Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


-§. Ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani sotish


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

 
4-§. Ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani sotish
va sotib olish tartibi 
 
O‗zbekiston Respublikasida chet el valyutasida ichki valyuta 
bozorida operatsiyalarni amalga oshirish valyuta operatsiyalarini amalga 
oshirish bo‗yicha litsenziyaga ega bo‗lgan banklar tomonidan 
o‗tkaziladi. 
185
Valyuta litsenziyasiga ega bo‗lgan banklar chet el valyutasini sotish 
va sotib olish huquqiga egalar. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «Ochiq valyuta 
pozitsiyasini yuritish» qoidasida ochiq valyuta pozitsiyasi uchun 
quyidagi limitlar o‗rnatilgan: 
- ixtiyoriy valyutada ochiq valyuta pozitsiyasi limiti har bir 
operatsion kun oxirida valyutali banklarda o‗z mablag‗ining 50% idan 
oshmasligi va bankning umumiy ochiq valyuta pozitsiyasining limiti har 
operatsion kunning oxirida uning o‗z mablag‗larining 20% idan 
oshmasligi lozim; 
- summar ochiq valyuta pozitsiyasi uzun valyuta pozitsiyasi 
ko‗rinishida o‗rnatiladi. Valyutani sotish va sotib olishda bank faqatgina 
ochiq valyuta pozitsiyasidan foydalanmaydi, kunora banklarda umumiy 
valyuta pozitsiyasi «Nostro» hisob varag‗i bo‗yicha olib boriladi. Agar 
to‗lovlar kirim bilan qo‗shilib ketsa, bir hisobdan boshqa hisob varag‗i 
mablag‗larni o‗tkazishda xatolikka yo‗l qo‗yilsa, bunda bank kunora 
ochiq maxsus hisob varag‗i bo‗yicha tekshirish o‗tkazadi. 
Chet el valyutasini sotish va sotib olishda bank valyuta pozitsiyasi 
limitiga rioya qilishi kerak. Bank valyuta operatsiyalarini bajarganda 
valyuta zaxiralarining bir qismini sarflaydi. Bunda bankning xorijiy 
valyutalar bo‗yicha majburiyati va talablari orasidagi nisbat o‗zgaradi. 
Bankning xorijiy valyutalarni sotish va sotib olish jarayonidagi 
valyutalar bo‗yicha talab va majburiyatlari nisbati holati banklarning 
valyutaviy holati yoki valyuta pozitsiyasi deyiladi. Valyutaviy holat 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling