Jahon tarixi


Download 3.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/38
Sana25.02.2017
Hajmi3.01 Kb.
#1260
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38
bo‘lib Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif 1992-
yil 27—28-iyun kunlari O‘zbekistonga tashrif bu-
yurdi. Tashrif chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida davlatlararo munosabatlar
va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma, hukumatlar o‘rtasida madaniyat, sog‘liqni
saqlash, fan, texnika, kadrlar tayyorlash, sport va ommaviy axborot sohasida
hamkorlik qilish to‘g‘risida bitimlar imzolandi.
1992-yil avgustida O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov Pokistonga
javob tashrifi bilan bordi. U yerdagi uchrashuvlar, suhbatlar, muzokaralar
natijasida ikki mamlakat o‘rtasida 5 ta muhim bitim imzolandi. Banklar
to‘g‘risida, investitsiyalarni himoya qilish, elektrlashtirish, irrigatsiya va
melioratsiya, telekommunikatsiya sohasida hamkorlik qilish haqidagi bitimlar
o‘tgan yillar davomida o‘z samarasini berdi. Pokistonning «Tabani korpo-
reyshn», «Lahor», «Pia», «Merkuriy», «Metro garmen tes» va boshqa fir-
malari O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatmoqda. 1994-yilda tovar ayirboshlash
4,3 mln dollarga yetdi.
Urdushunos olim A. Ibrohimov Lahor shahrida o‘zbek tili kurslarini
tashkil etdi. O‘zbekistonning pilla, shoyi matolari, shisha va billurlari, yengil
Pokiston —
O‘zbekiston
munosabatlari
17 — Jahon tarixi

258
sanoat uchun mashina va uskunalari Pokistonda sevib xarid qilinsa,
pokistonliklarning tayyor kiyimlari, charm kamzullari, shakar va kakaosi
o‘zbekistonliklarga manzur bo‘lmoqda, 2004-yilda ikki mamlakat o‘rtasida
tovar ayirboshlash 8,4 mln dollarni tashkil etdi. 43 mln dollarlik paxta Eron
bandargohlari orqali chetga chiqmoqda. Pokiston esa uchinchi davlat orqali
paxta sotib olmoqda.
2005-yil martida Pokiston Prezidenti P. Musharrafning O‘zbekistonga
tashrifi chog‘ida bu masalalar muhokama qilindi. Pokiston sarmoyalari
bilan O‘zbekistonda 42 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. 2004-yilda ular
19,5 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqardilar. Tashrif chog‘ida hamkorlikni
yanada mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot, 2005—2009-yilgacha
bo‘lgan davrga mo‘ljallangan madaniy aloqalar dasturi va xalqaro terrorizmga
qarshi kurash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Hindiston va Pokistonning tashkil etilishi sabablari va mustaqillikka
erishishi qanday yuz berdi?
2. J. Neru davrida Hindistonning ahvoli qanday edi?
3. Pancha chila nima?
4. Hindiston tarixida I. Gandining roli qanday bo‘ldi?
5. Hindiston bilan Pokiston o‘rtasidagi mojaroning asosiy sababi nima?
6. M. Desai davrida Hindiston taraqqiyoti haqida gapirib bering.
7. «Bxarati janati parti» qanday partiya?
8. Pokiston 1958-yilgacha qanday idora qilindi?
9. Pokistonda harbiy diktaturalar nega o‘rnatildi?
10.Toshkent deklaratsiyasining ahamiyati qanday bo‘ldi?
11.Bangladesh mustaqillikka qanday erishdi?
12.Benazir Bxutto qanday siyosat yurgizdi?
13.Hozirgi bosqichda Pokiston — Hindiston munosabatlari qanday?
14.AQSHning Hindiston va Pokiston bilan munosabatlari qay tarzda
davom etmoqda?
15.O‘zbekistonning Hindiston va Pokiston bilan munosabatlari haqida
nimalarni bilib oldingiz?
JADVALNI TO‘LDIRING. HINDISTON VA POKISTON RAHBARLARINING
FAOLIYATLARI HAQIDA
t
a
k
a
l
m
a
M
i
r
a
l
r
a
b
h
a
r
a
d
t
a
y
i
m
i
k
o
H
i
l
i
y
n
a
g
r
u
t
n
u
h
c
u
t
a
k
a
l
m
a
M
i
r
a
l
h
s
i
n
a
g
l
i
q
BAHS YURITING
— Jamiyat taraqqiyotida dinning roli va G‘arb davlatlarining diniy ayirmachi-
likdan Sharq mamlakatlarida qanday foydalanayotganliklari haqida erkin
fikr yuritib, matbuot va tarixiy materiallar asosida insho yozing.
— Hindiston iqtisodiyotidagi qaysi jihatlardan O‘zbekistonda ijodiy
foydalanish mumkin? Bu haqda erkin fikr bildiring. Bahs yuriting.
?

259
29-§. Turkiya va Eron
Turkiya Respublikasi
Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng Turkiya-
da chigal vaziyat yuzaga keldi. Xalq Respublikachi
Partiya (XRP) bilan 1945-yilda tashkil etilgan
Demokratik Partiya (DP) o‘rtasida kurash kuchay-
di. DP davlat monopolizmiga qarshi chiqib, «Xususiy tashabbus»ni qo‘lladi.
1946-yilgi saylovlarda XRP terror yo‘li bilan g‘olib chiqdi va darhol repressiyani
boshlab yubordi. Bu narsa mamlakatda keskinlikni avj oldirdi. Mamlakatni
1938-yildan  AQSHning gumashtasi I. Inenyu boshqarib keldi. 1950-yilning
may oyida Turkiya Buyuk millat majlisi (parlamenti)ga bo‘lib o‘tgan saylovda
Demokratik partiya  g‘alaba qozondi. Partiya rahbari J. Boyar mamlakat
Prezidenti, partiyaning yirik arbobi A. Menderes Bosh vazir lavozimini egalladi.
Uning dasturi iqtisodiyotda davlat sektorini tugatish va erkin tadbirkorlikni
qaror toptirishni ko‘zda tutardi. DP o‘z dasturini amalga oshirishga kirishdi.
Sanoatda, hatto, xususiy sektorning davlat sektoridan ko‘proq mahsulot ishlab
chiqarishiga ham erishildi. Hukumat mamlakat iqtisodiyotiga chet el sarmo-
yasini joylashtirish uchun qulay imkoniyatlar yaratdi. 1950—1954-yillar davo-
mida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 65 mln dollar miqdorida yor-
dam oldi. Biroq yangi hukumat qanchalik harakat qilmasin, iqtisodiy rivojla-
nishda jiddiy o‘zgarish yuz bermadi. Bu chet el sarmoyasining milliy sarmoyani
siqib chiqarishiga sabab bo‘ldi. 1956-yilda Turkiya g‘allani chetdan sotib oldi.
1958-yilda Turkiya o‘zini bankrot deb e’lon qilib, qarzlarini to‘lay olmasligini
bildirdi. Boyar-Menderes hukumatidan ko‘pchilik norozi bo‘ldi. Mamlakatda
korrupsiya, talon-toroj avj oldirilgan edi. 1960-yil may oyida harbiy to‘ntarish
bo‘ldi. Hokimiyat to‘ntarish o‘tkazgan yangi tashkilot — Milliy birlik qo‘mitasi
(MBQ) qo‘liga o‘tdi. Mamlakatning vaqtinchalik konstitutsiyasi qabul qilindi.
Unga ko‘ra, MBQ oliy qonun chiqaruvchi organ deb e’lon qilindi. Unga
J. Gursul raislik qildi va u vaqtinchalik hukumatni ham boshqardi. J. Boyar,
A. Menderes qamoqqa olindi. A. Menderes 1961-yilda qatl etildi.
1961-yilning may oyida mamlakatning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.
Siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat etilgach, ikkita yangi partiya tuzildi. Ularning
biri «Adolat partiyasi», ikkinchisi esa «Yangi Turkiya partiyasi» deb ataldi.
Ayni paytda boshqa siyosiy partiyalar ham faoliyat ko‘rsata boshladi. Noyabr
oyida o‘tkazilgan saylovda hech bir partiya mutlaq ko‘pchilik o‘rin ololmaganligi
uchun koalitsion hukumat tuzishga to‘g‘ri keldi.
1961—1965-yillar Turkiyaning kelgusi taraqqiyot yo‘li xususida keskin
siyosiy kurashlar yillari bo‘ldi. Bu davrda 4 marta hukumat almashdi. Va,
nihoyat, 1965-yildagi parlament saylovida «Adolat partiyasi» g‘alaba qozondi.
Uning rahbari S. Demirel Bosh vazir lavozimini egalladi. Bu hukumat davrida
Demokratik
partiyaning
hokimiyatga kelishi

260
harbiy xarajatlarning yanada o‘sishi budjet taqchilligini keskin ko‘paytirib
yubordi. U 1970-yilda 3,5 mlrd lirani tashkil etdi. Davlat qarzi esa 72 mlrd
liraga yetdi.
Bunday sharoitda harbiylar yana siyosatga aralashdilar. Ular 1971-yilning
12-martida yana davlat to‘ntarishi o‘tkazdilar. Unga general K. Evren rahbarlik
qildi. Mamlakatda favqulodda holat joriy etildi. Biroq bu to‘ntarish mamla-
katda siyosiy barqarorlikni ta’minlay olmadi. 1973-yilda mamlakat prezidenti
16 turdan so‘ng saylanganligi buning isbotidir. 1980-yilda esa hatto prezident
saylashga erishilmadi ham. Oqibatda yana davlat to‘ntarishi o‘tkazildi.
Barcha siyosiy partiyalar tarqatilgan, deb e’lon qilindi. Ularning rah-
barlariga 10 yil davomida siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanish man etildi.
Ommaviy axborot vositalari uchun qattiq senzura o‘rnatildi. Biroq Yevropa
Ittifoqining aralashuvi bilan harbiylar yon berishga majbur bo‘ldilar. Mamla-
katning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Siyosiy partiyalar faoliyatiga
ruxsat etildi. Natijada qator yangi partiyalar («Vatan» partiyasi, «To‘g‘ri
yo‘l» partiyasi) tuzildi.
«Vatan» partiyasini T. O‘zal, «To‘g‘ri yo‘l» partiyasini esa S. Demirel
boshqardi. 1983-yilda o‘tkazilgan parlament saylovida «Vatan» partiyasi
g‘alaba qozondi va T. O‘zal Bosh vazir lavozimini egalladi. 1989-yilda esa
Turkiya Prezidenti lavozimiga saylandi. T. O‘zal davrida mamlakatda chuqur
iqtisodiy islohotlar o‘tkazildi. Chunonchi, 1986-yilda xususiylashtirish to‘g‘ri-
sida qonun qabul qilindi. 1988-yildan davlat mulkini sotish boshlandi.
Biroq bundan ko‘zlangan maqsadga erishilmadi. Chunki davlat mulki
narxi qimmat bo‘lgani uchun, 1991-yil oxirigacha uning atigi 5 foizi
xususiylashtirildi. 1991-yilgi parlament saylovlarida «To‘g‘ri yo‘l» partiyasi
g‘alaba qozondi. Uning rahbari S. Demirel hukumat tuzdi. 1993-yilda T. O‘zal
vafot etgach, S. Demirel mamlakat prezidentligiga saylandi.
Turkiya O‘rta Sharqda iqtisodiy
rivojlangan davlatlardan biri. Ayni
paytda, qudratli zamonaviy armiyaga
ham ega.
Biroq Turkiya mamlakat hayotini
G‘arbiy Yevropacha model asosida to‘la
qayta qurishga muvaffaq bo‘lmadi.
Bunga, birinchidan, uning texnik-iqti-
sodiy jihatdan orqada qolganligi sabab
bo‘ldi. Mamlakat aholisining 50 foizi
hamon qishloq xo‘jaligida band.
Ikkinchidan, davlat iqtisodiyotni
qattiq markazlashtirgan va uning ustidan
to‘la nazorat o‘rnatgan. Chunonchi, sa-
Turgut O‘zal.

261
noatning katta qismi hamon davlat mulki hisoblanadi. Korxonalarning 70
foizga yaqini davlat dotatsiyasi hisobiga ishlaydi. Tashqi savdoda import
eksportdan ustun turadi. Bu esa, o‘z navbatida, tashqi qarzning ko‘payishiga
olib kelmoqda. 1995-yilda Turkiyaning tashqi qarzi 50 mlrd dollarni tashkil
etganligi asosan shu omil bilan izohlanadi. 2000-yilda mamlakat prezidentligiga
A. Sezer saylandi. Tayyip Erdog‘an Bosh vazir lavozimini egalladi. 2007-yil
avgustda A. Gul Prezident A. Sezer o‘rnini egalladi.
Turkiya tashqi siyosatda birinchi navbatda AQSH
bilan munosabatlarni yaxshilashga intildi. Chu-
nonchi, AQSH hukumati 1947-yil 12-iyulda Turkiyaga moliyaviy va harbiy
yordam ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Turkiya «Trumen doktrinasi»
bo‘yicha harbiy yordam oldi.
1948-yil iyulda Turkiya hukumati AQSH bilan «Marshall rejasi» asosi-
da hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu ikkala bitim bo‘yicha
Turkiya AQSHdan 800 mln dollar oldi va mablag‘lar asosan harbiy ishga
sarflandi. Budjetning 60 foizi bu davrda harbiy maqsadlarga ketmoqda edi.
AQSH ning Koreyada olib borgan urushida ishtirok etdi. 1951-yil oxirida
Turkiya NATO a’zoligiga qabul qilindi. 1954-yilda SEATO harbiy-siyosiy
ittifoqi a’zosi bo‘ldi.
Shu yildan boshlab Turkiya tashqi siyosatida Kipr masalasi alohida o‘rin
tuta boshladi. 1955-yilda esa Bag‘dod paktini imzoladi. 1959-yilda Turkiya
hududida AQSH harbiy bazasi barpo etish to‘g‘risida ikki tomonlama
shartnoma imzolandi. Shuningdek, Eron va Pokiston bilan shartnoma tuzib,
SENTOni tashkil etdi. (1958-yilda Iroq bu blokdan chiqib ketgan edi.) 60-
yillardan boshlab Turkiyaning AQSH bilan bir tomonlama ittifoqchilikka
asoslangan tashqi siyosatida o‘zgarish yuz bera boshladi.
Endi Turkiya «Umumiy bozor» a’zosi bo‘lgan davlatlar, birinchi navbatda,
GFR bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantira boshladi. 1974-yilda Kipr
muammosi yanada keskinlashdi. Kiprni Gretsiyaga qo‘shib olishga intiluvchi
kuchlar qonuniy hukumatga qarshi bosh ko‘tardilar. Bunga javoban Turkiya
harbiy kuchlarini Kiprga kiritdi. Shu tariqa Kipr amalda kiprlik turklar va
kiprlik greklar jamoalariga bo‘linib ketdi.
Turkiya O‘zbekiston davlat mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan
davlatdir. Turkiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida abadiy do‘stlik to‘g‘risida
shartnoma imzolangan. O‘zbekistonda ko‘plab o‘zbek—turk qo‘shma
korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning ichida Samarqanddagi «Otayo‘l»
avtobus ishlab chiqaruvchi korxona alohida ahamiyatga ega.
Sovet davlati parchalanib ketgach, Turkiya O‘rta Osiyo respublikalari
bilan yaqin munosabat o‘rnatdi. Yaponiya va AQSH firmalari Turkiyada
sovitgich va televizor ishlab chiqaruvchi korxonalar qura boshladilar.
Shuningdek, Turkiya ko‘pgina xorij firmalariga vositachi rolini o‘ynamoqda.
Tashqi siyosat

262
Turkiya O‘zbekiston mustaqilligini birinchi bo‘lib
tan olgan mamlakatdir. 1991-yil dekabrda
O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov Turkiyaga
rasmiy tashrif bilan bordi. Mamlakat Prezidenti
Turgut O‘zal, Bosh vazir Sulaymon Demirel va ishbilarmonlar bilan uchrashib,
O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya jumhuriyati o‘rtasidagi aloqalarning
asos va maqsadlari to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Bu shartnomada
mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ma’naviy, ruhiy yaqinlik ta’kidlandi. Iqtisodiy
va savdo sohasida hamkorlik, madaniyat, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport,
turizm va boshqa bitimlar imzolandi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishda 1992-
yil aprelida Turkiya Bosh vaziri Sulaymon Demirelning respublikamizga
tashrifi katta rol o‘ynadi. Turklarning «Interner», «O‘zturk», «O‘zyuksal»,
«Dogu ilag», «Yazeks», «Bursel» va boshqa firmalari O‘zbekistonda keng
faoliyat ko‘rsatdi.
1993-yil aprelida Turkiya Prezidenti T. O‘zalning O‘zbekistonga tashrifi,
ayniqsa, samarali bo‘ldi. «Daromad va mol-mulkka ikki tomonlama soliq
solmaslik to‘g‘risida», «Terrorizm, g‘ayriqonuniy qurol va giyohvand moddalar
tarqatishga qarshi kurash to‘g‘risida» bitimlar va boshqa hujjatlar imzolandi.
1993-yilda O‘zbekistonga 240 mln  dollar miqdorida turli tovarlar keltirildi.
Turkiyaning yordami bilan Qoraqalpog‘istonda «Kateks», «Elteks»,
Buxoroda «Vardonze» (erkaklar ko‘ylagi tikishga moslashgan) va boshqa
ko‘plab korxonalar qurildi. Ularning ichida Samarqanddagi «Otayo‘l» avtobus
ishlab chiqaruvchi korxona alohida ahamiyatga ega. Turklar O‘zbekiston-
dagi ko‘plab mehmonxonalarni qayta ta’mirlashda yordam ko‘rsatdilar.
Ikki mamlakat o‘rtasida madaniyat, fan sohasida ham aloqalar kuchayib
bormoqda.
Turkiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida abadiy do‘stlik to‘g‘risida shartno-
ma imzolangan.
Eron Islom Respublikasi
Ikkinchi jahon urushi oxirida Eron shoh Muham-
mad Rizo Pahlaviy (1919—1980) tomonidan
boshqarilar, hukumat boshlig‘i Qavam as Sulton edi. 1947-yil uning o‘rniga
I. Hakimiy va undan so‘ng Razmari tayinlandi. 1945-yili Eronda yashovchi
ozarbayjon va kurd xalqlarining milliy muxtoriyat uchun kurashi boshlandi.
Eron Ozarbayjonida faoliyat ko‘rsata boshlagan Ozarbayjon demokratik
partiyasi quyidagi talablarni ilgari surdi: yaxlit mamlakat doirasida Eron
Ozarbayjoniga madaniy hayot va mahalliy boshqaruv sohasida muxtoriyat
berish; ozarbayjon tilini muxtoriyat hududida rasmiy til deb tan olish; o‘z
parlamentiga ega bo‘lish.
Turkiya —
O‘zbekiston
munosabatlari
1945-yil voqealari

263
Bu talablar shoh hukumatining boshqa millat vakillariga nisbatan
o‘tkazayotgan shovinistik siyosati oqibati edi. 1945-yilning oxirida Eron
Ozarbayjoni parlamentiga (majlis) saylov o‘tkazildi. Parlament 9-dekabrda
Ozarbayjon Muxtor Respublikasi tuzilganligini e’lon qildi. Saylovdan so‘ng
tuzilgan hukumat markaziy hokimiyatni tan olishini hamda uning muxtoriyat
manfaatlariga zid bo‘lmagan barcha ko‘rsatmalarini bajarishini ma’lum qildi.
Maktablarda ta’lim ozarbayjon tilida olib borila boshlandi. Ozarbayjon davlat
universiteti ochildi.
1945-yilning oxirida Shimoliy Kurdistonda (Eron Kurdistonida)
ham muxtoriyat uchun kurash boshlandi. Tez orada muxtor Kurd
Xalq Respublikasi tuzildi. Bu kurashga Kurdiston demokratik partiyasi
rahbarlik qildi. Biroq bu harakatlar aslida SSSR tomonidan rag‘batlan-
tirilgan va qo‘llab-quvvatlangan edi. Bu esa o‘zga davlatlar ichki ishlariga
bevosita aralashish edi. Ayni paytda SSSR Tude (Eron kommunistik
partiyasi)ni qo‘llab-quvvatladi. Eron hukumati, tabiiyki, Eron Ozar-
bayjoni va Shimoliy Kurdistondagi voqealarni separatchilik harakati,
deb baholadi.
Buyuk Britaniya hukumati esa SSSRning Eron ichki ishlariga arala-
shuviga qattiq qarshilik ko‘rsatdi. Chunonchi, Eronga qo‘shimcha harbiy
kuchlar jo‘natdi. SSSR manevr qilishga majbur bo‘ldi. 1946-yil 4-aprelda
Eron bilan aralash sovet – eron neft kompaniyasi tuzish haqidagi shartnoma
evaziga o‘z qo‘shinini Shimoliy Erondan olib chiqib ketishga majbur bo‘ldi.
1946-yilning oxiriga kelib Eron hukumati bu shartnomani bekor qildi va
mamlakat shimolini to‘la o‘z nazoratiga bo‘ysundirdi. Ozarbayjon va Kurd
muxtor respublikalarini tugatdi. SSSR bu voqealarga aralashmadi. Chunki
bunday aralashuv Buyuk Britaniya va AQSHning birgalikdagi aks arala-
shuviga duch kelishi mumkin edi.
Ayni paytda Eronda ingliz – amerika ta’siri kuchayib bordi. 1947-yilda
Eron armiyasida AQSH mutaxassislarining rahbarlik lavozimini egallashlari
mumkinligini ham ko‘zda tutuvchi Erondagi Amerika harbiy missiyasining
faoliyati haqida eron – amerika shartnomasining imzolanishi Eronda AQSH
mavqeyini yanada mustahkamladi. 1950-yilda bu masala yangi shartnoma
bilan mustahkamlandi. Ayni paytda ingliz – amerika qarama-qarshiligi
kuchaydi.
Ingliz – eron neft kompaniyasi (IENK) Buyuk
Britaniya uchun katta ahamiyatga ega edi. Bu kom-
paniya 1933-yilda tashkil etilgan. Kompaniya
daromadining asosiy qismini Buyuk Britaniya olardi.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng ham u bu kompaniyani saqlab qolishga
zo‘r berib urindi. Shu maqsadda Buyuk Britaniya 1949-yilda «Qo‘shimcha
shartnoma» deb ataluvchi shartnoma ishlab chiqdi. Unda kompaniya daro-
madidan Eronga beriladigan ajratma miqdorini qisman oshirish ko‘zda tutilgan
edi. Eron xalqi qarshi chiqdi.
Eron nefti uchun
kurash

264
Buyuk Britaniya shu yo‘l bilan IENKda o‘z xo‘jayinligini saqlab
qolmoqchi bo‘ldi. Biroq Eron hukumati uni rad etdi. 1951-yilning 15-
martida esa mamlakat parlamenti IENKni milliylashtirish to‘g‘risida qaror
qabul qildi. 29-aprelda bosh vazir lavozimiga tayinlangan, Milliy front (Eron-
ning chet davlatlarga iqtisodiy va siyosiy jihatdan qaramligiga qarshi
kurashuvchi kuchlar) rahbari M. Mossodiq bu qarorni bevosita amalga
oshirishga kirishdi.
Buyuk Britaniya va AQSH har xil yo‘llar bilan bunga to‘sqinlik qildilar.
Ular bu masalani xalqaro Gaaga sudida hal etmoqchi bo‘ldilar. Biroq Eron
hukumati bu sud vakolatini tan olmadi. Buyuk Britaniya endi BMT Xavfsizlik
Kengashiga murojaat qildi. Xavfsizlik Kengashi Eron neftini xalqaro kom-
paniya ixtiyoriga berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Biroq Mossodiq bu
qarorni rad etdi. U Eron nefti Eronning milliy boyligi ekanligini, uni mil-
liylashtirish Eronning ichki ishi ekanligini ta’kidladi.
Bunga javoban Buyuk Britaniya Eronga nisbatan iqtisodiy qamal
tashkil etdi. Eron hukumati esa Buyuk Britaniya bilan diplomatik muno-
sabatlarini uzdi. Shoh boshchiligidagi ichki g‘arbparast kuchlar Buyuk
Britaniya va AQSH ning qo‘llab-quvvatlashiga tayanib, 1953-yilning
19-avgustida davlat to‘ntarishi o‘tkazdilar. Unga general Zohidiy rahbarlik
qildi. Shoh uni bosh vazir etib tayinladi. Barcha siyosiy partiyalar,
tashkilotlar, Mossodiq siyosatini qo‘llab-quvvatlagan vaqtli matbuot
nashrlari tor-mor etildi. Shu tariqa Eron shohi Muhammad Rizo
Pahlaviy o‘z mavqeyini mustahkamlab oldi.
Yangi hukumat 1954-yilda Xalqaro neft konsorsiumi bilan shartnoma
imzoladi. (Unda AQSH va Buyuk Britaniya neft kompaniyalari yetakchi
mavqega ega edi.) Shartnomaga ko‘ra, Eron nefti 25 yil muddat bilan
(1979-yilgacha) shu konsorsium ixtiyoriga berildi. Konsorsiumning neft
qazib chiqarishi yildan yilga o‘sib bordi. Xususan, 1950-yilda u 32 mln
tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 1961-yilga kelganda bu ko‘rsatkich 57 mln
tonnani tashkil etdi.
Ayni paytda, Eron ham neft eksportidan katta daromad topa boshladi.
70-yillar o‘rtalariga kelganda bu daromad 20 mlrd dollardan oshdi. Eron
1955-yilda Bag‘dod paktiga (1959-yildan SENTO) a’zo bo‘ldi. «Eyzenxauer
doktrinasi»ni qo‘llab-quvvatladi. 1959-yilda AQSH bilan shartnoma tuzib,
unga deyarli qaram bo‘lib qoldi. Budjetning 40 foizi harbiy maqsadlarga
ketdi.
1955-yildagi qonun bilan Eronda 1000 dan ortiq
turli firmalar ish ko‘rar edi. Import eksportdan 5
baravar ortdi. Eron mahalliy sanoati sindi. Ko‘plab korxonalar yopildi. Eron
AQSHdan g‘alla sotib oldi. Eron shohi mamlakat taraqqiyotini jadal sur’at-
larda tezlatishga, og‘ir iqtisodiy ahvoldan qutulishga va mamlakat hayotida
g‘arbga munosabatlarni qaror toptirishga, to‘xtovsiz davom etayotgan norozi-
lik to‘lqinlarini bostirishga harakat qildi.
Oq inqilob

265
Shu maqsadda, 1963-yilning 23-
yanvarida quyidagi 6 qonun loyihasi
yuzasidan referendum o‘tkazildi: 1. Yer
islohoti. 2. O‘rmonlarni milliylashtirish.
3. Yer islohotini moliyalashtirish uchun
davlat zavod va fabrikalarini sotish. 4. Ish-
chilarning korxona foydasidan ulush olishi.
5. Parlamentga saylov to‘g‘risidagi qo-
nunga o‘zgartirish kiritish. 6. Savod-siz-
likka qarshi kurashish uchun «maorif kor-
pusi» tuzish.
Shoh bu islohotlar ahamiyatini inqi-
lobga tenglashtirdi va uni «oq inqilob» deb
atadi. Sanoat ishlab chiqarishining yillik
o‘rtacha o‘sish sur’ati 10—15 foizni tashkil
etdi. Islohot natijasida Eron agrar
davlatdan agrar-industrial davlatga aylan-
di. Ayollarga erkaklar bilan teng saylov
huquqi berildi. Hayotga Yevropacha tus berila boshladi. Mamlakat G‘arb
dunyosining bir qismiga aylandi. Biroq islohot xalqning turmush darajasini
yaxshilamadi. Chunki Eron jamiyati agrar islohotga tayyor emas edi. Buning
ustiga, islohot juda tez sur’atlar bilan o‘tkazila boshladi. Aholining ongi esa
buni o‘ziga singdira olmadi. Chunki iqtisodiy islohot dastlab aholi turmush
darajasini pasaytirib yuborishi tabiiydir. Bundan tashqari, islohot aholining
ma’lum tabaqasini haddan tashqari boyitib yubordi. O‘n millionlab odamlar
esa tobora kambag‘allashdi. Jamiyatdagi bu o‘zgarishlar aholi ko‘z o‘ngida
islom an’analaridan, asrlar osha davom etib kelayotgan turmush tarzidan voz
kechishdek gavdalandi. Xalq noroziligi kuchaydi. Xalqqa qarshi maxfiy po-
litsiya (SAVAK) tashkil etildi. Uning yerto‘lalarida 380 mingdan ortiq eron-
liklar yo‘q qilindi. Bu hodisa G‘arbcha tamoyillar asosida o‘tkazilayotgan
islohotlarga boshdanoq qarshi bo‘lgan ruhoniylarga qo‘l keldi.
Diniy mutaassiblik aholi ongini chulg‘ab olgan jamiyatda ruhoniylarning
mavjud hukmron doiralarga qarshi turishi ular uchun juda katta xavf tug‘dirar

Download 3.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling