Svop-stavka AQSh dollariga nisbatan mos valyutaning mutloq
ulushini ifodalaydi. Svop-stavka usuli bilan forvard kursini kotirovka qi-
linganda faqatgina mukofot yoki diskont aniqlanadi. Ular to‗g‗ri koti-
rovkalashda faqatgina «spot» kursini ayirish yoki qo‗shish yo‗li bilan
aniqlanadi. Teskari kotirovkalashda diskont qo‗shiladi, mukofot esa
«spot» kursidan ayirib aniqlanadi (1-jadval).
«Svop» stavka o‗lchami qatnashuvchi davlatlarning turli foiz
stavkalar darajasi bilan aniqlanadi va quyidagicha hisoblanadi:
.)
.
.
*
(
)
100
*
360
(
.
.
.
*
*
.
"
"
mud
osh
Amal
foiz
Xorijiy
mud
osh
Amal
Foiz
kursi
Dol
stavka
Svop
•
Bank axborot tizimida kotirovka qilinuvchi svop-stavka faqat to‗liq
oy yoki boshqacha aytganda «ordinar» sanalar uchun beriladi. Val-
yutalashtirishning spot-sanasi oyning oxirgi kunlariga to‗g‗ri kelib qolsa
holat murakkablashadi. Bu holda «oy oxiri» qoidasi qo‗llaniladi, unga
ko‗ra bu kabi spot kursda barcha forvard bitimlari valyutalashning oy
oxiri kuni sanasiga ega bo‗ladi.
Masalan, 6 oylik forvard bitimi 26-fevralda tuzilsin, u holda mos
spot-sana 28-fevral bo‗ladi, ya‘ni oy oxiri. Demak, bundan kelib
chiqdiki, forvard bitimi 28-avgust emas balki, 31-avgustda to‗lanishi
kerak.
Spot bitimlari kabi, forvard shartnomalari ham amerika pul birligi
ishtiroki siz tuzilishi mumkin. Bu holda hisob-kitoblar uchun kross-
kurslar qo‗llaniladi.
Forvard shartnomasini tuzish bilan operatorning bozordagi valyuta
riski oshadi, chunki belgilangan sanaga valyuta kursining kutilmagan
o‗zgarish ehtimoli oshadi. Shunday qilib bankning pozitsiya yopilishi bi-
lan bog‗liq risk bo‗ladi. Xuddi shuning uchun forvard bitimini tuzishda
mijozning hisobida bu riskni qoplash uchun qoldig‗i bo‗lishi yoki kredit
liniyasi ochilishi kerak.
Forvard operatsiyalarini o‗tkazishdan asosiy maqsad esa valyuta
risklarini xedjirlashdan iborat. Forvard shartnomalari yordamida mi-
jozlarning asosiy qismi ochiq valyuta pozitsiyalarini yopishga intiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |