Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti


Download 0.76 Mb.
bet1/10
Sana27.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1657033
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-mavzu. Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti

Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti


Mundarija





  1. Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan o’rni

  2. Rivojlangan mamlakatlarning integratsion birlashmalari

  3. Jahon mashinasozlik sanoati va uning rivojlanish xususiyatlari


1.Jahon xo‘jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan o‘rni


XX-XXI asrlar bo‘sag‘asida jahon xo‘jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan o‘rni juda katta bo‘lib, bunday guruhga kiruvchi davlatlar asosan Yevropa qit’asi va Shimoliy Amerika materigida joylashgandir.
Ma’lumki, rivojlangan “katta ettilik” davlatlar (hozirgi kunda ushbu davlatlar guruhiga Rossiya Federatsiyasini qo‘shilishi bilan “katta sakkizlik” davlatlar degan so‘zlar ham jahon iqtisodiyotida ishlatilmoqda) iqtisodiyotini rivojlanishi asosan tabiiy resurslardan qanday foydalanishlik darajasiga va shuningdek uzoq yillarga mo‘ljallangan zamonaviy ilmiy-texnikaviy taraqqiyotdagi o‘zgarishlarga bog‘liqdir. Shuning uchun ham bu mamlakatlar iqtisodiyotida tabiiy resurslardan tejamli foydalaniladi, ishlab chiqarishda esa energetika quvvati pasayishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Masalan, AQSH ishlab chiqarishida asosan kam harajat qilish evaziga yalpi ishlab chiqarilayotgan mahsulot 1900-1990 yillar davomida 8-9 baravarga, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish esa 4-5 baravarga ortgan edi.
Kirish
Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda sanoat tarmoqlarining rivojlanishi qanchalik yuqori bo‘lmasin narx-navoning ko‘tarilishi ushbu davlatlarda yuqoriligicha qolmoqda. Bu holat albatta xizmat ko‘rsatish sohalari va shuningdek ilmiy-texnikaviy inqilobga asoslangan yangi tarmoqli sanoat korxonalarining vujudga kelishi bilan bog‘liqdir.
Jahon xo‘jaligining rivojlanishida rivojlangan mamlakatlarning qay darajada sanoat energetikasi bilan ta’minlanganligi ham muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlar o‘zlari ishlab chiqarayotgan sanoat energetikasi mahsulotlaridan tejamkorlik bilan samarali foydalanib kelmoqdalar. Masalan, 1970-1990 yillar davomida AQSH sanoat energetikasi iste’molini 40% ga, Yaponiya va Fransiya davlatlari esa, 30% ga qisqartirish imkoniyatiga ega bo‘lishgan edi.
Jahonning rivojlangan mamlakatlarining barchasida qayta ishlash sohalari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular asosan tejamkorlik bilan samarali foydalanishning ijtimoiy dasturlari asosida amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarning ishlab chiqarishida qimmatbaho nodir metallar o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni kengroq ishlatilishi muhim rol o‘ynamoqda.
Jahon xo‘jaligi rivojlanishida yetakchi sanoati rivojlangan mamlakatlar (AQSH, GFR, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Italiya) iqtisodiyoti muhim rol o‘ynamoqda. Ushbu mamlakatlar ulushiga rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarining 79-80%i va dunyo mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 59-60%i, tovarlar eksportining 60-61%i va xizmat ko‘rsatish sohalarining 49- 50%i to‘g‘ri kelmoqda.
Rivojlangan mamlakatlar guruhi hozirgi kunda o‘z tarkibida jahonning 30 dan ortiq davlatini birlashtirgan bo‘lib, bu davlatlar dunyo mamlakatlari xo‘jaligida tutgan o‘rniga ko‘ra bir necha klassifikatsiya bo‘lib o‘rganiladi. Ular quyidagilardan iborat:

  1. Yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi bo‘yicha rivojlangan katta “Yettilik” davlatlar guruhi (ushbu davlatlar guruhiga Rossiya Federatsiyasini qo‘shilishi bilan “katta sakkizlik” davlatlar guruhi degan so‘zlar ham ishlatilmoqda). Ushbu guruhga AQSH, Yaponiya, GFR, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada kabi davlatlarni kiritish mumkin.

  2. Yevropa Ittifoqi kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga GFR, Belgiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Shvesiya, Finlandiya, Avstriya kabi davlatlarni kiritish mumkin.

  3. Yevropa Erkin Savdo assotsiatsiyaga (EAST) kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, Shvesariya kabi davlatlarni kiritish mumkin.

  4. Benilyuks guruhiga kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga Belgiya, Niderlandlar va Lyuksemburg kabi davlatlar kiradi.

  5. Shimoliy Amerika Erkin savdo shartnomasiga (NAFTA) kiruvchi davlatlar guruhi. Ushbu guruhga AQSH, Kanada, Meksika kiradi.

Rivojlangan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotida utgan o‘rni miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ifodalanadi:

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling