Jahonda keng tarqalgan
Download 113.6 Kb. Pdf ko'rish
|
Xristian dini - Vikipediya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xristian dini
- Soʻnggi tahrir 10 oylar avval Malikxan tomonidan amalga oshirildi
Xristian dini Xristianlik - jahonda keng tarqalgan dinlardan biri. Yevropa, Amerika mamlakatlarida, Avstraliyada, faol missionerlik xarakati natijasida Afrika, Yakin Sharqda va Uzoq Sharqning birnecha mintaqalaridakeng yoyilgan. Jahonda bu dinga taxminan 2 mlrd. kishi eʼtiqod qiladi. X.ning asosiy goyasi xudoodam — Iisus Xristos ([[Iso masih; q. [[Iso) haqidagi rivoyatlar bilan bogʻliq. X. taʼlimotiga kura, Xudo yagona, lekin u mutsaddas uchlik (troitsa)da namoyon buladi. [[Iso kelajakda tiriklar va oʻliklar ustidan hukm chiqarish uchun oxirat kuni yerga kdytib keladi. Uning oʻgitlariga, vasiyatlariga amal qilganlar, hayot mashaqqatlariga u kabi bardosh berganlargina narigi dunyoda ajr (mukofot) ga erishadilar. X.ning aqidalari, eʼtiqod talablari, huquqiy va axloqiy normalari, cheklash va takiklari Bibliya va boshqa mukaddas kitoblarda oʻz ifodasini topgan. X. 1-asrning 2-yarmida Rim imperiyasining sharqiy qismida yashovchi yahudiylar oʻrtasida paydo boʻlgan. Ilk X. dastlab iudsshzmdt ajralib chiqqan. Sharq dinlariga xos ayrim tasavvurlar ham unda oʻz ifodasini topgan. Xristian jamoalarining ijgimoiy
tarkibi vaqt utishi bilan ruhoniylar (klir) va oddiy jamoa aʼzolari (miryan)ga boʻlingan. Ayrimayrim jamoalar oʻrtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi yepiskop boshliq cherkovnyang tarkib topishiga olib keldi. Cherkov katta boylik toʻplab, siyosiy kuchga aylanib borgan. Dastlab xristianlarni taʼqib etgan Rim imperatorlari keyinchalik X. tarafdorlari boʻldilar. 4-asrda X. Rim imperiyasida mavjud ijtimoiy tuzum va uning tartiblarini himoya qiluvchi davlat diniga aylandi. Rim imperiyasining garbiy va sharqiy qismidagi oʻziga xos tarixiy taraqqiyot X. cherkovini ikkiga: katolitsizm (imperiyaning gʻarbiy qismi)
va pravoslaviyem (sharqiy qismi) boʻlinishiga olib keldi. X.ning bu boʻlinishi 1054 yilda rasman eʼtirof etilgan boʻlsada, biroq bu jarayon 13-asrning boshlarida tugallangan. 16-asrda Reformatsiya natijasida Yevropadagi kagor cherkovlar katolitsizmdan ajralib chiqib, X.ning uchinchi asosiy oqimi — protestantizm yuzaga keddi. 19-asrning oxirida xristian cherkovlarining missionerlik faoliyati kuchaydi. Mil.ning boshlaridayoq X. Markaziy Osiyo, ayniqsa, Marv va Baqtriyada keng tarqalgan edi. Ana shu davrda xristianlarning Markaziy Osiyoda mavjud boʻlganini cherkov, monastir, X.ka oid buyum, qabrtosh hamda tanga kabi tarixiy ashyoviy dalillar isbotlaydi. Arablar bu hududni egallaganidan soʻng xristian jamoalarining faoliyati toʻxtagan. X.ning Turkiston oʻlkasida keyingi paydo boʻlishi 19-asrning 40-yillariga toʻgʻri keladi. Oʻrta Osiyoda muqim pravoslav cherkovlarining birinchisi 1847 yilda Sirdaryo viloyatidagi Raim istehkomida qurildi. Shundan keyin Avliyoota (1866), Julek va Marki (1866), Turkiston (1866), Chinoz (1868), Oʻratepa (1867) istehkomlari, Toshkent (1865), Chimkent (1868), Jizzaxda (1866) pravoslav jamoalari tashkil qilinib, ularda doimiy harbiy ruhoniylar faoliyat olib bordilar. Soʻngra Zarafshon okrugiga qarashli
Samarkand va Kattaqoʻrgʻonda ham jamoalar shakllandi. 1871 y. Rossiya imperatorining farmoniga binoan, Turkiston yeparxiyasi tashkil etilib, uning markazi Verniy (hozirgi Olmaota) shahrida joylashdi. 20-asr boshlariga kelib Turkistonda 306 pravoslav cherkovi bor edi. Bundan tashqari, oʻlkada 10,1 ming staroobryadchilar, 8,2 ming lyuterchilar, 7,8 ming katolik, 26 ming yaxudochilar, 17,1 mingga yaqin boshqa dinga mansub kishilar istiqomat qilar edi. 1916 y. oxiriga kelib yeparxiya markazi Toshkentga koʻchiriddi. Bu vaqt Toshkentda 16 ta cherkov faoliyat koʻrsatar edi. 1936 yilda Rus Pravoslav cherkovi Patriarxining qaroriga asosan,
yeparxiya Toshkent va Oʻrta Osiyo hamda Olmaota va Qozogʻiston yeparxiyasi nomi bilan 2 ga ajratidsi. Toshkent va Oʻrta Osiyo yeparxiyasi tasarrufiga Oʻzbekistondan tashqari Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistondagi rus pravoslav cherkovlari xam kiradi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda X.ning turli oqimlariga mansub dindorlar yashaydi.
tarqalgan diniy eʼtiqod. Eng koʻp sonli Rim Katoliklaridir , keyin
Provoslavlar , xozirga kelib yana boshqa oqim Pentecostallar ham ommaviylashayapti [manba kerak] .
Islom dini kirib kelishidan avval Oʻrta Osiyoga Iso Masih taʼlimoti bazi bir Yevropa mamlakatlaridan oldin yetib kelgan (
?havola? ).
Qoʻshimcha axborot: [1]
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Soʻnggi tahrir 10 oylar avval Malikxan tomonidan amalga oshirildi Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa).
Dunyo dinlaridan biri haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. " https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php? title=Xristian_dini&oldid=207686 5 " dan olindi Download 113.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling