Jahon tarixi
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
g‘alaba qozondi. Bosh vazir lavozimini Sotsialistik partiya vakili egalladi.
Yana o‘nglar bilan so‘llarning o‘ziga xos odatdan tashqari birgalikda faoliyat ko‘rsatishi boshlandi. Fransiya hukumati ichki siyosatda neokonservatizm yo‘lidan qat’iy bormoqda. J. Shirak prezidentlik muddatini 7-yildan 5-yilga tushirish haqida qonun qabul qilinishiga erishdi. 2007-yil may oyidagi saylovlar natijasida N. Sarkozi prezidentlik lavozimini egalladi va ko‘p o‘tmay sohalarni rivojlan- tirish bo‘yicha 16 ta komissiya tuzdi. Tashqi siyosatda Yevropaning tobora birlashuvi uchun intilmoqda. 2007-yil may oyidan boshlab N. Sarkozi mamlakat Prezidentidir. Bugungi Fransiya dunyoning eng taraqqiy etgan 7 industrial davlatidan biri. Aholisining katta qismi shaharda yashaydi. Qishloq xo‘jaligi bilan aholining atigi 6 foizi shug‘ullanadi. Oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha dunyoda AQSHdan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Aholisining 85 foizi yollanma mehnat vakillari (ishchilar, xizmatchilar, texnik ziyolilar)dan iborat. Fransiya o‘zining ilmiy-texnika yutuqlari — zamonaviy aviatsiya, o‘ta tezyurar poyezdlari, mashhur «Reno», «Sitroyen» va «Pejo» avtomobillari, ilg‘or kemasozlik sanoati bilan haqli sur’atda faxrlansa arziydi. 1992-yil fevral oyida Fransiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. 1993- yil oktabrida Prezident Islom Karimov rasmiy vizit bilan Parijda bo‘ldi. Tashrif davomida bir qancha shartnoma va bitimlar imzolandi. Jumladan, ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash to‘g‘risidagi bitim respublikamizda neft, yengil sanoat hamda banklar faoliyati sohalarida samarali hamkorlik sari yo‘l ochdi. «Ron pulen» kimyo firmasi, «Kredi kommersial de frans», «Nasional de pari» banklari, «El-akita» firmasi va boshqalar Fransiya — O‘zbekiston munosabatlari Fransua Mitteran. 199 Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodi qurilishini mablag‘ bilan ta’minlashda katta hissa qo‘shdi. Undan tashqari respublikamiz chorvadorlari, sog‘liqni saqlash xodimlari (Bofur-ipsen internatsional dorichilik shirkati bilan), arxeologlari, rassomlari, teatr arboblari, adabiyotchilar fransiyalik hamkasblari bilan yaqin aloqa o‘rnatganlar. Fransiyada «Temuriylar» nomli jurnal nashr etib kelinadi. 1994-yil aprelda Fransiya Prezidenti F. Mitteran rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Bu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko‘tardi. 1996-yil aprelida Parijda YUNESKO rahbarligida buyuk bobokaloni- miz Amir Temur tavalludining 660-yilligiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tdi. Bu sohadagi ulkan xizmatlari uchun YUNESKO Bosh direktori F. Mayor «Do‘stlik» ordeni, Temuriylar tarixi bilimdoni L. Keren «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi. Tantanalar jarayonida I. A. Karimov Fransiya Prezidenti Jak Shirak bilan uchrashdi va ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarning kelajagi belgilab olindi. Fransiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida yana bir qator shartnomalar imzolangan bo‘lib, o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar tobora rivojlanib bormoqda. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Ikkinchi jahon urushining Fransiya uchun oqibatlari haqida nimalarni bilib oldingiz? 2. Fransiyada 5 marta Respublika e’lon qilinganligini qanday izohlaysiz? 3. Nima uchun 1946-yilda de Goll mutlaq hokimiyat egasi bo‘la olmadi? 4. To‘rtinchi Respublika qay tariqa vujudga keldi? Bu davrda Fransiya ichki va tashqi siyosatidagi asosiy voqealarni qayd eting. 5. 1958-yil may inqirozi qay tariqa yuz berdi va qanday oqibatlarga olib keldi? 6. De Gollning shaxsiy hokimiyat tartibi qay tariqa barham topdi va uning sabablari nimalardan iborat edi? 7. De Goll tashqi siyosatidagi 3 asosiy vazifani qayd eting va ular qay tariqa amalga oshirildi? 8. Fransiyada o‘nglar va so‘llarning o‘zaro hamkorlikda kelishib, siyosat yuritish fakti nima bilan izohlanadi? 9. Vaqtli nashrlardan Fransiya — O‘zbekiston munosabatlariga doir ma’lumotlarni to‘plang. JADVALNI TO‘LDIRING. FRANSIYA PREZIDENTLARI FAOLIYATI r a l t n e d i z e r P i t q a v k i l n o r m k u H i r a l h s i n a g l i q n u h c u t a k a l m a M ? 200 22-§. Germaniya Federativ Respublikasi Germaniya Ikkinchi jahon urushida tor-mor etildi. Uning hududi deyarli kultepaga aylandi. Sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi daraja- ning uchdan bir qismiga tushib qoldi. Sharqiy Prussiyaning SSSRga berilishi, Polsha chegara- sining Oder va Neyse bo‘ylab o‘tishi oqibatida bu hududlarda yashovchi 9 mln dan ortiq nemislar Germaniya ichkarisiga ko‘chirildi. Bu hol uningsiz ham og‘ir bo‘lgan uy-joy muammosini yanada keskinlashtirib yubordi. Mam- lakat sanoat korxonalari g‘olib davlatlar uchun to‘lanishi zarur bo‘lgan tovon hisobiga ko‘chirib ketila boshlandi. Aholi turmush darajasi nihoyatda yomonlashdi. Eng og‘iri, Germaniya davlat mustaqilligini yo‘qotdi. Uning hududi 4 g‘olib buyuk davlat (AQSH, SSSR, Buyuk Britaniya va Fransiya) okkupatsiya zonalariga bo‘lindi. Hokimiyat g‘olib davlatlar harbiy ma’muriyati qo‘liga o‘tdi. Bu ma’muriyatni okkupatsiya qiluvchi qo‘shin bosh qo‘mondoni boshqardi. Butun Germaniyaga taalluqli masalalarni esa to‘rt Bosh qo‘mondondan iborat Nazorat Kengashi hal etardi. Kengash qarori konsensus asosida qabul qilinardi. 1945—1949-yillar Germaniya tarixida okkupatsiya tartibi hukm surgan davr hisoblanadi. Shunday sharoitda ham Germaniyada demokratik hayot tiklana boshladi. Germaniya taqdiriga befarq qaramaydigan siyosiy kuchlar yangi sharoitda jamiyat hayotida o‘z o‘rniga ega bo‘lish uchun kurashdilar. Dastlab fashistlar qattiq ta’qib etgan ikki siyosiy partiya — Germaniya Kommunistik partiyasi va Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi — yashirin sharoitda ishlash holatidan chiqdi. Ayni paytda yangi siyosiy partiyalar ham vujudga keldi. Chunonchi, 1945-yilda Xristian demokratlar ittifoqi (XDI) tuzildi. Unga mashhur siyosiy arbob K. Adenauer rahbarlik qildi. Keyinroq XDI ning Bavariya bo‘limi — Xristian sotsialistlar ittifoqi (XSI) tuzildi. Xristian demokratlar fashizmga qarshi ekanliklarini, Germaniyani qudratli mustaqil davlatga aylantirish bosh maqsadlari ekanligini bayon qildilar. Ayni paytda fuqarolar farovonligini ta’minlash, ishchilarga korxonalarni boshqarishda ishtirok etish imkoniya- tini yaratish haqida va’da berdilar. Bular fuqarolarning ko‘pchiligi, ayniqsa, dindorlar tomonidan qo‘llab- quvvatlandi. G‘arbiy okkupatsiya zonasida «Erkin demokratik partiya» (EDP) ham tuzildi. XDI—XSI va GSDP eng yirik partiyalarga aylandi. Sharqiy okkupatsiya zonasida (SSSR zonasi) 1946-yilda GKP va GSDP birlashdi. Bu yangi partiya Germaniya yagona sotsialistik partiyasi deb atal- di. Okkupatsiya tartibi davrida, ayni paytda, Birlashgan nemis kasaba uyushmasi (BNKU) ham tuzildi. Ikkinchi jahon urushining Germaniya uchun oqibatlari Germaniya 1945—1949-yillarda 201 «Sovuq urush» ning boshlanishi Germaniya taqdi- riga ta’sir etmay qolmadi. Potsdam konferensiyasi qarorlari bajarilmadi. Germaniya muammosi AQSH va SSSR manfaatlari keskin to‘qnashgan muammoga aylandi. Bu to‘qnashuv Germaniyaning bo‘linib ketishini muqarrar qilib qo‘ydi. Yangi sharoitda AQSH Germaniyani G‘arbning ishonchli tayanchiga aylantirishga intildi. Shuning uchun ham SSSRning kechagi ittifoqchilari Germaniyaning iqtisodiy qudratini susaytirish maqsadidan voz kechdilar. G‘arbiy Germaniyadan tovon evaziga sanoat korxonalarini olib chiqib ketish to‘xtatildi. (U atigi 5 foizga bajarilgan edi, xolos.) «Marshall rejasi» ishlab chiqilayotganida AQSH unga G‘arbiy okkupatsiya zonalarini qo‘shishga muvaffaq bo‘ldi. Chunki, endi G‘arb uchun iqtisodiy jihatdan qudratli Germaniya nihoyatda zarur edi. Tovon to‘lashning to‘xtatib qo‘yilishi SSSR va uning kechagi ittifoq- chilari o‘rtasidagi munosabatni yanada keskinlashtirdi. Buning ustiga, G‘arb davlatlari o‘zlarining okkupatsiya zonalarini birlashtirdilar va unda 1948- yilning 20-iyunida separat pul islohoti o‘tkazdilar. Reyxs marka o‘rniga nemis markasi joriy etildi. G‘arbiy okkupatsiya zonasida yashayotgan aholining har biriga eski 60 markani yangi 60 markaga aylantirishga ruxsat etildi. Qolgan har 100 eski markani 6,5 yangi markaga almashtirish mumkin edi. Buning natijasida muomaladagi pul hajmi kamayishiga erishildi. Bu esa, o‘z navbatida, inflatsiyani to‘xtatish imkonini berdi. Shu tariqa iqtisodiy hayotni tiklash uchun zarur sharoit yaratildi. Pul islohoti o‘tkazilishiga javoban SSSR G‘arbiy Berlinni qamal qildi. Shu bahonada G‘arb davlatlari o‘z zonalarida Germaniya davlatini tezroq tuzishga harakat qildilar. 1948-yilning sentabr oyida o‘lka parlamentlari saylagan parlament kengashi chaqirildi. Germaniya Federativ Respublikasi Konstitutsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu Konstitutsiya 1949-yil 8-may kuni qabul qilindi. Konstitutsiyani hokimiyat tasdiqlagach, 23-maydan boshlab kuchga kirdi. Konstitutsiya G‘arbiy Germaniyani demokratik, federativ davlat, deb e’lon qildi. Davlat hududi 10 ta o‘lkaga bo‘lindi. Ularning har biri o‘z Konstitutsiyasi, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hamda sud hokimiyatlariga ega edi. Boshqarish shakliga ko‘ra GFR parlament Respublikasi bo‘lib qoldi. Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat (parlament) Federal parlament deb ataldi. U ikki palatali edi. Quyi palata — bundestag 4 yilga saylangan. Yuqori palata — bundesrat esa o‘lka parlamentlari tayinlaydigan vakillardan iborat bo‘ldi. Bonn shahri mamlakat poytaxti deb belgilandi. Davlat boshlig‘i prezi- dent edi. Biroq uning huquqlari cheklandi. U davlat va millat birligi ramzi bo‘lib qoldi, xolos. 1949-yilning avgustida bundestagga birinchi saylov o‘tka- zildi. Unda XDI—XSI va GSDP deyarli bir xil o‘rin egalladilar. 7-sentabr kuni bundestag GFR Konstitutsiyasini tasdiqladi. 20-sentabr kuni XDI— Germaniyaning bo‘linib ketishi 202 XSI partiyasi EDP bilan koalitsion hukumat tuzdi. Mashhur siyosiy arbob, XDI nomzodi 75 yoshli K. Adenauer kansler etib saylandi. Uzoqni ko‘ra biluvchi, voqelikni real baholay oluvchi, dono siyosatchi K. Adenauer Yevropa integratsiyasi yo‘lida juda katta ish qildi. Germaniya- ning bu integratsiyada o‘z o‘rni bo‘lishiga erishdi. Germaniya kelajagini G‘arb dunyosi bilan uzviy bog‘liq ekanligini ham hammadan ko‘proq va yaxshiroq angladi. 21-sentabr kuni GFRning tashkil topganligi rasman e’lon qilindi. SSSR okkupatsiya zonasi bo‘lgan Sharqiy Ger- maniyada ham yangi davlat tuzishga zo‘r berib kirishildi. Bu davrda Sharqiy Germaniyada Germaniya Yagona Sotsialistik partiyasi, XDI, Li- beral-demokratik partiya hamda Dehqonlar partiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda edi. Bu partiyalar va jamoat tashkilotlari Nemis Milliy Kengashini sayladilar. Bu Kengash sessiyasi 1949-yilning 7-oktabrida Sharqiy Germaniya hududida Germaniya Demokratik Respublikasi tuzilganligini e’lon qildi. Hukmron partiya (GYASP) syezdi 1952-yilda GDRda sotsializm asoslarini qurish haqida qaror qabul qildi. Afsuski, bu sovet namunasidagi sotsializm edi. Shu tariqa Germaniyaning hududiy bo‘linishi sodir bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay GFR AQSH ittifoqchisiga, GDR esa SSSR ittifoqchisiga aylandi. K. Adenauer hukumati ichki siyosatining bosh vazifasi mamlakat iqtisodiyotini tezroq tiklash edi. Bu maqsadni ro‘yobga chiqarish vositasi sifatida iqtisodiyotning «Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor xo‘jaligi» modeli tanlandi. Bu model markazida tadbirkorning shaxsiy tashabbusi va erkin raqobat turar edi. Davlatning vazifasi asosan xususiy xo‘jalik subyektlarining faoliyat yuritish shakli va qoidalarini belgilab berishdan va ularga qanchalik amal qilinayotganligi ustidan nazoratni ta’minlashdan iborat bo‘lardi. Ayni paytda bu model davlatning, birinchidan, kuchli ijtimoiy siyosat yuritishini ham nazarda tutar edi. Hukumat tanlagan yo‘l GFR iqtisodiy taraqqiyotining gurkirab rivojlanishining asosiy omili bo‘ldi. Ikkinchidan, AQSH hukumati va sarmoyadorlari GFRga katta iqtisodiy yordam ko‘rsatdilar. Chunonchi, birgina «Marshall rejasi» doirasida 1948—1949-yillarda 1,4 mlrd dollar miqdorida yordam ko‘rsatildi. Bu mablag‘ korxonalarni ilg‘or texnika va texnologiya bilan qayta ta’minlash imkonini berdi. Uchinchidan, harbiy xarajatlarning deyarli yo‘qligi iqtisodiyotga zarur mablag‘ sarflashga imkon berdi. Va nihoyat, nemis xalqi yuksak vatanparvarlik va tadbirkorlik xislatlarini namoyon etdi. Bu omillar tez orada o‘z samarasini ko‘rsatdi. 1950-yilning Germaniya Demokratik Respublikasining tashkil etilishi GFRning ichki va tashqi siyosati 203 oxiriga kelib sanoat ishlab chiqarishi 1936-yilgi darajaga yetdi. 1960-yilga kelib esa 2,5 baravar o‘sdi. 1950—1975-yillarda gaz ishlab chiqarish 60 mln kub metrdan 19,7 mlrd kubmetrga, po‘lat 14 mln tonnadan 54 mln tonnaga, avtomobil 306 mingdan 4 mln donaga o‘sdi. Qishloq xo‘jaligi ham yuksak sur’atlarda rivojlandi. G‘alla hosildorligi 40 sentnerdan oshdi. 50-yillarning o‘rtalariga kelganda GFRda oziq-ovqat muammosi to‘la hal etildi. 1950—1964-yillar oralig‘ida jami milliy mahsulot 3 baravar ko‘paydi. GFR butun Germaniyaning urushdan oldingi darajasidan ko‘p mahsulot ishlab chiqardi. Eksportning importdan doimo yuqori bo‘lishi katta miqdorda valuta zaxirasi to‘plashga imkon berdi. Bu borada dunyoda AQSHdan so‘ng ikkinchi o‘ringa chiqdi. Flin, Tissen, Siteks va boshqalarning harbiy- sanoat konsernlari o‘z kapitallarini urush davridagiga nisbatan 3—4 baravar ko‘paytirdilar. GFR iqtisodiyotidagi bu mislsiz o‘zgarishlar «german mo‘jizasi» deb nom oldi. Ayni paytda hukumat kuchli ijtimoiy siyosat ham yuritdi. Natijada mehnatga qobiliyatli aholi amalda ish bilan deyarli to‘la ta’minlandi. Korxona ishchilariga arzon narxli — xalq aksiyalari sotildi. Xalq turmush darajasi keskin yaxshilandi. K. Adenauer hukumati tashqi siyosatda G‘arb davlatlari, birinchi navbatda, AQSH bilan yaqinlashish yo‘lidan bordi. 1951-yilda uning hududida okkupatsiya tartibi bekor qilindi. 1954-yilda GFRga 12 divi- ziya, harbiy aviatsiya va harbiy flotning cheklangan kuchlaridan iborat armiyaga ega bo‘lishga ruxsat etildi. Shu tariqa harbiy sanoat oyoqqa tura boshladi. 1955-yilda GFR NATOga a’zo bo‘ldi. 1956-yilda bundesverni (GFR armiyasini) «Qurollarning yangi turlari bilan qurollantirish» hamda «Umumiy majburiy harbiy xizmat haqida» qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar bundesverga NATOning zarbdor kuchiga aylanishiga imkon berdi. 1958- yilda Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati (YEIH) ga a’zo bo‘ldi. YEIHga a’zo bo‘lgan barcha davlatlar sanoat mahsulotining 44 foizini ishlab chiqardi. K. Adenauer hukumati ayni chog‘da Sharqqa nisbatan tan olmaslik siyosatini qo‘lladi. Yevropada Ikkinchi jahon urushidan keyin tarkib topgan chegara o‘zgarishlarini tan olmadi. GDRni sovet okkupatsiyasi zonasi, deb hisob- ladi. 1955-yilda e’lon qilingan «Xalshteyn doktrinasi» ga ko‘ra, GFR GDR ni tan olgan har qanday davlat bilan diplomatik aloqani to‘xtatishini ma’lum qildi. Bu qoida faqat SSSRga tatbiq etilmadi. Chunki K. Adenauer SSSR bilan munosabatning o‘ta yomonlashuvi GDRni GFRga qo‘shib olishga imkon bermasligini yaxshi tushunar edi. 1961-yilning avgust oyida GDR hukumati Berlin shahrining sharqiy qismini g‘arbiy qismidan ajratib turuv- chi devor qurishga majbur bo‘ldi. Bu devor tarixga «Berlin devori» nomi bilan kirdi. 204 Bu davrda GDRda sotsialistik jamiyatning inqirozi boshlangan edi. Mavjud tuzumga qarshi qo‘zg‘olonlar ham ko‘tarildi. Ular GDR hududiga joylashti- rilgan sovet armiyasining kuchi bilan bostirildi. Ko‘plab aholi G‘arbiy Berlin orqali GFRga qochib o‘ta boshladi. Buning oldini olish maqsadida GDR rahbarlari, yuqorida qayd etilganidek, «Berlin devori» ni qurganlar. Bu hodisa har ikki nemis davlati o‘rtasidagi munosa- batni yanada keskinlashtirdi. K. Adenauer siyosatida norozilik kuchaydi. Natijada 1963-yil oktabrda 87 yoshli davlat rahbari iste’foga chiqdi. Uning o‘rnini Lyudvig Erxard egalladi. Lekin iqtisodda pasayish ro‘y berdi. Yaponiya GFRni taraqqiyotda quvib o‘tdi. Norozilik kuchayib, 1966-yil oktabrda Erxard iste’fo berdi. 20 yillik hukmronlikdan so‘ng 1969-yilda XDI— XSI partiyasi parlament saylovida mag‘lubiyatga uchradi va hokimiyat jilovini topshirishga majbur bo‘ldi. GSDP EDP (Erkin demokratlar partiyasi) bilan hamkorlikda yangi hukumat tuzdi. Sotsial-demokrat V. Brandt (1913—1992) kansler lavozimini egalladi va uni 1974-yil mayigacha boshqardi. Xo‘sh, XDI—XSI saylovda nega mag‘lubiyatga uchradi? G‘arb demokratiyasi sharoitida bir partiyaning yengishi, ikkinchi bir partiyaning g‘alaba qozonishi tabiiy hol, albatta. Biroq har qanday mag‘lubiyatning sabablari bo‘ladi. 1966—1967-yillardagi ortiqcha ishlab chiqarish oqibatida ro‘y bergan iqtisodiy inqiroz ishsizlikni keltirib chiqardi. Chetdan arzon ishchi kuchi ko‘plab jalb etilgan bir sharoitda ishsizlikning ro‘y berishi vaziyatni yanada chigallashtirdi. U mahalliy ishchilarni qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Boshlangan inflatsiya esa iqtisodiy rivojlanish barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi. Buning ustiga, XDI—XSI ayrim rahbarlarining urush yillarida fashistlar bilan hamkorlik qilganligi hamda partiya yetakchi rahbar- larining korrupsiya bilan shug‘ullanganligining aniqlanishi partiyaning obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. Ayni paytda GFRning dunyoda iqtisodiy jihatdan eng qudratli davlatlardan biriga aylana borishi bu davlat tashqi siyosatini o‘zgartirishini talab etmoqda edi. O‘z qo‘shnilari bo‘lgan Sharqiy Yevropa davlatlarini tan olmaslik — bu reallik bilan hisoblashmaslik edi. Chunki 60-yillarda Sharqiy Yevropada tub o‘zgarishlar bo‘lishi uchun hali sharoit yetilmagan edi. Qolaversa, bu davrda Sharqiy Yevropa sotsialistik davlatlarida hukmron tartibni SSSR qattiq nazorat qilib turardi. 1968-yilda Chexoslovakiyaga Varshava shartnomasiga a’zo 5 davlat armiyasining kiritilishi buni yana bir bor isbotladi. Bunday sharoitda Sharqiy Yevropa davlatlari bilan munosa- batlarni eskicha davom ettirish mavjud keskinlikni yanada chigallashtirgan bo‘lar edi. Binobarin, hayot GFRning tashqi siyosatida tub o‘zgarishlar qilishni talab etmoqda edi. XDI—XSI rahbariyati esa bunday o‘zgarish bo‘lishini XDI—XSIning hokimiyatdan ketishi 205 aslo istamadi. Yuqorida qayd etilgan omillar XDI—XSIning hokimiyatdan ketishiga olib keldi. GSDP bilan EDP tuzgan hukumat «Kichik koali- tsiya hukumati» deb nom oldi. Hukumat «yangi sharqiy siyosat» ni amalga oshira boshladi. Unga ko‘ra, GFR Sharqiy Yevropa davlatlarini tan oldi. 1970-yilda SSSR, Polsha, Chexoslovakiya va 1972-yil dekabrda GDR bilan shartnomalar imzolandi. Ularda Ikkinchi jahon urushidan keyingi chegara o‘zgarishlari tan olindi. GDRning tan olinishi katta jasorat edi. V. Brandt Germaniyaning qachonlardir birlashishiga ishonardi. Biroq bu birlashish tinch yo‘l bilan amalga oshishi zarur edi. 70-yillarda buning iloji yo‘q edi. O‘sha davr uchun birdan-bir to‘g‘ri yo‘l — davlatlarning tinch-totuv yashashi yo‘li edi. V. Brandt shu yo‘lni tanladi. GDRning tan olinishi har ikki nemis davlati uchun BMTga yo‘l ochdi. Ular BMT a’zoligiga qabul qilindilar. «Kichik koalitsiya» GFR uchun ichki iqtisodiy vaziyat noqulay sharoitda hokimiyatga kelgan edi. Dastlab iqtisodiy beqarorlik kuchayib ketishining oldini olishga muvaffaq bo‘lindi. Biroq 1974—1977-yillardagi xalqaro miqyosdagi iqtisodiy inqiroz GFR ni chetlab o‘tmadi. Mahsulot ishlab chiqarish sur’ati yiliga 2 foizga kamaya boshladi. Ishsizlar soni 3 mln ga yaqinlashdi. Aholi xarid quvvati pasaydi. Shunday sharoitda GSDP iqtisodiy hayotga davlatning aralashuvi lozimligi masalasini o‘rtaga qo‘ydi. V. Brandtning raqiblari uni iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmaslikda, harbiy xarajatlarni ko‘paytirishda, kommunistlar bi- lan yaqinlashishda aybladi. Natijada 1974-yil mayida u iste’fo berdi. Hokimiyatga GSDPning boshqa lideri G. Shmidt keldi va 1982-yil kuzigacha kanslerlik lavozimida turdi. 1980—1982-yillarda yana iqtisodiy inqiroz ro‘y berdi. Ayni paytda hukumat kuchli ijtimoiy himoya choralarini qo‘llashga harakat qildi. Biroq GSDP ittifoqchisi EDP bunga qarshi chiqdi. Bu partiya inflatsiyani kamaytirish maqsadida ijtimoiy xarajatlarni kamaytirish zarur deb hisoblardi. Ikki partiya o‘rtasidagi ixtilof ularni bo‘lib yubordi va 1982-yilda kichik koalitsiya hukumati tarqalib ketdi. Natijada XDI—XSI va EDP ittifoqi tuzildi. Bu ittifoq yangi hukumat tuzdi. Uni mashhur siyosatchi Gelmut Kol (1930- yilda tug‘ilgan) boshqardi. 80-yillarga kelib GDRni chuqur ijtimoiy-iqtiso- diy va siyosiy inqiroz chulg‘ab oldi. Davlat budjeti taqchilligi yildan yilga o‘sdi. Davlat qarzi 20 mlrd dollardan oshdi. Jamiyatda totalitar tartib qaror topdi. GFR ga qochib o‘tuvchilar tobora ko‘payib bordi. 1989-yil birinchi yarmining o‘zida 350 ming kishi GFRga qochib o‘tdi. 7-oktabr — GDR tashkil topgan kun hukumatning rasmiy tadbirlariga qarshi namoyish kuniga aylandi. Shu tariqa GDRda inqilob Germaniyaning birlashishi Kichik koalitsiya hukumatining ichki va tashqi siyosati 206 boshlandi. 18-oktabr kuni davlat rahbari E. Xonekker iste’fo berdi. 9-noyabr kuni «Berlin devori» qulatildi. 1990-yilning 18-martida GDRda par- lamentga o‘tkazilgan birinchi erkin saylovda XDS partiyasi g‘alaba qozondi. 1990-yilning 1-iyulida GDR hududida GFR markasi amal qila boshladi. 1990-yilning 3-oktabrida GDR ning GFRga qo‘shilishi haqidagi shartnoma kuchga kirdi. Shu tariqa, 41 yildan so‘ng Germaniyaning birlashuvi tinch yo‘l bilan amalga oshdi. Bunda SSSR rahbariyati nemislarning yagona Germaniyaga birlashishga bo‘lgan intilishiga qarshilik ko‘rsatib bo‘lmaydi, deb hisoblashi ham katta rol o‘ynadi. Germaniyaning birlashuvi xalqaro ahamiyatga molik voqea edi. Bu birlashuv XDI—XSI va EDP partiyalarining hamda kansler G. Kolning obro‘sini yanada oshirib yubordi. G. Kol «birlashuv jarayonining otasi» degan nom oldi. G. Kol 18 yil Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling