorlik hukm surdi. 1970-yilning oxiriga kelib Indoneziyaga Amerika, Yaponiya va Indoneziya Singapur 279 boshqa davlatlar kompaniyalari 1,3 mlrd dollar miqdorida investitsiya kiritdilar. Kapital asosan kon sanoati, daraxt kesish va baliq ovlash sohalariga kiritildi. Milliylashtirilgan korxonalar egalariga qaytarildi. Indoneziya siqilgan tabiiy gaz, neft eksport qiluvchi davlatga aylandi. 90-yillarda 4 yil ichida 35 mlrd dollar miqdorida xorijiy kapital kiritildi. Turli avtomobillar, zamonaviy samolyotlar yig‘ildi. Lekin 1997-yilda mamlakatda iqtisodiy inqiroz yuz berdi. 70 foiz korxona, banklar yopildi, ishsizlar soni 20 mln ga yetdi, tashqi qarz 138 mlrd dollarni tashkil etdi. 1998-yil iyunida prezident Suxarto iste’foga chiqib, noyabr oyida B. Habibiy prezidentlik lavozimini egalladi. Ammo siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlay olmadi. 1999-yil oktabrda umumxalq saylovlari natijasida musulmon diniy partiyasi (Naxdatul Ulamo) rahbari A. Vohid Prezident qilib saylandi. U ham vaziyatni barqarorlashtira olmadi. Inflatsiya 20 foizga yetdi. 1975- yilda Gollandiyadan tortib olingan Sharqiy Timor mustaqillikka erishdi. Achexa ham shunday huquqni qo‘lga kiritdi. 2001-yildan Megavati Sukarnopuri mamlakat Prezidenti lavozimini to‘la egalladi. Indoneziya hozirgi kunda neft mahsulotlari, sanoat gazi, rezina, ko‘mir, mis, qo‘rg‘oshin, nikel, baliq mahsulotlari, kofe va choyni katta miqdorda eksport qiladi. O‘zbekiston bilan yaqin hamkorlik o‘rnatgan. Buyuk Britaniya mustamlakasi bo‘lgan Myanmani 1942-yilda Yaponiya butunlay bosib oldi. 1945- yilda yaponlarni quvib chiqargan ozodlik harakati kuchaydi. 1947-yil 24-sentabrda Ta’sis Majlisi Birma Ittifoqi Konstitutsiya- sini qabul qildi. 1947-yil 17-oktabrda Xalq ozodligi antifashistik ligasi yangi prezidenti U Nu Buyuk Britaniya bilan shartnoma imzoladi. Unga muvofiq Birma Ittifoqi 1948-yil 4-yanvardan mustaqil deb e’lon qilindi. U Nu Bosh vazir etib saylandi va 1952-yilgacha mamlakatni boshqardi. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun g‘alla, makkajo‘xori, paxta, shakarqamish, jut va boshqa mahsulotlarni ko‘paytirishga harakat qilindi. Guruch tozalash, yog‘, choy, tamaki, shakar ishlab chiqarish korxonalari yangi texnologiyalar bo‘yicha rekonstruksiya qilindi. 1952—1957-yillarda Ba U, 1957—1962-yillarda U Vin Maung preziden- tlik qildilar. 1962-yil martda harbiylar general Ne Vin boshchiligida davlat to‘ntarishini o‘tkazdilar. 1947-yilgi Konstitutsiya bekor qilindi. Endi mamlakat Birma Ittifoqi Sotsialistik Respublikasi deb atala boshladi. Yangi sotsialistik jamiyat qurish 1988-yilgacha davom etdi. Lekin rivojlanish ko‘ngildagidek bo‘lmadi. 1988-yilda mamlakat Myanma Ittifoqi deb ataldi va U So Maung prezidentlik lavozimini egalladi. Endi bozor iqtisodiga o‘tish boshlandi. Ahvol yaxshilandi. Chet el investitsiyasiga keng yo‘l ochildi. Yalpi mahsulotning o‘sishi yiliga 8 foizga ko‘tarildi. 1992-yilda hokimiyatga kelgan U Tan Shve mamlakat iqtisodini yanada ko‘tarish, xorijiy mamlakatlar munosabatlarini Myanma (Birma) ittifoqi 280 yaxshilash yo‘lini tutmoqda. Hozirgi vaqtda rangli metallar, neft, kumush, qimmatbaho toshlar qazib chiqarish, neftni qayta ishlash, metallurgiya kom- binatlari, qo‘rg‘oshin-rux korxonalari rivojlangan. Malayziya davlati yerlari, xususan «Nort Barkes» kompaniyasiga qarashli Shimoliy Borjo, Malakka orolining janubiy qismi, Kalimantan oroli shimolidagi Saravak va Sabak urushgacha bo‘lak-bo‘lak holda Buyuk Britaniya mustamlakasi edi. 1941-yil 8-dekabrda Malakka oroliga yaponlar bostirib kirdi va 1942-yil fevralda uni butunlay egalladi. Yaponiyaga, undan so‘ng Buyuk Britaniyaga qarshi mustaqillik harakati keng avj oldi va aholining barcha qatlamlarini qamrab oldi. 1945-yilda inglizlar kelib Malayya ittifoqini tuzdilar. Lekin u ham uzoq yashamadi. 1947-yilda Birlashgan xalq fronti yuzaga keldi, u yosh davlat mustaqilligini mustahkamlashda asosiy kuch bo‘lishi kerak edi. Lekin ushbu frontda birlik bo‘lmadi, ichki kurashlar avj oldi. 1948-yil 1-fevralda Malayziya Federatsiyasi tuzildi. Singapur ajratildi. Konstitutsion monarxiya tuzumi o‘rnatildi. 1957-yilga kelib hozirgi G‘arbiy Malayziya mustaqil deb e’lon qilindi. 1963-yilda Singapur, Saravak va Sabak Malayziya Federatsiyasi tarkibiga kirdi va mamlakat birlashtirildi. Lekin 1965-yilda Singapur Federatsiya tarkibidan chiqib, o‘zini mustaqil deb e’lon qildi. Malayziya hukumatida 1981-yildan musulmon malayziyaliklar katta ta’sir kuchiga egadirlar. Mamlakat iqtisodining asosini qayta ishlash, tog‘-kon sanoati va qishloq xo‘jaligi tashkil etadi. Malayziya jahonning 50 foiz kauchugini, 40 foiz qalayini ishlab chiqaradi. Ularning qariyb yarmini ingliz kapitali nazorat qiladi. AQSH va yapon kapitali ham katta ta’sirga ega. Elektrotexnika, neftni qayta ishlash, kimyo, metallurgiya, avtomobil sanoati rivojlangan. Tabiiy gaz, neft, qalay, mis, temir ruda konlari yangi texnologiya asosida mahsulot beradi. Yerning katta qismi zamindorlarga qarashli. Tabiiy kauchuk, kakao, palma yog‘i, qalampir, ananas yetishtiriladi va eksport qilinadi. Malayziya tashqi siyosatda qo‘shilmaslik yo‘lini tutgan. ASEANga a’zo. O‘zbekiston bilan yaxshi aloqalar o‘rnatgan. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Matn asosida fikr yuritib, mustaqil ravishda «Yangi industrial davlatlar» tushunchasiga izoh yozing. 2. BMT qanday mezonlar asosida u yoki bu davlatning yangi industrial davlat ekanligini aniqlaydi? 3. Qanday omillar transmilliy korporatsiyalar e’tiborini Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlariga qaratdi? 4. YAID o‘z iqtisodiyotlarini rivojlantirishda tanlagan taraqqiyot modellari- ning nomlarini qayd eting. 5. Janubiy Koreya va Singapur Respublikalari haqida nimalarni bilib oldingiz? 6. YAIDning O‘zbekiston bilan aloqasiga doir yozma ish tayyorlang. Malayziya ? 281 32-§. Arab davlatlari Ikkinchi jahon urushidan keyin Arab xalqlari milliy-ozodlik kurashi yanada kuchaydi. Qator dav- latlarda (Misr, Iroq, Liviya, Yaman) mustamlakachi davlatlar qo‘g‘irchog‘iga aylanib qolgan hukmron doiralar hokimiyati ag‘darildi. Dastlab Jazoir, Marokash, Tunis va Sudan kabi davlatlar mustaqillikni qo‘lga kiritdilar. Chet el kapitali egallab olgan milliy boyliklar (Misrda Suvaysh kanali kompaniyasi, Iroqda neft kompaniyasi — Iroq petroleum) milliylashtirildi. Mustaqil davlatlar ijtimoiy-siyosiy ittifoqlarga qo‘shilmaslik siyosatini yuritdilar. Biroq arab davlatlarining o‘zaro munosabatlari o‘tgan tarixiy davr mobaynida jiddiy sinovlarga duch keldi. Bu munosabat ba’zan do‘stona, ba’zan raqobat, hatto dushmanlik tusini ham oldi. Ayni paytda arab davlatlarining iqtisodiy taraqqiyot darajasi ham bir xil emas. Arab davlatlarining ba’zilarida (Iroq va Suriya) uzoq vaqt yakka shaxs diktaturasi hukm surdi yoki hukm surmoqda. Falastin arab xalqi esa hamon o‘z mustaqil davlatiga ega emas. Biroq bu xalq o‘z davlatiga ega bo‘lish yo‘lida qat’iy kurash olib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi deyarli barcha arab davlatlari bilan teng manfaatdorlik tamoyili asosida munosabatlarni rivojlantirib kelmoqda. «Yaqin Sharq muammosi» deyilganda isroil-arab munosabatlari, Isroilning bosib olgan arab davlat- lari yerlarini qaytarib berishi hamda mustaqil Falastin arab davlatini tashkil etish bilan bog‘liq muammolar, shuningdek, arab davlatlari va Isroilning yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari asosida yashash masalalari tushuniladi. 1947-yil 29-noyabrda BMT Falastinda ikki davlat — Isroil yahudiy va Falastin — arab davlati tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Versal konferensiyasidayoq (1919-yil) Buyuk Britaniya Falastinni boshqarish va u Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling