Jahon tarixi
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Biroq Prezidentning bu da’vosi faktlar asosida inkor etildi.
Aslida bu hodisa xalqaro huquq me’yorlarining qo‘pol sur’atda buzilishi edi. 1960-yilning 16-may kuni Parijda buyuk davlatlar rahbarlari oldindan rejalashtirilgan oliy darajadagi uchrashuvga to‘plandilar. SSSR rahbariyati D. Eyzenxauerdan 1-may voqeasi munosabati bilan kechirim so‘rashni talab etdi. Biroq AQSH prezidenti kechirim so‘rashdan voz kechdi. Norozilik belgisi sifatida SSSR rahbari N. Xrushyov Parijdan jo‘nab ketdi. Shu tariqa oliy darajadagi uchrashuv barbod bo‘ldi. Prezident J. Kennedi SSSR bilan munosabatda kelishuv yo‘lini izladi. SSSR rahbariyati bu intilishni AQSH ning ojizligi sifatida qabul qildi. Ayni paytda J. Kennedi Kubada F. Kastro hukumatini ag‘darishga harakat qildi. U bu vazifani kubaliklarning qo‘llari bilan amalga oshirishga intildi. Shuning uchun ham kubalik isyonchilarni qo‘llab-quvvatladi. Kubani himoya qilish maqsadida SSSR Kuba hududiga o‘z yadroviy raketalarini joylashtirdi. Ana shu omilgina J. Kennedini F. Kastro hukumatini ag‘darish niyatidan qaytishga majbur etdi. Prezident L. Jonson J. Ken- nedining qurollanish poygasini avj oldirish siyosatini davom ettirdi. Hindixitoyda kommunistlar ta’sirining kuchayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida L. Jonson 1965-yilning fevral oyida Shimoliy Vetnamni bombardimon qilishni boshlash haqida buyruq berdi. AQSH Vetnamga 550 ming askar tashladi. Urush cho‘zilib ketdi. Biroq AQSH armiyasi Vetnam xalqining irodasini yenga olmadi. Ayni paytda Vetnamga SSSR va XXR zarur yordam ko‘rsatdilar. Vetnam urushi AQSHning xalqaro obro‘siga katta putur yetkazdi. Prezident R. Nikson Vetnam urushining istiqbolsizligini anglab yetdi. Shuning uchun ham u urushni to‘xtatishga qaror qildi. 1973-yilning 27-yanvarida Parijda Vetnamdagi urushni to‘xtatish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. AQSH Vetnamdan o‘z armiyasini olib chiqdi. AQSH bu urushda jami 58 ming soldat yo‘qotdi. Biroq endi AQSH Vetnamdagi urushni vetnamlik- larning qo‘li bilan davom ettirish siyosatini yurita boshladi. R. Nikson davrida AQSHning Kubaga nisbatan siyosatida ham o‘zgarish yuz berdi. Chunonchi, AQSH hukumati Lotin Amerikasi davlatlarining Kuba bilan qanday munosabatda bo‘lishi masalasiga aralashmasligini ma’lum qildi. 175 Sovet — Àmerika munosabatlarida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Birinchi marta AQSH prezidenti R. Nikson bilan SSSR rahbari L. Brejnev o‘rtasida bir necha bor oliy darajadagi uchrashuv o‘tkazildi. Har ikki tomon tinch- totuv yashash tamoyillariga amal qilishga kelishdilar. Natijada strategik qurollarni cheklash haqida muhim shartnomalar imzolandi. 70-yillarning oxiridan boshlab amerika-sovet munosabatlari keskinlashdi. Bu xalqaro keskinlikning yumshashi davri tugashi bilan bog‘liq edi. Chunonchi, AQSH Yaqin Sharq muammosini SSSRning ishtirokisiz hal etishga intildi. J. Karter Misr va Isroil o‘rtasida 1978-yilda Kemp-Devid separat shartnomasining imzolanishiga erishdi. Eronda 1978-yilning noyabrida islom inqilobining g‘alaba qilishi AQSH ni qattiq tashvishga solib qo‘ydi. Chunki bu inqilob uni Eron shohidek tayanchdan mahrum etdi. 1979-yilning dekabr oyida SSSR Afg‘onistonga armiya kiritgach, amerika-sovet munosabatlari yanada keskinlashdi. SSSR ning chet davlatlar ichki ishlariga qo‘pol aralashuvi siyosatiga qarshi AQSH 1980-yilgi Moskva yozgi Olimpiada o‘yinlarini boykot qilish tashabbusi bilan chiqdi. G‘arb davlatlarini SSSRga g‘alla sotmaslikka undadi. Prezident Reygan SSSRga nisbatan juda keskin siyosat yuritdi. SSSRning Sharqiy Yevropa davlatlari hududiga raketa joylashtirishiga javoban G‘arbiy Yevropaning 5 davlati hududiga o‘zining raketalarini joylashtirish bilan javob qaytardi. «Strategik mudofaa tashabbusi» deb nomlangan dasturni amalga oshirishga kirishishini e’lon qildi. Ayni paytda AQSH Amerika davlatlari ichki ishlariga qo‘pol tarzda aralasha boshladi. Chunonchi, mustaqil siyosat yurita boshlagan Grenada- ga qarshi harbiy hujum uyushtirdi va uning qonuniy hukumatini ag‘dardi. 1985-yilga kelib SSSR rahbariyati tashqi siyosatda keskinlikni yumshatish tomon o‘zgarish boshlagach, amerika-sovet munosabatlarida keskinlik bi- roz yumshadi. Chunonchi, bu ikki davlat o‘rtasida yadro qurollarini ka- maytirish, o‘rtacha olislikka uchadigan raketalarni yo‘qotish to‘g‘risida tarixiy hujjatlar imzolandi. AQSH xalqaro miqyosda o‘zga davlatlarni xalqaro me’yorlarga amal qilishga majbur etish siyosatini ham yuritgan. Bu jahon jamoatchiligi tomonidan ijobiy baholangan. Chunonchi, 1990-yilda AQSH va uning ittifoqchilari Iroqqa Quvaytni bosib olgani uchun qattiq zarba berdilar. Quvaytning suvereniteti tiklandi. 90-yillarning ikkinchi yarmida AQSH Bolqonda tinchlikni tiklash ishiga katta hissa qo‘shdi. NATO qurolli kuchlari yordamida Yugoslaviya rahbariyati xalqaro huquq me’yorlarini tan olishga majbur etildi. Xalqaro terrorizm, narkomafiyaga qarshi kurashda, qashshoqlikda yashayotgan xalqlarga insonparvarlik yordami ko‘rsatilishida AQSH faol ishtirok etib kelmoqda. XXI asr boshida AQSH rahbariyati xalqaro maydonda AQSHning mutlaq yetakchi davlat bo‘lib qolishini o‘zining asosiy maqsadi, deb e’lon qildi. Prezident J. Bush ma’muriyati R. Reygan ilgari surgan strategik mudofaa tashabbusini amalga oshirishga kirishdi. 176 AQSH 2001-yil 11-sentabr voqealaridan so‘ng Afg‘onistondagi tolibonlar hukumatini ag‘darib tashladi. Iroqda Saddam Husayn diktaturasiga barham berdi. Bu bilan Yaqin Sharq neftining katta qismini qo‘lga kiritdi. B. Obama tashqi siyosatni biroz yumshatdi. 1992-yilda AQSH va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. O‘zbekiston jahonning yetakchi davlati bo‘lgan AQSH bilan uzoq muddatli va keng ko‘lamda munosabatlarni rivojlantirishni o‘z tashqi siyosatining ustuvor strategik yo‘nalishi deb hisoblaydi. 1995-yilda AQSH mudofaa vaziri U. Perri O‘zbekistonga keldi. O‘zbekiston mudofaa vaziri AQSHda bo‘lib qaytdi. Bu tashriflar O‘zbekistonning NATO bilan aloqalarini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston qurolli kuchlarining maxsus vzvodi AQSHga jo‘natildi. U yerda NATOning «Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik» dasturi doira- sida o‘tkazilgan harbiy mashqlarda qatnashdi. 1996-yilning 23—28-iyun kunlari O‘zbekiston prezidenti I. Karimov rasmiy tashrif bilan AQSHda bo‘ldi. I. Karimov va B. Klinton siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik sohalarida hamkorlik masalalariga alohida e’tibor berdilar. AQSH prezidenti Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida O‘zbekiston yetakchi o‘rinda turganligini e’tirof etdi. 2001-yilning 11-sentabrida xalqaro terrorizm AQSHda mudhish jinoyat sodir etdi. Terrorchilar o‘zlari egallab olgan samolyotda Nyu-York shahrida joylashgan «Xalqaro savdo markazi» binosini vayron qildilar. Natijada minglab kishilar halok bo‘ldi. Milliardlab dollarlik moddiy zarar yetkazildi. Ikkinchi samolyotda AQSH mudofaa vazirligi binosiga hujum qilindi. AQSH prezidenti qarorgohi — Oq uyga hujum qilishga yo‘naltirilgan samolyot mo‘ljalga yetib bora olmadi. Bu mudhish jinoyatni xalqaro terrorchi «Al-Qoida» tashkiloti uyushtirgan edi. Bu tashkilot qarorgohi Afg‘onistonda joylashgan edi. AQSH rahbariyati bu jinoyatni xalqaro terrorizmning AQSHga nisbatan agressiyasi deb baholadi. AQSH hukumati Afg‘onistonning tolibon hukumatidan «Al-Qoida» va boshqa terrorchi tashkilotlar faoliyatini taqiqlab qo‘yishni hamda tashkilot rahnamosi Usoma ben Ladenni AQSHga topshirishni talab qildi. Biroq tolibon hukumati bu talabni bajarmadi. Shundan so‘ng AQSH terrorchilarga qarshi harbiy harakat boshlashga qaror qildi. Xalqaro hamjamiyat, uning teng huquqli bir a’zosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi ham AQSHning bu qarorini qo‘llab-quvvatladi. Shu tariqa xalqaro terrorizmga qarshi xalqaro koalitsiya Afg‘oniston hududida joylashib olgan xalqaro terrorchilarni tor- mor etdi. O‘zbekiston ham munosib hissa qo‘shdi. Bu haqda AQSH Senatining rahbarlaridan biri J. Liberman bunday degan edi: «Biz O‘zbekis- tonning yordamisiz terrorchilar ustidan g‘alaba qozona olmagan bo‘lar edik». O‘zbekistonning xalqaro terrorizmga qarshi kurash ishiga qo‘shgan hissasi uning xalqaro obro‘sini oshirib yubordi. AQSH prezidenti J. Bushning AQSH — O‘zbekiston munosabatlari 177 I. Karimovni AQSHga taklif etganligi buning e’tirofi bo‘ldi. I. Karimov 2002- yilning 11-mart kuni rasmiy vizit bilan AQSHga keldi. Ikki prezident uchrashuvi chog‘ida J. Bush I. Karimovga Amerika xalqini eng og‘ir kunlarda qat’iyatlik bilan qo‘llab-quvvatlaganligi uchun yana bir bor chuqur minnatdorchilik bildirdi. Ayni paytda O‘zbekiston ko‘rsatgan yordamni AQSH hukumati va xalqi unutmasligini ta’kidladi. Safar davomida AQSH — O‘zbekiston aloqalariga doir bir necha hujjatlar imzolandi. Ularning ichida Strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma alohida ahamiyatga egadir. Shu tariqa, AQSH — O‘zbekiston o‘rtasida sheriklik munosabati vujudga keldi. AQSH jamoasi tashkilotlari xalqaro terrorizmga qarshi kurashga qo‘shgan hissasi uchun I. Karimovni «Xalqaro miqyosdagi buyuk davlat arbobi» mukofoti bilan taqdirladilar. Safar 14- mart kuni nihoyasiga yetdi. Har ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy aloqalar va hamkorlik kengayib bordi. O‘zbekistonda 300 dan ortiq Amerika — O‘zbekiston qo‘shma korxonalari ishlamoqda. Ular orasida Zarafshon vo- diysidagi (Navoiy viloyati) Muruntovda AQSHning Nyumont-Mayning korporatsiyasi alohida o‘rin tutadi. Bundan tashqari mamlakatimiz hududida AQSHning 28 ta kompaniya, firma va banklari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2001-yilda 300 mln AQSH dollaridan oshdi. Bu — AQSH O‘zbekistonning jahon davlatlari bilan savdosida 5-o‘rinda turadi, deganidir. Shunday qilib, XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asrning boshlarida AQSH qurollanish poygasida g‘alaba qildi. Iqtisodiy taraqqiyotda ulkan yutuqlarga erishdi. Tashqi siyosatda murakkab yo‘lni bosib o‘tib, «kom- munistik tuzum»ni barbod qildi. SSSRni parchalab yubordi va dunyodagi eng qudratli davlatga aylandi. Yer sharining turli mintaqalarida o‘z ta’sirini kuchaytirish uchun harakat qilmoqda. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Ikkinchi jahon urushining AQSH uchun oqibatlari haqida nimalarni bilib oldingiz? 2. AQSH ichki siyosatida liberalizm va konservatizm nimani anglatadi? 3. O‘ylab ko‘ring-a: nega AQSHda saylovchilar har ikki siyosiy partiya (Respublikachilar partiyasi va Demokratlar partiyasi) ga ham deyarli bir xilda ishonch bilan qarashadi? 4. Urushdan keyingi yillarda «AQSH ichki siyosatining asosiy muammolari» jadvalini tuzing. 5. Urushdan keyingi yillarda AQSH tashqi siyosatining asosiy vazifalari nimalardan iborat bo‘ldi? 6. AQSH va SSSR munosabatlari xalqaro ahvolga qay darajada ta’sir ko‘rsatgan? 7. Amerika — O‘zbekiston munosabatlari haqida so‘zlab bering. ? 12 — Jahon tarixi 178 URUSHDAN KEYINGI AQSH PREZIDENTLARI FAOLIYATI HAQIDA JADVALNI TO‘LDIRING r a l t n e d i z e r P i t a y i l o a F 19-§. Lotin Amerikasi davlatlari Ikkinchi jahon urushi Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiy taraqqiyotining yuksalishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Buning sababi — urush tufayli bu mintaqa davlatlari xomashyosiga bo‘lgan talab- ning yanada oshib ketganligida edi. Talabning oshishi, tabiiyki, xomashyo mahsulotlarining xarid narxini ham ko‘tarib yubordi. Ayni paytda bu davlatlarning sanoati ham tez sur’atlar bilan rivoj- lana boshladi. Bu esa, o‘z navbatida, milliy sanoat mulkdorlari kuchayishi- ga olib keldi. Ikkinchidan, urush G‘arbiy Yevropa davlatlarining Lotin Amerikasidagi mavqeyini pasaytirib yubordi. Bu esa, o‘z navbatida, mintaqada AQSH ta’sirining kuchayishiga olib keldi. Mintaqa davlatlari iqtisodiyoti AQSH monopoliyalari ta’siriga tushib qoldi. Chunonchi, AQSH bu mintaqa davlat- lari iqtisodiyotiga 100 mlrd. dollar miqdorida sarmoya kiritgan. Bu — boshqa barcha davlatlar kiritgan sarmoyadan 20 baravar ko‘p edi. Mintaqada AQSHning harbiy-siyosiy mavqei ham kuchayib bordi. Urush yillarida AQSH bu mintaqada 90 dan ortiq harbiy-havo va harbiy-dengiz baza (qarorgoh)larini tashkil etishga erishdi. Bundan tashqari, AQSH Lotin Amerikasi davlatlariga turli xil mazmundagi iqtisodiy, siyosiy va harbiy shartnomalarni qabul qildira oldi. Mintaqa davlatlarida jamiyat taraqqiyoti yo‘li xususida uch katta siyosiy guruh o‘rtasida shiddatli kurash bordi. Bu — taraqqiyotning konservatorlik, milliy islohotchilik va inqilobiy yo‘llari tarafdor- lari o‘rtasidagi kurash edi. Konservatorlik yo‘li mavjud holatning saqlanishidan manfaatdor kuchlar yo‘li edi. Konservatorlik latifundiyachilikning saqlanib qolishi uchun har qanday o‘zgarishga qarshi jon-jahdi bilan kurashar edi. Latifundiyachilik Lotin Amerikasi asriy qoloqligining tub sababi bo‘lib keldi. Biroq Ikkinchi jahon urushidan so‘ng latifundiyachilikning qulashi muqarrar bo‘lib qoldi. Bunga, birinchidan, dehqonlar kurashi ta’sirida hukumatning agrar islohot o‘tkazishga majbur bo‘lganligi, ikkinchidan, milliy sanoatning gurkirab rivojlanishi, uchinchidan esa, kuchli demografik «o‘z- garish» yuz berganligi sabab bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushining Lotin Amerikasi davlatlari uchun oqibatlari Taraqqiyot yo‘llarining tanlanishi 179 Demografik o‘zgarish qishloq aholisini shaharga ketishga majbur etdi. Natijada Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillardayoq shahar aholisining soni qishloq aholisining sonidan oshib ketdi. Ayni paytda siyosiy hayotning markazi ham shaharga ko‘chdi. Lotin Amerikasi davlatlari oldida endi taraqqiyotning qolgan ikki muqobil yo‘li turar edi. Mintaqa davlatlarining aksariyati milliy islohotchilik yo‘lini tanladi. Milliy islohotchilikning yetakchi kuchi milliy burjuaziya edi. Ular millatni iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot hamda davlat suverenitetini mustahkamlash yo‘lida birlashishga da’vat etdilar. Milliy-islohotchilik harakatlari va partiyalarini tuzdilar. Milliy-islohotchilik harakati Argentinada katta quloch yoydi. Bu yerda u peronizm nomi bilan ataladi. Peronizm keyinchalik Argentina prezident- ligiga saylangan general Xuan Domingo Peron nomidan olingan. D. Peron 1943-yilning 4-iyunida o‘tkazilgan davlat to‘ntarishi natijasida hokimiyat tepasiga keldi. U argentinaliklarni qaramlik, qoloqlikni tugatish va turli ijtimoiy tabaqalar hamkorligiga asoslangan adolatli jamiyat qurish yo‘lida jipslashishga chaqirdi. Imperializmni, oligarxiyani tanqid qildi. Qashshoqlarni himoya qilish zarurligini ta’kidladi. Millionlab aholi D. Peron timsolida o‘zlarining himoya- chisi va homiysini ko‘rdilar. Argentinadagi kuchli kasaba uyushmasi — «Mehnat umumiy konfederatsiyasi» — uning tayanchi bo‘ldi. 1946-yilda D. Peron mamlakat prezidentligiga o‘tkazilgan saylovda g‘ala- ba qozondi. D. Peron chuqur ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Chu- nonchi, ish haqi oshirildi. Umumiy pensiya ta’minoti va haq to‘lanadigan ta’til joriy etildi. Fuqarolarning ijtimoiy huquqlari 1949-yilda qabul qilingan yangi Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yildi. Iqtisodiy siyosatda chet el kompaniyalariga qarashli mulklarni sotib olish yo‘lini qo‘lladi. Temir yo‘l, aloqa, Markaziy bank va boshqa muhim sanoat korxonalari milliylashtirildi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining 5 yillik rejasi ishlab chiqildi. Milliy sarmoya rag‘batlantirildi. Chetdan keltiriladigan mahsulotlarni Argentinaning o‘zida ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan sanoat tarmog‘ini yaratish siyosati yuritildi. Biroq 50-yillarning o‘rtalariga kelib vaziyat o‘zgardi. Eksport tovarlarining narxi pasayishi davlat daromadining pasayishiga olib keldi. Mamlakatda iqtisodiy o‘sish sur’ati ham pasaydi. Uni yuqori darajada saqlab turish uchun mablag‘ yo‘q edi. Valuta zaxirasining katta qismi chet elliklarga qarashli kompaniyalarni sotib olishga sarflab qo‘yilgan edi. Bu hol boshlangan keng miqyosdagi iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni chuqurlashtirish imkoniyatini cheklab qo‘ydi. Natijada mamlakatda chuqur norozilik kelib chiqdi. Bundan D. Peronning muxoliflari ustalik bilan Milliy islohotchilik 180 foydalandilar. Ular 1955-yilning sentabr oyida davlat to‘ntarishi uyushtirdilar. D. Peron mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Milliy islohotchilik tarafdorlari Braziliyada ham katta o‘zgarishlarni amalga oshirdilar. Bu islohotlar prezident Vargas nomi bilan bog‘liqdir. 1945-yilda mamlakatda to‘g‘ridan to‘g‘ri va yashirin ovoz berishni nazarda tutuvchi saylov haqidagi qonun qabul qilindi. Braziliyaning parlament de- mokratiyasiga qaytish demokratik kuchlarning katta siyosiy yutug‘i edi. 50-yillarda Braziliya agrar davlatdan agrar-industrial davlatga aylandi. Milliy demokratik kuchlar mamlakat boyliklariga faqat Braziliyaning o‘zi egalik qilishi uchun kurashdilar. 1953-yilning 3-oktabrida Vargas neft sanoati masalasida muhim dekretni imzoladi. Unga ko‘ra, mamlakat neft boyligi aksiyalarining 51 foiziga davlat, 49 foiziga esa mamlakat xususiy kompa- niyalari egalik qiladigan bo‘ldi. Shu tariqa chet el sarmoyasi neft sanoatidan siqib chiqarildi. Neft konlarini topish, uni qazib olish, qayta ishlash va sotish davlat monopoliyasi, deb e’lon qilindi. Bu hodisa milliy islohotchi kuchlarning katta g‘alabasi edi. Vargas hukumati elektr energiya sanoatini ham milliylashtirish uchun kurash olib bordi. Ayni paytda hukumat og‘ir moliyaviy taqchillikka duch keldi. Mamlakat qishloq xo‘jaligida jiddiy inqiroz ro‘y berdi. 3 yil davom etgan qurg‘oqchilik oqibatida qishloq aholisi turmush darajasi og‘irlashib ketdi. Buning ustiga, barcha dehqonchilik xo‘jaligining 3,4 foizini tashkil etuvchi latifundiyachilar jami yer maydonining 62 foizidan ko‘piga egalik qilardi. Dehqonlar yerni bo‘lib berishni talab eta boshladilar. Hatto, dehqonlar qo‘zg‘aloni ham boshlandi. Shunday sharoitda hukumat latifundiyachilar yerlarini sotib olish va ularni dehqonlarga bo‘lib berish to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorladi. Biroq bunday islohotni amalga oshirish uchun hukumatda mablag‘ yo‘q edi. Ayni paytda hukumat tadbirlari ichki reaksiyani ham g‘azablantirdi. Hukumat ikki o‘t oralig‘ida qolganligidan foydalangan harbiy kuchlar 1954- yilning 23-avgustida davlat to‘ntarishi o‘tkazdilar. Chorasiz qolgan Vargas o‘zini o‘zi otib o‘ldirishga majbur bo‘ldi. Meksikada ham milliy-islohotchilar hukumati katta o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Sanoatning qator tarmoqlari milliylashtirildi. Davlat sektori kengayib bordi. Jami milliy mahsulotda sa- noatning ulushi 29 foizni tashkil etdi. Qishloq xo‘jaligi ham rivojlandi. 1960-yilda bu soha 1940-yilga nisbatan 3 baravar ko‘p mahsulot ishlab chiqara boshladi. Hukumat butun choralar bilan mahalliy sarmoyani rag‘batlantirib bordi. Milliy islohotchilik va fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tadbirlarini kafolatlash birga qo‘shib olib borildi. Ayni paytda agrar islohot ham davom ettirildi. Bularning oqibatida Meksikada muqim Konstitutsiyaviy tuzum qaror topdi. 181 Meksika taraqqiyotining yana bir o‘ziga xos xususiyati — bu armiyaning ichki siyosiy ahvolga aralashmaganligidir. Lotin Amerikasida ham mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni, keskinlikni inqilob yo‘li bilan hal etishga intiluvchi kuchlar mavjud edi. Ular SSSR dagi kabi sotsializm qurish orzusida bo‘lganlar. Dastlab inqilob 1959-yilda Kubada boshlandi. 1959-yilning 1-yanvarida Fidel Kastro boshchiligida milliy-vatanparvar kuchlar qo‘zg‘aloni g‘alaba bilan yakunlandi. Shu kuni amerikaparast F. Batista hukumati ag‘darildi. Bu hukumatni ag‘darish uchun inqilobchilar 6 yil kurash olib bordilar. Inqilob rahbari, 32 yoshli F. Kastro Bosh vazir lavozimini egalladi. U o‘z oldiga Kubani AQSHga har qanday qaramlikdan ozod qilish maqsadini qo‘ydi. AQSH o‘z navbatida, F. Kastro hukumatini tan olmadi. Ayni paytda unga qarshi iqtisodiy qamal chorasini qo‘lladi. Bunga javoban F. Kastro hukumati Kubadagi barcha AQSH mulkini milliylashtirdi va SSSR bilan yaqinlashish yo‘lini tanladi. Kuba sotsializmini saqlab qolish uchun SSSR 1962-yilda, hatto, yadro urushiga ham tayyor edi. 1965-yilda Kubadagi barcha inqilobiy kuchlar yagona tashkilotga — Kuba Kompartiyasiga birlashdilar. F. Kastro uning rahbari etib saylandi. Shu tariqa F. Kastro kommunistik g‘oyalarni qabul qildi va Kubada sovet namunasidagi sotsializm qurishni boshladi. 1990- yillarga kelib Kubaning sobiq ittifoqchilari uni qo‘llamay qo‘ydi. Kuba iqtisodiy og‘ir ahvolga tushib qoldi. Lotin Amerikasidagi demokratik va inqilobiy harakatlar AQSH hukuma- tini tashvishga solib qo‘ydi. Endi AQSH Lotin Amerikasi davlatlariga nisbatan o‘z siyosatida o‘zgarish qilishga majbur bo‘ldi. 1961-yilda AQSH prezidenti J. Kennedi tashabbusi bilan «Taraqqiyot yo‘lidagi ittifoq» dasturi ishlab chiqildi va u avgust oyida mintaqaning 19 ta davlati tomonidan imzolandi. Dastur 10 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, u industrlashni jadallashtirishni, iqtisodiyotning eksport va import qaramligini kamaytirishni nazarda tutar edi. Ayni paytda ijtimoiy-siyosiy hayot demok- ratlashtirilishi, agrar islohot o‘tkazilishi, uy-joy qurilishi, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida ahvolni yaxshilash choralari belgilandi. Lotin Amerikasining 19 davlatida bu dasturning bajarilishi uchun AQSH tomonidan 20 mlrd dollar miqdorida qarz va boshqa yordamlar berilishi ko‘zda tutildi. Dastur ayni paytda Lotin Amerikasi mamlakatlarida voqealar rivojining Kuba varianti takrorlanishining oldini olishga xizmat qilishi ham kerak edi. 1970-yilda G‘arbiy yarim sharda ikkinchi bo‘lib sotsializm qurmoqchi bo‘lgan kuchlarni birlashtirgan ittifoq — xalq fronti Chilida hokimiyat tepasiga keldi. Xalq fronti Chili kommunistik, sotsialistik va radikallar partiyasi ittifoqi edi. 1970-yil 4-sentabrda Chilida o‘tkazilgan prezidentlik saylovida Xalq fronti nomzodi S. Alende g‘alaba qozondi. Agar Kubada qurol kuchi bilan hokimiyatni egallagan kuchlar sotsializm qurgan bo‘lsalar, Taraqqiyotning inqilobiy yo‘li 182 Chilida S. Alende hukumati Konstitutsiyaviy yo‘l bilan sotsializm qurishga kirishdi. Xalq fronti hukumati mamlakatdagi kuchlar nisbatini to‘la hisobga olmagan holda inqilobiy islohotlarni boshladi. Hatto o‘rta va mayda kor- xonalar ham milliylashtirila boshlandi. Bu esa aholi o‘rta tabaqalarining Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling