Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti


Rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro tovar almashinuvida tutgan o‘rni va roli


Download 0.76 Mb.
bet7/10
Sana27.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1657033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-mavzu. Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti

Rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro tovar almashinuvida tutgan o‘rni va roli


Xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etish, jahon xo‘jaligi alokalarining rivojlanishi, moliyaviy resurslarning mamlakatlararo oqib yurishi, iqtisodiy taraqqiyotning asosiy shart- sharoitlariga aylanib koldi. Mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyatida ishtirok etish orqali, rivojlanayotgan mamlakatlarning barchasi 60-70 yillardan e’tiboran xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etishga intilib kelmoqda.


Ularning xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etish zaruriyati tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni etishtirish imkoniyatiga ega emasligi bilan asoslanadi. Hozirgi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar deyarli sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun xom – ashyo yetishtirib beruvchi hamda nisbatan arzon ishchi kuchi manbayi bo‘lib qolmoqda.
Xalqaro mehnat taqsimotida xo‘jalik faoliyatining barcha shakllari jamlangan. Eng muhimi, xalqaro savdoning asosini tashkil etuvchi xom-ashyo va tayyor maxsulotlarni ishlab chiqarish barcha rivojlanayotgan mamlakatlar bilan dunyoning boshqa rivojlangan davlatlari o‘rtasidagi tovar almashinuvini ta’minlaydi. Xalqaro savdo eng kambag‘al rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham tashqi daromadning eng muhim manbayi bo‘lib hisoblanadi. Ammo, material va energiya sig‘imining keyingi yillarida kamayishi munosabati bilan rivojlangan mamlakatning o‘sishida tabiiy xom-ashyolarning xalqaro savdodagi tutgan o‘rni pasayib borish tendensiyalari namoyon bo‘lmoqda. Shunga muvofiq u 1991 yilda jahon eksporti umumiy ulushining 25% ni tashkil etgan edi. Jahon iqtisodiyotida 70-90 yillarda Afrikaning rivojlanayotgan mamalakatlarini umumiy eksport hajmidagi ulushi qisqarib borganligi qayd etiladi. Osiyo mamlakatlaridan jo‘natilayotgan sanoat va qishloq xo‘jalik mollarining doimiy o‘sib borganligiga qaramasdan u 2 barobarga pasayib ketgan edi. Eksportini asosini tashkil etuvchi xom-ashyolardan iborat bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlarda, ularning jahon bozorida egallab turgan pozitsiyalarining yomonlashuvini tuxtatish imkoniyatiga ega bo‘lgan qo’shimcha eksport resurslarini izlab topishga bo‘lgan kuchli ehtiyoj sezilmoqda. Buning uchun, eksportning xilma-xilligini ta’minlashga, ya’ni chiqariladigan xom-ashyolarni qayta ishlash, boshqa turdagi sanoat maxsulotlarni jahon bozoridagi erkin harakatini ta’minlash, eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.
An’anaviy tovarlar eksporti hajmini kengaytirish borasidagi ko‘pchilik muammolarga qaramasdan, rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon eksportidagi umumiy ulushi asta-sekinlik bilan o‘sib bormoqda. Shuningdek, u 1987 yildagi 22% o‘rniga 1992 yilga kelib 24,7% ga etgan edi. 1993 yilda rivojlanayotgan mamlakatlarning eksportini fizik hajmi, sanoati rivojlanayotgan
mamlakatlarda 1,2 % ga qisqarganiga qaramasdan, yana 10% ga ortgan edi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda jami eksportni tarkiblashtirish jarayonlari ham sodir bo‘lmoqda. Shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlar eksportidagi sanoat mollarining ulushi (rangli materiallarni hisobga olganda) 1991 yilda 57,7% ga etgan edi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning eksportidagi sanoat mollarining ulushi ham o’sib bordi. Agar u 1970 yilda – 7,6% ni tashkil etgan bo‘lsa, 1980 yilda 11% ni , 1991 yilda 19,5% ni , 1995 yilda 25%, 2003 yilda esa 30%ni tashkil etgan edi. Xullas, jahon xo‘jaligida 90 yillar rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon eksportidagi ulushi doimiy o‘sishlik tendensiyasiga ega bo‘lganligi bilan xarakterlanadi.
Sanoat mahsulotlari eksporti hajmining o‘sishida, mashina va asbob-uskunalar eng muhim rol o‘ynamoqda. Ularni eksport qilish 1970-1990 yillarda 85-90 marotabaga o’sib, sanoatning umumiy ulushi 35-36% ni, tovarlar eksportining umumiy hajmi esa 22% ni tashkil etgan edi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning ba’zi birlari (Eron, Kongo, Boliviya, Paragvay kabi 12 davlat) 1980-1990 yillar mobaynida xom-ashyo mahsulotlarni chetga chiqarish hisobiga uzlarining xalqaro mehnat taqsimotida katnashish imkoniyatlarini kuchaytirishga erishdilar. Boshqa mamlakatlar esa, uzlarining jahon eksportidagi shaxsiy ulushlarini, sanoatda qayta ishlanadigan mahsulotlarning tashki bozordagi aktiv xarakati hisobiga oshirib borgan edi. O‘z navbatida, mazkur guruhlar o’rtasidagi alohida mamlakatlar erishgan muvaffaqiyatlarni ham alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Jahon iqtisodiyotida oldingi o‘rinlardan birida “Yangi industrial mamlakatlar” borayotgan bo‘lsa, boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar esa, eksportning asosini tashkil etuvchi sanoatni kuchaytirish va kengaytirish borasida eng kam ulushni qo‘lga kiritishgan. Ba’zi birlari esa, masalan, Afrikaning eng yirik mamlakati hisoblanmish Nigeriya o‘zining sanoat eksportidagi ulushini tobora qisqartirib bormoqda.
Xalqaro savdo misolida, rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishini baholash orqali jahon xo‘jaligi tizimining butunlay notenglik asosida qurilganligini ko’rishimiz mumkin. Ba’zi bir rivojlanayotgan mamlakatlar ilmiy texnologik yutuqlardan kam foydalanayotgan bir paytda, rivojlanayotgan dunyoning qolgan qismi oldindagidek an’anaviy industriallashuvga, ba’zi bir qismi esa industriallashuvgacha bo‘lgan texnologik yutuqlarga asoslanib taraqqiy etmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi ahvoli bilan bog‘lik bo‘lgan umumiy holatlarni xarakterlash orqali shu narsani ta’kidlab o‘tish lozimki, qoloq rivojlanayotgan mamlakatlar borgan sari xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimidan “ajratib” qo‘yilmoqda. Bunday fikrlar 1996 yilda xalqaro savdoning rivojlanishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan BMTning konferensiyasida (YUNKTAD) qilingan ma’ruzalarda keltirib o‘tilgan edi. Ma’ruza mualliflari fikricha, Urugvay, Raundi, doirasida amal qiluvchi global savdo bitimi maqomini
olgan GATT - qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini eksport qilishda subsidiyalarni qisqartirish kerakligini ta’kidlab o‘tadi. Bunday vaziyat, kuchsiz rivojlangan mamlakatlarga nisbatan berilgan kuchli zarba edi. Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida bug‘doy, qand, go‘sht va boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining bozor narxlari oshib bormoqda. 2000 yilda 300-600 mlrd. dollarni tashkil etgan edi.
Dunyo savdosida xom-ashyo va oziq-ovqat maxsulotlarining ulushi tobora qisqarib borishi rolini yo‘qotmoqda. Iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash maqsadidagi xom-ashyoviy ixtisoslashuv esa vaqtincha o‘zining yordamchilik rolini bajarishga kodirligini ko‘rsatmoqda xalos. Xalqaro savdoning rivojlanish tendensiyalarini guvohlik berishicha; so‘nggi o‘n yilliklarda turli xildagi xizmatlarning hajmi va ahamiyati beqiyos darajada o‘sib bormoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlar o‘zlarining bu yo‘ldagi imkoniyatlaridan samarali foydalanmoqdalar. Masalan, sayyohlik va mehnat bilan bog‘lik xizmatlar, turli xildagi “iflos” va past maosh to‘lanadigan ishlar uchun ishchi kuchlarini eksport qilish shular jumlasidandir.
Sayyohlik ko‘p yillardan buyon, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xorijiy valyutalar tushumining asosiy manbalardan biri bo‘lib qolmoqda. Misr uchun turizm sohasidan kelayotgan daromad xorijiy mamlakatlarda vaqtinchalik band bo‘lgan misrlik ishchilar hisobidan keladigan valyutalar va xorijiy yordamlardan keyingi uchinchi o‘rinni egallaydi. So‘nggi yillarda turizm Turkiyada yuqori sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bu ko‘rsatkich turizmning umum jahon miqyosidagi 4% li o‘sish ko‘rsatkichi bilan taqqoslanganda, yiliga 8%ni tashkil etadi. Turkiya ko‘proq milliy iqtisodiyotning turizm tarmog‘ini dinamik rivojlanishi bilan farq qiluvchi besh mamlakat qatoriga kiritilgan.



        1. Download 0.76 Mb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling