Jahon tarixidan yakuniy nazorat savollar javobi ижтимоий тараққиётнинг асосий йўналишлари
BOBIYLAR QO’ZG’OLONI VA AMIR NIZOM ISLOHOTLARI
Download 156.8 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY NAZORAT SAVOLLAR JAVOBI
BOBIYLAR QO’ZG’OLONI VA AMIR NIZOM ISLOHOTLARI. XIX asrning 40-yillari oxirida Eronning Zenjon, Isfaxon, Tabriz, Yazd va boshqa viloyat va shaharlarida shoh va xonlarning hokimiyatga qarshi xalqning norozilik chiqishlari bo'lib o’tdi. Bu chiqishlarning tepasida shia mazhabidagi bobiylar dini oqimining asoschisi sherozlik savdogor Said Ali Muhammad (1820-1850) turdi.1844-yilda Ali Muhammad o'zini “Bob” (tarjimasi “eshik”,“darvoza” bo'lib u orqali ming yil oldin g’oyib bo'lgan shiadagi 12 imom Maxdi o'zini ko’rsatdi deb, 1847-yilda esa o'zini Maxdi deb) e'lon qildi. Bob ta'limotining asosiy shartlari Ali Muhammad yozgan “Bayon” kitobida o'z aksini topgan.Bob ta'limoti Qur’onda belgilangan qonun va tarkiblarni eskirgan deb hisoblab uni yangi, muqaddas kitob "Bayon" bilan almashtirish lozimligini targ’ib qildi. “Bayon”da barchaning o'zaro tengligi va bobiylarning muqaddas podsholigining o’rnatilganligi, barcha ajnabiylar va bobiy bo’lmaganlarning mulklarini tortib olishi, o'zlarini esa mamlakatdan quvg’in qilishi targ’ib qilingan. Bob shaxs va mulkchilik huquqi bilan birga savdogorlarning manfaatlariga mos keluvchi sudxo’rlik foizini oshirish, qarzlarini o'z vaqtida uzish, savdoga oid yozishmalarning sir saqlanishi kabi shartlarini savdogorlar uchun boshqa bir qator imtiyozlar va yengilliklarni talab qildi.1847 yilda Bob hibsga olindi. 1848 yil yozida Bobning izdoshlari Bedasht shahrida majlis chaqirib, bunda mavjud qonun va tartiblarini, soliq majburiyatlar va xususiy mulkchilikni bekor qilinganligi umumiy mulkchilikni esa joriy qilinganligi, ayollarning erkaklar bilan teng ekanligi e'lon qilindi. Bobiylarning Bedashtdagi majlisi hukumat tomonidan tarqatib yuborilgach bobiylar butun mamlakat bo’ylab ularning g’oyalarini targ’ib qilish bilan mashg’ul bo'ldilar.Bobiylar 1848 yil Mozondaronda o'zlarining dastlabki qo'zg'olonini ko’tardilar ammo u 1849 yilda bostirildi. 1850 yil Zenzondaham bobiylar qo'zg'oloni ko’tarildi, mamlakatda bobiylarning ta'siri tobora oshib boraverdi, 1850 yil o'rtalarida Eronda bobiylarning soni 100 ming kishiga yetgan. Shunday bir vaziyatda Nasriddin shoh (1848-1896) birinchi vaziri bo'lgan Mirzo Tagxonning maslahati bilan 1850 yil Bobni Tabrizda qatl ettirdi.Bobning o’limidan keyin ham Bobiylar harakatidavom etdi. 1850 yil iyunida Fors viloyatining Neris shahrida Bobiylarning uchinchi qo'zg'oloni ko’tarildi, biroq qo'zg'olon bir necha kundan keyin bostirildi. Zenzon qo'zg'olonchilari 1850 yilning oxirlarigacha qarshilik ko’rsatdilar va faqat dekabr oyida shoh qo’shinlari shavqatsiz ravishda qo'zg'olonni bostirishga muvaffaq bo'ldilar.Zenzon va Neris qo'zg'olonlari bostirilgandan so’ng bobiylar harakati asta-sekin so’na boshladi. Dehqonlar va hunarmandlar harakatdan chiqdilar, bobiylarning ko’pi ruhoniylar va savdogorlardan iborat targ’ibotchilari teror yo’liga o’tdilar. 1852 yil avgustida Nasriddinshohga qilingan muvaffaqiyatsiz suyuqasddan so’ng butun mamlakat bo’ylab Bobiylar ommaviy tarzda taqib va qirgin qilindi.Shunday qilib Eronda feodal zulm va chet el kapitallarining asoratga qarshi ko’tarilgan hunarmandlar, dehqonlar, savdogorlar, ruhoniylar kabi ijtimoiy qatlam vakillari ishtirokida xalq qo'zg'oloni mag’lubiyatga uchradi.Hukmron doiraning bozor va dehqonchilik bilan bog’liq bir qismi mamlakatdagi mavjud inqirozli ahvoldan islohotlar yo’li bilan chiqmoqchi bo'ldi. Ularning manfaatlarinishohning birinchi vaziri Mirzo Tagixon ifoda etdi. Mirzo Tagixon bir vaqtda shox qo’shinlarining qo’mondoni bo'lganligi sababli u Amur Nizom unvoniga ega edi. Amir Nizom mamlakatda markaziy hokimiyatni mustahkamlash, harbiy-moliyaviy tizimini qayta tashkil qilish maqsadida islohotlar boshladilar. U viloyatlar noiblarining o'zboshimchaligi,poraxo’rligiga qarshi kurashdi, oliy ruhoniylarning davlat ishlariga aralashuvini chetlashgaharakat qildi. Amir Nizom amaldorlarning sonini va ularning maoshlarini qisqartirdi, ko’pgina shahzodalarni nafaqalaridan mahrum qildi. Uning Eron milliy mustaqilligini mustahkamlash, chet davlatlar, ayniqsa Angliyaning mamlakat ichki ishlariga aralashuvini cheklash siyosati feodal aslzodalar, oliy ruhoniylar va inglizlarning qarshi harakatiga sabab bo'ldi. Qarshi kuchlar o'z tarafiga Nasriddinshohni ham jalb etdi. Nihoyat, 1851 yil Amir Nizom lavozimidan olinib qatl etildi. Uning islohotlari bekor qilindi.Amir Nizom muvaffaqiyatsizligi va bobiylar qo'zg'olonining mag’lubiyatiga Eronda qoloq feodal tartiblarning hukmronligini saqlab qoldi. Bu esa Eronning zaiflashuviga va mamlakatni kelgusida chet davlatlar tomonidan asoratga solinishiga olib keldi.
Download 156.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling