Jahon tarixi


Download 3.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/38
Sana25.02.2017
Hajmi3.01 Kb.
#1260
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
Oxir-oqibatda hokimiyat tepasiga «pragmatiklar» deb atalgan guruh keldi.
Bu guruhga «madaniy inqilob» yillarida qatag‘on qilingan Den Syaopin
rahbarlik qilar edi. (Den Syaopin 1997-yilda 92 yoshida vafot etdi.) XKP
yangi rahbariyati Mao Szedun yo‘lini xato deb e’lon qildi. «Katta sakrash»
va iqtisodiyotning to‘la davlat nazoratiga olinganligi mamlakat va xalqqa
ulkan kulfat keltirganligi tan olindi va ular qoralandi.
Yangi kuchlarning
hokimiyatga kelishi
16 — Jahon tarixi

242
1978-yildan pragmatiklar aralash iqtisodiyotni yoqlab chiqdilar. Davlat
rahbarligida bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li tanlandi. Bu tarixga «iqtisodiy
va siyosiy hayotni modernizatsiya qilish» nomi bilan kirdi. Chet el
sarmoyasining mamlakat iqtisodiyotiga joylashtirilishi uchun qulay sharoit
yaratildi. Qishloqda xalq kommunalari tarqatib yuborildi. Shirkat tuzumi
bekor qilindi. Ularning o‘rniga oila pudrati joriy etildi. Shu yo‘l bilan aholini
oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash vazifasi hal etildi.
Sanoatda ham chuqur islohotlar o‘tkazildi. Chunonchi, davlat korxo-
nalari xo‘jalik hisobi asosida ishlaydigan bo‘ldi. Kichik va o‘rta tadbirkorlikka
keng yo‘l ochildi. Ayni paytda sanoatning maishiy tovarlar ishlab chiqaruvchi
sohalarini rivojlantirishga katta e’tibor berildi. Yangi siyosat o‘z samarasini
bermay qolmadi. 80-yillar oxiriga kelib Xitoy ko‘mir, televizor, shoyi-
gazlama, sement ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi.
Mamlakat oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘zini o‘zi ta’minlaydigan bo‘ldi.
Bular, o‘z navbatida, aholi turmush darajasining o‘sishiga olib keldi.
90-yillarda mamlakatda po‘lat, rangli metallar eritish, sement, mineral
o‘g‘it ishlab chiqarish, ko‘p tarmoqli mashinasozlik rivojlandi. To‘qimachilik
sanoati mahsulotlari jahon bozorini egalladi. An’anaviy hunarmandchilik:
ipakdan, suyakdan badiiy buyumlar yasash, chinni mahsulotlar mashhur
bo‘ldi. Dengiz mahsulotlari, dorivor o‘simliklar, yog‘och mahsulotlarni ishlab
chiqarish ko‘paydi. Ishlab chiqarishda samaradorlik oshdi.
1992-yildan boshlab Xitoyda iqtisodiy islohotning yangi bosqichi
boshlandi. Bu bosqich — islohotni jadallashtirish va chuqurlashtirish,
iqtisodiy siyosatni mafkuradan xoli qilish va rejali boshqaruvdan bozor
iqtisodiyotiga izchillik bilan o‘tish bosqichi, deb nom oldi. Bu bosqich ayni
paytda iqtisodiyotda davlat mulki hissasining kamayib borishini ham o‘z
ichiga oladi. Amalda shunday bo‘lmoqda ham.
Xitoyda iqtisodiy islohotlar olib borilgan keyingi 25-yil davomida
olamshumul muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi. 1998-yilda ichki ishlab
chiqarishning umumiy qiymati 1978-yildagidan 5,4 hissa ortiq bo‘ldi. Xitoyda
ishlab chiqarish qoldiqlarini qayta ishlash keng yo‘lga qo‘yildi. Xitoy har
yili rivojlangan davlatlardan ishlab chiqarish qoldiqlarini sotib olib, qayta
ishlaydi va milliardlab foyda oladi. Xitoy har yili AQSH dan 14 mlrd
dollarga chiqindi sotib oladi.
Hatto 1998-yilda Osiyoda pul masalasi inqirozi hamda tarixda kam
uchraydigan kuchli suv toshqiniga duch kelinganda ham Xitoyda ishlab
chiqarishning umumiy qiymati 1997-yildagidan 7,8 foizga oshdi. Bu davrda
qator sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish miqdori,
masalan, guruch, paxta, go‘sht, yog‘-moy, ko‘mir, po‘lat, sement, gazlama,
televizor ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi.
Davlat tashqi pul muomalasi zaxirasi 45 milliard dollarga yetdi. Xitoy
oldingi iqtisodiy qoloq holatdan Amerika, Yaponiya, Germaniya, Fransiya,
Angliya va Italiyadan keyin dunyoda yettinchi o‘ringa chiqdi.

243
Xitoyning iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatayotgan eng muhim
sabablardan biri davlatning to‘g‘ri iqtisodiy siyosati va bu iqtisodiy islohot
mobaynida tuzilgan iqtisodiy qonunlardir. Xitoy iqtisodiy islohot davomida
bozor xo‘jaligini yo‘lga qo‘ygan davlatlarning tajribalarini ijodiy o‘zlashtirib,
o‘tgan yillar davomida iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladigan ko‘plab
qonun, nizom, qoida va qarorlarni qabul qildi va ularni yangidan vujudga
kelgan iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar xarakteriga moslashtirib, vaqti-vaqti
bilan tuzatib bordi. Bu qonunlar islohot natijalarini himoyalash va
mustahkamlashni, bozor munosabatlariga oson o‘tish va uning mo‘tadil
rivojlanishini kafolatlagan.
90-yillardan belgilangan «Sotsialistik bozor xo‘jaligiga o‘tish»ning
mazmuni shuki, qishloq xo‘jaligini tartibga solish, yerni ayrim xonadon-
larning yakka xo‘jalik yuritishiga asoslangan oilaviy pudrat deb atalgan usulda
ishlash, dehqonlarning tomorqa uchastkalarini kengaytirish, yordamchi
hunarmandchilikni rivojlantirish, ortiqcha mahsulotni bozorda dehqonning
o‘zi sotishi imkoniyatini yaratishni ko‘zda tutadi.
Shaharlarda «direktiva asosida rejalashtiriladigan sohani qisqartirish», sanoat
korxonalarini «mustaqil xo‘jalik tashkilotlariga» aylantirish, tovar
munosabatlarini rivojlantirish, «narx-navo davlat yo‘li bilan bir xil belgilab
qo‘yiladigan sohani toraytirish», chog‘roq xususiy va jamoa korxonalari,
kosibchilik ustaxonalari faoliyatini, asosan xizmat ko‘rsatish va savdo-sotiq
xususiy korxona egaligini rivojlantirish, mamlakat iqtisodiga chet el sarmo-
yasini jalb qilish xo‘jalik tizimi islohotining bosh bo‘g‘ini bo‘ldi.
XXR rahbariyatining so‘zlariga qaraganda, mamlakatdagi sotsialistik
asosda bozor iqtisodiga o‘tkazish quyidagi bosqichda amalga oshirilmoqda:
2000-yilgacha sanoat va qishloq xo‘jaligining yalpi mahsuloti 4 baravar
ko‘payib, xalq turmushi o‘rtacha ma’murchiligiga erishildi.
Navbatdagi bosqich 2021-yilgacha (XKPning 100 yilligi) Xitoyni o‘rtacha
rivojlangan mamlakat darajasiga ko‘tarish.
2049-yilgacha (XXRning 100 yilligi) Xitoyni yuksak darajada rivojlangan
zamonaviy davlatga aylantirish vazifasi qo‘yilgan.
Xitoyda iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladigan qonunlar ikkiga:
fuqarolik qonunlari va iqtisodiy qonunlarga bo‘linadi. Ular bozor subyektlarini,
ya’ni korxonalarning vujudga kelishi, ularni boshqarish ishlarini zamona-
viylashtirish va faolligini ishga solishni, o‘zgartirilishi, bekor qilinishi, qonunni
buzuvchilarning javobgarligini o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, bozor tartibini muqim ushlab turish, bozorning rolidan
to‘liq foydalanish, monopoliya va noqonuniy raqobatni cheklash, mahsulot
sifatiga kafolat berish, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya
qilish, patent va tovar markasini berish, turli shartnomalar tuzish, ijaraga
berish, aksiya savdosi bilan shug‘ullanish, chek hujjatlarini tartibga solish,
uy-joy, tijorat hamda bularni buzuvchilarni qanday jazolash haqida maxsus
qonunlar mavjud bo‘lib, ularning bajarilishi qattiq nazorat qilinadi.

244
Korrupsiya va poraxo‘rlik eng og‘ir jinoyat hisoblanadi. 2004-yilda yuzlab
kishilar poraxo‘rlik uchun otishga hukm qilindi.
Ayni paytda bozor boyliklarini joylashtirishda makro jihatdan nazorat
qilish, davlatning umumiy manfaati va kelajagini, xalq xo‘jaligining uzluksiz,
muhim, to‘g‘ri yo‘ldan rivojlanib borishini kafolatlash, ijtimoiy taraqqiyot va
xalq xo‘jaligi rejasini tuzish, to‘g‘ri statistika qilish, soliqni tartibga solish,
bahoni belgilash va nazorat qilish masalalari aniq tartibga solingan. Ijtimoiy
kafolat ham qonun orqali himoyalangan, raqobat jarayonida xavf-xatar yuzaga
kelsa, davlat bu ishga aralashadi.
2004-yil 21-sentabrda 78 yoshli Szyan Szemin Markaziy harbiy kengash
raisi lavozimidan iste’fo berdi. XXR raisi Xu Szintao bu lavozimni ham
egalladi.
Urushdan keyin Xitoy Sovet davlati bilan yaqin
munosabatda bo‘ldi. Yuqorida aytib o‘tilganidek,
1950—1960-yillarda sovet davlati 250 dan ortiq korxona qurishda ko‘maklashdi.
11 mingdan ortiq sovet mutaxassislari ishladi. Lekin 60-yillardan xitoy —
sovet munosabatlari buzildi. 1962-yilda Himolaydagi chegara masalasida Hin-
diston bilan Xitoy o‘rtasida qurolli mojaro kelib chiqdi. 60-yillarda Xitoy
Vetnamga iqtisodiy va harbiy yordam ko‘rsatdi. 70-yillardan Xitoy AQSH
bilan munosabatlarini yaxshiladi. 1971-yilda AQSH Prezidentining Milliy
xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi G. Kissinjer maxfiy ravishda Xitoyga keldi
va ikki mamlakat munosabatlarini yaxshilash, Xitoyni Sovet davlatiga qarshi
qo‘yishda katta xizmatlar qildi.
1972-yili AQSH Prezidenti A. Nikson Xitoyga rasmiy tashrif buyurdi.
1979-yilda Xitoy bilan AQSH o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
1979-yilda Vetnam Kambojadagi xitoyparast «qizil kxmerlar» hukumati-
ni ag‘darib tashlagandan keyin Xitoy Vetnamga qarshi harbiy harakat
uyushtirdi.
Mao Szedun vafotidan keyin sovet — xitoy munosabatlarida biroz iliqlik
paydo bo‘ldi. M. Gorbachyovning 1989-yildagi Xitoyga rasmiy safaridan
keyingina sovet — xitoy munosabatlari yaxshilandi.
1997-yili Buyuk Britaniya Xitoyga Gonkongni qaytarib berdi.
XX asr oxiriga kelib Xitoy dunyoning barcha davlatlari bilan yaxshi
munosabatlar o‘rnatdi. Bu narsa jahonda Xitoy obro‘si o‘sishiga katta ta’sir
ko‘rsatdi.
1992-yil martda O‘zbekiston Prezidenti
I. A. Karimovning Xitoyga rasmiy safari bo‘ldi. Bu
safar davomida 16 ta hujjat imzolandi. XXR raisi
Li Shankun Xalq majlislari uyida O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qilish
marosimida: «Xitoy bilan O‘zbekiston rahbarlari ikki tomonlama munosabat-
larning ko‘pgina masalalarini hal etishlari mumkin. Chunki bundan avval
ham ikkala mamlakat o‘rtasida yaxshi munosabatlar o‘rnatilgan edi», — deb
ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikka katta baho berdi.
Tashqi siyosat
Xitoy — O‘zbekiston
munosabatlari

245
Tashrif davomida siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy sohalarda
qator bitimlar, jumladan, axborot ayirboshlash, radio-televideniye, banklar,
transport, aloqa, sarmoyalarni rag‘batlantirish, hamjihatlik, tovarlar yetkazib
berish va davlat krediti, sog‘liqni saqlash, ta’lim hamda sport masalalari
bo‘yicha tuzilgan shartnomalar va bitimlar ikki mamlakat o‘rtasidagi
hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi.
1992—1993-yillarda Xitoy tomoni ajratgan kredit hisobidan respublika-
mizga minglab tonna guruch, 15000 tonna choy keltirdi. O‘zbekiston Xitoyga
«Il-76» samolyotlarini yetkazib bermoqda. 1994-yilda O‘zbekiston hududida
78 ta o‘zbek — xitoy qo‘shma korxonasi faoliyat ko‘rsatdi. Jumladan, Urganch
Ipak ishlab chiqarish birlashmasida «Suju» firmasi bilan hamkorlikda
velyur, pambarxit kabi materiallar ishlab chiqaradigan korxona qurildi. Tosh-
kentdagi 59-maktab xitoy tilini o‘rganishga ixtisoslashgan litseyga aylantirildi.
1994-yil aprelda XXR Davlat Kengashi rahbari Li Pen O‘zbekistonga
rasmiy tashrif bilan keldi va qator bitimlar imzolandi. Jizzaxda Xitoyning
«Nunkel» firmasi bilan hamkorlikda yog‘och tolali plita ishlab chiqarish
yo‘lga qo‘yildi.
XX asr 90-yillarning oxirlari — XXI asr boshlarida O‘zbekiston Prezidenti
Xitoyga bir necha bor rasmiy vizit bilan bordi, bu tashriflar ikki mamlakat
o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stlik aloqalarini rivojlantirishda muhim rol
o‘ynadi.
2005-yil bahorida XXR hukumati raisi Xu Szintao boshliq Xitoy
delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘ldi. Xavfsizlik masalasi va xalqaro terrorizmga
qarshi kurashda hamkorlik bo‘yicha fikr almashildi. O‘zbekiston Prezidenti-
ning 2005-yil mayidagi Xitoyga rasmiy tashrifi natijasida qator bitimlar
imzolanib, Xitoy O‘zbekistonga 1,5 mlrd dollar miqdorida kredit ajratadigan
bo‘ldi. Ushbu mablag‘ xalq xo‘jaligini rivojlantirish uchun muhim
ahamiyatga ega.
Demak, Xitoy bilan O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy, madaniy va ilmiy-
texnikaviy aloqalar tez rivojlanib bormoqda.
Shunday qilib, Xitoy Xalq Respublikasi XX asrning ikkinchi yarmida
murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Totalitar sotsializm yo‘li maqbul emasligini,
uning xalq ehtiyojlarini qondirolmasligini isbot qildi. Xitoy sotsialistik
rahbarlikka o‘zgartishlar kiritib, uni bozor iqtisodiga moslashtirgan va katta
yutuqlarni qo‘lga kiritgan yagona davlatdir. Bunga u kommunistik mafkura
yakka hokimligini tugatib, iqtisodni siyosatdan ustun qo‘yganligi tufayli
erishdi. Mamlakatga chet el investitsiyasi kiritilishiga yo‘l ochilib, xususiy-
lashtirish keng yo‘lga qo‘yildi, shu sababli xususiy xo‘jaliklar roli o‘sdi.
Agar 1980-yilda davlat sektorida sanoat mahsulotlarining 80 foizi ishlab
chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 90-yillarda 50 foizni tashkil etdi. 1990-
yillardan «Sotsialistik bozor xo‘jaligi»ga o‘tish va XXI asrda Xitoyni
rivojlangan davlatga aylantirish boshlandi. Bugungi Xitoy — iqtisodiyoti
gurkirab rivojlanayotgan davlatdir. Bugungi Xitoy yakkapartiyaviylik va totalitar

246
tartib saqlangan holda bozor munosabatlari bosqichma-bosqich qaror topti-
rilayotgan davlatdir. Bugungi Xitoy — BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy
a’zosi bo‘lgan, qudratli, yadro quroliga ega davlatlardan biridir.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Ikkinchi jahon urushining Xitoy uchun oqibatlari haqida nimalarni bilib
oldingiz?
2. Xitoydagi 1946—1949-yilgi fuqarolar urushining oqibatlari haqida
so‘zlab bering.
3. Xitoyga Sovet davlatining yordami qanday bo‘ldi?
4. XKP rahbariyatining «Katta sakrash» dasturi mazmuni haqida nimalarni
bilib oldingiz?
5. XXR ning 80-yillardan gurkirab rivojlanishi, ya’ni modernizatsiya sa-
bablarini izohlab bering.
6. «Sotsialistik bozor xo‘jaligiga o‘tish»ning mazmuni nima?
7. Xitoy bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar haqida vaqtli matbuot
materiallari asosida referat tayyorlang.
JADVALNI TO‘LDIRING. XITOY TARAQQIYOTINING
ASOSIY XUSUSIYATLARI
r
a
l
r
i
b
d
a
t
n
a
g
l
i
r
i
h
s
o
a
g
l
a
m
A
r
a
l
a
j
i
t
a
N
28-§. Hindiston va Pokiston
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Hindiston xalqi-
ning milliy-ozodlik kurashi yanada kuchaydi.
Bu harakatga, hatto, Buyuk Britaniya armiya-
sida xizmat qilayotgan hindistonlik soldat va
matroslar ham qo‘shilishdi. 1946-yilning fevralida Bombey harbiy-dengiz
bazasi matroslarining bosh ko‘tarishini deyarli butun Hindiston qo‘llab-
quvvatladi. Shunday sharoitda Buyuk Britaniya hukumati Hindistonga
mustaqillik berilishini e’lon qilishga majbur bo‘ldi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri K. Ettli 1947-yil 20-fevralda Hindiston
haqida yangi deklaratsiya bilan chiqdi va hokimiyatni «hindlar qo‘liga»
topshirishini bayon qildi.
1947-yilning 15-avgustida Hindiston mustaqilligi to‘g‘risida qonun qabul
qilindi. Bunga ko‘ra, Buyuk Britaniya hukmron doiralari Hindistonni ikki
dominionga (Hindiston Ittifoqi va Pokistonga) bo‘lib yubordi. Shu tariqa
Buyuk Britaniya yana bir marta o‘zining « Bo‘lib tashla, hukmronlik qil!»
shioriga sodiqligini namoyon qildi. Bu bo‘linishni eng nozik belgi — diniy
belgi asosida amalga oshirdi.
Hindiston
Respublikasining
tashkil topishi
?

247
Hindiston Ittifoqi hududida aholining
katta qismi (musulmonlar ham kam emas
edi) hinduiylik diniga e’tiqod qilishardi.
Pokiston aholisining katta qismi esa
(hinduiylik diniga e’tiqod qiluvchilar ham
kam emasdi) islom diniga e’tiqod qilardi.
Bir davlatning ikkiga bo‘linishi jarayo-
ni katta diniy to‘qnashuvlar, qirg‘inlar
sharoitida amalga oshirildi. Ikki to-
mondan qochoqlar soni 8 mln dan or-
tiqni tashkil etdi. Ayniqsa, Kashmir vi-
loyatining Hindistonda qoldirilishi (bu
viloyat aholisi asosan musulmonlardan
iborat edi) Hindiston va Pokiston
o‘rtasida urush harakatlarini keltirib
chiqardi. 1947-yil kuzida Pokiston
qo‘shinlari Kashmirga kirdi. Hindiston
armiyasi bilan janglar bo‘ldi.
M. K. Gandi bu diniy to‘qnashuvga qarshi chiqdi. Hindistonda
musulmonlarning hayot kechirishi uchun zarur sharoit yaratishni talab qildi.
Bunga shovinist hind burjuaziyasi qarshi chiqdi. 1948-yil 30-yanvarda 70
yoshli M. K. Gandi o‘ldirildi. 1949-yilning 1-yanvarida bu ikki dominion
o‘rtasida urushni to‘xtatish haqida bitim imzolanishiga erishildi. 1949-yilda
Hindiston Ta’sis majlisi mamlakat konstitutsiyasini qabul qildi va u 1950-
yilning yanvaridan kuchga kirdi. 1950-yilning 26-yanvarida Hindiston
Respublika deb e’lon qilindi. Shunday qilib, hind xalqining Buyuk Britaniya
mustamlakachiligiga qarshi salkam 100 yil davomida olib borgan milliy-
ozodlik kurashi mustaqil davlatga ega bo‘lish bilan yakunlandi.
Bu kurashga Hindiston Milliy Kongressi (HMK) rahbarlik qildi. Mustaqil-
likdan so‘ng tuzilgan birinchi hukumatni HMK rahbari J. Neru (1889—
1964) boshqardi. Ayni paytda Hindiston Britaniya Millatlar Hamdo‘stligi
tarkibida qoldi.
Yangi hukumat o‘tkazgan dastlabki muhim islohot
agrar islohot bo‘ldi. Unga ko‘ra, yer bevosita unda
ishlayotganlarga berilishi ko‘zda tutildi. Biroq za-
mindorlarning qattiq qarshilik ko‘rsatishi oqibatida hamma dehqonlar ham
yerli bo‘la olmadi. Shunga qaramay, yerni zamindorlardan ijaraga olib
ishlayotganlarning katta qismi yerli bo‘lib qoldi. Mustaqillik yillarida qishloq
xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish hajmi ikki baravardan ortiq ko‘paydi.
Hindiston 1966-yilgacha uchta besh yillikni amalga oshirdi.
To‘g‘ri, aholining barchasi ham to‘q yashamayotgan yoki ma’lum
qismi och holatda yashayotgan bo‘lsa-da, islohot tufayli Hindiston o‘z
aholisini oziq-ovqat bilan asosan o‘zi ta’minlash imkoniga ega bo‘ldi.
Javaxarlal Neru.
Iqtisodiy va siyosiy
taraqqiyot

248
Hindiston hukumati milliy sanoatni rivojlantirishga ham alohida e’tibor
berdi.
Natijada sanoat ishlab chiqarishi deyarli to‘rt baravar ko‘paydi. Hindiston
agrar davlatdan agrar-industrial davlatga aylandi. 1990-yilda Hindiston 170
mln kv/s elektr energiya, 12 mln tonna po‘lat, 30 mln tonna neft ishlab
chiqardi. Avtomobil, avtobus, radio, televizor ishlab chiqarish yuksak sur’atlarda
rivojlanmoqda. Traktor ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlardan
biriga aylandi.
Hindiston iqtisodiyotida davlat sektori yildan-yilga kamayib bormoqda.
Bugungi kunda u jami milliy mahsulotning 20 foizini ishlab chiqaradi,
xolos. Hindiston siyosiy hayotida parlamentarizm mustahkam qaror topdi.
Hindiston Respublikasi butun taraqqiyoti yillarida
katta ijtimoiy-siyosiy muammolarga duch keldi
va hozirgacha ular o‘z yechimini topgani yo‘q.
Bular: hinduiylar bilan musulmonlar o‘rtasidagi
diniy qirg‘inlar; musulmonlarning Kashmirni Pokiston bilan birlashtirish
uchun kurashi; sikxlarning siyosiy muxtoriyat uchun kurashi; Panjobning
Hindiston tarkibidan ajralib chiqish uchun kurashi bilan bog‘liq muam-
molardir. Bunga yana mamlakat 20 foiz aholisining yersizligi, 30 mln ga
yaqin aholining ishsizligi; 60 foiz aholining hamon savodsizligi kabi
muammolar ham qo‘shiladi.
1957-yil martida bo‘lib o‘tgan saylovlarda J. Neru yana Bosh vazirlikka
saylandi, R. Prasad esa Prezidentlik lavozimini egalladi. J. Neru vafotidan
so‘ng 1964-yil 2-iyunda L. B. Shastri Hindiston Bosh vaziri bo‘ldi. Lekin
1966-yil 11-yanvarda Pokiston bilan urushni to‘xtatish haqida Ayubxon
bilan bitimni imzolagach, Toshkentda vafot etdi.
L. B. Shastri vafot etgach, Indira Gandi 1966—1977-yillarda bosh vazir
bo‘lib turdi. I. Gandi o‘z mavqeyini mustahkamlash uchun 1970-yilda 4-
beshyillik rejani qayta ko‘rib chiqdi va davlat sektorini mustahkamlash
choralarini ko‘rdi. 14 ta bank, ulgurji savdoning bir qismi milliylashtirildi,
monopoliyalarning roli cheklandi. Mayda ishlab chiqarish (kichik biznes)ni
rivojlantirish choralari ko‘rildi. Ba’zi shtatlarda mayda yer uchastkalariga
soliq bekor qilindi, katta yer egalari yerlarining maksimal darajasini pasay-
tirish, sobiq knyazlarning pensiya va imtiyozlarini bekor qilish choralari
ko‘rildi. Bu narsa parlamentda oppozitsiyani kuchaytirdi. 1971-yilda sug‘urta
ustidan nazorat o‘rnatildi, yengil sanoatda davlat korxonalari paydo bo‘ldi,
xususiy mulkni milliylashtirish haqida konstitutsiyaga tuzatish kiritildi.
Bu tadbirlar yirik burjuaziya va monopolistik unsurlarning noroziligini
kuchaytirdi. HMKda ham bo‘linish yuz berdi. 1975-yilda hukumat yangi
dastur e’lon qildi. Unda xalqni g‘alla va boshqa tovarlar bilan ta’minlash
uchun davlat ta’minot tizimini joriy qilish, yer uchastkalarining maksimal
darajasini cheklash va ortiqcha yerni yersiz dehqonlarga berish haqidagi
qonunni barcha shtatlarda joriy qilish, qishloq xo‘jalik ishchilarining
Taraqqiyot yo‘lidagi
ijtimoiy-siyosiy
muammolar

249
minimum ish haqini belgilash, uy qurish uchun bepul yer ajratish, qaram
mehnatni bekor qilish, eng kambag‘al dehqonlar qarzini bekor qilish, shaharda
yer uchastkasining maksimal darajasini belgilash, olibsotarlikka yo‘l qo‘ymaslik
aytilgan edi. Shuningdek, iqtisodiy jinoyatlar; oziq-ovqatni noqonuniy to‘plab
qo‘yganlik, kontrabanda, soliqlarni to‘lamaganlik uchun jazolash ham o‘z
ifodasini topdi. Lekin bular chala qoldi.
Oppozitsiyachilar Janata parti (Xalq partiyasi) ni tuzdilar va 1977-yil
martida parlamentga o‘tkazilgan saylovlarda Morarji Desai boshliq hukumat
tuzdilar. Janata partidan ajralib chiqqan va 1980-yilda tashkil topgan
Bxaratiya Janata parti (BJP) mamlakatda diniy o‘ziga xoslikni shior qilib
olgan partiyadir.
Bu partiya Hindistonni faqat hinduiylik diniga e’tiqod qiluvchilar
davlatiga aylantirish maqsadini ilgari surdi. Ayni paytda musulmonlarni
siyosat va iqtisoddan chetlatishni targ‘ib etdi. Aholisining 11 foizi musul-
monlardan iborat bo‘lgan davlatda bunday g‘oyaning ilgari surilishi mamlakat
siyosiy birligini katta xavf ostiga qo‘yadi.
Mamlakat birligiga sikxlar harakati ham jiddiy xavf solmoqda. Ular sikxiylik
diniga e’tiqod qiladilar. Bugungi Hindistonda 17 mln sikxiy yashaydi. Oz
sonli bo‘lsa-da, davlat hayotida katta mavqega ega. 1980-yil yanvardagi
saylovlarda Bosh vazirlikka qaytgan HMK vakili Indira Gandi (1966—1977;
1980—1984-yillarda) davrida ba’zi siyosiy xatoliklarga ham yo‘l qo‘yildi.
Chunonchi, u hindi tilini davlat tiliga aylantirishga harakat qildi. Buni
boshqa millatlar vakillari milliy kamsitish sifatida qabul qildilar.
Panjob shtatida yashovchi sikxlar bunga qarshi ajralib chiqish harakatini
boshladilar. Ular o‘z oldilariga Panjobni Hindistondan ajratib olib, Xoliston
deb ataluvchi davlat tuzish maqsadini qo‘ydilar. Ayni paytda ular terrorni
kuchaytirdilar. Tabiiyki, markaziy hukumat Hindistonning bo‘linib ketishiga
toqat qila olmasdi.
Fuqarolar urushi kelib chiqishining oldini olish maqsadida 1984-yilning
5-iyunida I. Gandi sikxlarning muqaddas joyi — Oltin ibodatxonani shturm

Download 3.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling