Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

ochiq va yopiq bo‗lishi mumkin. 
Xohlagan bir valyuta bo‗yicha ochiq valyuta pozitsiyasi deganda 
bankning shu xorijiy valyuta bo‗yicha aktivlarining majburiyatlaridan 
oshgan summasi tushuniladi. Ochiq valyuta pozitsiyasi 2 ga bo‗linadi. 
Bular: uzun valyuta pozitsiyasi va qisqa valyuta pozitsiyasi. Agarda 
bankning sotib olgan valyutasi bo‗yicha aktivlari va talablari uning shu 
valyuta bo‗yicha passiv va majburiyatlaridan yuqori bo‗lsa, bankda 
mazkur valyuta bo‗yicha holat uzun valyuta pozitsiyasi deyiladi. 
Aksincha, aniq bir valyuta bo‗yicha passivlar va majburiyatlar aktivlar 
va talablardan yuqori bo‗lsa, ya‘ni xorijiy valyutani sotish uni sotib 
olishdan yuqori bo‗lsa valyuta pozitsiyasi qisqa bo‗ladi. 
Agar valyuta bo‗yicha talablar va majburiyatlar teng bo‗lsa, valyuta 
pozitsiyasi yopiq bo‗ladi. Tijorat banklarining ochiq valyuta pozitsiyasi 
doimo risk bilan bog‗liq. Valyuta kursining o‗zgarishi natijasida bank 
valyutani sotib olishda yoki sotishda yo‗qotishlarga uchrashi mumkin. 


208
muntazam kotirovka qilinadi, qator tijorat banklari esa qimmatli 
qog‗ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun 
brokerlik idoralarini tashkil etgan holda fond bozorida samarali faoliyat 
yuritib, aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotish va sotib olish 
orqali ularning qo‗shimcha daromad olishini ta‘minlamoqda. 
Qimmatli qog„oz – o‗zi bilan bog‗liq mulkiy huquqlarni aks 
ettiradigan hujjatdir, u daromad manbayi bo‗lib xizmat qiladi, fond 
bozorida muomalada yuritilishi va oldi-sotdi vositasi bo‗lishi mumkin. 
Qimmatli qog‗ozlar bozori kredit munosabatlari bilan birgalikda, o‗z 
qiymatiga ega bo‗lgan, sotish, sotib olish va to‗lovini amalga oshirish 
mumkin bo‗lgan maxsus hujjatlar (qimmatli qog‗ozlar)ga egalik qilish 
bilan ham bevosita bog‗liq. Qimmatli qog‗ozlar o‗zida mulkchilik 
huquqini mujassamlashtirgan bozorda erkin aylanadigan, sotib olish-
sotish va boshqa bitimlarning obyekti bo‗ladigan, doimiy va bir martalik 
daromad olish manbayi bo‗lib xizmat qiladigan, pul kapitalining bir 
ko‗rinishidagi hujjatdir. «Qimmatli qog‗ozlar bozori to‗g‗risida»gi 
O‗zbekiston Respublikasi qonuniga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish 
haqida‖gi 2015-yil 4-iyunda e‘lon qilingan O‗zbekiston Respublikasi 
qonunining 3-moddasiga asosan qimmatli qog„ozlar – hujjatlar bo‗lib, 
ular mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi 
o‗rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, 
dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‗lashni hamda ushbu 
hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‗tkazish 
imkoniyatini nazarda tutadi. 
Qimmatli qog‗ozlar turli subyektlar tomonidan chiqarilishi 
mumkin. Umumiy holda bu emitentlar 5 guruhga bo‗linadi: 
hukumat; 
davlat korxonalari; 
xususiy sektor; 
Markaziy bank; 
chet el subyektlari. 
Egaligi yoki emitentiga qarab qimmatli qog‗ozlarni davlat, xususiy, 
xalqaro qimmatli qog‗ozlarga ajratish mumkin. Xususiy sektor tomoni-
dan chiqarilayotgan qimmatli qog‗ozlar tarkibida turli ishlab chiqarish 
korxonalari, tijorat banklari, investitsion banklar, investitsion fondlar va 
boshqalarning qimmatli qog‗ozlari alohida o‗rin tutadi. Xalqaro qimmat-
li qog‗ozlar esa ularning hisoblanadigan valyutasiga qarab va emitentlari 
bo‗yicha bo‗linadi. 
193
XX asrning 70-yillaridan boshlab valyuta va kredit risklarining 
oldini olish va qoplash uchun yangi usullardan foydalanila boshlandi. 
Ular qatoriga: 
- valyutaviy opsion (birinchi marta 1973-yil Chikago birjasida 
qo‗llanila boshlagan) 
- banklararo ―svop‖ operatsiyasi 
- forvard valyuta operatsiyasi 
- valyutaviy fyuchers (1973-yildan boshlab Nyu-York valyuta bo-
zorida, 1972-yildan boshlab Chikago valyuta bozorida v.b.). 
Yuqorida sanab o‗tilgan operatsiyalarni bir so‗z bilan muddatli val-
yuta operatsiyalari deb ham nomlash mumkin, banklarda esa ular asosan 
konversion operatsiyalar nomi bilan ataladi. 
Xalqaro to‗lov oborotida xorijiy valyuta naqd emas, balki naqdsiz 
amal qiladi. Tabiiyki, turli xil to‗lov vositalari kurslari turlicha, chunki 
ularning ishonchliligi va valyutaviy risk darajalari turlichadir. Telegraf 
o‗tkazmasi bo‗yicha valyuta kursi eng yuqoridir, chunki unda xorijiy 
valyuta shu zahoti yoki kelasi kuni to‗lanadi. Bu operatsiya valyuta 
riskini deyarli chetlab o‗tish imkonini beradi. Odatda, valyuta kurslari 
rasmiy byulleten va kotirovka jadvallarida e‘lon qilinadi. Boshqa to‗lov 
vositalari kursi u asosida aniqlanadi. 
Valyuta bozorida turli turdagi shartnomalar amal qiladi. Ularning 
ko‗pchiligi spot shartlari asosida amalga oshiriladi. Svop operatsiya-
larining asosiy xususiyati shundaki, bitimni imzolash va bajarish vaqtlari 
qariyb mos keladi. Bu bitim bo‗yicha valyuta sotuvchidan sotib oluvchi-
ga shartnoma imzolanishi bilanoq (ko‗pi bilan ikki ish kuni ichida) yet-
kaziladi. Spot shartnomalariga jami valyuta shartnomalarining 90% i 
to‗g‗ri keladi. 
Valyuta shartnomasining ikkinchi turi – muddatli shartnomadir
Bunday shartnomalarning ikki xususiyati bor. 
Birinchidan, shartnoma imzolanishi va bajarilishi orasida ma‘lum 
vaqt bir haftadan olti-o‗n ikki oygacha interval bor. 
Ikkinchidan, 
valyuta kursi 
shartnoma 
imzolangan davrda 
belgilangani bo‗yicha qabul qilinadi. Valyuta kurslari o‗zgarishlari unga 
ta‘sir qilmaydi. Muddatli shartnomalar valyuta risklaridan sug‗urtalanish 
yoki valyuta spekulyatsiyasi maqsadida amalga oshiriladi. Eksportyor 
o‗zini xorijiy valyuta kursining tushishidan sug‗urtalash maqsadida 
kelgusi valyuta daromadini muddatli kurs bo‗yicha sotishi mumkin. 
Importyor xorijiy valyuta kursi oshuvidan o‗zini sug‗urtalash maqsadida 
kelgusi valyuta tushumini ma‘lum muddatga muddatli kurs bo‗yicha 


194
sotishi mumkin. Rivojlangan davlatlar valyuta bozorlarida valyuta 
kursining o‗zgarishiga qarab ishlovchi valyuta vositachilarining asosiy 
maqsadi valyuta bozorida valyuta kurslarining o‗zgarishidan katta foyda 
olishdan iborat. Valyuta kursining oshishi yoki pasayishiga qarab 
faoliyat ko‗rsatuvchilarni xalqaro amaliyotda «ayiqlar» va «buqalar» 
deb atashadi. Ular faoliyatining mohiyati quyidagilardan iborat. Agar 
amaliyotda valyuta kursi tushushi kutilsa, valyuta kursi pasayishiga 
o‗ynovchilar (ularni xalqaro valyuta bozorida «ayiqlar» deb atashadi) 
valyutani shartnoma tuzilgan davr (muddatli kurs) kursi bilan sotish 
to‗g‗risida muddatli shartnoma tuzadilar. Agar muddatli valyuta kursi 
tushsa, ayiqlar valyutani bozordan pasaygan kursda sotib olib, uni 
muddatli kurs bo‗yicha sotadilar va kurslar o‗rtasidagi farq miqdorida 
foyda oladilar. 
Valyuta kursining ko‗tarilishiga o‗ynovchilar («buqalar») esa 
valyuta kursi ko‗tarilganda, valyutani keyinchalik shartnoma tuzilgan 
vaqtdagi kurs bo‗yicha sotib olishga kelishilgan muddatli shartnoma 
tuzadilar. Kurs oshganda esa valyutani muddatli shartnomada 
belgilangan (oldingi) narx bo‗yicha sotib oladilar va oshgan – yuqori 
narxda sotib foyda ko‗radilar 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling