Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Jismoniy shaxslar-rezident va norezidetlar
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Norezident yuridik shaxs
Jismoniy shaxslar-rezident va norezidetlar xorijiy va milliy
valyutada talab qilib olinguncha depozit hisob varag‗larini ochish uchun bankka hisob raqam ochish to‗g‗risdagi ariza, shuningdek, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, pasport yoki boshqa shunga tenglashtirilgan hujjatlar taqdim qiladi. Vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasidagi: - xorijdan hisob raqam egasi nomiga kelib tushgan valyuta o‗tkazmalari, xorijdan hisobraqam egasiga yuborilgan valyutadagi to‗lov hujjatlari, hisob varaqning egasi chet eldan olib kelgan chet el valyutasidagi to‗lov hujjatlari, O‗zbekiston Respublikasi hududida o‗tkazma yozuv kiritilmagan, chet el valyutasida yuritiladigan plastik to‗lov va kredit kartochkalari bo‗yicha hamda egasining nomi yozilgan holda bankka taqdim etilgan to‗lov hujjatlari asosida, vakolatli banklar ruxsati bilan chet el valyutasida yozib berilgan boshqa to‗lov hujjatlari asosida to‗lanishi lozim bo‗lgan chet el valyutasi; - hisob varaq egasi nomiga respublikasining boshqa banklaridan yoki rezident yuridik shaxslar topshirig‗i bilan o‗tkazilgan chet el valyutasi; - naqd chet el valyutasi, shu jumladan, hisob varaq egasi tomonidan kiritilgan yoki pochta orqali yuborilgan naqd valyuta va xorijdan olib kelingan, shuningdek, vakolatli banklar, ularning filiallari va ayirboshlash shoxobchalari orqali sotib olingan valyutalar; - xorijiy valyuta bo‗yicha foizlar, - O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki normativ hujjatlari va amaldagi qonunchilikka zid kelmaydigan, olingan va o‗tkazilgan naqd shakldagi boshqa summalar jismoniy shaxs - mijozning hisob varag‗iga o‗tkazilib boriladi. 188 valyuta hisob varaqlarida saqlanadi va ular tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda ishlatilishi mumkin. Davlat ro‗yxatidan hali o‗tmagan, xorijiy investitsiyalar ishtirokida ochilayotgan korxonalarga vaqtinchalik jamg‗arma valyuta hisob varag‗i ochiladi va unga qonun talablari asosida o‗rnatilgan hajmlarda, xorijiy davlatlardan kelib tushadigan chet el valyuta mablag‗lari kiritiladi. Bu hisob varag‗idagi mablag‗lardan tashkil topayotgan korxonaning ustav fondiga badal to‗lash uchun foydalaniladi. Agarda xorijiy korxona davlat ro‗yxatidan o‗tkazilmasa ushbu mablag‗lar egasi bo‗lgan investorga qaytariladi. Rezident – yuridik shaxslarning valyuta hisob varaqlariga chet el valyutasidagi tashqi savdo tushumlari, vakolatli banklar orqali O‗zbekiston Respublikasi hududida sotib olingan mablag‗lar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olingan naqd chet el valyutasi, qonunchilikda belgilangan tartibda olingan kreditlar, chet el investitsiyalari va qarz bo‗yicha o‗tkazilgan mablag‗lar hamda ularni amalga oshirish bilan bog‗liq to‗lovlar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslarning ustav fondi (ustav kapitali)ga o‗tkazilayotgan mablag‗lar, plastik to‗lov va kredit kartochkalari bo‗yicha to‗lovlarga, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda savdo bilan bog‗liq bo‗lmagan pul jo‗natmalari va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda kelib tushgan mablag‗lar summalari hisoblab yozib (o‗tkazilib) boriladi. O‗zbekiston Respublikasida joylashgan norezident - yuridik shaxslar, shu jumladan, immunitet hamda diplomatik imtiyozlarga ega bo‗lgan chet el diplomatiya va boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning filiallari, shuningdek, xorijiy tashkilotlarning mamlakatimizda xo‗jalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shug‗ullanmaydigan vakolatxonalari valyuta hisob varaqlarini ochishga haqlidir. Norezident yuridik shaxs – hisob varaq egasining nomiga chet eldan hamda mamlakatimizning boshqa banklarida ochilgan hisob varaqlaridan o‗tkazilgan xorijiy valyuta, vakolatli banklar tomonidan xorijdan hisob varaq egasining nomiga yuborilgan chet el valyutasidagi to‗lov hujjatlaridagi mablag‗lar, hisob varaqning egasi chet eldan olib kelgan chet el valyutasidagi to‗lov hujjatlari, jumladan, plastik to‗lov va kredit kartochkalaridagi valyuta mablag‗lari, O‗zbekiston Respublikasi hududida o‗tkazma yozuv kiritilmagan, chet el valyutasidagi egasining nomi yozilgan holda bankka taqdim etilgan to‗lov hujjatlaridagi mablag‗lar, vakolatli banklar ruxsati bilan chet el 181 yutasidagi kreditlarning foiz stavkasidan yuqori bo‗lsa, olingan natija diskont hisoblanadi va, aksincha, bo‗lsa u ustama hisoblanadi. Banklar valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda valyutani sotish va sotib olish kursini o‗rnatadi. Bu kurslar sotuvchining kursi va xari- dorning kursi deb ataladi. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling