Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

«Forvard» kurs – bu muddatli valyuta bitimlarining kursidir. 
Forvard kursi kelajakda valyutani aniq bir kunga yyetkazib berish 
sharti bilan sotilish va xarid qilish bahosini o‗zida ifoda etadi. 
Forvard bitimlari, odatda, valyuta kurslarining o‗zgarishi natijasida 
yuzaga keladigan risklarni sug‗urtalash orqali bartaraf qilish maqsadida 
ishlatiladi. Bitim tuzilayotgan paytda forvard kursda aniqlanadi va ana 
shu kurs bo‗yicha valyuta sotiladi yoki sotib olinadi. Agar shartnoma 
muddati tugagan kunda valyuta kursi shartnomada ko‗rsatilgan kursdan 
farq qilsa, unda bir tomon foyda ko‗radi va ikkinchi tomon zarar ko‗radi. 
Masalan, siz joriy yil 1-yanvarda yilning 1-iyun kuni 1$ = 2200 so‗m 
kursida sotib olish bitimini tuzdingiz. Ammo joriy yilning 1-iyun kuni 
1$=2210 so‗mni tashkil etdi, natijada siz har bir dollarga 10 so‗m 
miqdorida qo‗shimcha foyda ko‗rasiz. 
Agar 1-iyun kuni 1$=2195 so‗mni tashkil etsa, unda har bir dollar-
dan 5 so‗mdan zarar ko‗rasiz. Forvard va spot kurslari valyuta 
bitimlarini amalga oshirish vaqti bilan bir-biridan farq qiladi.. Nazariy 
jihatdan forvard kursi spot kursiga teng bo‗lishi mumkin, lekin 
amaliyotda u doimo past yoki yuqori bo‗ladi. Agar forvard kursi spot 
kursidan yuqori bo‗lsa, valyuta forvard bitimida mukofot bilan 
kotirovka qilinadi. Agar forvard kurs spot kursidan past bo‗lsa, valyuta 
forvard bitimlarida diskont bilan kotirovka qilinadi. Odatda, forvard 
bitimlarida mukofot va diskontni umumiy tarzda ifodalash uchun 
forvard farqlar yoki marja tushunchasidan foydalaniladi. 
Forvard farqlar spot kurs asosida forvard kurslarni aniqlash 
uchun foydalaniladi. Forvard farqlar bitimda qatnashayotgan ikki 
valyutaning foiz stavkalari o‗rtasidagi farq sifatida namoyon bo‗ladi. 
Forvard farqlar spot kursga qo‗shiladi yoki chegiriladi. Agar forvard 
farqlar spot kursga qo‗shilsa, forvard kurs mukofotli, agar forvard 
farqlar chegiriladigan bo‗lsa forvard kurs diskontli deyiladi. Agar asosiy 
(bazaviy) valyutaning foiz stavkasi ikkinchi valyutaga nisbatan yuqori 
bo‗lsa, forvard farq (marja) chegirib tashlanadi va bu holat forvard 
bozorida asosiy (bazaviy) valyuta diskont bilan savdoda ishtirok 
etayotganligini ko‗rsatadi. Ikkinchi valyuta bu jarayonda forvard bozori 
savdosida mukofot bilan ishtirok etadi. Agar asosiy valyuta bo‗yicha 
foiz stavkasi ikkinchi valyutaga nisbatan past bo‗lsa, forvard farq 
qo‗shib olinadi va bu holda forvard bozorida asosiy valyuta mukofot 
bilan savdoda qatnashadi, ikkinchi valyuta esa diskontga ega bo‗ladi.


180
Joriy ayirboshlash kursi asosida forvard kursini topish uchun spot 
kursiga forvard farqlar (marja)ni qo‗shish yoki chegirish lozim. 
Bu qoidani quyidagicha ifodalash mumkin. Kotirovkalar tushsa - 
chegiriladi. Kotirovka ko‗tarilsa - qo‗shiladi.
19-jadval 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling