Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti


Download 0.76 Mb.
bet2/10
Sana27.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1657033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-mavzu. Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti

Miqdoriy ko‘rsatkichlar:


      • jahon sanoat maxsulotlari ishlab chiqarishining 57 foizi;

      • jahon qishloq xo‘jaligi maxsulotlari ishlab chiqarishining 40 foizi ushbu mamlakatlar ulushiga to‘g‘ri keladi;

Sifat ko‘rsatkichlari:


- iqtisodiyotning ko‘p tarmoqli tarkibiga egaligi. Xizmatlar sohasi ushbu mamlakatlar yalpi ichki mahsulotining 60 foizidan ortig‘ini tashkil etadi;

  • jahondagi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishining 80 foizi ushbu mamlakatlar ulushiga to‘g‘ri keladi;

  • jahondagi ilmiy-tadqiqot ishlanmalari va yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishning 90 foizi taraqqiy etgan mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi;

2.G‘arbiy Yevropa davlatlarining jahon xo‘jaligidagi o‘rni


Jahon xo‘jaligi va XIMda G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy ribojlanishi alohida o‘rin egallaydi. Hozirgi kunda G‘arbiy Yevropa davlatlari hissasiga jahonda ishlab chiqarilayotgan jami yalpi milliy mahsulotning 28-29% i, dunyo aholisining 7-8% i to‘g‘ri keladi.
G‘arbiy Yevropa davlatlari guruhiga jami 28 ta davlat kirib, bu davlatlar guruhi o‘z hududlarining katta-kichikligi, aholisini oz-ko‘pligi va turli-tumanligi, boy tabiiy resurslarga egaligi bilan bir-biridan keskin farq qiladi. G‘arbiy Yevropa davlatlari bazasida 1957 yilda “Umumiy bozor” hamkorlik tashkiloti tashkil topdi. 1962 yilda Yevropa Erkin Savdo Assotsiatsiyasi tuzildi. Ushbu davlatlar o‘rtasida sanoat tovarlari bilan erkin savdo aloqalarni olib borish to‘g‘risida qator shartnomalar tuzildi. “Yevropa iqtisodiy kengashi to‘g‘risida”gi shartnomaga muvofiq 1992 yilning mayida G‘arbiy Yevropa Erkin Savdo zonasi va mintaqaviy iqtisodiy kompleksi tuzildi. Ushbu mintaqaviy iqtisodiy kompleks G‘arbiy Yevropaning 19 ta davlatini o‘z tarkibiga birlashtirgan bo‘lib, G‘arbiy Yevropa va dunyo mamlakatlarida tovarlarning erkin harakati, xizmat ko‘rsatish sohalari, kapital va aholi migratsiyasini doimo nazorat qilib turadi.
G‘arbiy Yevropa Erkin Savdo zonasi hissasiga jahon savdosi aylanmasining 48-50%i to‘g‘ri kelib, bu iqtisodiy zona hozirgi kunda 400 mln. ga yaqin iste’molchiga egadir.
G‘arbiy Yevropa davlatlarining iqtisodiy taraqqiyotida jahon mamlakatlari bilan olib borilayotgan tashqi savdo aloqalar muhim rol o‘ynaydi. O‘tgan asrning 70-yillardagi Yevropa Ittifoqi (YEI) davlatlari dunyoda eng yirik savdo blokdan biriga aylangan edi. Hozirgi kunda jahon mamlakatlarining xo‘jalik aloqalarida tovarlar eksportini kapital eksporti bilan almashuvi holatlari kengayib bormoqda. Agar Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hissasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilgan kapital eksporti 1961-1964 yillarda 8,7% ni, 1974-1975 yillarda 37,4% ni tashkil etgan bo‘lsa 1980-1995 yillarda esa 60-65% ni tashkil etgan edi. 1970 yilda jahon tovarlar eksportida G‘arbiy Yevropa hamjamiyati davlatlarining hissasi 34,4% ni tashkil etgan bo‘lsa, 1995 yilda 45,8% ni tashkil etgan.
XX-XXI asrlar bo‘sag‘asida bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning 40 tasi G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo, Avstraliya va Okeaniyada joylashgan bo‘lib, uning 29 tasi iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining a’zosidir. Rivojlangan davlatlarning 7 tasi, ya’ni AQSH, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Italiya jahonning
«katta yettilik» davlatlari hisoblanadi. Ushbu davlatlar hozirgi kunda jahon xo‘jaligining barcha tarmoqlarini, iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishini va shuningdek, mintaqalarda davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish alomatlarini belgilab beradi.
Rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot miqdori hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich bu guruhdagi mamlakatlarda 40-70 ming AQSH dollarini tashkil etgan holda rivojlanayotgan mamlakatlardagi shu ko‘rsakichdan 10-15 marta yuqori hisoblanadi.
Jahon xo‘jaligida ishlab chiqarishning asosiy qismi rivojlangan mamlakatlar xududiga to‘g‘ri keladi. Rivojlangan mamlakatlarda jahon aholisining 15 % istiqomat qilgan holda jahon tayyor mahsulot ishlab chiqarishining 80% yaqini to‘g‘ri keladi. Ishlab chiqarishda asosan intensiv o‘sish tendensiyasi kuzatiladi. Milliy iqtisodiyotlarning deyarli barcha sohalarida fan- texnika tarraqiyoti yutuqlari kirib borgan. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlar hozirgi kunda jahonning boshqa mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishi yuzasidan(tashqi savdo, xorijiy investitsiya tarmog‘i, transmilliy korporatsiya tarmog‘i, ilmiy texnikaviy monopoliyaga erishish va boshqalarni) nazorat qilishni yildan-yilga kengaytirib bormokda. 1929-1933 yillarda jahon kapitalistik xo‘jalik tizimini inqirozga yuz tutishi boshqarish tizimini izdan chiqishi,iqtisodiyotning beqarorligi, inflyasiya, ishsizlikning kuchayishi, ishlab chiqarishning keskin tushishiga olib kelgan edi.
Rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyotida davlat rolining ko‘zga ko‘rinarli darajada o‘sishi Ikkinchi jahon urushidan keyin yuz berdi. Bu esa o‘z navbatida aralash iqtisodiyotni yuzaga keltirdi. Ya’ni, xususiy biznesda asosiy o‘rinni davlat sektori egallagan edi. Davlat sektori va xo‘jalik mexanizmining bozor elementlariga qarab rivojlangan mamlakatlarning aralash iqtisodyotini quyidagi bir necha iqtisodiy rivojlanish modellari asosida o‘rganish mumkin:

  • Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning liberal (Amerika) modeli-bunda xususiy mulkchilik ishlab chiqarish raqobatida bozor mexanizmidan yuqori darajada sotsial differensiyalanadi. Davlat sektori makro-mikro iqtisodiyotni qonunlar asosida boshqarib turadi. Soliq, pul-kredit siyosati, raqobat va shuningdek monopoliyani cheklash, bozorning kasotga uchrashi kabi aholining ma’lum bir guruhlarining ijtimoiy-iqtisodiy qiziqishlarini himoya qiladi. Liberal model asosan AQSH va Kanadaniki bo‘lib Buyuk Britaniya, Irlandiya, Belgiya, Italiya va Fransiya kabi davlatlar ham hozirgi kunda liberal model asosida o‘z iqtisodiyotini rivojlantirib bormokda.

  • Sotsial bozor (Germaniya) modeli-ushbu model bozor mexanizmi infrastrukturasini tashkil qiladi va uni to‘ldiradi. Doimo aholining ishlab chiqarishdagi qiyinchiliklariga bardosh berishini qo‘llab-quvvatlaydi. Davlat iqtisodiy kam ta’minlangan oilalarni, ishsizlarni, yoshlarni, kichik va o‘rta fermer xo‘jaliklarini o‘zining himoyasiga olib, katta iqtisodiy faollikni olib boradi.

  • Shved modeli. Jahon iqtisodiyotida bu model asosan Shvetsiya, Skandinaviya, Avstraliya mamlakatlarida qo‘llanilgan. Ushbu modelda daromadlarni keng miqyosda qayta taqsimlash va shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy birlikka asoslangan sotsial kafolatlar yuqori darajada bo‘lishlik harkaterlidir. Shved modelining yana bir harakterli tomoni shundaki, kasaba uyumalarining xizmat sohalariga asoslanib jamoat va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga yunaltirilganligidir. Ushbu model kooperativ modeli ham deyiladi. Shved modeli o‘zining turli tumanligi bilan Yapon modeliga xizmat qiladi.

Bozor iqtisodiyoti sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun tovar ishlab chiqarish va uni manfaatli proporsional rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu davlatlarda umumiy ishlab chiqarishning qonuniyligi siklli xarakterda (ishlab chiqarishning tebranishlari va ko‘rsatkichlarida, bandlik va narxda) namoyon bo‘ladi. Iqtisodiyot nazariyasida investitsiya aktivlarining tebranishlari pul massasining hajmida, umumiy harajatlarda asosiy kapital hajmining yangilanishi va ishlab chiqarish texnologiyasining almashtirilishi sikllarida namoyon bo‘ladi.
Jahonning ilg‘or mamlakatlarida bu holatning siklli rivojlanishiga ta’sir etmasligiga doim ko‘rilgan chora-tadbirlar avtotxon harakter kasb etadi. Zamonaviy sharoitda siklli rivojlanish harakteriga faqat kapitalning yangilanishi ta’sir etib qolmasdan balki yangi ishlab chiqarilgan mahsulotlarini moddiylashtirilishi va shuningdek umumiy ishlab chiqarishning asosiy resurslari farqidagi ma’lumot almashuvlari ham ta’sir qiladi. Jahonning sanoati rivojlangan davlatlarda iqtisodiyotning boshqa bir muhim jihatlarini biz ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishning nomutanosibligida ko‘rishimiz mumkin.
Umumiy ishlab chiqarishda bozor iqtisodiyotining siklligi mehnatning samaradorligi, daromad ko‘rsatkichlari va shu kabilarda namoyon bo‘ladi. Agar, XVIII asr oxiri va XIX asrning 70-yillariga qadar jahon iqtisodiyotida Buyuk Britaniya lider davlatlardan biri bo‘lgan bo‘lsa, XIX asrning 80-90 yillariga kelib o‘zining liderlik o‘rnini yosh kapitalistik davlatlar bo‘lmish AQSH, Germaniya va Fransiyaga bo‘shatib bergan edi. Ammo G‘arbiy Yevropada o‘zining etakchilik pozitsiyasini saqlab qolganligini ko‘rishimiz mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishning eng yuqori cho‘qqisiga chiqishi bo‘lib o‘tgan ikkita jahon urushlariga bevosita bog‘liqdir. Masalan, Birinchi Jahon urushida Germaniyaning yutqazishi AQSH, Angliya va Fransiyaning jahon xo‘jaligida o‘zining pozitsiyasini yanada mustahkamlashiga sabab bo‘ldi. Germaniyaning Ikkinchi Jahon urushidagi yakka xukmronlikka bo‘lgan intilishi esa uning mag‘lubiyati va iqtisodiyotining nihoyatda pasayib ketishi bilan yakunlandi. Bu paytda esa AQSH jahonning rivojlangan kapitalistik davlatlarining liderlaridan biri bo‘lib qolgan edi.



    1. Download 0.76 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling